Janubiy-g‘arbiy eroniy til (dialekt)lar Eron yassi tog‘liklarining janubiy-g‘arbiy qismi (parsa viloyati)da mavjud bo‘lgan qadimgi eroniy dialektlarga bog‘lanadi. Hozirgi janubiy-g‘arbiy eroniy tillar ichida fors va tojik tillarining mavqei balandroq. Ularning har ikkisi fors (tojik) klassik tilini (parsi, farsi) shahobchalaridir (IX-XVI asr). Mazkur til o‘rta fors tilining davomidir. Bu o‘rta fors tili esa parsa viloyatida yashagan aholi tilining davomidir. Janubiy-g‘arbiy eroniy tillar tarkibiga tat, lur va baxtiyor dialektlari hamda yerli fors shevalari va kumzari dialekti kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |