O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
XITOYSHUNOSLIK FAKULTETI
XITOY TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
Qo‘lyozma huquqida
MAXAMADTOIROVA ADIBA BOTIR QIZI
XITOY TILIDA MURAKKAB KONSTRUKSIYALARINING
GAPDA QO’LLANILISHI
5120100- Filologiya va tillarni o„qitish (xitoy tili)
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar: S.Mustafayeva
Ilmiy maslahatchi: f.f..dots. A.A. Karimov
Toshkent – 2015
3
Bitiruv malakaviy ishi himoyaga tavsiya etildi
Xitoyshunoslik fakulteti dekani
f.f.n.,dots. I.N. Bekmuradov
___
“____” _______________ 2015 yil
Xitoy tili va adabiyoti kafedra mudiri
f.f.n., dots. Karimov.A.A
___
“____” _______________ 2015 yil
4
KIRISH
Barchamizga
ma‟lumki,
O„zbekiston
Respublikasi
mustaqillikka
erishganidan so„ng, ko„pgina sohalarda chet tiliga bo„lgan talab ortdi va bu
jarayon hozirgi kunga qadar ham davom etib kelmoqda.Jumladan, xitoy tiliga
bo„lgan talab ham mamlakatimizning barcha sohalarida sezilarli darajada
sezilmoqda. O„zbekiston va Xitoy o„rtasidagi diplomatik aloqalarining yanada
chuqurlashishi natijasida, ikki davlat o„rtasida madaniy,iqtisodiy,siyosiy,ayniqsa
ta‟lim sohasida turli foydali va samarali bitimlar imzolandi.Hozirgi kunda xitoy
tilini o„rganuvchi o„qùvchi va talabalarning soni ham ko„payib bormoqda.Bu esa
o„z navatida xitoy tilini yanada mukammal o„rganishni, bu sohada ko„proq
izlanishlar olib borishga, xitoy tili bo„yicha malakali o„qituvchi kadrlarni , har bir
soha bo„yicha iste‟dodli tarjimonlarni tayyorlashga undaydi. Bundan tashqari,
bugungi kun talabi bizlarning xitoy tili grammatikasi, xitoy tili leksikasi, og‟zaki
nutq bo„yicha ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Zero til xususiyatlari
aynan o„zbek tilida yoritilishi talabalar uchun qùlay bo„lib,tilning grammatik
xususiyatlarini amaliy chuqur egallashga yordam beradi.
Mazkur bitiruv malakviy ishning mavzusi “Xitoy tilida murakkab
konstruksiyalarning gapda qo„llanilishi” deb nomlanib, mavzuni yoritishda asosan
xitoy tili darsliklari,xitoy tili grammatikasiga oid adabiyotlardan , bundan tashqari
ingliz,rus tili grammatikasi kitoblaridan foydalanishga harakat qildik.
Ma‟lum bir til sintaksisini o„rganish nazariy va amaliy jihatdan qiziqish
uyg‟otadi. Ba‟zi bir lingvistik adabiyotlarda ta‟kidlanishicha ,ko„pgina nazariy
muammolarni talqin etish, xususan konstruksiyalarni o„rganishda ham ayrim
to„siqlarga duch kelinadi.Bunday muammolar ko„pgina tillarga xos bo„lib, unda
asosan qo„shma gaplar nisbatan kam yoritilganligi bilan belgilanadi.