Birinchi bob xulosasi
Birinchi bob tahlil natijalariga ko`ra quyidagi xulosalarga kelindi.
1.Xitoy dori yo‘riqnomalarida odatda 12 band bo`lishi aniqlandi:
1) 药品名称yàopǐn míngchēng – “dorining to‘liq nomi”;
2)成份chéngfèn – “tarkibi (dori nimalardan tarkib topganligi ko‘rsatiladi)”;
3) 性状xìngzhuàng - “ko‘rinish va xususiyati (dorining ko‘rinishi, rangi, xidi, ta’mi ko‘rsatiladi)”;
4) 功能主治gōngnéng zhǔzhì – “asosiy vazifasi”;
5) 用法用量yòngfǎ yòngliàng – “qo‘llanilishi va dozalash. (qancha, necha mahal, iste’mol qilish miqdori ko‘rsatiladi)”;
6) 不良反应bùliáng fǎnyìng – “nojo`ya ta’siri (dori iste‘mol qilingach, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar)”;
7) 禁忌jìnjì “ta’qiqlangan holatlar”;
8) 主意事项zhǔyì shìxiàng – “ehtiyotkorlik choralari” (bu ayrim dorilardagina uchrashi mumkin);
9) 贮藏zhùcáng – “saqlanishi”;
10) 包装bāozhuāng – “qadoqlanishi”;
11)有效期 yǒuxiàoqī – “yaroqlilik muddati”;
12) 生产企业shēngchǎn qǐyè– “ishlab chiqargan korxona”.
2. Xar bir bandning nomi o`zbek tilida anglatadigan ma’nosi hamda o`zbekcha nomi berildi.
3. Ayrim bandlar o`z o`rnida bir necha kichik bandlarga bo`linishi aniqlandi.
4. Bandlarni tarjima qilish mobaynida nafaqat tarjima usulidan balki leksik-semantik tahlil asosida o`zbekcha ekvivalentlari berildi.
5. tahlil natijasi yana shuni ko`rsatadiki, xitoy dorilari hamda dunyo dorishunosligida dori nomlanishi har xil mezonlarga asoslangandir, xususan farmasevtika sohasi lotin tiliga tayangan holda maxsus qo`shimcha va old qo`shimchalar orqali dori qaysi kasalliklar turkumiga oidligi begilanadi. Biroq xitoy dori nomlarining o’ziga xosligi ham shundaki, u bu usuldan foydalanmaydi. Xitoy farmasevtikasida odatda dori nomida faqat tarkibiga urg`u beriladi. Dorining nomlanishida tarkibidagi moddalarni ketma-ket sanash orqali so’zma-so’z tarjima qiladigan bo’linsa, u holda o’zbek tili uchun g’ayritabiiy hisoblanib, o’zbek tili normalarini buzib qo’yish mumkin. Chunki o’zbek tilida dori nomlanishida bunday usul kuzatilmaydi. Shu sababdan ko`p hollarda dorining o’zbekcha ekvivalenti sifatida xitoycha fonetik o’qilishini qabul qilindi.
6. Xitoy dorilarining tarkibiy qismi o’zbek tiliga tarjima qilishda qay tarzda yondoshish va nimalarga ahamiyat berish aniqlandi. Xususan, tarjimon albatta ma’lum darajada tibbiy ma’lumotga ega bo`lishi, bundan tashqari xitoy tilidagi maxsus enciklopedik lug`atlardan foydalana olishi hamda qiyosiy tahlil uslubida ishlay olishi lozim. Masalan, 马齿苋mǎchǐxiàn dorivor o`simligi o`zbek tiliga “quyonquloq” deb tarjima qilingani bilan bizning sharoitimizda etishtiriladigan va xitoyda etishtiriladigan quyonquloqda biroz farq mavjud, muhit ta’siri tufayli gullarining ranglari har xil, bizda quyonquloqning guli ko`k – havo rangda. Xitoy sharoitidagi esa poyasi tik, barglari yirik, gullari mayda, och sariq rangda bo`ladi. Bu o`simlik oshqozon – ichak kasalliklarida, zaharlanganda, sovuqni olishda samarali yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |