Toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Download 3,16 Mb.
bet29/206
Sana12.01.2017
Hajmi3,16 Mb.
#291
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   206
Janubiy Osiyo, Janubiy Sharqiy va Shimoliy Sharqiy Osiyo mintaqalari iqtisodiyotlariga umumiy tasnif

Mazkur fanning maqsadi Janubiy Osiyo, Janubiy Sharqiy va Shimoliy Sharqiy Osiyo mintaqalari iqtisodiy rivojlanishlarini bugungi kun nuqtayi nazaridan o’rganib chiqish, ular orasidagi farqlanishlarga e’tiborni qaratish, ularda yuz berayotgan turli xil iqtisodiy jarayonlarni taxlil etish, ayniqsa, Shimoliy Sharqiy Osiyo mintaqasini chuqurroq o’rganib chiqishdan iborat bo’lib, mana shu maqsadga erishish uchun esa, quyidagi vazifalarni bajarish lozimdir:

  • Har bir mintaqaning o’ziga xos tomonlarini o’rganib, ular orasidagi farqlarni ajratib ko’rsata bilish:

  • Ular iqtisodiy salohiyatlarini, aholining yashash darajalarini oshirishdagi xatti-xarakatlarini, iqtisodiy islihotlarni amalga oshirish jarayonlarini taxlil etish:

  • Shimoliy Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini o’rganib chiqish:

  • Ushbu mintaqadagi eng katta mamlakat – Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy rivojlanish bosqichlari, undagi qo’yilgan xatolar “katta sakrash” va “madaniy inqilob” konsepsiyalari, “ochiq eshiklar siyosati”, iqtisodiy islohotlar jarayonlarini o’rganish:

  • Mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini rivolanish xususiyatlarini taxlil etish:

  • XXR ning XXI asrda rivojlanish tendensiyalarini taxlil qilish:

  • XXRning tashqi iqtisodiy faoliyatini chuqur o’rganish lozim.

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi ular orasidagi muhim differensiatsiyani mavjudligi bilan belgilanadi. Xalqaro amaliyotda yalpi milliy mahsuloti yoki aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsuloti ko’rsatkichlariga asoslangan dunyo mamlakatlari tipologiyasidan keng foydalaniladi. Unga asosan Jahon Banki quyidagi mamlakatlar guruxini ajratib ko’rsatadi:

Yoqori daromadli mamlakatlar (ularda Jalpi milliy daromadning aholi jon boshiga to’g’ri kelishi yiliga 10 726 AQSh doll. dan yoqori);



  • O’rtacha daromadga ega mamlakatlar (876 dan 10 725 AQSh doll.cha);

  • Past daromadli mamlakatlar (875 va undan kam).

Xalqaro valyuta fondi (XVF) o’z navbatida mamlakatlarni quyidagicha ajratadi:

  • Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat (27 mamlakat va 2 xudud: Tayvan, Gonkong). Mana shu mamlakatlar hissasiga jahon Yalpi ichki mahsulotining 52%i, jahon tovarlar va xizmatlar ekspotining 69%i va jahon aholisining faqat 15% i to’g’ri keladi;

  • Bozor iqtisodiuoti shakllanayotgan va rivojlanayotgan mamlakatlat (o’tish davri iqtisodiyotli) (145 ta mamlakat) jahon Yalpi ichki mahsulotining 47,7%i, , jahon tovarlar va xizmatlar ekspotining 30,8%i va jahon aholisining deyarli 85%i ularga to’g’ri keladi. Bu esa, o’z navbatida ularni 3 gurux mamlakatlariga taqsimlashga olib keldadi: riyojlangan, rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotli mamlakatlarga: ular orasidan rivojlanayotgan gurux mamlakatlarini bir nechtaga ajratish mumkin: kamroq rivojlangan mamlakatlar ( dunyoning tng kambag’al mamlakatlari, ularning rivojlanishi noqulay sharoitlar natijasida murakkablashgan, masalan: orolda yoki kontinent ichkarisida joylashganligi); yangi industrial mamlakatlar; neftni eksport qiluvchi mamlakatlar va boshqalar. Ularning barchasi nobarqaror tarkibga ega.

Mana shunday xududiy taqsimlanish tamoili quyidagi mezonlarni qo’llagan holda, dunyo mamlakatlarini alohida mintaqalarga, submintaqalarga birlashishiga yordamlashadi:

  • Fizik-geografik. Bu mezonga mos holda quyidagi mintaqalarni ajratish mumkin: Osiyo (Janubiy, Sharqiy, Shimoliy-Sharqiy, G’arbiy, Janubiy-Sharqiy, Markaziy);

  1. Sotsiyo madaniy (ASEAN, O’rta Osiyo).

Har bir mintaqa to’g’risida alohida to’xtalib o’tamiz: Shimoliy-Sharqiy Osiyo mintaqasi tarkibiga quyidagi mamlakatlar kiradi: Xitoy, Koreya Respublikasi, Koreya Xalq demokratik respublikasi, Mongoliya, Tayvan va Yaponiya.

Mazkur mintaqa mamlakatlarining ko’pchiligi rivojlanishning eksportga yonaltirilgan modelidan foydalanadilar, u esa iqtisodiyotning asta-sekin erkinlashtirilishini va davlat vazifalarining cheklanishini ko’zda tutadi. Ushbu strategiyaga birinchilardan bo’lib Yaponiya, Tayvan, Janubiy Koreya va Gonkong o’tdilar. Mamlakat g’aznasiga valyuta tushumlarining kelib tushishi ko’paygan sari, undagi infratuzilma ob’ektlarini rivojlanishi, aholining yshash sharoitlari va ta’limning darajalarini oshishi natijasida mamlakatda capital hamda texnika sig’imi katta bo’lgan tarmoqlarning rivojlanishiga o’tildi. Mazkur mintaqada iqtisodiy salohiyat nuqtai nazaridan katta quvvatga ega mamlakat deb XXR ni atab o’tish lozimdir. U bugun o’zining YaIM ni absolyut hajmi bo’yicha dunyoda 2-o’rinni va aholisining soni bo’yicha dunyoda 1-o’rinni egallamoqda (2010 y ma’lumotiga ko’ra 1 mlrd.347 mln. kishi).




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish