XULOSA…………………………………………………………………….. 61
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………... 63
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Yaqin Sharq va Fors ko’rfazi mintaqalaridagi keskin vaziyatlar bugungi kunda jahonning barcha mintaqalarida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalasi dolzarb ekanligini yana bir bor isbotladi. “Har bir mintaqada xavfsizlikni ta’minlash muammolari muayyan mohiyatga ega. Shuningdek, har bir mintaqaning o’z xususiyatlari, o’z tahdid manbaalari va xavfsizlikni saqlash omillari bor”, - deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz I.Karimov1.
Albatta, Prezidentimiz aytganlaridek, Yaqin Sharq mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashning o’ziga xos tamoyillari mavjud bo’lib, bu avvalo Arab-Isroil mojarosi o’z echimini topishi zarur.
Uchinchi dunyoning ko’plab mamlakatlari, birinchi navbatda, arab va musulmon davlatlari, ular o’rtasidagi mavjud qarama-qarshiliklarga qaramasdan Falastin manfaatlarini qo’llab-quvvatlashda hamjihatlar. Ushbu fikr oxirgi yillar BMTda Falastin muammosi hamda Yaqin Sharqda siyosiy va harbiy inqiroz bo’yicha ovoz berish jarayonida o’z isbotini topdi. Masalan, BMTning ko’plab a’zo davlatlari Quddusda yangi yahudiy turar joylarining qurilishini qoralash bilan birga Falastinning BMTdagi vakili maqomini yanada oshirish taklifini qo’llab-quvvatlashdi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida Yaqin Sharq mintaqasida va musulmon dunyosida etakchi davlatlardan hisoblangan Saudiya Arabistoni – Eron Islom Respublikasi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yoritib berishga bag’ishlangan. Albatta, bu davlatlarning ichki va tashqi siyosatini hamda o’zaro munosabatlarining rivojlanish bosqichlarini o’rganish, bundan tashqari ikki mamlakatning Yaqin Sharq va Fors ko’rfazida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash siyosatini tadqiq etish dolzarb hisoblanadi.
XXI asrda dunyoning turli hududlarida uzoq vaqt davomida davlatlar ichki va tashqi siyosatiga hamda davlatlararo munosabatlarga «islom omili»ning ta’siri tobora oshib borayotgani ochiq-oydin namoyon bo’ldi. Bu ta’sir «sovuq urush»ning yakunlanishi, ikki qutbli tizimning yo’q bo’lishi, jahonda bir qutbli rivojlanish jarayonining boshlanishi, turli davlatlarning mavjud manfaatlari o’rtasida qaror topgan muvozanatning buzilishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi hamda ularning jahon siyosati va iqtisodiyotida faol sub’ekt sifatida qad ko’tarishi natijasida ro’y bergan global geosiyosiy o’zgarishlar bilan uzviy bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «islom qadriyatlarini tiklash bayrog’i ostida ro’y berayotgan hodisalar g’oyat xilma-xil, ko’p qirrali, ba’zan ziddiyatli... uyg’onishga chorlovchilar qatorida iqtisodiy va madaniy rivojlanish tarafdorlari barobarida turli diniy oqim va yo’nalishlar, shuningdek o’rta asrlarga qaytish tarafdorlari ham qad ko’tardi»1. Ularning, o’tmish an’analari va qadriyatlarini tiklashga intilishlari zamirida, zamonaviylik va jamiyatni g’arb namunasi bo’yicha yuksaltirishni rad etish yotadi. Shu sababdan, O’zbekiston rahbariyati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq «chuqur anglangan yondashuv, siyosiy, iqtisodiy va madaniy dasturlar majmuini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish, qayta tiklanayotgan qadriyatlarga tanlama yondashuv, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash yo’sinidagi umumbashariy qadriyatlarni boyitib borishda muhim ahamiyat kasb etgan milliy urf-odatlarimizni rivojlantirish»2 yo’lini tanladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharofati bilan jamiyatning ma’naviy-diniy asoslarini qayta tiklash uchun keng imkoniyat yaratib berildi.
Shu bilan birga, «islom omili»ning xalqaro siyosatdagi rolining tobora oshib borishi hamda bugungi kunda ba’zi musulmon tashkilotlarining siyosiylashuv va keskinlashuvga moyilligi O’zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlarning barqarorligi va taraqqiyotiga jiddiy tahdid sola boshladi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda Fors Ko’rfazi davlatlari ichida etakchi davlatlar hisoblangan Saudiya Arabistoni va Eron Islom Respublikalari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |