Muammoning o’rganilganlik darajasi. O’zbekiston xitoyshunosligi
tarixida ushbu mavzu bo’yicha izlanishlar chuqur olib borilmagan. Markaziy Osiyo
cholg’ushunosligi,xususan, o’zbek milliy cholg’u ijrochiligining tarixiy, nazariy va
amaliy masalalari o’zbek olimlari F.Karomatli, I.Rajabov, A.Nazarov,
J.Rasultoyev, A.Malkeyeva,Botir Matyoqubov, M.Yusupova, A.Xalimovalar, rus
olimlaridan T.S.Vizgo, Revo Markovich Petrov, A.N.Petrosyants, Belyayev V.M
lar, yevropalik musiqashunoslar Egon Welesz, G.Farmer, L.Pekkin, yaponiyalik
T.Genichi va boshqa qator olimlar izlanishlarida keng tadqiq etilgan.
Chunonchi T.Vizgo, A.Malkeyeva asarlarida o’zbek xalq cholg’ulari,
ularning tarixi, F.Karomatli tadqiqotlarida esa cholg’ularning ijro imkoniyatlari,
mahalliy uslublari, sozlanish va diapazonlari har tomonlama o’rganiladi. Shu bilan
birga, o’zbek milliy cholg’ulari A.Vamberi, M.Masson, L.Pempel, S.Tolstov,
R.Sadokov, G.Pugachenkova kabi tarixchi va arxeolog olimlar tomonidan ham
umumiy tarzda yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |