43
Furqat 1890 yil, 5 oktyabrda Toshkent teatrida bo‘lgan vaqtida «Suvorov» spektaklini ko‘rganidan
so‘ng ilhom bilan o‘zining «Suvorov haqida» she’rini yozadi. N. P. Ostroumov shoirning ana shu she’rini rus
tiliga satrma-satr tarjima yo‘li bilan ag‘dargan .
G‘arb yozuvchilarining o‘zbek tiliga o‘girilgan asarlari
Davrlar o‘tishi, fan-texnika, adabiyot va san’at taraqqiyoti munosabati bilan xilma-xil sohalar
bo‘yicha ko‘plab adabiyotlar paydo bo‘la boshlagan ekan, ularni ham muloqotga kirishilayotgan
mamlakatlar tillariga yoki ular tillaridan ona tiliga tarjima qilishga ehtiyoj sezila boshlagan
• arab
• fors
• hind
• yunoncha
• usmonli turkcha
• rus
G‘arbiy Ovro‘po kabi tillardan o‘girilgan asarlar o‘zbek xalqi yozma adabiyotining katta ulushini
tashkil etadi.
Shayx Sa’diy “Guliston”, Nizomiy Ganjaviy “Mahzanul asror”, Firdavsiy “Shohnoma”, Kaykovus
“Qobusnoma”, Umar Xayyom ruboiylari, Hofiz g‘azallari, “Ming bir kecha Arab ertagi”, Hind ertagi
“Kalila va Dimna”, Qirg‘iz xalqi eposi “Manas”, A.S.Pushkin she’riyati,
Muxtor Avezov “Abay” romani, Robindranat Tagor romanlari, L.N.Tolstoy romanlari, T.G.Shevchenko
she’riyati, Maxtumquli ijod mahsullari, Nizomiy Ganjaviy “Xisrav va Shirin”
Bizning e’tiborimizni o‘ziga ko‘proq tortayotgan mamlakatlar, chunonchi, G‘arbiyo Ovro‘po
mamlakatlari adabiyotining ajralmas bo‘lagi hisoblanmish Angliya adabiyoti va inglizzabon ijodkorlar
sanalmish amerika adabiyoti vakillari asarlarining o‘zbek tiliga tarjimalari haqida gap ketadigan bo‘lsa, shuni
alohida qayd etish lozimki, bunday tarjima asarlari o‘zbek kitobxonlari e’tiborini darhol o‘ziga tortdi va tez
orada ularning ko‘pchiligi xalqimizning sevimli asarlariga aylanib, kitob javonlaridan o‘rin oldi.
30-yillarning birinchi yarmidan e’tiboran o‘zbek kitobxonlari inglizzabon mualliflar asarlari bilan
yaqindan tanisha boshladilar. Bu davrda tarjimonlar e’tiborini buyuk ingliz dramaturgi V.Shekspir ijodi
ko‘proq o‘ziga tortdi.
Keyingi o‘n yilliklarda o‘zbek kitobxonlari jahon adabiyotining bir talay yirik namoyandalari
asarlarini ona tilida mutolaa qila boshladilar.
• Abdulla Oripov Dantening “Ilohiy komediya”si;
• Erkin Vohidov Gyotening “Faus”i;
• Qodir Mirmuxammedov Gomerning “Odisseya”si, Jovanni Bokkachoning “Dekameron”i;
• Mirtemir qirg‘iz eposi “Manas”;
• Muhammad Ali hind xalqining”Ramayana” eposi va boshqalar asarlarini o‘zbek tilga tarjima qilib, xalq
e’zoziga sazovar bo‘ldilar
• 1978 yilda V.Shekspirning sonetlari alohida kitob tarzida (o‘zbek tiliga o‘girilgan) bosib chiqarildi.
• 1971 yilda Shotlandiya shoiri Robert Bernsning “Qo‘shiq va balladalar” kitobi Muhammad Ali
tarjimasida nashr etildi.
• 1974 yilda Bayronning she’r va balladalari M. Shayxzoda, Jumaniyoz Jabborov, Muhammad Ali, Rauf
Parfi tarjimalarida kitob shaklida chop etildi.
• 1988 yilda buyuk ingliz shoiri Jorj Bayron tug‘ilganiga 200 yil to‘lishi munosabati bilan qator gazeta va
jurnallar sahifalarida shoirning “Don Juan” dostonidan Abdulla Sher asliyatdan bevosita o‘girgan
parchalar bosildi.
• 1960 yilda V.Shekspir asarlarining o‘zbek tilidagi birinchi to‘plami bosib chiqarilgan.
• 1956 yilda taniqli yozuvchi-tarjimon Mirzakalon Ismoiliy ingliz yozuvchisi E.Voynichning “So‘na”
romanini qayta o‘girib, asarning ancha mukammal tarjimasini kitobxon e’tiboriga havola etdi.
O‘zbekchaga o‘girilgan asarlarning ko‘pchiligi mamlakatimiz teatrlarida muvaffaqiyatli
sahnalashtirildi. Iste’dodli sahna ustalari Abror Hidoyatov, Olim Xo‘jaev, Shukur Burxonovlar Otello,
Hamlet va Brut rollarini qoyilmaqom ijro etganliklari tufayli qator yillar davomida tomoshabinlar tahsiniga
sazovor bo‘ldilar.
1943 yilda mamlakatimizga mehmon bo‘lib kelgan Britaniya parlamenti delegatsiyasining Hamza
nomli Akademik drama teatri sahnasida “Otello” tragediyasini tamosha qilganidan keyin, teatrning
taassurotlarni qayd etish daftarida yozib qoldirgan ushbu so‘zlarini keltirish joizdir: “Britaniya parlament
delegatsiyasi Toshkent drama teatri sahnasida “Otello”ni ko‘rib, juda huzur qildi. Buyuk asarning bu qadar
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |