Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#85375
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       28 

 

 

 

Qutb Xorazmiy Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostoni tarjimasi bilan mashhur bo‘lgan va shu orqali 

o‘zbek  mumtoz  adabiyotidan  o‘ziga  munosib  o‘rin  egallagan.  “Xusrav  va  Shirin”  tarjimasi  bo‘yicha 

nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan ozarbayjon olimi A. Tohirjonov u 1330-1336 yillarda yaratilgan, degan 

fikrni ilgari suradi. Doston tarjimasi amir Qutlu Xo‘janing tavsiyasi bilan 1383-1384 yillarda Misrda Berka 

Faqih  ibni  Barokaz  Edgu  Qipchoqiy  tomonidan  ko‘chiriladi.  Bu  qo‘lyozma  1914  yili  Parij  Milliy 

kutubxonasidan (inv.№ 312) topilib, ilmiy muomalaga kiritiladi va sharqshunoslar o‘rtasida mashhur bo‘lib 

ketadi. 1940 yilda Alisher Navoiyning 500 yillik yubileyini o‘tkazish komiteti tomonidan uning fotonusxasi 

olinib,  Hodi  Zarif  uni  nashrga  tayyorlagan.  Bu  nusxa  hozirgi  vaqtda  O‘zbekiston  Respublikasi  Fanlar 

akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida saqlanadi. 1958 yilda polyak sharqshunosi 

A.Zayonchkovskiy tarjimani faksimile va transkripsiyasi bilan Varshavada nashr ettirgan. 

Qo‘lyozma  120  varaq  (240  bet)  bo‘lib,  4750  baytni  o‘z  ichiga  oladi.  Shundan  4685  bayti  Qutb 

qalamiga mansub bo‘lib, qolgani kotib tomonidan qo‘shilgan. Doston 91 bobdan iborat. Holbuki, Nizomiy 

dostoni 102 bob bo‘lib, 6 mingdan ortiqroq baytni o‘z ichiga oladi. Tarjimon asliyat mazmunini, syujetini 

saqlab  qolish  bilan  birga,  uni  ancha  erkin  tarjima  qiladi,  o‘z  davriga  moslashtiradi.  O‘sha  davrda  badiiy 

tarjima  prinsinlari  shunday  bo‘lib,  tarjimon  tarjimani  ijodiy  ish  sanab,  unga  xohlagancha  o‘zgartirishlar 

kiritishi mumkin bo‘lgan. Jumladan, Qutb ham asar muqaddimasiga “Shahzoda Tinibekxon madhi”, “Malika 

marhuma  Xonmalik  madhi”,  “Kitob  nazm  qilmoqqa  sababi  bayon  ayur”  boblarini  qo‘shadi.  Ayni  paytda, 

dostonning  umumiy  syujetiga  aloqasiz  hisoblaganidan  bo‘lsa  kerak,  “Chihil  qissa  az  “Kalila  va  Dimna” 

(“Kalila  va  Dimnadan  qirq  qissa”),  “Natijai  afsonai  Xusrav  va  Shirin”  (“Xusrav  va  Shirin  afsonasining 

natijasi”),  “Me’roji  Muhammad”  (“Muhammad  Me’roji”),  “Dar  nasihati  farzandi  xud  Muhammad”  (“O‘z 

farzandim Muhammadga nasihat bayonida”) kabi qator boblarni qisqartiradi, ayrim boblarni ixchamlashtirib, 

bir-biriga  qo‘shib  yuboradi.  Lekin  “Qutb  tarjima  qilganda  voqea  va  syujetni  qisqartirmaydi,  balki  bularga 

xalal  yetkazmaydigan  darajada  boblarni  bir-biriga  qo‘shgan,  aniqrog‘i,  boblarning  nomlarini  o‘zgartirgan, 

xolos. Masalan, asliyatdagi: “53-bob. Ogoh shudani Xusrav az holi Farhod”, “54-bob. Talab kardani Xusrav 

Farhod”,  “55-bob.  Munozarai  Xusrav  bo  Farhod”  degan  uch  bobni  Qutb  ikki  bobga  keltirgan:  “52-bob. 

Xusrav Farhod birla munozara qilib, Farhod tog‘ qazimoqliqi so‘zi”. Lekin shu ikki bobda asliyatdagi uch 

bobning mazmuni, voqea va syujeti to‘la berilgan, hatto uch bobning satrlar soni ham saqlangan”

9



Qutb  Nizomiy  dostonidagi  XII  asr  hayotiga  oid  ayrim  lavhalarni  tushirib  qoldiradi,  qisqartiradi  yoki 



tahrir qiladi, ularning o‘rniga Oltin O‘rda hayotiga doir voqealarni kiritadi. Natijada, Sodir Erkinov ta’biri 

bilan  aytganda:  “Doston  bilan  tanishgan  o‘quvchi  ko‘z  o‘ngida  sosoniy  davlatining  manzaralari  emas, 

ko‘pincha  Oltin  O‘rda  hayotini  eslatuvchi  taf-silotlar,  O‘rta  Osiyo  xalqlarining  urf-odatlari,  turmush 

yo‘sinlarini  ang-latuvchi  misralar  diqqatni  tortadi.  Saroy  va  u  yerdagi  rasm-rusumlar,  kishilarning  o‘zaro 

munosabatlaridagi  axloq-odob  qoidalari  bevosita  Qutb-ning  o‘zi  yashagan  turmush  sharoitini  eslatib 

turadi”


10

.  Qutb  Nizomiy  dostonidagi  davlatlar  va  mamlakatlar  nomini  ham  o‘ziga  tanishlari  bilan 

almashtiradi.  

Dostonni erkin tarjima qilgani haqida shoirning o‘zi muqaddimada shunday degan edi: 

Qazontek qaynab-ush savdo pishurdum

Nizomiy bolidin halvo pishurdim. 

Har  qanday  yetuk  tarjima  ham  asliyatning  o‘rnini  bosolmaydi.  Shuning  uchun  ham  Qutb  o‘z 

tarjimasini Nizomiy bolidan pishirilgan halvo deb ataydi. 

Qutb  Nizomiy  dostoni  asosida  o‘zbekcha  doston  yaratish  va  uning  vositasida  o‘zbek  tilining  boy 

imkoniyatlarini  namoyon  qilishni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib  qo‘ygan  edi  va  u  buni  muvaffaqiyat  bilan 

uddalaydi.  Bu  tarjima  o‘sha  davr  o‘zbek  tilini  o‘rganish  uchun  muhim  manba  bo‘libgina  qolmay,  balki 

o‘zbek  adabiy  tili  va  adabiyotining  taraqqiyotida  ham  muhim  rol  o‘ynadi.  Mahorat  bilan  nazm  silkiga 

terilgan hassos misralar Qutbning o‘zbek tilining katta bilimdoni bo‘lganligini ko‘rsatadi.  

Qutb tarjimasini Nizomiy dostoni bilan qiyoslar ekan, mutarjimning she’riy salohiyati balandligi va u 

asliyatga qoyilmaqom tarjima yaratib, “Nizomiy panjasiga panja” ura olganligini ko‘ramiz.  

Sayf  Saroyining  hayoti  haqida  yetarli  ma’lumot  yo‘q.  Uning  qachon  tug‘ilib,  qachon  vafot  etgani 

ham ma’lum emas Lekin «Guliston»ning tarjima qilingan yili aniq (793/ 1391—92 yillar). Tarjimaning tili 

sodda va shirali bo‘lib, kishini o‘ziga jalb etadi, adabiyotchilarimiz, ham lingvist olimlarimiz uchun qimmatli 

material beradi. 

Sayf Saroyi «Guliston» kabi dunyoga mashhur bo‘lgan asarni tarjima qilishga qo‘l urar ekan, buning 

naqadar mas’uliyatli ish ekanini sezib, juda ehtiyotlik bilan ish boshlaydi va uning har bir satrini qunt bilan 

                                                 

9

 Ш а р и п о в     Ж. Ўзбекистонда таржима тарихидан. – Тошкент, 1965. 46-47-бетлар. 



10

 Ўзбек адабиёти тарихи. Беш жилдлик. 1-жилд. – Тошкент, 1977. 211-212-бетлар. 




 Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish