Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/160
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#85375
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   160
Bog'liq
tarjimashunoslik

       14 

 

 

 

Rossiyada  tarjima  tarixini  yaratish  yuzasidap  birinchi  qadam  qo‘yildi  —  «Rus  yozuvchilari  tarjima 

haqida.  XVIII—XX  asrlar»  (1960)  kitobi  nashrdan  chiqdi.  Lenpngradda  adabiy-estetik  problemalarga 

bagishlangan, Moskvada struktural-lingvistika planida yozilgan nazariy tadqiqotlar yuzaga  keldi. Bu azaliy 

tarjima  markazlaridan  tashqari,  Kievda  1958  yili  rus  tilida  M.  Rilskiyning  «Bir  slavyan  tilidan  ruschaga 

badiiy  tarjima»,  ukrain  tilida  O.  Kundzichning  til  va  tarjima  problemalariga  oid  maqolalar  to‘plami  e’lon 

qilindi ( bu asar «So‘z va obraz» nomida 1973 yili to‘ldirilib Moskvada rus tilida chiqdi). Tibilisida G. R. 

Gachschiladzening «Realistik tarjima problemalari» nomli monografiyasi (1959 yili gruzin tilida, 1964 yili 

—  ruschada)  nashrdan  chiqdi.  Ittifoqning  boshqa  shaharlarida  ham  tarjimani  nazariy  o‘rganish  kuchaydi. 

Masalan,  1955  yili  Bokuda  ozarbayjon  tilida  Jumshud  Azimovning  «Tarjima  prinsiplari»,  1962  yili  S. 

Taljonovning  qozoq  tilida  «Badiiy  tarjimaning  asosiy  problemalari»,  1965  yilda  Yerevanda  Levon 

Mirtchyanning  «She’rlar  va  tarjimalar»,  1978  yilda  shu  avtorning  Moskvada  «Jonajon  va  qadrdon»  nomli 

maqolalar to‘plamlari bosilib chiqdi. 

Bu  borada  O’zbekiston  olimlarining  tajribasi  alohida  diqqatga  sazovor  O’zbekiston  Markaziy 

Komitetining  badiiy  tarjima  ishlarini  tubdan  yaxshilash  haqida  1965  yili  chiqargan  qaroridan  keyin  badiiy 

ijodning bu sohasida ancha sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. O’zbek adabiyotidan qilingan tarjimalar miqyosi 

ham kengaydi. O’zbekiston markasi bilan chiqayotgan kitoblarni jahonning 97 mamlakatida, shu jumladan, 

Angliya, AQSh, GFR, Fransiya, Italiya, Kanada, Eron, Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlarda 

o‘z ona tillarida o‘qimoqdalar. Mavjud tarjimalarni ilmiy tadqiq qilish ishi respublikada juda yaxshi yo‘lga 

qo‘yilgan.  Oxirgi  ma’lumotlarga  qaraganda,  bu  yerda  ellikka  yaqin  tadqiqotchi  tarjima  problemalari  bilan 

band.  Ularning  o‘ttizdan  ortig’i  ilmiy  darajaga  ega.  Respublikada  qisqa  muddat  ichida  yirik  ilmiy  asarlar 

bunyod  etkldi.  Jumaniyoz  Sharipovning  «O’zbekistopda  tarjima  tarixidan»  (1965),  «Badiiy  tarjimalar  va  

mohir tarjimonlar» (1972), G‘aybulla Salomovning  «Til va tarjima» (1966), «Tarjima nazariyasiga kirish» 

(1978), G. G‘afurovaning «O’zbekistonda tarjima taraqqiyoti» (1973), Z. Umarbekovaning «Lermontov va 

o‘zbek  she’ikyati»  (1973),  Q.  Musaevning  «Badiiy  tarjima  va  nutq  madaniyati»  (1976)  kitoblari, 

shuningdek,  G‘.  Salomov,  N.  Komilov,  Z.  Salimova,  Q.  Jo‘raev,  N.  Otajonovlar  yaratgan  «Tarjimon 

mahorati»  (1979)  monografiyasi,  A.  Klimenkoning  «Do‘stlik  ramzi»  (1974),  K.  Jo‘raevning  «Tarjima  — 

san’at»  (1975),  N.  Otajonovning  «Badiiy  tarjima  va  ilmiy  sharh»  (1978)  risolalari,  respublika  va  Ittifoq 

matbuotida e’lon qilingan bir necha salmoqdor maqolalar fikrimizni quvvatlaydi. A. S. Pushkin nomidagi Til 

va adabiyot ilmiy-tadqiqot institutining adabiy aloqalar va badiiy tarjima nazariyasi sektori «Badiiy tarjima 

— do‘stlik quroli» (1974), «Badiiy tarjimaning aktual masalalari» (1977) mavzuida, M Ulug’bek nomidagi 

O’zbekiston  milliy  universitetining  tarjima  nazariyasi  kafedrasi  esa  rus  va  o‘zbek  tillarida  «Tarjima 

nazariyasi  masalalari»  (1977)  to‘plamlarini  nashrdan  chiqardilar.  G‘afur  G‘ulom  nomidagi  Adabiyot  va 

san’at  nashriyoti  muntazam  chop  etayotgan  «Tarjima  san’ati»  maqolalar  to‘plami  Butunittifoq  miqyosida 

tanilib  bormoqda,  bu  adabiy-tanqidiy  minbar,  ilmiy  nashr  O’zbekistondagi  yirik  tarjimon  va 

tarjimashunoslar,  yosh  tadqiqotchilar,  o‘zbek  adabiyotining  chet  eldagi  va  Markaziy  Osiyoning  boshqa 

shaharlaridagi  jonkuyarlarini  birlashtirib,  ulkan  xayrli  ishni  amalga  oshirmoqda.  Qisqasi,  tarjimani  ilmiy 

tomondan o‘rganish masalasiga bu yerda katta ahamiyat berilmoqda. 

Bizning Ozarbayjon respublikamizda ham katta tarjimachilik amaliyotining ilmiy negizlarini yara-tish 

ishiga jiddiy e’tibor berilayotir. «Badiiy tarjima sohasidagi nazariy tafakkur ildizlari uzoq o‘tmishga borib 

qadalsa ham, Ozarbayjonda tarjimashunoslik muntazam fan sifatida faqat so‘nggi 20 yil ichida taraqqiy eta 

boshladi»  (J.  Mamedov).  Bu  borada  Yu.  A.  Xudabashev,  Yu.  Graninning  «Literaturnmy  Azerbaydjan» 

jurnalida chiqqan «Badiiy tarjima problemalari» (1940, 12-son, 1941, 1-son) va M. A. Da-dashzoda (Mamed 

Orifiy)ning ham o‘sha nomdagi (1954, 8-son), M. Rafiliyning «Drujba narodov» jurnalida bosilgan (1959, 4-

son)  «Badiiy  tarjima  madaniyati»  degan  maqolalari  ancha  yaxshi  taassurot  qoldiradi.  J.  A.  Azimovning 

«Tarjima prinsiplari» nomli kitobi, F. G. Valixonovaning «Samad Vurg‘un poeziyasi rus tilida» degan 1965 

yili  Moskvada  yoqlangan  dissertatsiyasi  (bu  tadqiqot  1967.  yilda  Bokuda  «Samad  Vurg‘un  she’riyatining 

ruscha  tarjimalari»  nomi  ostida  chop  etildi),  M.  M.  Poshayeva  (1964),  A.  I.  Kozimov  (1967),  B.  G. 

Huseynov  (1967),  A.  A.  Rizaev  (1969),  T.  A.  Abbosquliev  (1971),  H.  H.  Bayramov  (1971),  O.  K. 

Boboyevlarning  (1972)  dissertatsiyalari  rsspublikamizda  tarjimashunoslik  fani  muayyan  yutuqlarni  qo‘lga 

kiritayotganiga dalil bo‘la oladi. 

Tarjma  haqidagi  mavjud  nazariy  adabiyotlar  nimani  tarjima  qilish  mumkinu,  nimani  o‘girish  amri-

mahol degan muammoni tahlil qilishga bagishlanadi. 

Tarjima  ilmiy  tadqiq  qilish  mumkinligiga  ko‘p  mutaxassislar  hamon  ishonmay  keladilar,  ular 

o‘zlarining  umidsizligini  ko‘proq  tarjimachilikning  xususiyatlarini  ro‘kach  qilish  bilan  niqoblashga 

intiladilar.  «Nazariyani  «san’atning  alohnda  turi  bo‘lgan  tarjima»  qiziqtirishi  kerak»,—  deb  uqtiradi  rus 

klassik  va  sovet  adabiyotidan  nemis  tiliga  tarjimalar  muallifi,  GDR  San’at  akademiyasining  a’zosi  Alfred 

Kurella.  «Mening  biz  yaratayotgan  «tarjima  nazariyasi»ga  unchalik  ishongim  kelmaydi.  Ishqilib,  keyin 




 Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish