47
dramasini
11
, shuningdek, Bilqiz Aladinning Budda, Muso, Iso va Muhammad singari payg‘ambarlarga
bag‘ishlangan qissalarini, «Akbar va Birbal» hikoyatlarini mahorat bilan tilimizda jaranglatdi. Yaqinda
Shekspir sonetlari tarjimasini nihoyasiga yetkazdi.
Fors tilidan – Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Abdulloh Ansoriy, Hakim Sanoiy, Adib Sobir
Termiziy, Mavlono Jaloliddin Rumiy, Shayx Najmiddin Kubro, Amir Xusrav Dehlaviy, Mirzo Abdulqodir
Bedil ruboiylari, Mavlono Jaloliddin Rumiyning olti kitobdan iborat muazzam «Masnaviyi ma’naviy»si,
Shayx Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», «Ilohiynoma», «Asrornoma» dostonlari, Abdurahmon Jomiy
g‘azallarini o‘zining aruziy vazni bilan o‘zbek tilida yangrata oldi.
U Sharq so‘z san’ati durdonalarini ham, G‘arb adabiyoti barkamol namunalarini ham qiyomiga
yetkazib tarjima qilib kelayapti – rus, ingliz, fransuz, latish, fors, tojik, turk, arab, ozarbayjon adabiyotidan
qilgan tarjimalari buning yorqin dalilidir.
Jamol Kamol tarjimalari janr jihatidan ham chegaralanmagan – u roman, qissa, hikoyat, drama,
doston, g‘azal, ruboiy, sonet, ertak, rivoyat kabi ko‘plab janrdagi asarlar tarjimasida qalamini sinab ko‘rib,
ularning barchasida muvaffaqiyatga erishgan.
Darhaqiqat, Jamol Kamol Shekspir va Pushkinning oq she’rda yozilgan fojialarini ham, Ibn Sino,
Umar Xayyom va Mirzo Bedillarning teran falsafa va yuksak badiiyat omuxta purma’no ruboiylarini ham,
Rumiy va Attorlarning islomiy g‘oyalar, tasavvufiy qarashlar hassoslik bilan nazm rishtasiga terilgan irfoniy
dostonlarini ham, Bualoning «She’riy san’at» nomli adabiyot nazariyasiga oid she’riy asarini ham, Yan
Raynisning bolalarga bag‘ishlangan «Oq tulpor» nomli she’riy dramatik ertagini ham, Radiy Fish va Sotim
Ulug‘zodalarning tarixiy romanlarini ham ularning ruhiga kirib, uslubiga kalit topib, muvofiq shaklda
asliyatga munosib tarjima qilishning uddasidan chiqqan.
Shu tariqa, u «rus, turk, ozarbayjon, fors-tojik va ingliz tillarini puxta o‘zlashtirgan, nafosatini teran
his qila biladigan poliglot tarjimon sifatida nafaqat o‘z ona-Vatanida, balki Turkiya, Eron, Hindiston,
Rossiya, Ozarbayjon va Tojikiston singari mamlakatlarda tanildiki, buni uning mazkur tarjimalari uchun
Turkiya jumhuriyati Madaniyat vazirligining Jaloliddin Rumiy oltin medali hamda Eron Islom Respublikasi
davlat mukofoti bilan taqdirlanganligi»dan
12
ham bilsa bo‘ladi.
Hech mubolag‘asiz, Jamol Kamol bir necha tillar, har xil adabiyotlar, turli janrlar, rang-barang
uslublardagi mahorat bilan amalga oshirilgan «ko‘b va xo‘b» tarjimalari bilan o‘ziga o‘lmas haykal qo‘yib
ulgurdi.
Jamol Kamolning barcha tarjimalari – ruboiylardan tortib «Masnaviyi ma’naviy»gacha adabiy hayotda
voqea bo‘lgan. Jumladan u 9 nafar fors-tojik so‘z san’atkorining 333 ta ruboiysini maromiga yetkazib tarjima
qilgan.
11
Булардан учтаси – «Макбет», «Антоний ва Клеопатра», «Венеция савдогари» драмаларини аввал
русчадан таржима қилиб, кейинчалик уларни инглизча нусхасига қиёсан қайта кўриб чиққан. – Э.О.
12
Сафаров О., Шарипова Л. «Аср билан видолашув» // Ўзбек тили ва адабиёти, 2008, 5-сон, 101-бет.
Tarjimashunoslik
Do'stlaringiz bilan baham: |