Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarjimashunoslik


O’zbek  tilidan rus tiliga tarjima qilingan asarlar



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/167
Sana11.01.2022
Hajmi1,56 Mb.
#341529
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   167
Bog'liq
tarjimashunoslik

O’zbek  tilidan rus tiliga tarjima qilingan asarlar 

O’zbek  tilidan  rus  tiliga  tarjima  etish  ishlari  qadim  zamonlardan  beri  davom  etib  kelgan.  Bu 

tarjimaning birinchi yozma yodgorliklari diplomatik hujjatlar, turli shartnomalar va hokazolardan iborat edi. 




 

Tarjimashunoslik 

       

42 


 

 

 

O’zbekistan Rossiya sostaviga qo‘shib olingandan keyin tarjimaning bu turi yanada kuchaydi. Endi tarixiy 

asarlar, etnografik materiallar, folklor asarlari, ocherk, memuarlar va turli  hikoyalar ham  o’zbek tilidan rus 

tiliga tarjima qilina boshladi.  

O’zbek  tilidan  ruschaga  tarjima  qilingan  dastlabki  asarlardan  biri  «Bobirnoma»  edi.  1857  yilda 

sharqshunos    olim  N.  I.  Ilinskiy  «Bobirnoma»ning  tekstini  Qozonda  bostirib  chiqardi.  1871  yilda  N.  N. 

Pantusov, S. I. Polyakovlar mazkur asarning ayrim boblarini rus tiliga ag‘dardilar. (M. Sale revolyusiyadan 

keyin  «Bobirnoma»  ning  to‘la  tekstini  tarjima  qilib,  birinchi  kitobni  1948  yilda  chiqardi,  1958  yilda  esa 

asarning to‘la-to‘kis tarjima nashrini ta’minladi).  

Ruschaga tarjima etilgan katta asarlardan yana biri «Shayboniynoma»dir. Sharqshunos olim I. Berezin 

«Shayboniynoma»ning asl tekstini tarjimasi bilan birga bostirib chiqardi.  

O’zbek  tili,  tarixi  va  urf-odatlarini  yaxshi  bilgan  rus  sharqshunos  olimi  N.  S.  Likoshinning  birinchi 

tarjimasi Temurning tarjimai  holiga oid kitob bo‘lib, uni «Avtobiografiya Temurnoma» nomida 1894 yilda 

Toshkentda bostirib chiqardi.  

N.  S.  Likoshin  «Tarixi  Narshaxiy»  asarini  fors  tilidan  tarjima  etdi  va  bu  asar  1897  yilda  V.  V. 

Bartoldning tahririda Toshkentda nashr qilindi.  

«Devona- i- Mashrab»ning dastlabki ruscha tarjimasi ham N. S. Likoshin qalamiga mansub bo‘lib, u 

1910 yilda Samarqandda nashr qilingan edi.  

N.  S.  Likoshin  rus  tilidan  o‘zbekchaga  ham  bir  qancha  asarlarni  tarjima  qilgan  edi.  Masalan,  S.  M. 

Solovevning  «Rus  tarixi»  nomli  darsligini  va  qishloq  xo‘jaligiga  oid  bir  qancha  risolalar:  asalarichilik, 

o‘g‘itdan  foydalanish  haqidagi  kitoblarni  rus  tilidan  o‘zbekchaga  tarjima  qilgan.  U  mahalliy  xalq  orasida 

mashhur  bo‘lgan  afsonalardan  foydalanib,  «Мурадбек  и  Фатима»  («Хивин"  ское  придание»)  degan 

hikoyani yozib, 1896 yilda Toshkentda nashr qildirdi.  

XVII    asrga  doir  tarixiy  asarlardan  biri  —  Abulgoziyning  «Shajarai  tarokima»  asarini  sharqshunos 

olim A. G. Tumanskiy rus tiliga tarjima qilib, 1897 yilda Ashxobodda chiqardi. Boshqa bir  tarixiy asar — 

«Samariya»ni  Ulugbek  observatoriyasini  birinchi  bo‘lib  topgan  sharqshunos  olim  V.  L.  Vyatkin  rus  tiliga 

tarjima qilib, 1904 yilda Peterburgda nashr ettirdi.  

Musulmon odati va huquqiga oid «Hidoya» nomli asarni sobiq Samarqand gubernatori Grodekov rus 

tiliga  ag’darib,  1893  yilda  nashr  ettirdi.  Arab  tilini  mukammal  bilgan  Sattorxon  Grodekovga  o‘zining 

qimmatli maslahatlari bilan juda katta yordam bergan edi.  

Rus  olimlari  o‘zbek  adabiyoti  namunalarini  qidirib  topib,  nashr  va  tarjima  etib,  bular  to‘g‘risida 

maqola  va  katta  asarlar  yozganlar.  Ayni  zamonda  ruschadan  ko‘pgina  risola,  badiiy  asarlarni  ham  o’zbek 

tiliga tarjima qilganlar. Masalan, akademik A. N. Samoylovich Fuzuliy, Mashrab, Huvaydo, Sidqiy, Furqat, 

Bahodir,  mulla  G‘oyib  Bahriy,  Do‘st  Ali, Xoksor,  mulla Mirzo  kabi  38 ta shoirning  asarini to‘plash  bilan 

birga, ularning ba’zilarini tarjima qilishga ham kirishdi va ko‘plari haqida ilmiy asarlar yozdi.  

Akademik V. V. Bartold turkiy tillarni, jumladan o’zbek tilini bilishidan tashqari, fors, arab tillarini 

ham egallagan edi. U ko‘pgina tarjima asarlarining mas’ul muharriri bo‘lgan. Akademik V. V. Bartold O’rta 

Osiyo xalqlari madaniyati va adabiyoti to‘g‘risida yozgan asarlari bilan butun dunyoga mashhurdir.  

M. V. Kosoviskiy o‘zbek xalq qo‘shiqlarini tarjima qilib, notasi bilan etnografiya jurnalida e’lon qildi. 

Folklor  namunalarini  to‘plab  tarjima  qilishda  o‘qituvchi  Vasilevning  xizmati  katta.  «Turkiston  viloyati 

gazeti»da  uzluksiz  30  yilga  yaqin  redaktorlik  vazifasini  o‘tagan  N.  P.  Ostroumov  rus  yozuvchilarining 

asarlarini  o‘zbekchaga  va  o’zbek  yozuvchilarining  asarlarini  rus  tiliga  tarjima  qilishda  hormay-tolmay 

ishladi.  

O’z    sinfining  sodiq  o‘g‘li  N.  P.  Ostroumov  chor  Rossiyasining  manfaatlarini  ko‘zlagan  va  ularni 

qattiq himoya qilgan xolda, taraqqiyparvar o’zbek shoirlarining ajoyib asarlarini gazetada bostirishga majbur 

bo‘ldi. Uning o‘zi Muqimiy, Furqat va boshqa shoirlarning asarlarini rus tiliga tarjima qilgan edi.  

N.  P.  Ostroumovning  uzoq,  muddatli  tarjimachilik  faoliyati  ko‘p  qirrali  bo‘lib,  turli-tuman  janrlarni 

o‘z ichiga oladi. U tarixiy risolalar, sarguzashtlik kitoblari, she’r va folklor  asarlarini tarjima qilgan edi.  

N. P. Ostroumov shoir Furqatning «Akt majlisi xu-susida», «Toshkand shahrida bo‘lgan na’ma bazmi 

xususida»,  «Suvorov  haqida»,  «Shoir  ahvoli  va  she’r  mubolag‘asi  xususida»,  «1891  yil  22  yanvarda...», 

«1891 yil 10 fevralda...» kabi she’rlarini tarjima qilib, uning asarlarini rus xalqiga birinchi bo‘lib tanitdi.  

N.  P.  Ostroumov  «Sattorxon  Abdul  G‘afforovning  xotiralari»  («Восроминание  Саттархана  Абдул 

гаффарова»), «Qo‘qon shoiri Zokirjon Furqatning avtobiografiyasi» («Автобиография Кокандского поета 

Закирджан Фурката») ») kabi memuar asarlarni ham rus tiliga o‘girgan.  

N.  P.  Ostroumovning  hamma  tarjimalarini  ushbu  ishda  batafsil  tahlil  qilish  imkon  doiramizga 

sig‘maydi va bu bevosita bizning vazifamizga kirmaydi. Shunday bo‘lsa ham, uning Furqat ijodidan qilgan 

ayrim  tarjimalari  bilan  hozirgi  tarjimalarni  bir-biriga  qiyos  qilishga  ob’ektiv  zarurat  tug‘ilganiga,  quyidagi 

mulohazalar tufayli,  kitobxon iqror bo‘lsa kerak, deb umid qilamiz.  




 

Tarjimashunoslik 


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish