Dasturning informasion-metodik ta’minoti
Ushbu fanni o‘rgatish davomida o‘qitishning zamonaviy usullari va axborot texnologiyalarini
qo‘llash ko‘zda tutilgan, ya’ni mustaqil ravishda kerakli axborotni topish, o‘zlashtirilgan bilimni tahlil qila
olish va uni ish jarayonida tadbiq qila olish. Ushbu maqsadda darslarda quyidagi innovasion
texnologiyalardan foydalaniladi: “Aqliy hujum”, pazl, klaster, jamoa bo‘lib ishlash, axborotni to‘ldirish,
tartib bilan joylashtirish metodlari va boshqalar. Undan tashqari, dars mazmunli va foydali bo‘lishi uchun
audio va video texnika hamda internetdan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |