Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Tarix va falsafa” fakulteti



Download 282,03 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.05.2021
Hajmi282,03 Kb.
#64001
Bog'liq
Tashqi taqriz



Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Tarix va falsafa” fakulteti 

“Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va manbashunosligi” kafedrasining fors-

ingliz guruhi  2-kurs magistranti Poyonov Abdusamad Bahodir o‘g‘lining 

“Shahboniyxon: siyosiy qiyofasini yaratish tajribasi” mavzusidagi magistrlik 

dissertatsiyasiga 

TAQRIZ 

Poyonov  Abdusamadning  “Shahboniyxon:  siyosiy  qiyofasini  yaratish 

tajribasi”  mavzusidagi  magistrlik  dissertatsiyasiga  O‘zbekistonda  dolzarb  va  hali 

to‘liq  o‘rganilmagan  mavzularidan  biri  hisoblanadi.  Yurtimizda,  siyosiy  portret 

yaratish  tajribasi  hali  yosh  soha  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  bu  mavzu  doirasida 

ko‘plab  ilmiy  risola  va  adabiyotlar  bo‘lib,  magistrant  bu  mavzu  doirasida  tarixiy 

shaxsning  o‘zbek  davlatchiligi  tarixidagi  o‘rni  turli  manba  va  izlanishlar  orqali  

yoritib  bergan. Shuningdek  siyosiy  portret  yaratish tajribasi  shakllanishi  va  uning 

tarixshunosligiga doir ishlar tadqiq etilgan. 

Mazkur  magistrlik  dissertatsiyasi  kirish,  uch  bob,  olti  paragraf,  xulosa  va 

foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.   

Magistrlik 

dissertatsiyasining 

birinchi 

bobi 

“HOZIRGI 



DAVR 

TARIXSHUNOSLIGIDA 

SHAYBONIYXON 

SHAXSIGA 

DOIR 

TADQIQOTLAR”  deb  atalib,  uning  shaxsini,  xorijda,  yurtimizda  sovet  va 



mustaqillik davrlarida o‘rganilishi tarixshunosligini ochib berishga harakat qilgan. 

Xorijda Shayboniyxon shaxsi chuqur o‘rganilayotgani, uning hozirgi davr yurtimiz 

tarixshunosligida  ham  ko‘plab  tadqiqotlar  olib  borilayotgani  natijasida  ushbu 

shaxsga bo‘lgan obektiv munosabat shakllanayotganligi yoritilgan.  

Ushbu 

magistrlik 



dissertatsiyasining 

ikkinchi 

bobi 

“SHAYBONIYXONNING 



SIYOSIY 

FAOLIYATI 

VA 

HOKIMIYAT 



TEPASIGA  KELISHINING  TARIXIY  MANBALARDA  YORITILISHI”  deb 

nomlanib,  unda  Amir  Temur  asos  solgan  buyuk  saltanat  parchalanib,  uning 

vorislari  o‘rtasida  taxt  uchun  kurash  natijasida  Movrounnahr  tarixida  chuqur 



inqiroz  holati  paydo  bo‘ladi.  Shunday  sharoitda  Muhammad  Shayboniyxon 

Movrounnahrni egallab, markazlashgan davlat tuzishga intiladi. Hamda o‘zi ham 

turkiy  tilda  g‘azallar  bitib,  ilm-fanga  homiylik  qilganligi  va  ushbu  bobda  uning 

g‘azallaridan misollar keltirilgan. 

Uchinchi  bob,  “TARIXIY  MANBALARDA  SHAYBONIYXONNING 

SIYOSIY QIYOFASIGA DOIR CHIZGILAR” deb nomlanib, ushbu bobda o‘rta 

asrlarda yozilgan “Shayboniynoma”lar va “Boburnoma”da Shayboniyxon shaxsiga 

berilgan  baholar  aks  ettirilib,  ulardagi  voqeilikklarga  Shayboniyxoning  qanday 

harakat qilganligi doir turli misollar keltirilgan. Shayboniyxonning shaxsini ochib 

berishga  harakat  qilingan.  Shayboniyxon  shaxsiga  har  bir  manbada  turlicha 

yondoshuv bo‘lganligini. Ya’ni saroy tarixshchilari uni ko‘klarga ko‘targan bo‘lsa, 

unga qarshi bo‘lgan taraf esa salbiy munosabatda bo‘lganligini bilishimiz mumkin. 

Magistrant  ularni  tahlil  qilish  orqali  Shayboniyxonning  siyosiy  qiyofasini 

yaratishga doir umumiy xulosa berishga intilgan. 

Magistrant  ushbu  mavzu  yuzasidan  ko‘plab  adabiyotlarni  o‘qish  orqali 

ushbu shaxs haqida umumiy ma’lumot beradi. Uning shaxsiyati haqida ham faktik 

ma’lumotlar asosida ochib berishga intilgan.   

Magistrlik  dissertatsiyasi  doirasida  o‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadga  ilmiy 

asoslangan tarzda yondoshgan va reja asosida mavzuni yoritib  bergan. Magistrlik 

dessertatsiyasida ma’lum bir kamchiliklar ham ko‘zga tashlanadi: 

-  Avvalo,  mavzu  Magistrlik  dissertatsiyasi  uchun  nisbatan  yangicha 

yondoshuvdagi  mavzu  tanlangan,  tadqiqotchi  mavzu  yuzasidan  asosan 

mustaqillik  yillarida  yozilgan  asarlar  va  davr  manbalari  bilan  cheklanib 

qolgan. Xorijiy manbalar kamroq yoritilgan. 

-  Magistrlik dissertatsiyasi imloviy va uslubiy xatolar kam bo‘lsada uchraydi; 

-  Magistrlik dissertatsiyasi ishida havolani rasmiylashtirishda xatolar mavjud, 

biroq bu kamchiliklarni ishning yakuniy xulosasiga katta ta’sir o‘tkazmaydi; 



-  Magistrlik  dissertatsiyasi  ishida  ko‘pgina  adabiyotlardan  foydalanilgan, 

ammo ularning ayrimlari foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida bu o‘z aksini 

topmagan.  

Qolaversa  ushbu  kamchiliklar  Magistrlik  dissertatsiyasining  ilmiy  qiymatini 

pasaytirmaydi.  Umuman  olganda,  ushbu  Magistrlik  dissertatsiyasi  adabiyotlardan 

unumli  foydalanilgan  holda  yozilgan  bo‘lib,  ishni  yakunlangan  deb  hisoblab, 

himoyaga tavsiya etish mumkin. 

 

O‘z FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi 



Sharqshunslik institute ilmiuy xodimi                                           t.f.n. Aminov H. 

 

 



 

 

 



Download 282,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish