Fuqarolik tarbiyasi – fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali
o‗quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan,
jamiyat uchun fidoiy fuqarolar etib tarbiyalashdan iborat.
Shaxs - psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari
bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‗lgan jamiyat
a‘zosi.
Shaxsni ijtimoiylashtirish - uni jamiyat tomonidan tan olingan xulq-atvor me‘yorlari,
bilim hamda qadriyatlar tizimini o‗zlashtirishdan iborat ijtimoiy hayotga jalb etish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |