Baynalminallik («inter» – orasida, o‗rtasida, aro, «natio» – xalq)– o‗zga millat va
elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an‘analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon
erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos
ma‘naviy-axloqiy fazilat.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo‗nalishi bo‗yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, ta‘lim olish muddati kamida to‗rt yil davom etadigan tayanch oliy ta‘lim.
Bashoratlash - bo‗lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan
qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma‘qulini tanlab olish.
Baho – ta‘lim oluvchilarga ularning ta‘lim olishi, bilimlarni o‗zlashtirishga nisbatan
ijodiy yondoshishini rag‗batlantirish maqsadida ta‘sir ko‗rsatish vositasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |