Qaysi tilda o‗qitish ota-onalarning istagiga bog‗liqligi tamoyili. O‗z farzandini qaysi
tilda o‗qitish erkinligi davlatimizning baynalmilallik, insonparvarlik siyosatining yorqin
namunasidir. O‗zbekistonda yashayotgan xar bir millat a‘zosi xoxlagan tilda bolalarini o‗qitish
xuquqiga ega. O‗zbekiston RespublikasiKonstitutsiyasining 4-moddasida Respublikada davlat
tili o‗zbek tili deb belgilangan. Lekin shunga qaramay, respublika xududida yashayotgan boshqa
xalqlarga xurmat bilan qarash, shu tillarni rivojlanishiga shart-sharoit yaratib berish ko‗zda
tutilgan. Buning yorqin misoli bo‗lib, O‗zbekiston maktablarida o‗quv yetti tilda olib
borilayotganligini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |