Ta‘limning bepullik tamoynli. Konstitutsiyada Respublikamizning har bir fuqarosining
bepul ta‘lim olish huquqi, ta‘limning davlat nazoratida ekanligi kafolatangan. Ta‘limning hamma
turlari bepul bo‗lishi mamlakatimizda yana boshqa qator moliyaviy choralar bilan qo‗llab-
qo‗vvatlanib kelinmoqda. Masalan: ayrim kam ta‘minlangan o‗quvchilarni davlatning o‗zi
ta‘minlashi, talabalarni stipendiya bilan -ta‘minlanishi va ularga boshqa moddiy yordamlar
ko‗rsatilishi kabilar Pecpublikada Xalq Maorifi rivojlanishiga ta‘sir etadigan omillardan
hisoblanadi. Hozir ko‗pgina ta‘lim-tarbiya muassasalarida bolalar davlat hisobidan tarbiyalanib
kelinmoqda. Shunga misol tariqasida ayrim maktabgacha tarbiya muassasalarida, defektologik
maktablarning barcha turlarida nogiron bolalar uchun ochilgan cog‗lomlashtirish sanatoriylarida
ta‘limning bepul ekanligini ta‘kidlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |