Dars - bevosita o‗qituvchi rahbarligida muayyan o‗quvchilar guruhi bilan olib
boriladigan ta‘lim jarayonining asosiy shakli.
Dars berish – ta‘lim oluvchilarga bilimlar, mahorat va ko‗nikmalar (BMK) yig‗indisini
ma‘lum qilishga va ularni o‗quv jarayonida tarbiyalashga yo‗naltirilgan ta‘lim beruvchining
maxsus faoliyati. O‗qish faoliyatini boshqarish dars berish predmeti hisoblanadi.
Darslik – muayyan fan bo‗yicha ta‘lim maqsadi, o‗quv dasturi va didaktik talablarga
muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni beruvchi manba.
Do'stlaringiz bilan baham: |