Loyihalashtirish (rejalashtirish
) - o‗quvchilarning o‗quv faoliyatini boshqarish
dasturini yaratish.
Logopediya
(yunoncha «logos» – so‗z, nazariya, ta‘limot, «paideia» -tarbiyalash) -
nutqiy nuqsonlarni o‗rganish, ular kelib chiqishining oldini olish va ularni qisman yoki to‗liq
tuzatish masalalarini o‗rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi.
Magistratura
- aniq mutaxassislik bo‗yicha fundamental va amaliy bilim beradigan,
bakalavriyat negizida ta‘lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta‘lim.
Madaniyat
(«cultura» so‗zidan olingan bo‗lib, parvarish qilish, ishlov berish ma‘nosini
bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‗lga kiritilib, ularning
ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma‘naviy boyliklar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |