Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ―Sharq tillarini o‗qitish metodikasi va pedagogika‖ kafedrasi


 Tarbiyada o‗quvchilarning yoshi va o‗ziga xos



Download 1,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/308
Sana01.01.2022
Hajmi1,83 Mb.
#304529
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   308
Bog'liq
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq tillarini o qiti

3. Tarbiyada o‗quvchilarning yoshi va o‗ziga xos 
xususiyatlarni xisobga olish 
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga 
muvofiqdir. 
Yosh  xususiyatlari 
muayyan  bir  yosh  davriga  xos  bo‗lgan  anatomik,  fiziologik 
(jismoniy)  va  psixologik  xususiyatlardir.  Aytaylik,  mas‘uliyat  tuyg‗usini  boshlang‗ich  ta‘lim, 
o‗rta ta‘lim va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalarida ta‘lim olayotgan o‗quvchilarda 
ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli 
metodlar qo‗llaniladi. 
Bolalar  maktabda  rivojlanishning  turli  davrlarini:  bolalik,  o‗smirlik,  o‗spirinlik, 
pallalarini  bosib  o‗tadilar.  Shu  davrlar  ichida  ular  xayot,  inson  va  tabiat,  umuman  atrofimizni 
qrab  olgan  dunyo  xaqida  aniq  bilimlarga  ega  bo‗ladilar.  Ularning  axloqi  xam  o‗zgarib  boradi. 
Shu  yillar  ichida  bolaning  axloqiy  tuyg‗ulari  rivojlanadi,  ongi  bilan  xulqi  o‗rtasida  uyg‗unlik 
vujudga  keladi,  xarakteri  tarkib  topadi,  o‗z  xulqi  va  xatti-xarakatlarini  extiyojga  va  sharoitga 
muvofiqlashtirga intilish odatlari tarbiyalanadi. 
Bolalarning  yoshi  rivojlvnish  darajasiga  ko‗ra  ularga  beriladigan  tarbiyaning  mazmuni, 
pedagogik raxbarlikning xarakteri xam o‗zgarib boradi. Masalan, boshlang‗ich sinf o‗quvchilari 
maktabdagi  o‗z  asosiy  vazifalarini:  o‗zini  maktabda,  uyda,  ko‗chada  qanday  tutish  qoidalarini 
bilib oladilar. Bunday odatlar ularga namuna ko‗rsatish, tushuntirish yo‗li bilan singdiriladi. 
Bolalarning  yoshi  ulg‗ygan  sari  ularga  talab  xam  orta  boradi.  Shu  tufayli  o‗rta  va  katta 
yoshdagi  bolalarni  tarbiyalashda  ularni  mustaqilligiga  suyanib  ish  ko‗rish  yaxshi  natija  beradi. 
Tarbiyada bolalarning kuchi va imkoniyatlarini to‗la ishga solish yaxshi, lekin ularning kuchiga 
ortiqcha baxo berib yuborish xam yaramaydi.  
Tarbiya  berishda  o‗quvchilarning  yosh  xususiyatlaridan  tashqari,    xar  qaysi  bolaning 
o‗ziga xos xususiyatlarini xisobga olish xam katta axamiyatga ega. Bolalarning yoshi bo‗yi bir 


xil  bo‗lsada,  ularning  mijozi,  fazilatlari,  qobiliyat  va  mayllari,  qiziqishlari  xar  xil  bo‗ladi.  Bu 
farqlar bolalarning, xulqida, o‗qish va mexnatida aks etadi. 
Bir o‗quvchiga nisbatan muvofiq bo‗lgan tarbiya uslubini boshqa bir o‗quvchiga nisbatan 
qo‗llaganda  u  kutilgan  natijani  bermasligi  mumkin.  Sinfdagi  o‗quvchilarning  ba‘zilariga  oddiy 
tanbexning  o‗ziyoq  samarali  ta‘sir  ko‗rsatadi,  ammo  boshqa  o‗quvchilarga  tanbex  berishning 
o‗zi  kifoya  qilmaydi.  Unga  nisbatan  jiddiyroq  choralar  ko‗rishga  to‗g‗ri  keladi.  Ba‘zan  bir 
o‗quvchi    ayrim  axloqiy  fazilatlarni  tezda  uqib  oladi  va  unga  amal  qiladi,  ikkinchisi  esa  unga 
amal qilmaydi, ayrim bolalar esa bu sifatlarni o‗zlariga juda sekinlik bilan singdiradilar. 
Ayrim  o‗quvchilar  o‗zlarining  faolliklari,  saronjom-sarishtaligi,  intizomliligi,  faxm-
farosati  bilan  o‗qituvchi  va  bolalar  jamoasining  ishonchi  va  xurmatiga  sazovor  bo‗ladilar, 
boshqalari  esa,  intizomsizligi,  pala-partishligi,  betga  choparligi,  bema‘ni  qiliqlari  bilan  tezda 
―tanilib‖ qoladilar. 
Demak,  xar  bir  o‗quvchining  qobiliyati,  qiziqishi,  xis-tuyg‗ularini  kuchli  va  zaif 
jixatlarini  aniqlab,  tarbiyaviy  ishlarda  ularni  xisobga  olish  tarbiyani  to‗g‗ri  yo‗lga  qo‗yish 
imkoniyatini beradi. 
Avvalo  ta‘lim  va  tarbiya  bir  maqsadni  -  barkamol  inson  shaxsini  tarbiyalashni  nazarda 
tutadi.  Ya‘ni  ta‘lim  ishi  tarbiya  bilan  birga  qo‗shilib  ketadi  va  bir-birini  to‗ldirib, 
mukammallashtirib boradi. Dars jarayonida olib borilgan tarbiyaviy ishlar sinfdan va maktabdan 
tashqari tarbiyaviy ishlar bilan qo‗shiladi. 
Bolalar  bilan  olib  boriladigan  xar  bir  tarbiyaviy  ish  butun  tarbiya  ishlarining  ajralmas 
qismi sifatida amalga oshirgan taqdirdagina ta‘siri kuchli bo‗ladi. 
Tarbiya  ishidagiizchillik  va  tizimlilik  shundan  iboratki,  xar  bir  tarbiya  ishi  maktabning 
umumiy  tarbiyaviy  rejasiga  asosan  ma‘lum  izchillikda  amalga  oshiriladi,  oldingiishlarning 
mantiqiy  davomi  sifatida  tarbiya  soxasida  qilinayotgan  ishlarni  rivojlantiradi,  mustaxkamlaydi 
va yanada yuqori darajaga ko‗taradi. 

Download 1,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish