Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi



Download 53.02 Kb.
Sana25.10.2019
Hajmi53.02 Kb.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

SHARQ FILOLOGIYASI VA FALSAFA FAKULTETI

TURKIY TILLAR KAFEDRASI

KURS ISHI

Mavzu:Turk tilida fe’l nisbatlari (fiil çatısı)

Annotatsiya: Mazkur kurs ishida fe’lning nisbat kategoriyasi, turk tilida fe’l nisbatlari, nisbat qo’shimchalarining qo’llanilishi masalalar i o’rganiladi.



BAJARDI: MO’MINOVA.N

QABUK QILDI: f.f.n.,dots. L.AMINOVA

Toshkent – 2013

Reja:

Kirish



I Bob. Fe’l-ega munosabatiga ko`ra fe’l nisbatlari (Fiil- özne bağlantısı açısından fiil çatıları).

I.1. Aniq nisbat (Etken çatı veya yalın çatı).

I.2. Majhul nisbat (Edilgen çatı).

I.3. O`zlik nisbat (Dönüşlü çatı).

I.4. Birgalik nisbat (İşteş çatı).

I.5. Orttirma nisbat (Ettirgen çatı).

II.Bob. Fe’l-to`ldiruvchi munosabatiga ko`ra fe’llar.

II.1. O`timli fe’l (geçişli fiil).

II.2. O`timsiz fe’l (geçişsiz fiil).

II.3. O`timsiz fe’ldan o`timli fe’l hosil qiluvchi fe’llar (Oldurgan fiil).

II.4. O`timli fe’ldan yana o`timli fe’l hosil qiluvchi fe’llar (Ettirgen fiil).

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Fe’l nisbatlari ish-harakatning bajaruvchisi (subyekti) bilan bajariluvchisi (obyekti) o`rtasidagi munosabatni ifodalaydi.Ma’lumki, gap ichida ish-harakatning amalga oshishida ot turlicha ko`rinishga ega bo`ladi: ta’sir ko`rsatadi, ta’sirlanadi yoki bo`lishsiz munosabatda bo`ladi. Bunga mutanosib ravishda fe’l negizi turli ko`rinishlarga kirib, otning gap ichidagi vaziyatini belgilaydi: Ahmet döv-dü, Ahmet döv-ül-dü, Ahmet döv-me-di va hokazo.

Fe’l o`zagining tuslanishdan oldin olgan bunday shakllari uning ko`rinishi(aspekt yoki çatı) deyiladi. Turk tilida fe`lning olgan bunday ko`rinishlari turlicha (6 xil) bo`lib, ularning har biri maxsus qo`shimchalarga ega bo`ladi va birgalikda fiilin çatısı deyiladi. Boshqacha aytganda, fe’llarning vositasiz to`ldiruvchi (nesne) olishi yoki olmasligi, yoki bo`lmasa, gap egasining holatiga ko`ra qo`shimchalarning fe’l o`zak va negiziga qo`shilib, yangi fe’l yasalishiga çatı yoki görünüş deyiladi.

Turk tilshunoslaridan Zeynep Korkmaz fe’l nisbatlarini quyidagicha tahlil etgan:

Fe’lning o`zak yoki negizi leksik jihatdan hech qanday o`zgarishga uchramasdan, fe’ldan fe’l hosil qilgan ba’zi aniq qo`shimchalar bilan kengaytirilib, gapdagi ega va to`ldiruvchi bilan bo`lgan munosabatidan hosil bo`ladigan holat o`zgarishiga nisbat deyiladi. Agar bu izohni yana ham aniq tushuntiradigan bo`lsak, nisbat fe’lning ma’no o`zgarishini emas, balki gapdagi ega va to`ldiruvchiga ishora qiluvchi shakl o`zgarishidir. Shakl o`zgarishini hosil qilgan bu qo`shimchalar gapda fe’lning egani (ish-harakat bajaruvchisini) yoki to`ldiruvchisini (bajarilgan ishdan ta’sirlanuvchini) talab qilish yoki qilmasligini, ega bilan to`diruvchining ayni vaqtda birlashish yoki birlashmasligini, bajarilgan ish-harakat birdan ortiq ega tomonidanmi yoki bo`lmasa, birdan ortiq eganing qarshilikli yoki sheriklikda bajarganligini ko`rsatuvchi qo`shimchalardir. Demak, bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, nisbat kategoriyasida fe`lning o`zak va negizidagi asl ma’no saqlanib qolmoqda, nisbat qo`shimchasi fe’lga faqat grammatik ma’no yuklamoqdadir. Masalan, yaz- (yoz-) fe’liga biror bir nisbat qo`shimchasi qo`shib yaz-ıl- va yaz-dır-(yoz-il- va yoz-dir-) shakllarini hosil qilganimizda “yazmak” (“yozmoq”) ma’nosi o`zgarmasdan birinchi shaklda fe’lga yozish ish-harakatining yoziluvchi tomonidan bajarilganligini ko`rsatuvchi o`zlik(kursayazıl- ; kursga yozil-), yaz-dır- (yoz-dir-) shaklida esa (oğlunu kursa yazdır-; og`lingni kursga yozdir-), fe’lga yozish ishining boshqa birisiga bajartirilganini bildiruvchi orttirmalik xususiyati yuklangan. Shu bilan bir qatorda, birgalik nisbati qo`shimchasini olgan öpüş- fe’lida o`oish harakatining qarshilikli bajarilganligi,kaçış- fe’lida esa qochish harakatining birgalikda bajarilganligi namoyon bo`ladi. Ört-ün- fe’lida ham bajarilgan ish bajaruvchining o`ziga qaytganini kuzatishimiz mumkin. Bajarilgan ish bilan ishning bajaruvchisi bir shaxsda birlashadi. Shu sabali –ü(n)-qo`shimchasi fe’lga qaytuvchilik xususiyatini beradi.

Nisbat qo`shimchasi fe’lning o`zak va negizlaridan keyin, fe’lning shaxs-son va zamon qo`shimchalaridan oldin o`rin egallaydi.

Grammatikamizda va bu mavzudagi maqolalarda nisbat mavzusi, izohi, xususiyati, terminlari, guruhlantirilishi, qo`shimchalarning xususiyatlari hamda sonlari qo`shilish nuqta`i nazaridan ba’zi ba’zi o`rinlarda bir-biriga qarshi zid holatlarni yuzaga chiqarmoqda. Bu qarama-qarshiliklarning oldini olinishi va mavzuning turk tilidagi tuzilish va ishlanish xususiyatiga uyg`un bir holda natijaga erishish uchun qo`limizdagi fe’l materiallarini diqqat bilan tahlil va tadqiq qilishimiz kerak.

Bu yerda yuqoridagi mavzu bo`lmish, ya’ni qarama-qarshiliklarning oldini olish nuqta’i nazaridan nisbatning tafsilotlariga to`xtalmasdan avval ba’zi umumiy izohlar keltirishga ehtiyoj bor degan fikrdamiz. Bularni ketma-ket shu tarzda keltirib o`tamiz:

Nisbat qo`shimchalarining xususiyatlari xususida qilingan ishlar bu qo`shimchalarning so`z yasovchi qo`shimchami yoki shakl yasovchimi degan savolni yuzaga kelishiga sabab bo`ldi. Ba’zi grammatikalarda Fe`l nisbatlari alohida bir bo`lim sifatida o`rganiladi, ayrimlarida esa fe’l yasovchi qo`shimcha sifatida fe’l so`z turkumi tarkibida o`rganiladi. Bunday holatda fe’k nisbatlariga alohida bir bo`lim ajratish yoki ajratmaslik bir to`xtamga kelish zarur.

Nisbat qo`shimchalari, albatta, shakl yasovchi qo`shimcha emas. Ular fe’lda holat o`zgarishlarini yuzaga keltirish nuqta’i nazaridan shakl yasovchi qo`shimchalarga o`xshab ketsa ham, lekin orasidagi farqli xususiyatlari sababli fe’l tuslanishida ishtirok etuvchi va har biri bir-biridan farqli, shuningdek, o`ziga xos grammatik ma’no kasb etuvchi mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari bilan bir xil qo`shimcha deb aytolmaymiz.

Nisbat qo`shimchalari, aslida, fe`ldan fe’l yasovchi qo`shimchalardir.



Fe’l-ega munosabatiga ko`ra fe’l nisbatlari (Fiil- özne bağlantısı açısından fiil çatıları).

Turk tilida fe’llarning ega olish yoki olmasliklariga va egalarning bildirgan xususiyatiga ko`ra:



  1. Aniq (Etken)

  2. Majhul (Edilgen)

  3. O`zlik (Dönüşlü)

  4. Birgalik (İşteş)

  5. Orttirma (Ettirgen) nisbatlariga bo`linadi.

I.1. Aniq nisbat (Etken yoki Yalın çatı). Tilimizda nisbat qo`shimchasini olmagan o`zak yoki negiz ko`rinishidagi o`timli o`timsiz fe’llarning barchasi gapda egani talab qilsa, bunday fe’llarni aniq fe’llar deb ataymiz. Aniq fe’llardan hosil qilingan nisbat ham aniq nisbat deb ataladi. Aniq nisbat fe’l bajargan ish-harakatni ega tomonidan to`g`ridan-to`g`ri bajarilganligini ko`rsatuvchi qo`shimchasiz nisbatdir. ak-, aktar-, bak-, belir-, biç-, değ-, duy-, eski-, karşıla-, kısal-, kurtul-,sabahla- vb.bu fe’llarning barchasi egalari va tuslanish holati bilan aniq nisbatni hosil qiladi.

- Ben (özne)tam bu elçiliğe münasip bir adam biliyorum, dedi (Ö. Seyfittin, EK, 57). (Men (ega) aynan shu elchilikka munosib bir odamni bilaman,- dedi).

Bir aralık böyle uyurken müthiş bir gürültü ile uyandım (özne: ben H.Z. Uşaklıgil, KY- I, 41).(Bir mahal uxlab yotsam qattiq shovqindan uyg`onib ketdim).

Geçen gün, çok sevdiğim ve fikirlerini çekici bulduğum bir dostum (özne) sabahleyin erkenden evime gelmiş, beni Yıldız bahçesine götürmüştü(A.H. Tanpınar, YG, 187). (O`tgan kun juda yaxshi ko`rgan va fikrlashi bilan meni o`ziga tortadigan do`stim saharlab uyimga kelib, meni Yulduz bog`iga olib borgan edi).

O (özne) hızlı yürüdü, ben (özne) kaçtım (P. Safa, Ş, 23). (U (ega) tez yurdi, men (ega) qochdim).

Büyük bakan esrarlı şeyleri çok severdi (P. Safa, Ş, 23). (Bosh Vazir noyob narsalarni juda yaxshi ko`radi).

Gönüllü Cevdet’in on beş kişilık takımı (özne) Mülazim Arif’in soluna yayılmış hendek boyu bekliyordu(M.N. Sepetçioğlu, ... VÇ3D, 137).(Javdatning 15 kishilik ko`ngilli jamoasi Mulozim Orifning chap tomonidagi handaq oldida kutib turardilar)

Kadın (özne)Yusuf’un duygularını besbelli sezmişti (S.Çokum, AB, 215)(Ayol (ega)Yusufning his-tuyg`ularini sezgandi).vb.

Boshqa nisbat turlari aniq nisbatga maxsus qo`shimchalar qo`shish orqali yasaladi.

Aniq nisb atda egaga nisbatan fe’l o`timli yoki o`timsiz bo`lishi muhim emas. Lekin to`ldiruvchiga nisbatan muhimdir. O`timli nisbatda fe’l to`ldiruvchini talab qiladi, o`timsiz nisbatda esa, aksincha,to`ldiruvchini talab qilmaydi.

I.2.Majhul nisbat (Edilgen çatı).

Aniq nisbatdan –(I)l- /–(U)l- va ­–(I)n-/-(U)n- qo`shimchalarini qo`shish orqali hosil qilingan fe’l majhul fe’ldir. Bu fe’llarning nisbati ham majhul nisbat hisoblanadi. Majhul nisbatning asl qo`shimchasi –(I)l- /–(U)l- dir. Lekin bu qo`shimchalarni unli va –l undoshi bilan tugagan fe’llarga qo`shib bo`lmaganligi uchun bunday holatlarda paydo bo`ladigan tovush moslashmasligini bartaraf etish maqsadida, majhullik qo`shimchasi sifatida –(I)n-/-(U)n-undoshi qo`llaniladi: aç-ıl-, al-ın-, at-ıl-, başla-n-, biç-il-, bil-in-, buda-n-, boz-ul-, böl-ün-, büz-ül-, çal-ın-, çiğne-n-, del-in-, döv-ül-, duy-ul-, getir-il-, gid-il-, götür-ül-, göm-ül-, gül-ün-, kat-ıl-, kes-il-, kır-ıl-, kor-un-, oku-n-, oyna-n-, sar-ıl-, sat-ıl-, sev-il-, soy-ul-, tut-ul-, ver-il-, yap-ıl-, yıka-n-, zorla-n- vb.

Yuqoridagi keltirib o`tilgan misollardan ko`rinib turibdiki, –(I)l- /–(U)l- va –(I)n-/-(U)n-qo`shimchalari unli tovush bilan tugagan o`zak va negizlarga to`g`ridan-to`g`ri, undosh tovush bilan tugagan o`zak va negizlarga esa til va lab o`xshashliklariga mos bir bog`lovchini oraga qo`yish orqali qo`shilgan.

Unli yoki –l undosh tovushi bilan tugagan fe’llarga qo`shilgan –(I)n-/-(U)n- nisbat qo`shimchasining o`zlik nisbati bilan aralashtirib yubormaslik uchun ba’zan –(I)n-/-(U)n- nisbat qo`shimchasi, xususan, –(I)l- /–(U)l- nisbat qo`shimchasi bilan qo`shimchasi bilan kuchaytirilgan:ara-n-/ara-n-ıl-, başla-n-/başla-n-ıl-, bekle-n-/bekle-n-il-, besle-n-/besle-n-il-, bul-un/bul-un-ul-, de-n-/ de-n-il-, iste-n-/iste-n-il-, kon-/ko-n-ul-, söyle-n-/söyle-n-il-, ye-n-/ye-n-il- kabi.

Majhul nisbat qo`shimchalari o`timli fe’llarni o`timsiz f`llarga aylantiradi, fe’l aniq nisbatdagi ega va to`ldiruvchini olmaydi. Shu sababli majhul nisbat egasi ma’lum bo`lmagan, fe’l anglatgan ish-harakat kim tomonidan bajarilganligi aniq bo`lmagan nisbatdir. Lekin shunisi aniqki, aniq nisbatning to`ldiruvchisi majhul nisbatda ega ko`rinishiga o`tadi. Masalan, Resim sergisi gezildi gapidagi resim sergisi otli so`z birikmasigezildife’lidan ta’sirlangan va aniq nisbatda gapning to`ldiruvchisi, majhul nisbatda esa gapning egasi vazifasini bajarmoqda.

Gramatikamizda asosan aniq nisbatdan majhul nisbatga o`zgargan va fe’lning ta’sir doirasiga kirib ega vazifasini bajargan so`z va so`z birikmalari sözde özne yoki gramerce öznedeb nomlanadi. Bu fikr tarafdorlari:“agar yuqoridagi gapni Resim sergisi öğrenciler tarafındn gezildi yoki Öğrenciler resim sergisini gezdiler shaklida bersak, unda öğrenciler so`zining “gerçek özne” ekanligi ko`rinadi va majhul nisbatdagi sözde özne yana ham aniqroq tushuniladi”- deb aytadilar. Faqat unutmaslik kerakki, bu yerdagi gaplar bir-biridan farqli tuzulishda bo`lgan ikkita alohida gaplardir. İkkita boshqa-boshqa nisbatdan yasalgan bu ikki xil ko`rinishdagi gaplarning egalarini bir-biri bilan chalkashtirmaslik kerak:

Süleyman Nazif’in mezarı hala yapılmamış. Bunu mezar yapmak için bir hey’etin yeni kurulduğu haberinden öğreniyoruz (A. Haşim, 9-10). (Sulaymon Nazifning mozori haligacha qurilmabdi).



Eskiden Alman kayzerlerinin taç giyme töreni burada yapılırdı (A. Haşim, FS, 180). (Uzoq yillardan buyon nemis kanslerining toj kiyish marosimi shu yerda o`tkazilardi).

Üsküdar taraflarının göklerini uzak bir yangının hafif kırmızılığına boyanmış bıraktım (A. Haşim, FS, 170). (Uskudar tomonlarning osmonini yong`inning nozik qizilligiga bo`yangan bir holatidatark ettim).

Mavzuga fe’l-ega munosabati jihatidan qaralganda, majhul nisbatda fe’lning ta’sirida qolgan ega ko`rinmasa ega emas, ko`rinsa ega bo`ladi.

Bunları bazı semtlerin bazı köşelerinden tütüncü dükkanlarına (...), gönderiliyor, üst ynı, dergi kapanınca ucuza alınıp kese kağıtçılarına devredilmek üzere dükkanda alıkonuyordu(K. Tahir, EŞİ, 175). (Bular ayrim shaharchalarning ba’zi hududlaridan ko`knori do`konlariga yuborilar, ustiga ustak jurnal yopilishi bilan arzonga olinib muqovachilarga yetkazish uchun do`konda alohida saqlanar edi).

Bir de Amerika’da dergilere çok önem verildiğini, abone olmak için bile yıllarca nöbet beklenildiğini duymuştu (K. Tahir, EŞİ, 150). (Bir vaqtlar Amerikada jurnallarga katta ahamiyat berilgani, obuna bo`lish uchun ham yillab navbat kutilgani haqida eshitgandi).

Bunları söylerken Orhan’ın babasına ne kadar güvendiği sesinden anlaşılıyordu (K.Tahir, DA, 246). (Shularnı aytar ekan, Orhanning otasiga qanchalik ishonishi ovozidan ma’lum edi).



Bu nasıl iştir kardaşım Alışar, yahu nedir? Bize kıyamete kadar lanetlenecek iş mi tutturacaklar? (K.Tahir, DA, 260). (Bu qanday ish jigarim, Alishar, bu nimasi axir?! Bizni qiyomatgacha la’natlaydigan ish qildilarmi?!).

Rıza Efendi Bankanın bölünmemesini her şeyden çok isterdi (T.Buğra, YB, 152) (Rizo Afandi bankning bo`linmasligini juda xohlardi).



Şimdiye kadar dayısı yüzünden Halkçılık yakıştırılmayan Rıza Efendi, şimdiden sonra da, Vahit Bey’le düşünülmeyecek; “Öz oğlundan ayırmazonu len oğlum” diye, Rahmi’ye göre hükme bağlanacaktı(T.Buğra, YB, 151). ()

Sami arabaya bindirilirken hep Rahmi’ye baktı (T.Buğra, YB, 173). (Sami mashinaga mindirilar ekan faqat Rahmiga qaradi).



İnce demirlerden yapılmış portatif kütübhane bir düvarı kaplıyordu. (E.Işınsu, KDA, 60). (Yupqa temirlardan qilingan portatif kutubxona butun devorni qoplagandi).

Öteki motorun bizim motoru geçeceği hemen anlaşıldı (O. Pamuk, SE, 97). (Narigi motorning bizning motordan o`tib ketishi ma’lum bo`ldi) vb.



Majhul (egasiz) Nisbat (Öznesiz çatı).

Egasi ma’lum bo`lmagan nisbat turi ham majhul nisbatdir. Edilgen nisbatda ega aktif emas, balki passivdir. Majhul nisbatda esa ega, haqiqatdan ham, ko`rinmaydi. Gap egasizdir. Edilgen nisbat o`timli fe’llarda yasalgani holda, majhul (egasiz) nisbat o`timsiz fe’llardan yana ayni o`sha shartlar asosida –(I)l-/–(U)l- va –(I)n-/-(U)n- qo`shimchalari bilan yasaladi: acın-, ağlan-, bakıl-, basıl-, başlan-, bıkıl-, binil-, buluşul-, çarpıl-, dönül-, düşül-, erişil-, gelin-, gedil-, giril- korkul-, oturul-, ölün-, uyun-, vazgeçil-, yatıl- kabi majhullik (edilgenlik) qo`shimchasini olgan nisbatlarning egalari aniq emas, shu ko`rinishda majhul nisbatlar o`timsiz fe’llardan –(I)l- /–(U)l- va –(I)n-/-(U)n- qo`shimchalari orqali hosil qilingan egasiz nisbatdir:

Geçen Pazar kıra gidildi;ağaçlar altındaoturuldu,yemekten önce köylülerin getirdiği atlara binildi; daha sonra da piknik yemekleri yenildi.(O`tgan yakshanba ijar a to`landi; daraxtlar tagida o`tirildi; ovqatlanishdan oldin qishloqliklar olib kelgan otlarga minildi; keyinroq sayohat uchun olib borilgan ovqatlar yeyildi.)

Soğuktan caddelerde yaya yürünemiyor, duraklardaki kalabalıktan da otobüslere binilemiyor.(Sovuqdan ko`chalarda yayov yurib bo`lmaydi, bekatlardagi tiqilinchdan ham avtobuslarga chiqib bo`lmaydi).

Üç saatte Bolu’ya varılmıştı ama yoğun ses yüzünden daha ileri gidilemedi. (Uch soatda Bolugacha borilgandi, ammo quyuq tuman sababli oldinga yurib bo`lmadi).

A canım, kendini neden derin bir üzüntüye salıveriyorsun? Ölenle ölünmez ki...(O jonim, nima sababdan o`zingni bunchalik qiynaysan? O`lgan odam bilan o`lib bo`lmaydiku...).

Şu anda Eskişehir taraflarında dövüşüyorlar... Dört beş gündür Çerkez Etem kuvvetleriyle çarpışıldiğihaberleri geliyor. Anlaşilir gibi değil! Yunan saldırısı daha başladı, ha başlayacak... (K.Tahir, EŞİ, 226). (Ayni paytda Eskishahar tomonlarda jang qilmoqdalar... To`rt besh kundir Cherkez Etem qurolli kuchlari bilan to`qnash kelganligi haqidagi xabarlar kelmoqda. Tushuninb bo`lmaydi! Yunon hujumlari yana boshladi, ha boshlanadi...).

Gözünün tuttuğu her cariyeyi, pahasını sormadan “gönder gitsin!” diye konağa yolladığından, Eskişehir pazarında cariyeden geçilmiyordu(K. Tahir, DA,265).

Konunun her yenileşinde, “Hele bir düşüneyim.. Anama da bir danışmam ilazım” demişti (T. Buğra, YB, 75).(Mavzu har yangilanda, “yana bir o`ylab ko`ray... Onam bilan maslahatlashishim kerak”-degandi).



Sevdiğimiz güzelliği sunabilmiştim. Bir başka türlü zenginlik tasavvur edibilir miydi? (E. Işınsu, KDA, 152). (Sevgan go`zalligimizni taqdim eta olgandim. Bundan boshqa boylikni tasavvur qilib bo`ladimi?)

Şimdi bir ikinci işten bir yan gelirden söz edilecekse, o artık avkatlığıdır (T. Buğra, YB, 76). vb.

I.3. O`zlik nisbat (Dönüşlü çatı)

O`zlik nisbat bajarilgan ishni bajaruvchigayoki biror ishning o`ziga qaytganini ko`rsatuvchi nisbat turidir. O`zlik nisbatda qilingan ish bajaruvchiga, ya’ni egaga qaytgani uchun gapning egasi ham, bajaruvchisi ham qilingan ishdan ta’sirlanadi, ya’ni to`ldiruvchi holatida turadi.

Turk tilida ko`p qo`llanuvchi o`zlik nisbati, asosan, –(I)n-/-(U)n- qo`shimchasi bilan yasaladi. Bu qo`shimcha unli tovush bilan tugovchi o`zak va negizlarga to`g`ridan-to`g`ri, undosh tovush bilan tugovchi so`zlarga esa til va lab tovushlarining maxsus qoidalariga mos ravishda bir bog`lovchi unlisi oraga qo`shib qo`yiladi: acı-n-, ara-n-, bak-ın-, besle-n-, beze-n-, boşa-n-, bula-n-, bul-un-, çek-in-, daya-n-, del-in-, did-in-, dik-in-, dök-ün-, döv-ün-, ed-in-, eş-in-, geç-in-, gez-in-, giy-in-, gizle-n-, gör-ün-, kaç-ın-, kalk-ın-, koru-n-, ört-ün-, öv-ün-, sak-la-, serinle-n-, sev-in-, sil-in-, soy-un-, söyle-n-, süsle-n-, tanı-n-, tara-n-, tut-un-, yasla-n-, yıka-n-, yükle-n-, zehirle-n- kabi.

Meğer aldanmışım (A. Haşım, FS, 185) (Aslida aldangan ekanman).



Hâlâ, bize bir oyun yapmak için tarafta gizlendiğini ve nerde ise bir kapı arkasından sesinin gürleyeceğini zannediyorum (A. Haşim, BG, 9) (Hali hamon biz bilan o`yin o`ynash uchun yashiringanini va qayerda bo`lsa ham eshik orqasidan ovozining balandlashishi haqida o`ylardim).

Kadının sesi soğuk almış gibi biraz kalındı, pürüzlüydü. Yüzündeki sarılık da belki bundandı. Yada, bu odada başka türlü görünmesine imkân olmazdı (K. Tahir, EŞİ, 153) (Ayolning bo`g`iq ovozidan uning sovuqqotgani bilinib turardi. Yuzining oppoq oqarib ketgani ham balki shundandir. Yoki bo`lmasa, bu xonada boshqacha ko`rinishning iloji ham yo`q edi.)

Ayşe (...) yavaş yavaş inmişti ama, gene de Nedime Hanım’ın dizleri arasında durmuş, beline dolanan kola yaslanmıştı (K.Tahir, EŞİ, 188) (Oysha sekingina pastga tushdi, lekin baribir Nodima Honimning tizzalariga bosh qo`yib belini quchoqlagan qo`llarga suyandi).

Biz bu işe kudurganlığımız sebebiylesıvanmadık(K. Tahir, DA, 240)

Kerimcan, kılıcını düzeltti, yün kaftana sımsıkı sarıldı. Esnedi, gerindi. Kendisini cezalandırır gibi dayabildiği kadar dayanmaya karar verdi (K. Tahir, DA, 246) (Karimjon qilichini to`g`irladi, jun choponini mahkam quchoqladi. Esanadi, kerishdi. Chiday olguncha chidashga qaror qilib o`zini jazoladi).



Bize gelmedi diye iki taraf da öfkelenecek (T. Buğra, YB, 150)(Biznikiga kelmadi deb ikki tomonning ham jahli chiqadi).

Adını duyunca kadının sinirlendiği sesinden belli oldu (E.Işınsu,KDA, 143)(Nomini eshitishi bilan ayolning asabiylashgani ovozidan ma’lum bo`ldi).

Şişe kayalarda parçalandı (O. Pamuk, SE, 97)(Shisha qoyalarda parchalandi).

Aniq bir qoidaga mos kelishi bilan bir qatorda, ba’zi paytlarda o`zlik nisbatida –(I)l- /–(U)l- qo`shimchasi ham ishlatiladi. Bu qo`shimcha ham unli tovush bilan tugagan o`zak va negizlarga to`g`ridan - to`g`ri, undosh tovush bilan tugaganlarga esa orada bir bog`lovch unli tovushi qo`shiladi:

aç-ıl-, at-ıl-, ay-ıl-, büz-ül-, çek-il-, dağ-ıl-, dik-il-, dur-ul-, kat-ıl-, kes-il-, sar-ıl-, sık-ıl-, sok-ul-, üz-ül-, yan-ıl-, yor-ul-, yükse-l- kabi.

Kamil Bey ilk haftalarda büyük bir gayretle işe sarılmış, kendisine göre bir de program yapmıştı. (K.Tahir, EŞİ, 167) (Komil Bey ilk haftalarda katta kuch-g`ayrat bilan ishga kirishgan, o`ziga xos dasturi ham bor edi).

Kerim Can kılıcını düzeltti, yeni kaftana sımsıkı sarıldı. Esnedi, gerindi.(K. Tahir, DA, 246) (Karimjon qilichini to`g`irladi, yangi choponini mahkam quchoqladi. Esanadi, kerishdi).

“Ademoğluyla senin alıp vermediğin nedir, böyle rezil bir işe yumulup (K.Tahir, DA, 239).

I.4Birgalik nisbat (İşteş çatı).

Birgalik nisbat unli tovush bilan tugagan fe’lning o`zak yoki negiziga –ş-qo`shimchasini, undosh tovush bilan tugagan fe’l o`zak va negizlariga esa, til va lab tovushlarining maxsus qoidasiga mos keluvchi bog`lovchi unli tovushini olgan –(I)ş-/-(U)ş- qo`shimchasini qo`shish orqali yasaladi: anla-ş-, bekle-ş-, çek-i-ş-, did-i-ş-, bul-u-ş-, döv-ü-ş- kabi.

–(I)ş-/-(U)ş- qo`shimchasi nisbat mavzusi doirasida bir-biridan farqli ikki xususiyati bor:



  1. Biror ish yoki harakatni birdan ko`p kishi tomonidan qarama-qarshi (hamkorlikda) bajarganini ko`rsatadi: anla-ş-, at-ı-ş-, bak-ı-ş, boğ-u-ş, böl-ü-ş-, çat-ı-ş-, it-i-ş-, dertle-ş-, kap-ı-ş, kokla-ş-, kucakla-ş-, öde-ş-, öp-ü-ş, payla-ş-, selâmla-ş-, sev-iş-, sözle-ş-, tanı-ş-, telefonla-ş-, tokala-ş-, tut-u-ş-, vedala-ş- kabi

Şehzade ile bahçede karşılaştılar (R. H. Karay, S, 64) (Shahzoda bilan bog’da uchrashıb qolishdi).

Ana kız uzun bir hasretten sonra birbirine sarılıp öpüştüler, ağlaştılar, sevinç gözyaşları döktüler (Bu qiz uzoq ayriliqdan keyin bir-birlari bilan quchoqlab o’pishdilar, yig’lashdilar, sevinch ko’z yoshlarini to’kdilar).



Bir periyle sevişmek pek tehlikeli olur. Macera olmakla birlikte kimbilir insana ne büyük bir zevk verecek (H. R. Gürpınar, G, 82) (Bir pari paykarni sevish juda tahlikalidir. Sarguzashti bilan bir qatorda, kim biladi, insonga qanchlik zavq bag’ishlaydi).

Bütün İstanbullular gibi, Fahim Beyin de mutlak, bir mahellede, bir bucakta, bildiği ve gizli buluşmasında kâm aldığı bir yer, hâtıralarını uzun uzun çektiği tesbihini gizlediği bir köşe olmalıydı (A. S. Hisar, FBVB, 196)

Çarpıştığı, takıp ettiği hiçbir insanla yüz yüze çarpışmamış her zaman arkadan vurmuştur (Y. Kemal, İM, 305) (To’qnashgan, ta’qib qilgan odamlar bilan hech qachon yuzma –yuz to’qnashmagan, har doim orqasidan hamla qilishgan ).vb.

  1. Biror ish-harakatni birdan ortiq kishi yoki ega tomonidan birgalikda to`p bo`lib bajarilganligini ko`rsatadi: ağla-ş-, cıvılda-ş-, gül-üş-, kaç-ış-, koş-uş-, kükre-ş-, öt-üş-, uç-uş-, ulu-ş-, kabi.

üçle-ş-, beşle-ş- kabi sonlardan yasalgan fe’llarda ham uch, besh eganing birgalikda, hamkorlikda ish-harakat bajarganini bilib olishimiz mumkin:

Temel’in Karadeniz fıkralarından birini dinleyince, çocuklar hep birden gülüşmeye başladılar (Temelning Qoradengiz latifalaridan birini eshitishi bilan bolalar birdan kulib yuborishdi).

Üzerinde temiz martıların uçuştukları koyu Prusya mavisi denize baktım (Ö. Sayfettin, BL, 17) (Ustida chaykalar uchib yurgan moviy Prusya dengiziga qaradim).

  • Evet, evet...

Diye hüzünlü sesleriyle bağırışıyorlar, sanki benim ruhumun meyus sualine göklerden ilâhi bir cevap veriyorlardı (Ö. Sayfettin, BL, 18)

(- Evet, evet...

Deya dardli baqirishardilar, xuddi mening ruhimning ma’yus savoliga osmondan ilohiy bir javob berilayotgandek).

Kümesten çıkan tavuklar önlerine serpilen yeme üşüştüler. (Tovuqxonadan chiqqan tovuqlar oldilarigsa sepilgan don atrofida to’planishdi).

Gölün etrafındaki güvercinler insanlar arasında uçuşmuyor sanki koşuşıyorlardı. (Ko’lning atrofidagi kabutarlar odamlar orasida uchmas yugurishardi go’yo).

-Kapı neye açık ki?

-Köpek gelmedi daha...

-Gelmez uğursuz... Aşağıda derenin kenarında oynaşırlar(Ö. Sayfettin, BL, 123)

(-Eshik nima uchun ochiq?



-İt yana kelmadi...

-Kelmaydi u hosiyatsiz... Pastda terining burchagida o’ynayaptilar). vb.

Yuqoridagi gaplarda ko`rganimizdek, –(I)ş-/-(U)ş-qo`shimchasi ham o`timli ham o`timsiz fe’llarga qo`shiladi. Bu qo`shimcha qo`shilganda fl o`timsiz fe’lga o`zgaradi: kucakla-/kucakla-ş-, bak-/bak-ış-, çat-/çat-ış-, yaz-/yaz-ış- kabi. Lekin birgalik nisbat qo`shimchasini olgan fe’llar ichida o`timli holatida qolgan va shu sababli istisno tariqsida to`ldiruvchi talab qilgan bir ikkita fe’l bordir: böl-/böl-üş- (biror narsani bo’lishmoq), kap-/kap-ış-(mol-mulkni talashmoq), payla-/payla-ş- (biror narsani taqsimlamoq) kabi.



I.5. Orttirma nisbat (Ettirgen çatı).

Orttirma nisbatdagi fe’llar ish-harakatning amalga oshishida boshqa biror shaxs yoki vosita bo`lishini ifodalaydi. Asosiy qo`shimchalari –Dır-/-Dur-, -(I)t-/-(U)t-, -(I)r-/-(U)r, -Ar-, Dar-, -(I)z-/-(U)z- dir.

al-/al-dır-, başla-/başla-t-, çık-/çık-ar-, doy-/doy-ur-, geç-/geç-ir-, git-/gid-er-, dön-/dön-der-, dön-dür, em-/em-iz-ir->emzir- kabi

Bu qo`shimchalarning hammasining vazifasi bir xildir. Orttirma nisbatda gapning egasi asosan ish-harakatni bajargan emas, balki bajartiruvchidir. Bir fe’l vositasida ish-harakat ikkinchi yoki uchinchi egaga bajartirilmoqdadir: dal-/dal-dır-/dal-dır-t-, kır-/kır-dır-/kır-dır-t-, geç-/geç-ir/ geç- ir-t, piş-/piş-ir-/piş-ir-t-, söyle-/söyle-t/söyle-t-tir- kabi. Shu tariqa orttirma nisbatning ikkita muhim vazifasi yuzaga chiqadi. Bulardan biri o`timsiz fe’llarni o`timli holatga keltirish bo`lsa, ikkinchisi o`timli fe`llarning bajargan ish-harakatini egadan boshqa, ikkinchi yoki uchinchi shaxsga bajartirishdir.

-(I)t-/-(U)t- qo`shimchasi ko`p qo`llaniluvchi qo`shimchalardandir. Unli yoki r, lundosh tovushlaridan biri bilan tugagan yoki ko`p bo`g`inli fe’l negizlaridan keyin keladi:

benze-/benze-t-, boşa-/boşa-t-, çiğne-/çiğne-t-, tüne-/tüne-t-, çağılda-/çağılda-t-, fıkıda-/fıkırda-t-, gümbürde-/gümbürde-t-, azal-/azal-t- kabi.

-(I)t-/-(U)t-qo`shimchasi kam miqdorda bo`lsa ham, k, p, ç, m undoshlarining biri bilan tugagan bir bo`g`inli fe’llardan keyin ham qo`shiladi: ak-/ak-ıt-, kok-/kok-ut-, sark-/sark-ıt-, ürk-/ürk-üt, sap-/sap-ıt-, dam-/dam-ıt-, sürç-/sürç-üt- kabi.

Celal o adamı kendisine çok benzetiyor, yaptıklarını da kendi yetenekleri, kendi kafa yapısı için mümkün görüyordu (T. Buğra, D, 37)(Jalol u odamni o`ziga juda o`xshatdi, qilgan ishlari va qobiliyatlarini ham).



Ben yine sustum. Nüzhet analtıyordu(P. Safa, DHK, 30)(Men yana jim turdim. Nuzhat tushuntirardi).

Yağmurdan sonra solgun bir kış güneşi çıkmış, evlerin kerpiç duvarlarını aydınlatmışti (S. Çokum, AB, 204)(Yomg`irdan keyin qishning zayif quyoshi chiqqan, uyning g`ist devorlarini yoritib turardi).

Gözlerimi süzdüm, açtım, güldürdüm(E.Işınsu, KDA, 61) (Ko`zlarimni yumdim, ochdim, kuldirdim).

Fırsat verilse, memleketi hatta bütün dünyayı birkaç günde düzeltecek fikirler ileri sürdükleri halde, kıravatalrını düzeltmekten güçsüzdürler (K. Tahir, EŞİ, 178-179)(Imkon berilsa, mamlakatni, hatto butun dunyoni bir necha kunda o`zgartirib yuboradigan fikrlari kravatlarini tuzatishga kelganda ojizlik qilib qoldi).

-(I)r-/-(U)rqo`shimchalari uzoq vaqt davom etuvchi ish-harakat, holatni bildirganfe’llarga qo`shiladi. ç, ş, t kabi til-tish va g, ytil orqa undoshlari bilan tugagan bir bo`g`inli fe’llarga qo`shiladi: art-/art-ır-, aş-/aş-ı-r-, bat-/bat-ır-, bit-/bit-i-r-, doy-/doy-u-r-, duy-/duy-u-r, düş-/düş-ü-r-, geç-/geç-i-r-, göç-/göç-ür-, iç-/iç-i-r-, kaç-/kaç-ır-, piş-/piş-ir-, şiş-/şiş-ir-, yat-/yat-ır- kabi.

Yolcu ışıklara baktıkça kendini siyah rüzgarlar eline düşüren deliliğini düşünme ve uzaklarda bıraktığı ılık bır oda ile dost bir lambayı içi sızlayarak hatırlar (A. Haşim, FS, 419).

O`zbek tilshunoslaridan X. Hamidov va Z. xudoyberganovaning “Turk tilining nazariy grammatikasi” kitobida esa turk tilidagi fe’l nisbatlari quyidagicha tahlil etilgan:

Fe’lning passiv (nisbat) shakli (fillerin pasif şekilleri-edilengörünüş). Fe’lning passiv shakli fe’l o`zak yoki negiziga –il qo`shimchasi qo`shilishi orqali yasaladi: O Sivas’a gönderilecek (U Sivasga jo`natiladi). Arabanının camı kırılmış (Mashinaning oynasi sinibdi) kabi. Bu yerda bir ot ma’lum yoki noma’lum boshqa bir ot vositasida fe’lning ta’siriga uchraydi: O Sivas’a (biri tomonidan) gönderilecek. Arabanının camı (biri tomonidan) kırılmışkabi.

Mantiqan egasi noma’lum bir olmosh bo`lgan gapni ham passiv ko`rinishdagi fe’llar yordamida yasash mumkin: Oradan eve gidilir (U yerdan uyga ketiladi). Bir haber gönderilir (Bir xabar yuboriladi) kabi.

Unli yoki -l- tovushi bilan tugagan negizlar passiv ko`rinishda –inqo`shimchasi oladi (bil-in-mek, başla-n-mak). Shu bois ba’zi fe’l negizlaridan kelgan passiv va majhul nisbat ko`rinishlari adash bo`lishi mumkin: sil-in-mek (birov tomonidan o`chirilmoq) va sil-in-mek(artilmoq, o`zini o`zi o`chirmoq); koru-n-mak (biri tomonidan muhofaza qilinmoq, qo`riqlanmoq); koru-n-mak (o`zini o`zi muhofaza qilmoq). Bir bo`g`indan iborat ba’zi fe’l o`zaklari passiv ko`rinishda ustma-ust –in va –il qo`shimchalarini olishi mumkin: de-n-il-mek (deyilmoq), ko-n-ul-mak (qo`yilmoq), ye-n-il-mek (yengilmoq) kabi. Buni istisno holat deyish ham mumkin.

Majhul nisbat (dönüşlü görünüş).Fe’lning majhul nisbat shakli fe’l o`zak yoki negiziga –inqo`shimchasi qo`shilishi orqali yasaladi va shu tarzda fe’lning ta’siri otga qaytgan bo`ladi: Ayşe yıkandı, tarandı, giyindi (Oysha yuvindi, tarandi, kiyindi). Gripten korunmalısın (Grippdan himoyalanishing lozim)kabi.

Fe’lning ta’siri otga to`g`ridan-to`g`ri yoki vositali ravishda qaytadi. Birinchi holatda ot gapning vositasiz to`ldiruvchisi bo`ladi : Ahmet dövündü.=Ahmet kendini dövdü (Ahmad o`zini o`zi urdi). Yıkanacak mısınız? =Kendinizi yıkayacak mısınız? (Yuvinasizmi? = O`zingizni yuvasizmi?) kabi. Bu turdagi majhul nisbat fe’llar nutqda faol qo`llanadi va o`timli fe’l deyiladi. İkkinchi holatda fe’lning ta’siri otga qaytgan bo`lishi bilan birgalikda gapning boshqa bir vositasiz to`ldiruvchisi bo`ladi, lekin u otning o`zi emas: Sibel bir elbise dikinmiş.=Sibel kendisine bir elbise dikmiş (Sibel o`ziga bir ko`ylak tikibdi). Bavulu yüklendim.=Bavulu kendime yükledim (Katta sumkani ustimga yukladim) kabi. Bular o`timli fe’llar hisoblanadi.

Turk tilida fe’lning majhul nisbati va o`zlik olmoshlari orasida ifoda o`xshashligi (tenglik) mavjud: Evde kapanmayınız.=Kendinizi eve kapamayınız (Uyda bekinib olmang). Çok şeyler yapınmışsın.=Kendine çok şeyler yapmışsın (O`zingizga juda ko`p narsa qilibsiz) kabi.

Turk tilida fe’lning majhul nisbatlari ma’no jihatdan boy va ular lug`atlardan keng o`rin olgan: edinmek, kaçınmak, görünmek va hokazo.

Birgalik nisbati(karşılıklı görünüş, işteş şekil). Fe’lning birgalik nisbati fe’l o`zak yoki negiziga –işqo`shimchasi qo`shilishi orqali yasaladigan shaklidir. Bunda ikki shaxs yoki predmet birgalikda ish-harakatni amalga oshiradi, shuning uchun ham bu shaklning nomi işteş şekil, ya’ni “ishdosh” dir: Ali ile Vali görüştüler (Ali bilan Vali ko`rishdilar). O gün iki aile tanışacaktı (O`sha kuni ikki oila tanishishi kerak edi). Seninle dövüşmüş (Sen bilan do`pposlashibdi ) kabi.

Bu yerda fe’lning ta’siri har ikki shaxsga qaytgan. Bu qaytish ham to`g`ridan-to`g`ri yoki vositali ravishda yuz beradi. Birinchi holatda ikki shaxs ham bir-biriga ob’yekt bo`lib xizmat qiladi: Ali ile Vali görüştüler. = Ali Veliyi, Veli Aliyi gördü. O gün iki aile tanışacaktı. = O gün birinci aile ikincisini, ikinci aile de birincisini tanıyacaktıkabi.

Bu yerda fe’llar o`timsiz, lekin mantiqan ikki tomonli o`timli bo`ladi.

Ba’zi hollarda gap ichida vositasiz to`ldiruvchi qatnashadi: Oğuz ile Serdar bu tarlayı bölüştüler.=İkisi aralarında böldüler (Oğuz bilan Sardor bu dalani bo`lishdilar.=İkkalalari o`zaro bo`lishib oldilar). Onlar yazışıyorlar.=Birbirlerine (mektup) yazıyorlar (Ular yozishadilar.= Ular bir-birlariga maktub yozadilar) kabi.

–işqo`shimchasi qo`shilishi orqali yasalgan birgalik nisbatining yana bir ko`rinishi turk tilshunosligida işbırliği görünüşü, ya’ni hamkorlik ko`rinishideyiladi. Bu yerda ega ko`plikda ikkidan ortiq bo`lish bilan birga, ish-harakat birgalikda amalga oshiriladi: Çocuklar gülüşüyorlardı. Kuşlar uçuşuyorlar kabi.

Shuni unutmaslik kerakki, hozirgi zamon turk tilida –işyasovchi qo`shimchasi yordamida boshqa shakllar ham yasalgan va ularni birgalik nisbati shakli bilan aralashtirib yubormaslik kerak: çalışmak, barışmak, yakışmak, yanlışmak, konuşmak va hokazo.

Orttirma nisbat(ettiren görünüş). Fe’lning orttirma nisbati fe’l o`zak yoki negiziga –dir-, -it-, -ir- qo`shimchasi qo`shish orqali yasaladi. Bunda gapning egasi bevosita ish-harakatning bajaruvchisi bo`lmaydi va boshqa otni ish-harakatning bajaruvchisiga aylantiradi: Saçını kestirmişsin (Sochini kesdiribsan). Komşum ustaya bir çardak yaptırdı (Qo`shnim ustaga bir chordoq yasatdi). O mektubu size okutacağım (U maktubni sizga o`qitaman). Zeynep çocuğa sütü içirdi (Zaynab bolaga sutni ichirdi) kabi.

Bu yerda qatnashishi yoki qatnashmasligidan qat’iy nazar, ikki ot (ega) bor. Biri grammatik nuqta’i nazardan ot-ega, ishni bajartiruvchi (yuqoridagi gapda komşu va Zeynep), ikkinchisi mantiqan ot-ega (usta,çocuk). Ko`pincha jo`nalish kelishigida kelgan va gap ichida grammatik jihatdan eganing mantiqan to`ldiruvchisi bo`lgan mantiqiy ega ta`kidlanmagan bo`lsa, bir savol bilan yuzaga chiqadi:

- Saçımı kestirdim. – kimga? – Berbere (sartaroshga)

-Sütü içirdi. –kimga ? – Çocuğa (bolaga).

Albatta, bunday gaplarda har doim grammatik vositasiz to`ldiruvchi ishtirok etadi.

Undan tashqari, orttirma nisbatda faqat ish bajarish ish bajarish emas, bir narsa, voqea-hodisaning bo`lishi, ro`y berishi ham mumkin: Kadın onu güldürdü(Ayol uni kuldirdi) . Şoför arabayı durdurdu (Haydovchi mashinani to`xtatdi). Bekçi ışıkları söndürdü (Qorovul chiroqlarni o`chirdi). Fırsatı kaçırmayınız (Fursatni qo`ldan boy bermang). Bu yolu kısaltacaklar (Bu yo`lni qisqartiradilar)kabi.

Turk tilida orttirma nisbat, asosan, -tir-qo`shimchasi yordamida yasaladi (döndürmek, sevdirmek, saldırmak). Bu qo`shimcha eski turkchadagi –it-va –ir-fe’l orttirma nisbati qo`shimchalarning ustma-ust kelishi natijasida yuzaga kelgan.

-ti-qo`shimchasi unli bilan tugagan fe’l negizlariga, shuningdek, r ba lsonor undosh tovushlar bilan tugagan fe’l negizlariga qo`shiladi. Ushbu qo`shimcha undosh tovushlar bilan tugagan fe’l negizlariga qo`shilganda –it- qo`shimchasidan –i- unlisi tushib qoladi: belir-t-mek, otur-t-mak, kısal-t-mak, bunal-t-mak, üşü-t-mek, acı-t-mak, anla-t-mak kabi.

Turk tilida fe’lning orttirma nisbat shakllari ma’no jihatdan boy va ularga lug`atlardan keng o`rin berilgan.

-ir- (-ır-, -ür-, -ur-) qo`shimchasi ba’zi bir bo`g`inli fe’l o`zaklariga qo`shilib keladi: piş-ir-mek, geç-ir-mek, yat-ır-mak, uç-ur-mak, şiş-ir-mek, kaç-ır-mak, doy-ur-mak, doğ-ur-mak kabi.

Orttirma nisbati shakli gap egasining bir ishni boshqa shaxsga bevosita qildirishi va uning bir ishni boshqa shaxslarga vositali ravishda qildirishi, bajartirishiga ko`ra ikki darajali bo`lishi ham mumkin: yaptırmak, geçirtmek kabi. Bunday holatda gap ichida uchta ot bo`ladi (Ayakkabımı yatırttım): Ben – hızmetçi – ayakkabıcı. Bunda qo`shimchalar ketma-ket –tir- va –ir- + - it- + -tir shaklida keladi (kes-tir-t-mek, doğ-ur-t-mak, kısal-t-tır-mak). Ushbu shakl murakkab orttirma daraja (katmerli ettirgen eylem) deyiladi.

Bebek uyudu (chaqaloq o`zidan o`zi uxlab qolgan);

Anne bebeği uyuttu (chaqaloqni onasi uxlatgan);

Anne bebeği dadıya uyutturdu (onasi chaqalo`gini enagaga uxlattigan).

Ikkinchi gapda (gapning egasi) ishni bevosita chaqaloqqa bajartirgan. Uchinchi gapda esa, ona (gapning egasi) ishni boshqa shaxs (masalan, enaga) vositasida amalga oshirgan. Shu sababdan murakkab orttirma daraja turk tilini o`rganuvchilar uchun qiyinchiliklar tug`diradi. Lekin shu bilan birga faqat turkiy tillardagina uchraydigan bunday fe’l shakli nutqni yanada ixchamlashtiradi, so`zlar tejaladi (Agar turk tilida ushbu shaklni rus tilidagi muqobili bilan qiyoslaydigan bo`lsak, ushbu shaklning turk tilida nechog`li samarali ekaligiga amin bo`lamiz. Masalan: Öğretmen öğrencilere kompozisyon yazdırdı gapini ruschaga shunday tarjima qilish mumkin:Учительзаставилстудентовнаписатьсочинение(Öğretmen öğrencileri kompozisyon yazmaya mecbur etti). Holbuki, bu yerda hech qanday majburlash yo`q. Faqat rus tilida ushbu gapni turk tilidagi singari ixcham ifoda etish qiyin).

Ko`p vazifa bajaruvchi fe’l nisbat qo`shimchalari.

Turk tilida ba’zi qo`shimchalar bir necha vazifani bajarishi mumkin. Masalan, -l, -n, qo`shimchalari ham o`zlik, ham majhul, ham orttirma nisbat shakli yasashda qo`llanilishi mumkin: Kapı açıldı - araba yıkandı; Ahmet yoruldu – Ayşe yıkandı kabi.

Turk tilida ba’zan fe’llar bir necha turli ko`rinish qo`shimchalari olishi mumkin. Bunday shakllar çok çatılı eylemler (ko`p nisbatli fe’llar) deyiladi. Bunga quyidagi misollarni berish mumkin:

Mustafa Bey dekanla tanıştırıldı. (tanı-ş-tır-ıl-dı)



(Mustafo Bey dekan bilan tanishtirildi).

Ahmet Bey ablasıyla görüştürüldü. (görü-ş-tür-ül-dü)

(Ahmad Bey opasi bilan uchrashtirildi).

II.Bob. Fe’l-to`ldiruvchi munosabatiga ko`ra fe’llar.

Fe’llar vositasiz to`ldiruvchi (nesne) olishiga ko`ra 1. o`timli(geçişli ) va2.o`timsiz (geçişsiz) ga bo`linadi.

Fe’llar gapning egasiga ko`ra ham quyidagi olti turga bo`linadi: 1. bo`lishli ko`rinish (yalın görünüş) – döv-mek; 2. bo`lishsiz ko`rinish(olumsuz görünüş)-döv-me-mek; 3. O`zlik nisbati ko`rinishi (edilen görünüş)-döv-ül-mek; 4. Majhul nisbat ko`rinishi (dönüşlü görünüş)-döv-ün-mek; 5. Birgalik nisbati ko`rinishi (karşılıklı görünüş)-döv-üş-mek; 6. Orttirma nisbat ko`rinishi (ettiren görünüşü)-döv-dür-mekkabi.

II.1. O`timli fe’l (geçişli fiil).

Fe’l tuslanishida ish-harakat o`zak yoki negizda ifodalanadi. Fe’ldan anglashilgan harakat yo tashqariga, yo ichkariga yo`nalgan bo`ladi, ya`ni predmetga harakat tashqaridagi harakatni amalga oshiruvchiga yo`nalgan bo`ladi. Fe’l ot (ega), yoki bo`lmasa boshqa so`zga ta`sir etadi. Shu nuqta’i nazardan fe’llar ikki asosiy guruhga bo`linadi: o`timli fe’llar va o`timsiz fe`llar. Bunga fe’lning ma’no jihatdan ham bo`linishi deyiladi. Soddaroq aytganda, ba’zi fe’llar vositasiz to`ldiruvchi oladi, ba’zisi esa olmaydi. Vositasiz to`ldiruvchi oluvchi fe’llar o`timli, vositasiz to`ldiruvchi olmaydigan fe`llar esa o`timsiz fe’llar bo`ladi.Masalan: Barış bey kitabı açıyor (Barish Bey kitobni ochyapti) gapida Barış Bey ning qilgan ishi kitap ga ta’sir etmoqda. Shu bois açıyor fe’li o`timlidir. Bu gapdagi kitap so`zi ega amalga oshirgan ishni belgilagan va fe’lning ma’nosini to`ldirib kelgan.

O`timli fe’llar. Harakati boshqasiga qaytgan, ya’ni gap ichida bir predmetga (borliqqa) ta`siri bo`ladigan fe’llarga o`timli fe’llar (geçişli fiil) deyiladi: kır-, çek-, ara-, bul- kabi. O camı kırdı, kapıyı çektı, birisini aradı, babasını buldu (U oynani sindirdi, eshikni tortdi, birini qidirdi, otasini topdi) va hokazo.

Ta`sirni qabul qiluvchi borliqning nomi ko`pincha kimni? (kimi?)kim? (kim?), ba’zan esa kimga? (kime?) savollariga javob bo`ladi va gapda vositasiz to`ldiruvchi (nesne) vazifasini bajaradi: Ali motoru getirdi (Ali motorni keltirdi). Birlikte çorba içeriz (Birga sho`rva ichamiz). Çok paraya kıymışsınız (Juda ko`p pul ishlatibsiz) va hokazo.

Bu misollarda fe`llarning otlarga ta’siri ko`rinib turibdi. O`timli fe’llarda harakat bilan o`sha harakatni amalga oshiruvchi (ega) dan boshqa bir predmet ham mavjud. Bu vositasiz to`ldiruvchi (nesne) dir. Harakat o`sha predmetga qaratilgan va uni o`z ta’siri ostiga olgan, ya’ni harakat o`sha predmet ustida amalga oshiriladi. O`timsiz fe’llarda esa harakat va uning bajaruvchisi (ega) dan boshqa uchinchi unsur, ya’ni ega va u amalga oshiradigan ish-harakatdan boshqa narsa (predmet) yo`q. O`timsiz fe’llarda ot (ega) harakat bilan yakkama-yakka holatda bo`ladi, ish-harakat vositasiz to`ldiruvchiga o`tmaydi, uning o`ziga qaytadi.

II.2. O`timsiz fe’l (geçişsiz fiil).

O`timsiz fe’llar(geçişsiz fiil).. Harakat gapning egasiga yo`nalgan fe’llarga o`timsiz fe’llar (geçişsiz fiiller) deyiladi (yat-, kalk-, dur-). O yattı, kalktı, durdu (U yotdi, turdi, to`xtadi) misollarida ish-harakatning boshqasiga o`tmaganligi va faqat egaga yo`nalgan ekanligi aniq ko`rinib turibdi. Demak, o`timli fe’llarda harakat boshqa predmetga o`tadi, o`timsiz fe’llarda o`tmaydi, eganing o`zida qoladi. Fe’llarning gap ichida biror bir borliq, predmetga ta’siri bo`lmaydi. Ular gap ichida vositali to`ldiruvchi (tümleç) bo`ladi: Arkadaşım Konya’dan geldi (O`rtog`im Konyadan keldi). Yarın evde oturalım (Ertaga uyda o`tiraylik). Biz Üsküdar’a geçeceğiz (Biz Uskudarga o`tamiz) va hokazo.

Holat va bo`lishni ifodalovchi fe’llar, ko`pincha, o`timsiz bo`ladi: Her gün yazıhanede bulunurum (Har kuni yozuvxonada bo`laman). Yemek pişti (Ovqat pishdi). Biraz daha büyümelisin (Yana ozgina katta bo`lishihgiz kerak) va hokazo.

Qo`llanish o`rni va ma’no farqiga ko`ra ham fe’llar o`timli va o`timsizga ajratiladi: Kırlarda çiçek topladık (Qirlarda gullar terdik). Yazın biraz dinlenmişsin (Yozda bir oz dam olibsan). Eve bir kat çıkacağız (Uyga bir qavat chiqamiz). Yarın Uludağ’a çıkacağız (Ertaga Ulutog`ga chiqamiz) va hokazo.

Bunday fe’llar turk tilida o`rtoq fe’llar deyiladi. Fe’lning o`zak va negizi ish-harakatni boshlang`ich shaklda ifodalaydi va bu holatda qo`llanish sohasiga chiqmaydi. Shuning uchun ularning boshlang`ich holatlari yap-, kes-, ol-, git-, ver-, otur-, uyu- shaklida yoziladi.

Xulosa shuki, o`timli fe’llar ish-harakatning bajarilishini, o`timsiz fe’llar esa yuz berishi (bo`lishi)ni ifodalar ekan. Fe’llar boshlang`ich shaklda xoh o`timli, xoh o`timsiz bo`lsin, ma’lum va ish bajaruvchi shaxsni talab qiladi. Shu bois passiv ko`rinish qarshisida faol ko`rinish namoyon bo`ladi: kırılmakemas kırmak.

Turk tilida o`timsiz fe’llarga -dir (-tir) qo`shimchalari qo`shilgandaular o`timli fe’llarga aylanishi mumkin. Masalan: Anne beşiğin üzerinde uyudu (o`timsiz); Anne çocuğunu uyuttu (o`timli). Yoki Kız delikanlıya güldü (o`timsiz); Kız delikanlıyı güldürdü (o`timli).

Fe’llarda bo`lishlilik va bo`lishsizlik

Yuqorida fe’llarning gap egasiga ko`ra olti turga bo`linishi ta’kidlandi va undan birinchisi bo`lishli ko`rininsh(yalın görünüş, olumlu görünüş)va ikkinchisi bo`lishsiz(olumsuz görünüş)ko`rinish ekani aytib o`tildi.

Ma’lumki, fe’llar boshqa so`z turkumlariga nisbatan boy va murakkab Grammatik kategoriyalarga ega. Shunuqta’i nazardan, fe’llarga bir nechta grammatik kategoriyalar xosdir.

Fe’l o`zagining qo`shimchalar olmagan holatiga boshlang`ich ko`rinish (fe’lning noaniq shakli) deyiladi. Ular bir bo`g`inli o`zak yoki turli yasovchi qo`shimchalar bilan otdan yoki fe’ldan yasalgan fe’l negizlari bo`lishi mumkin: geç-mek, dene-mek, yat-mak, at-mak, çarp-mak, ara-mak kabi.

Fe’lningnoaniqshakli, bo`libo`tganish-harakatnitasdiqlaydi, ma’qullaydivabo`lishli, bo`lishsizko`rinishlargaegabo`ladi. Noaniqshakltugalma’noniifodalashuchunmuayyanishbajaruvchishaxsnitalabetadi.

Fe’lning bo`lishsiz shakli (olumsuz görünüş). Fe’lning bo`lishsiz shakli fe`l o`zak yoki negiziga –me, -ma qo`shimchasi qo`shish orqali yasaladi. Bu qo`shimcha urg`usizligi bilan harakat nomlarida uchraydigan –me qo`shimchasidan farqlanadi (gel-me-di; gel-me, oku-ma-dı). Fe’lning barcha ko`rinishlari ushbu qo`shimcha yordamida bo`lishsiz ko`rinish olishi mumkin: tepmek-tepmemek, tepilmemek, tepinmemek, tepişmemek, tepindirmemek kabi.

Shu tarzda bo`lishsiz negiz fe’l ifodalagan ish-harakatning amalga oshmaganligi, yuz bermaganligi, bo`lmaganligini bildiradi: Düğüne gitmeyeceğiz (To`yga bormaymiz). Kapı açılmıyor (Eshik ochilmayapti). Hasta olmadım (Kasal bo`lmadim)kabi.

Yana shuni aytish kerakki, turk tilida deg`il so`zi ham bo`lishsizlikni ifodalashi mumkin: deg`il-im, deg`il-diniz, deg`il-sek kabi.



II.3.O`timsiz fe’ldan o`timli fe’l hosil qiluvchi fe’llar (Oldurgan fiil).

O`timsizfe’lga“-r, -t, -tır”qo`shimchalaridanbiriningqo`shilishinatijasidafe’lo`timlife’lgaaylansa, bundayfe’llarturktilidaoldurgançatılı fe’l deyiladi. Masalan:

Yatmak> yatırmak

Ötmek > öttürmek

Uyumak > uyutmak

Gezmek > gezdirmek

Kaçmak > kaçırmak

Adam öldü. (o`timsiz) >Adamı öldürdü. (oldurgan)

Günler zor geçiyor.(o`timsiz) >Günlerini zor geçiriyorç (oldurgan)

Araba durdu. (o`timsiz) >Arabayı durdurdu. (oldurgan)

Saçları uzamış. (o`timsiz) >Saçlarını uzatmış. (oldurgan)

Her sabah koşarım. (o`timsiz) > Yıllarca bu topraklarda at koşturduk. (oldurgan)

İşe başladım. (o`timsiz) >Dersleri başlattım. (oldurgan)

II.4. O`timli fe’ldan yana o`timli fe’l hosil qiluvchi fe’llar (Ettirgen fiil).

O`timli fe’lga “-r, -t, -tır”qo`shimchalarini qo`shish orqali yana takroran o`timli fe’l hosil qilinib, o`timlilik darajasi orttirilsa, bunday fe’llar turk tilida ettirgen çatılı fe’llar deb ataladi. Bu yerda fe’lga “-r, -t, -tır” qo`shimchalarini qo`shish orqali ish-harakatni boshqa biriga bajartirish ma’nosi yuzaga chiqadi. Ettirgen fe’llar bevosita oldurgan fe’llardan hosil qilinadi. Masalan:

Gazete aldı > aldırdı > aldırttı

Elbiseyi yıkadı > yıkattı > yıkattırdı

İçmek > içermek > içirtmek

Durmak > durdurmak > durdurtmak

Uçmak > uçurmak > uçurtmak > uçurtturmak

Bu kitapları okudum. (o`timli) > Bu kitapları okuttum. (ettirgen)

Her şeyi kırdım.(o`timli) > Her şeyi kırdırdım. (ettirgen)

Yeni aldığım daireyi boyadım. (o`timli) >Yeni aldığım daireyi boyattım. (ettirgen)

Kumaşı ölçüsüne göre kestim. (o`timli) > Kumaşı ölçüsüne göre kestirdim.(ettirgen)

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tilshunoslikda nisbat kategoriyasi juda ko`p bora o`rganilgan va tadqiq qilingan mavzulardan biridir. Lekin shunday bo`lsa ham bu mavzuda haligacha bir to`xtamga kelinmagan muammolar talaygina. Masalan, turk tilshunoslari orasida nisbat qo`shimchalari so`z yasovchi qo`shimchami yoki bo`lmasa, shakl yasovchimi degan savolga turk tilshunoslarining bir qismi so`z yasovchi deya e`tirof etsalar, boshqa bir guruh tilshunoslar esa shakl yasovchi degan xulosaga kelishgan. Shuningdek, ba’zi turk tilshunosligiga oid kitoblarda, fe’l – to`ldiruvchi munosabatiga ko`ra fe’llar o`z ichida to`rtga bo`linadi, ya’ni o`timli, o`timsiz, oldurgan, ettirgen fe’llar. Lekin turk tilshunosi Zaynab Korkmaz o`zining “Türkiye türkçesi grameri” kitobida oldurgan va ettirgen fe’llarni orttirma fe’l nisbati ichida o`rganadi. Bundan tashqari, turk tili va o`zbek tilidagi nisbat kategoriyasini bir-biriga qiyoslagan holda o`rganganimizda, turk tilida nisbat kategoriyasi o`zbek tilidagiga nisbatan ancha keng qamrovli ekanligiga guvoh bo`lamiz. So`z isboti tariqasida shuni aytishimiz mumkinki, turk tilshunosligida nisbat deyilganda, nisbat darajalaridan tashqari, fe’lning o`timli – o`timsiz, bo`lishli – bo`lishsiz shakllari ham tushuniladi. O`zbek tilida esa nisbat kategoriyasining qamrovi faqat nisbat darajalaribilan kifoyalanadi. Fe’lning o`timli – o`timsiz va bo`lishli – bo`lishsiz shakllariga esa alohida mavzu sifatida qaraladi. Shuningdek o`zbek tilshunosligida nisbat qo`shimchalari shakl yasovchi deb tahlil qilinadi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. X. Hamidov, Z. Xudoyberganova, “Turk tilining nazariy grammatikasi”, Toshkent, 2010.



  1. X. Hamidov “Turk tili grammatikasi”, Morfologiya, Toshkent, fan va texnologiya, 2006.



  1. Sh. Sariyev, “O`zbek tili grammatikasi”.



  1. Z. Korkmaz, “Türkiye türkçesi grameri”, Ankaraö 2007.



  1. Prof.dr. Muharram Ergin “Türk dil bilgisi”, “Bayrak” basım.



  1. Türkçe sözlük, TDK. Ankara, 2005.



  1. www.bilgiara.com



  1. www.Blogcı.com



  1. www.Orgretmenevi.net



  1. www.blogen.tr


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa