Tadqiqot metodi.
O`zbek adabiyotshunosligi va tilshunosligida klassik asarlar bialn bog`liq holda
yaratilgan ishlarda ko`plab metod va usullarning borligini kuzatishimiz mumkin.
Biz ushbu tadqiqotimizda sharqshunoslik va turkshunoslikdagi ana shu ilg`or
usullardan unumli foydalanishga harakat qildik. Shuningdek, ishga tasnifiy,
qiyosiy, analitik metodlar joriy qilindi.
Tadqiqot obyekti.
Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizga asos qilib “Xazoyin ul-maoniy”
kulliyotini jalb qilgan bo`lsak, undan tashqari “Xamsa”ning, “Saddi
Iskandariy”,“Layli va Majnun”, “Hayrat ul-abror” dostonlaridan ham foydalandik.
Shuningdek, yana bir qancha asosiy, qimmatli ma’lumotlarni Navoiyning
“Mahbub ul-qulub”, “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lug`atayn” asarlaridan
izlab topishga muvaffaq bo`ldik.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |