Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va tarix fakulteti falsafa kafedrasi



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/82
Sana29.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#82740
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
Bog'liq
falsafa

makomida:  mamlakatning  jahondagi  nufuzini  oshirishda  mas’ullik,  jahon  sivilizatsiyasi 

yutuqlarini egallash, jahon xalqlari oldida turgan umumbashariy muammolarga befarq bo‘lmaslik, 

milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligini anglash, insonning tabiatning bir bo‘lagi ekanligi, uni 

asrashda mas’ullik va boshqa bir qator tushunchalarni kiritish mumkin. 

Ko‘rinib  turibdiki,  yuqoridagi  keltirilgan  ma’naviyatning  barcha  tushunchalari  shaxsning 

ichki  ruhiyati  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  ular  shaxsning  ma’naviy  darajasi  millat  va  jamiyat  vakili 

sifatidagi maqomlarini qamrab olgan. 

Real  hayotda,  ma’naviyat  har  bir  insonning  millat,  jamiyat,  davlat  hayoti,  insonlararo 

bo‘ladigan va ijtimoiy hayotga nisbatan bo‘ladigan munosabatlarida namoyon bo‘ladi. 

Yuqoridagilardan  tashqari,  ma’naviyatning  boshqa  bir  qator  tushunchalari  ham  bor.  Bu 

yerda gap ularning hammasi ustida to‘xtash haqida emas, balki ma’naviyatning ko‘p qirrali, keng 

qamrovli  ekanligi,  u  inson  ongi,  ruhiyati,  ichki  dunyosining  salohiyati,  xatti-harakatlari  kabi  bir 

qator masalalarni o‘z ichiga olishini tushunib yetish haqida bormoqda. Ma’naviyatni chuqur tahlil 

qilishda ana shu ko‘rsatilgan tushunchalarni uyg‘un holda tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

Ma’naviyat  rivojlanishi  ham  ma’lum  qonuniyatlarga  tayanadi.  Garchand  bunday 

qonuniyatlar bir necha yo‘nalish va jarayonlarni o‘z ichiga olsa ham, ularni ikki yirik guruhlarga 

ajratish mumkin. 

Birinchi  guruhga  shaxs,  millat  yoki  jamiyatning  ichki  salohiyati  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

qonuniyatlar  kiradi.  Ya’ni  shaxs,  millat  yoki  jamiyatning  ichki  salohiyati  mustahkam,  zaminlari 

chuqur  bo‘lishi  ma’naviyat  rivojlanishining  asosini  tashkil  qiladi.  Agar  ichki  salohiyat  nochor 

bo‘lsa,  shaxs  barkamollik  darajasiga  millatning  o‘z  bir  butunligini  saqlashga  va  ayni  paytda 

jamiyatning  yuksak  taraqqiyot  pog‘onasiga  erishishiga  salbiy  ta’sir  etadi. Yana ham  aniqroq  qilib 

aytiladigan bo‘lsa, ichki salohiyat asosiy tayanch va ob’ektiv zaruriyatdir. Ichki salohiyatning darajalari 

esa  ob’ektiv  va  sub’ektiv  omillar  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Uning  rivojlanishi  ularning  uyg‘un  holatda 

bo‘lishini taqozo etadi. 

Ichki salohiyatning mustahkam bo‘lishi, tarixiy taraqqiyot bosqichi yoki shaxs shakllanish 

jarayoni  qanday  murakkab  bo‘lmasin,  baribir  zaruriy  sharoitlar  yuzaga  kelgan  paytda  shaxs 

ma’naviy kamolotini va millatning yuksalishini ga’minlashga xizmat qilaveradi. 

Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida sodir 

bo‘ladigan  «o‘zaro  ta’sir»  va  «o‘zaro  boyitish»  orqali  bo‘ladigan  jarayonlar  kiradi.  Ya’ni  shaxs 

ma’naviy kamoloti onadan tug‘ilishi bilan yuzaga kelmaydi. Xuddi shuningdek, millat ham tarixiy 

taraqqiyotning  ma’lum  bosqichlarida  boshqa  xalqlar,  millatlar  bilan  hamkorlik  natijasida  yuzaga 

keladi.  Hech  qachon  shaxs,  inson  o‘zgalarsiz  yashay  olmaganidek,  millat  ham  boshqa  millatlar, 

xalqlar bilan aloqa qilmasdan taraqqiy qila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda dunyoda «sof millat 

borligiga  hech  kim  guvohpik  yoki  kafolat  bera  olmaydi.  Jamiyat  ham  xuddi  ana  shu  qonuniyat 

asosida rivojlanadi. 

Ma’naviyat  ana  shu  o‘zaro  munosabatlar  va  «ta’sirlar»  asosida  rivojlanib  boradi.  Bu 

jarayonda  bir  tomon  ikkinchisiga  nimanidir  «beradi»  va  nimanidir  «qabul»  qiladi.  Shunday  qilib, 

ma’naviyat  rivojlanishidagi  «ta’sir»  va  «aks  ta’sir»  qonuniyati  mavjud  bo‘lib,  u  ma’naviyatning 

rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiladi. 

Bu qonuniyatlarning amal qilish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar bilan bog‘liq 

bo‘ladi.  Shaxs  kamolati  va  ma’naviyatning  erkin  rivojlanishi,  kamol  topishi  uchun  sharoit  mavjud 

bo‘lsa  qonuniyatlarning  amal  qilishi  umum  ma’naviy  taraqqiga  xizmat  qilishga  o‘zining  ijobiy 



ta’sirini o‘tkazadi. 

Aksincha,  shaxsni  itoatkor  bo‘lishga  qaratilgan  va  ma’naviyatni  zo‘ravonlik  siyosatini 

qo‘llab-quvvatlash  vositasiga  aylantirgan  harakati  ustuvor  bo‘lgan  sharoitda  «ta’sir»  va  «aksta’sir» 

umum ma’naviy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Bu jarayonda davlatning shaxs va ma’naviyatga 

bo‘lgan munosabati hal qiluvchi ahamiyat kasb ztadi. 

Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan shaxs kamoloti va ma’naviyatni rivojlantirishga 

qaratilgan siyosati bu-bugungi kunda o‘zining dastlabki natijalarini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda 

barkamol inson shakllanmoqda va umumma’naviy salohiyatimiz yuksalmoqsa. 



3.    Yuqorida  ma’naviyatning  jamiyat,  shaxs  va  millat  hayotidagi  muhim  o‘rni  haqida  fikr 

yuritildi.  Ammo,  uni  real  hayotga  qanday  tadbiq  qilish  yo  qilmaslik  davlat olib  borayotgan  siyosat 

bilan bog‘liq. To‘g‘ri, shaxs va millat shakllanishi yoki jamiyat taraqqiyoning barcha bosqichlarida 

ma’naviyatning roli va ahamiyatiga e’tibor berib kelingan. 

Bu  borada  O‘zbekistonning  tarixan  qisqa  vaqt  ichida  Prezide  Islom  Karimovning  bevosita 

tashabbusi asosida ma’lum tajriblarni to‘plashga erishganligini ta’kidlash lozim bo‘ladi. Ma’naviyatni 

ko‘tarish  davlat  siyosatida  ustuvor  sohaga  ko‘tarildi  va  u  o‘zining  ijobiy  natijalarini  ko‘rsata 

boshladi 

Aslini  olganda,  hozirgi  kunda  ma’naviyatning  ustuvor  sohaga  ko‘tarilishining  bir  qator 

sabablari bor. Ular quyidagilardan iborat: 




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish