Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi va falsafa fakulteti


Platon falsafasining asosiy mohiyati haqida



Download 61,98 Kb.
bet7/11
Sana28.06.2021
Hajmi61,98 Kb.
#103412
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
platonning ijtimoiy-siyosiy qarashlari

2.Platon falsafasining asosiy mohiyati haqida

Platon falsafasining asosiy mohiyati — "g’oya" ("eydos")lar haqidagi ta’limotida bayon etilgan. Uning fikricha, g’oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo uning soyasidir. Haqiqiy o’zgarish va taraqqiyot g’oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning in’ikosidir. G’oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bila olmaydi. Ularni biladigan zotlar juda kam uchraydi, bu zotlar ulkan aql egalari bo’ladi. Aksariyat kishilar soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. Platon g’oyalar dunyosini narsalar dunyosidan ustun qo’yadi, chunki g’oyalar dunyosi ideal narsalardir. Inson g’oyalar dunyosi bilan soyalar dunyosi o’rtasidagi zotdir. Uning ruhi g’oyalar dunyosiga, jismoniy tanasi soyalar dunyosiga mansubdir. Shuning uchun ruh va tana birligidan iborat odam 2 olamga tegishlidir. Ruh insonning haqiqiy qismidir. Biz hayot deb ataydigan narsa ruh jismoniy tanada yashaydigan vaqtdir. Platonning bilish nazariyasi uning g’oyalar haqidagi nazariyasiga asoslanadi. Bilish — anam-nesis, ya’ni jonning eydoslar haqidagi xotirasi. Eydosga bo’lgan muhabbat (eros) ma’naviy yuksalishga undaydigan sababdir.7

Aflotun bilim insonning avvalgi hayotida ko‘rganlari va orttirgan tajribalarini eslashi ekanini ta’riflab shunday degandi: «Kohinlar inson ruhi barhayot ekanini ta’kidlaydilar. Ruh yerdagi hayotni tark etganidan so‘ng, — buni odatda o‘lim, deb ataydilar, — yana qayta tug‘iladi va hech qachon o‘lmaydi. Shuning uchun inson hayotini taqvodorlikda, ezgulik bilan o‘tkazmog‘i darkor. Basharti ruh barhayot ekan, u qayta-qayta tug‘ilaveradi. Yerda va o‘zga olamlarda hamma ilmlardan, voqealardan boxabar bo‘lib, komillashib boraveradi. Natijada olamda u bilmaydigan hech qanday ilm qolmaydi. Bu ilmlar insonning ezguligi, saxovati va boshqa shu kabi yaxshi sifatlari evaziga yodga tushadi.

Modomiki, tabiatda hamma narsa bir-biriga aloqador va ruh hamma ilmlardan boxabar ekan, inson birgina narsani eslay olsa, qolganlarini ham dadillik va g‘ayrat bilan izlab topib, bilib oladi. Zero, izlamoq va bilmoq eslamoqning aynan o‘zidir.Aflotun muhabbat haqida shunday degandi: «Menimcha, odamlar muhabbatning asl qudratini anglab yetmaganlar. Agar ular buni tushunganlarida edi, sevgiga atab ulug‘vor ibodatxonalar va mehroblar qurib, qurbonlik keltirgan bo‘lardilar. Lekin birinchi galda bajarilishi lozim bo‘lgan bu vazifalarni hozirgacha hech kim ado etmadi. Axir, Eros — eng insonparvar ma’buda. U odamlarga yordam beradi, shuningdek, insoniyatni dardu alamlardan forig‘ etib, buyuk saodatga noyil etadi».

Tafakkur yagona munosib tangadir. Faqatgina ana shu tangaga hamma narsani almashish mumkin. Shunda mardlik, odillik, mulohazakorlik — bir so‘z bilan aytganda, ezgulik — soxtalikdan forig‘ bo‘ladi. Bu ezgulikka huzur-halovat, qo‘rquv va boshqa narsalar xoh yo‘ldosh bo‘lsin, xoh bo‘lmasin, u doimo tafakkur bilan hamqadamdir.

Falsafa bilan yoshlikda, me’yorida mashg‘ul bo‘lmoqlik joiz. Bu qoidaga amal qilmaganlarni halokat kutadi. Har qancha zakovatli bo‘lmang, yoshingiz bir joyga borib qolganda umringizni falsafaga bag‘ishlasangiz, hurmat-e’tiborli inson bo‘lish tajribasidan ayrilib qolasiz. Bunday holatda odamlar bilan biror ish yuzasidan suhbatlashishga qiynalasiz, ularning quvonch va tashvishlariga sherik bo‘lolmay, umuman, oddiy insoniy muomala va odobni o‘zlashtirolmay aziyat chekasiz. Natijada qanday ishga kirishmang va qanday amalni bajarmang — xoh shaxsiy, xoh davlat miqyosidagi faoliyatingizda xuddi falsafiy suhbat va munozaraga aralashgan hukumat kishisi kabi barchaga kulgi bo‘lasiz.

Uningcha, g’oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o'zgarish va taraqqiyot g’oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G’oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam uchraydi, ular ulkan aql egasi bo'ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.

Platon o'zining dialog shaklidagi asarlarida san'at va adabiyot bilan bog'liq qator muhim masalalarni o'rtaga qo'yadi. Jumladan, "Davlat" nomli asarida faylasuf ideal davlat fuqarosini tarbiyalash masalasini muhokama etarkan, bunda so'z san'atidan qay yo'sin foydalanish borasida yo'riqlar beradi. Uning fikricha, tarbiyada ikki jihatni birlikda olib borish lozim: tana uchun "gimnastik tarbiya", qalb uchun "musik tarbiya" (hozirdagi "estetik tarbiya" ) amalga oshirilishi kerak. Faylasuf "musik tarbiya"da so'z san'ati asosiy o'rin tutishini ta'kidlaydi. Platonning fikricha, "musik tarbiya gimnastik tarbiyadan avval boshlanadi", chunki "murg'ak bolalarga avvalo miflar so'zlab beriladi". Platon bolalarga duch kelgan miflarni emas, saylab olingan miflarni hikoya qilish lozim deb biladi. Uning fikricha, "muvaffaqiyatsiz to'qima" asosiga qurilgan, xudolar yoki qahramonlarga nomaqbul sifatlar berilgan miflar - yolg'on, ularni o'qitish esa nojoizdir. Platon xayolida qurilayotgan ideal davlatda "Kimki xudolar haqida nomaqbul gaplar aytsa, ... unga xor berilmaydi (ya'ni, asarlari ijro qilinmaydi ), o'qituvchilarning yoshlar tarbiyasida bunday asarlardan foydalanishlariga yo'l qo'yilmaydi". Platon xayolidagi davlat asoschisi sifatida aytadiki: "Asoschilarga mif yaratish lozim emas - ular poetik ijodning asosiy belgilari qanday bo'lishi kerakligini bilsa va ulardan chekinishga yo'l qo'ymasa kifoya".8 Ko'rib turganimizdek, faylasuf xayolidagi ideal davlatda adabiyot davlat manfaatlariga to'la bo'ysundiriladi, adabiyotning g'oyaviy, ma'naviy-axloqiy me'yorlari qat'iy belgilab qo'yiladi.

Platon adabiyot inson ruhiyatiga, ayniqsa, shakllanayotgan shaxs ruhiyatiga kuchli ta'sir qiladi deb biladi. Shu sabab ham, uningcha, Aid saltanati (narigi dunyo) dahshatlari tasvirlangan miflar bunga ishongan kishilarning o'limdan qo'rqmaydigan jangchi bo'lib yetishishiga halal beradi. Shunga ko'ra, bunday sahnalari bo'lgan miflarni hikoya qilishga jazm etuvchilardan Aidda neki bo'lsa barini birdek qoralayvermaslikni, aksincha, maqtashlarini talab qilishimiz lozim: axir, ular bu nav qoralashlarida haq emaslar, boz ustiga, bu bo'lg'uvsi jangchilar uchun foydali ham emas.

Platon san'at narsaning mohiyatiga yetish, haqiqatni bilish imkonidan mahrum, chunki u narsaning o'ziga emas, u haqdagi tasavvur - narsaning soyasiga taqlid qiladi, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, faylasuf fikricha eng yomoni ham shu, taqlidiy poeziya hayotdagi yuksak narsalar bilan bir qatorda tuban narsalarni ham aks ettirishi mumkinki, keyingi hol tufayli "hatto haqiqiy insonlarning ma'naviyatiga ham putur yetkazadi". Xo'sh, qanday qilib? Platon o'qish (tinglash, tomosha qilish) davomida kishi qahramonlarga hamdard bo'lishi, ularga "poetik taqlid qilishi"ni, xuddi shu jarayonda uning dilida ham ayni damda qahramonlarda kechayotgan ehtiros va mayllar uyg'onishini aytadi. Holbuki, boshqa sharoitda bu ehtiros va mayllar aql tomonidan so'ndirib kelinadi, taqlidiy poeziya esa ularni uyg'otadi, "sug'oradi". Shulardan kelib chiqib Platon shogirdi Glavkonga "Gomerni ulug'lab, bu shoir Elladani tarbiyalagan" deguvchilarga yon berishni tayinlaydi, ayni paytda, "bizning davlatimizga poeziya faqat xudolarga madhiya va ezgu kishilarga maqtov bo'lgani uchungina kiritiladi" deb uqtiradi.

Ko'ramizki, Platon ta'limotida, xususan, uning tasavvuridagi ideal davlatda san'at va adabiyotga ikkinchi darajali rol ajratiladi, unga bir vosita sifatidagina qaraladi. Bu, albatta, bejiz emas. Avvalo shuki, Platonning ijodiy faoliyati qadimgi Gretsiya davlatchiligi - "polis demokratiyasi" inqirozga yuz tutgan davrga to'g'ri keladi. Shunday ekan, faylasufning ideal davlat haqida maxsus asar yaratishga qo'l urishi shaxsiylangan ijtimoiy zarurat natijasi deb qaralishi mumkin. Tabiiyki, davlatchilikdagi inqiroz jamiyat a'zolarining ma'naviy-axloqiy qiyofasida ham jiddiy o'zgarishlar yasaydi, yana ham aniqrog'i, bu ikkisida inqiroz bir-biriga uzviy bog'liq holda, biri ikkinchisini taqozo etgan va keltirib chiqargan holda kechgan. Bunday sharoitda, birinchidan, Platonning ideal davlatdagi tarbiya masalasiga ayricha e'tibor qilishi, ikkinchidan, ilgarigi qadriyatlarga tanqidiy munosabatda bo'lishi (masalan, Gomer ijodi va uning ahamiyati masalasida) ham tabiiy va zaruriydir.

Birinchi bo'lib adabiyotni turlarga ajratgan Platon tasniflash asosi sifatida taqlid qilish usulini oladi. Unga ko'ra, "shoir va roviylar nima haqda gapirmasin, bu yo o'tmish, yo hozir va yo kelajak haqidagi hikoya" bo'ladi. Hikoya qilish esa "yo oddiy rivoya, yo taqlid qilish vositasida va yo ikkisining birligi asosida amalga oshishi mumkin. Shu o'rinda Platon "taqlid qilish" deganda nimani nazarda tutishini aniqlashtirib olish foydadan holi emas. Platon shoir yoki roviy o'zganing tilidan aytgan nutqni - personajlar nutqini taqlid qilish deb biladi. Chunki bu holda shoir yoki roviy "o'z nutqini o'sha personaj nutqiga imkon qadar o'xshatishga harakat qiladi, ya'ni taqlid qiladi. Shulardan kelib chiqqan holda Platon aytadiki, "poeziya va mifnavislikning bir turi to'laligicha taqliddan tarkib topadi - bu, sen aytgandek, tragediya va komediya; boshqa turi to'laligicha shoirning aytganlaridan iborat - buni ko'proq difiramblarda topasan; epik poeziya va boshqa ko'plab xillarda bu ikkala usul" qorishiq holda keladi. Ko'rib turganimizdek, bu o'rinda uchta adabiy tur - drama, poeziya va eposga xos xususiyatlar farqlanadi.

Platonning qarashlari, garchi u san'at va adabiyotga oid maxsus asar yaratmagan esa-da, adabiy-estetik tafakkur rivojiga sezilarli hissa bo'lib qo'shildi. Platon adabiyotga ma'naviy-axloqiy me'yorlar nuqtai nazaridan yondashdi, shu mavqyedan o'zigacha yaratilgan boy adabiy manbani tanqidiy o'rgandi, adabiyotning mohiyati va vazifalari, badiiy shakl va mazmun, badiiy asarni qabul qilish jarayoni, uning inson ongi va ruhiga ta'siri kabi qator muhim muammolar yuzasidan qimmatli fikrlarni bayon qildi. Uning falsafiy, adabiy-estetik qarashlari keyingi davrlar adabiyotshunosligida muhim manba bo'lib xizmat qildi: ayrimlar uning fikrlarini rivojlantirib, boshqalari muxolif mavqyeda turib adabiy tanqidiy tafakkurni boyitdi.


Download 61,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish