수저26 - ovqatlanayotganda ishlatiladigan buyum hisoblanib, asosan uning tarkibiga qoshiq va koreys millati milliy tayoqchalarini kiritish mumkin. Qoshiq orqali suyuq taomlar iste’mol qilinsa, tayoqchalar orqali esa 반찬 lar iste’mol qilinadi. Bu 수저 ning ko‘rinishi davrlarga qarab o‘zgarib, qadimgi va hozirgi 수저 orasida farqlar paydo bo‘lgan. Qoshiq haqida gapiradigan bo‘lsak, qadimda qoshiqning taomni oladigan qismi barg shaklida bo‘lib, dastasi egilgan shaklda bo‘lgan.Tayoqchalar esa boshi bilan oxiri bir xil qalinlikda bo‘lgan.Hozirda esa tayoqchalarning taomni ushlaydigan qismi yanada ingichkalshgan. Ovqatlanish buyumlari har bir odam uchun muhim buyum hisoblangani sababli, koreys millati 수저 ni o‘ziga xos tomonlarini o‘ylagan holda boshqalarga sovg’a sifatida berishni ma’qul ko‘rib kelmoqdalar.
d)Koreys millati bayramlari va urf- odatlariga oid so‘zlar
Do'stlaringiz bilan baham: |