Toshkent davlat sharqshunoslik instituti sharq filologiyasi fakulteti bitiruv malakaviy ishi



Download 37,7 Kb.
Sana10.04.2020
Hajmi37,7 Kb.
#43776
Bog'liq
DILAFRO'Z B.M.I

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI

SHARQ FILOLOGIYASI FAKULTETI

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Mavzu: “Hayrat ul-abror”dagi o’gitnomalar badiiyati

Bajardi: “Sharq mumtoz filologiyasi” ta'lim yo'nalishi bitiruvchi kurs talabasi Dadamuhamedova (Tursunova) Dilafro’z ____________

(imzo)

Ilmiy rahbar: “Mumtoz filologiya” kafedrasi ___ f.f.n. Davlatov O.

____________



(imzo)

TOSHKENT-2020

MUNDARIJA

KIRISH..............................................................................................................

1-bob. Mumtoz adabiyotda didaktika........................................

  1. Didaktik adabiyotning genezisi va rivojlanish bosqichlari.................

  2. Turkiy adabiyotda o’gitlar.......................................

2-bob. “Hayrat ul-abror” dostonida o’gitlar va ularning badiiyati.............

  1. “Hayrat ul-abror”da mavzular tasnifi..................................

  2. Hikoyatlar va ularning axloqiy didaktik mohiyati...................................

  3. O’gitnomalar badiiyati........................................................

Kirish.

O’zbеkistonning mustaqillikka erishuvi barobarda xalqimiz ma'naviyatini rivojlantirish ishiga katta ahamiyat bеrilmoqdaki, Prеzidеnt Shavkat Mirziyoyev ma'naviyatni yuksaltirishda o’tmish madaniy boyliklarini chuqur o’rganish va targ’ib etish nihoyatda muhim ekanini ko’plab ma'ruzalarida qayta-qayta ta'kidlab o’tgan. Shu o’rinda davlatimiz rahbarining madaniy mеros va o’tmishdagi allomalarimizning hayoti va ijodini o’rganish ehtiyoji xususidagi so’zlarini eslash maqsadga muvofiqdir.

«Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanok ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kеlingan g’oyat ulkan, bеbaho ma'naviy va madaniy mеrosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyat muhim vazifa bo’lib qoldi».

Mustaqillikga erishgan kundan boshlab O’rta Osiyo, shu jumladan o’zbek xalqi tarixini haqqoniy va obyektiv tarzda o’rganishga katta etibor berila boshlandi. Shu o’rinda mahalliy mualliflar tomonidan yaratilgan asarlar bilan bir qatorda chet el olimlari, sharqshunos va tarixchilari tomonidan yaratilgan vatanimiz tarixiga oid asarlar chuqur tahlil qilinib o’rganilmoqda.

Mazko’r diplom ishida Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asrida berilgan o’gitlarni tahlil qilgan holda, ularning o’ziga xos badiiy qirralarini, badiiyatini ochib berishga harakat qilamiz.

Yaxshi bilasizki, Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda temuriylar hukmronligida bo‘lgan Xuroson davlatining poytaxti Hirot shahrida saroy amirlaridan bo‘lmish G‘iyosiddin Kichkina xonadonida tavallud topdi. Kichik yoshidan ta’lim olib, maktabda o‘qib yurgan kezlari forsiy tildagi tasavvuy adabiyotning asoschilaridan biri hisoblanmish Farididdin Attorning mashhur «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») dostonini sevib, berilib o‘qidi. Ota-onasi mazkur asarga yoshlayin bu qadar mashg‘ul bo‘lib ketganidan qo‘rqib, kitobni undan olib, yashirishdi. «Biroq, – deydi oltmish yoshlarida shu dostonga javob tariqasida yozgan «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida shoir, – men «Mantiq uttayr » matnini to‘liq yodlab olgan edim...»

Siyosiy vaziyatlar taqozosi bilan Navoiylar oilasi Mashhad shahriga ko‘chib, bir necha yil o‘sha yerda yashaganidan ham xabardorsiz.

1466–1469-yillari yosh shoir Samarqand shahridagi madrasalarda ta’lim oldi. Davlat ishlarida xizmatda ham bo‘ldi, faol ijod ham qildi. 1469-yilning bahorida do‘sti temuriyzoda Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallaganidan so‘ng shoirni yoniga chaqirdi.

Ulug‘ qalam sohibi bir necha yil Husayn Boyqaro saroyida oliy martabali lavozimlarda xizmatda bo‘ldi. U buyuk amallardan iste’foga chiqib, erkin ijodiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgan kezlarida ham ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan chetlashgan emas. Unga Husayn Boyqaro «Muqarrabi shohiy», ya’ni shohning eng yaqin kishisi martabasini bergan edi. Bu sharai martabaning hukmdor oldidagi imtiyozi shu ediki, u podshohga bir masala yuzasidan ketma-ket yetti martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi. 1483–1485-yillari shoirning eng buyuk asari – besh dostondan iborat «Xamsa» yaratildi. Umrining so‘nggi o‘n yili mobaynida ham Navoiy juda ko‘p badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar bunyod etdi.

Bu ulug‘ zot 1501-yilning 3-yanvari kuni Hirotda vafot etdi. O‘sha kuni butun mamlakat motam tutdi. Qabri – Hirotda. O‘zbekiston hukumati bobokalon shoirimiz qabrini obod qilish rejasini tuzyapti. 1991-yilning 26-sentabr kuni mamlakatimiz poytaxtidagi O‘zbekiston milliy bog‘ida Alisher Navoiyning ulug‘vor haykali qad rostladi. Xalqimiz vakillari, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlar shoir haykali poyiga guldasta-yu gulchambarlar qo‘yadi. Haykal ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g‘azalidan olingan:

Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,

Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish, –

degan misralari yozib qo‘yilgan. U butun bashariyatga qarata aytilgan shior yanglig‘ jaranglaydi. Zahiriddin Muhammad Bobur to‘g‘ri ta’kidlaganidek, tarixda hech kim turkiy tilda Navoiychalik «ko‘p va xo‘b (yaxshi)» asarlar yozgan emas.

Shoir butun turkiy adabiyotda eng katta lirik merosga ega qalamkash hisoblanadi. Keyingi yillarda Tokio, Moskva va Boku shaharlarida ulug‘ o‘zbek shoiri haykali qad rostladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida Alisher Navoiy haqida shunday deyilgan: «Agar bu zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir».

1 BOB. Mumtoz adabiyotda didaktika

1.1. Didaktik adabiyotning genezisi va rivojlanish bosqichlari

«Didaktika» – yunoncha «didakticos», ya’ni «ibratli» degan so‘zdan olingan. Demak, «didaktik adabiyot» deganda nasihat, o‘git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu Sharqda ham, G‘arbda ham bo‘lgan. Sharq so‘z san’atida pand-nasihat ruhi ustunroq, ochig‘i, u shunisi bila G‘arb adabiyotidan farq qiladi ham. X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko‘proq nasihat yo‘li bilan, G‘arb esa hayotni real ko‘rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd etib o‘tgan edi. Og‘zaki va yozma adabiyoti, axloqiy-diniy merosi pand-hikmatga o‘ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb bilishadi. Bizda she’riyatning bu darajada ravnaq topib, xalq orasida katta mavqe egallashiga sabab bo‘lgan omillardan biri ham – shu. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov:

«Sharqqa she’riyatni o‘rgatib bo‘lmaydi», –

deganida ham aynan shu jihatlarni ko‘zda tutgan. Shunga qaramay, Sharq, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotini, tamoman pand-nasihat ruhidagi asarlardan iborat, deb tushunish – mutlaqo xato. Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni, adabiy shakliga ko‘ra, quyidagicha nisbiy tasnif qilish mumkin:

1. Nasriy didaktik asarlar.

Masalan, milodiy IV asrda Hindistonda sanskrit tilida mashhur «Panchatantra», ya’ni keyinchalik «Kalila va Dimna» nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi.

Uning butun Sharq, qolaversa, jahon adabiyotiga katta ta’siri bor. Bu kitob asrlar mobaynida bir necha tillarga tarjima qilingan. Arab ertaklari asosida shakllangan «Ming bir kecha»da ham mohiyatan didaktik ruh juda ustun turadi. Keyinchalik Kaykovusning mashhur «Qobusnoma»si yozildi.

XVI asr o‘zbek adibi Xoja (Podshoxoja binni Abdulvahhobxoja)ning «Gulzor» hamda «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti» asarlari ham sof nasriy yo‘lda bitilgan didaktik adabiyot namunalari hisoblanadi.

2. Nasriy-she’riy didaktik asarlar.

Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning bag‘oyat mashhur «Guliston» asari aynan shu guruhga mansub. U ham nasriy, ham she’riy, ya’ni aralash yo‘lda bitilgan. Alisher Navoiy ham pandnoma ruhidagi «Mahbub ul-qulub» asarini aynan nasriy-she’riy shaklni o‘zaro omixta qilib yozdi. Garchi majoziy timsollar, hayvonlar, asosan, qushlar misolida bitilgan bo‘lsa ham, Gulxaniyning «Zarbulmasal»i ham didaktik adabiyotning ana shunday nasriy-she’riy, ya’ni aralash turiga kiradi.

3. She’riy didaktik asarlar.

Sharqda faqat nazmiy usulda yaratilgan maxsus didaktik she’riyat ham shakllangan. Aytaylik, o‘zbek mumtoz she’riyatida Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Haydar Xorazmiyning Nizomiy Ganjaviy «Maxzan ul-asror»ini erkin tarjima qilish asnosida bitgan «Gulshan ul-asror», Alisher Navoiyning «Xamsa»ga birinchi asar sifatida kiritilgan «Hayrat ul-abror» dostonlari aynan o‘zbek didaktik she’riyatining yorqin namunalari hisoblanadi.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida axloqiyma’naviy fazilatlarning hayotiy hikoya-tasvirlar, mantiqiy tahlilxulosalar orqali berilishi, birinchidan, muallif nuqtayi nazarini nihoyatda tiniqlashtirib ifodalash imkonini beradi, shu tariqa uning aynan qanday g‘oyani ilgari surayotganini aniq bilib turasiz, ikkinchidan, bu ta’sirchanlikni sezilarli darajada oshiradi, uchinchidan, ko‘tarilgan masala-muammolar bugun uchun ham o‘z ahamiyati, ya’ni dolzarbligini aslo yo‘qotmaganidan dalolat beradi.

Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi. Masalan, O‘zbekiston xalq shoiri Shukurullo qalamiga mansub «Javohirlar sandig‘i» aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo‘l bilan bitilgan.

Jumladan, “Qutadg’u bilig” asaridagi “qut” – baxt, saodat, «bilig» esa bilim degani. Shunga ko‘ra, asarning nomini «Baxtga eltuvchi bilim» yoki «Saodatga yo‘llovchi bilim» deb tarjima qilish mumkin. Abdurauf Fitrat uni «Baxtliklanish bilimi» deb o‘girgan. Albatta, XI asrga qadar ham tilimizda dostonlar bitilgan bo‘lishi kerak. Lekin hozircha bizgacha yetib kelgan ilk turkiy doston – aynan ana shu «Qutadg‘u bilig».

Dostonda to‘rt asosiy qahramon bor. Ularning har biriga ramzan muayyan bir ezgu tushuncha – ma’naviy qadriyatning timsoli yanglig‘ qaralib, alohida ma’no-mazmun yuklatilgan. Kuntug‘di (chiqqan Quyosh) – elig, ya’ni hukmdor. U adolat ramzi bo‘lib kelgan. Oyto‘ldi (to‘lgan Oy) – vazir. U baxt va davlat ramzi hisoblanadi. O‘gdulmish (aqlga to‘lgan) – vazirning o‘g‘li. U aql va zakovat ramzi yanglig‘ tasvirlan O‘zg‘urmish (uyg‘ongan) – vazirning qarindoshi. Doston – sof badiiy asar. Bunday deb urg‘u berib aytishimiz bekorga emas. Adabiyot tarixida Kaykovusning forsiy tilda yozilgan «Qobusnoma»si kabi nasihatnomalar ham, Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»si singari tarixiy-memorial asarlar ham mavjud, ularning ham badiiy ahamiyati – juda katta. Biroq «Qutadg‘u bilig» – pandona (didaktik) ruhdagi, ta’lim-tarbiya, odob-axloq mavzusiga bag‘ishlangan tipik badiiy asar. Unda, shaxs tarbiyasi, uning jamiyatdagi o‘rni, komillik shartlari, umrni bekorga o‘tkazmaslik, turli ijtimoiy tabaqaga mansubkasb-kor egalarining ma’naviy-axloqiy mezonlari, davlatchilik qat’iyat va tamoyillari asosiy yo‘nalishga aylangani bilan, bu g‘oyalarning bari badiiy bo‘yoq va timsollarga burkangan holda taqdim etilgan. Beklikka loyiq bek qanday bo‘lishini aytadi» deb nomlangan bu qism dostonning 31-bobi bo‘lib kelgan. Unda jamiyatni boshqarish uchun hukmdorga, ya’ni bekka katta muhtojlik borligidan kelib chiqib, shoir bu lavozimga loyiq shaxsda aynan qanday insoniy fazilatlar shakllangan bo‘lishi lozimligi masalasini atroicha badiiy-axloqiy tadqiq va tahlil qiladi.

Bob, odatdagidek, savol-javob tarzida davom ettirilgan. Elig, ya’ni Kuntug‘di vaziri bo‘lmish O‘gdulmishdan beklikka loyiq shaxs aynan qanday fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerakligi haqida so‘raydi: u qanday qilsa, yosh-u qari, boy-u kambag‘al, bilimli-yu bilimsiz – barchaga barobar siyosat yurita oladi, el-yurtvorasida nom chiqaradi, xalqi to‘q yashaydi, jahonga ovozasivtarqaydi, davlati ziyoda bo‘ladi, bu olamdan o‘tgach, u dunyoligini ham topadi?.. Bundan ming yilcha burun o‘rtaga qo‘yilgan bu savollar hozir ham ahamiyatini aslo yo‘qotgani yo‘q. Chunki jamiyatni boshqarish ehtiyoji mavjud ekan, rahbar ma’naviyatini shakllantirish va takomillashtirish masalasi kun tartibidan tushmay kelaveradi.

Shuni ham unutmasligimiz kerakki, bu yerda bek – bir timsol.

Bekka qo‘yilayotgan jiddiy ma’naviy talablarni amalda har qanday kishiga qo‘yilayotgan yuksak insoniy mezonlar tarzida qabul qilishga to‘la haqqimiz bor. Adabiyotning adabiyotligi aynan shunda namoyon bo‘ladi.

Chunki, san’atning har qanday turida bo‘lgani kabi, adabiyotda ham muayyan shartlilik mavjud. Bu yerdagi shartlilik shundan iboratki, shoir bek qanday bo‘lishi zarurligini bayon etish bahonasida o‘zining umumiy ruhdagi axloqiy-ma’naviy qarashlari majmuasini ilgari suradi. Bu qarashlarning ahamiyatini endi tor doirada tushunish, binobarin, uni faqat beklik bilangina bog‘liq holda talqin etish mumkin emas. Kishini, umuman, har taraflama ma’naviy barkamollik sari yetaklaydigan bunday talqinlarni, hattoki, aniq bir zamon yoki makon bilan chegaralab qo‘yish ham mumkin emas. Endi O‘gdulmishning javoblari tub mag‘zini chaqib ko‘raylik. O‘gdulmishning hayotdan kelib chiqqan xulosalari-yu qat’iy amaliy aqidalariga ko‘ra, beklik – avvalo, asl odamning ishi. U mohir mergan, botir, baquvvat, aql-zakovatli, bilimli, saxovatli, oliyjanob, ko‘p hunar egasi, xushxulq, to‘g‘riso‘z, sabrli, ko‘zi to‘q, andishali, bir so‘zli, ziyrak, hushyor, adolatli, o‘tkir zehnli, vafoli, dovyurak... va shu kabi ko‘plab xislatlarga ega shaxa bo‘lishi kerak. «Agar, – deydi O‘gdulmish, – arslon itlarga bosh bo‘lsa, itlar arslonga aylanadi, lekin it arslonlarga yetakchilik qilsa, arslonlar itlar kabi bo‘lib qoladi».

Bu masalalar o‘zbek adabiyotida bundan o‘n asrlar ilgari shu darajada tahlil etilganining o‘zi jahon tamadduniga xalqimiz nechog‘li buyuk hissa qo‘shganini yana bir karra isbotlab turibdi. Shuning uchun ham G‘arb dunyosi Sharq didaktik adabiyotiga juda-juda qiziqadi. Shuning uchun ham «Qutadg‘u bilig»ni Yevropa olimlari atroicha o‘rgangan, o‘z tillariga tarjima qilgan.

Bunday ilmiy-adabiy qiziqish hamon qizg‘in davom etyapti.

Didaktik adabiyot— badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzidagi adabiyot. Bunda axloqiytaʼlimiy, ilmiyfalsafiy, diniy bilimlar va gʻoyalar badiiy talqin qilinadi. Didaktik adabiyot ildizi xalq ogʻzaki ijodiga borib takaladi ( «Qobusnoma»). Gʻarb va Sharq xalqlari, jumladan, turkiy xalqlar adabiyotida Didaktik adabiyot uzok, tarixga ega. Didaktik adabiyotga doyr ilk namunalar Mahmud Koshgʻariyning «Devonu lugʻotit turk» asarida uchraydi. Oʻzbek mumtoz adabiyotidagi Didaktik adabiyotning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-haqoyik» dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, maʼrifat, axloq, odob haqidagi qarashlari, pand-nasihatlari sheʼriy shaklda bayon etilgan. Didaktik adabiyotdan ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarni ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar (mas, Ibn Sinonpnt tabobatga oid «Urjuza» sheʼriy asari). Didaktik adabiyotga xos boʻlgan xususiyatlardan Ahmad Yassaviy, Boqirgʻoniy Sulaymon, Soʻfi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyandalari ham samarali foydalanganlar.

20-a. oʻzbek adiblari Behbudiy, Ayniy, Avloniy va b. ijodida pandnasihatga alohida ahamiyat berilgan. Ularning asarlarida, maktablar uchun qoʻllanmalarida taʼlimtarbiyaga oid Didaktik adabiyot namunalari koʻplab uchraydi.

 Didaktik asarlarda SHarqqa xos bo’lgan insonning axloqiy, ruhiy kamoloti, oliy darajadagi yuksalish muammosi yetakchi g’oya bo’lgan. Insoniylik, insonni ulug’lash g’oyasi ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy o’zagi sanalgan. Bu g’oyani, ya’ni insonparvarlik g’oyasini amalga oshirishning asosiy vositalari sifatida yuksak axloqiy odatlar, insoniy munosabatlar va xislatlarni tarkib toptirishga olib keluvchi ta’lim-tarbiyani amalga oshirish muhim masala qilib qo’yilgan. Zero, insoniylik g’oyasida yuksak axloqiy xislatlar ifodalangani uchun ham SHarq Uyg’onish davri falsafasi va pedagogikasida ta’limiy-axloqiy yo’nalish muhim ahamiyat kasb etdi. Axloq masalasi faylasuflarning ham, buyuk mutafakkirlarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo’ldi. Ta’limiy-axloqiy risolalar paydo bo’lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil etildi. «Qutadg’u bilig», «Axloqi Nosiriy», «Qobusnoma», «Hibbat ul-haqoyiq», «Guliston», «Bo’ston», «Axloqi Jaloliy», «Axloqi Muhsiniy», «Mahbub ul-qulub» kabi YUsuf Xos Hojib, Nasiriddin Tusiy, Kaykovus, Ahmad YUgnakiy, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiylarning ta’limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta’kidlaganimiz inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal etish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo’lishi ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g’oya ilgari surildi.

CHunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o’rgatish «Qur’on» va «Hadis»larni o’rganish va ulardagi ko’rsatmalarni o’zlashtirib olib bilan birga olib borilgan. SHunga ko’ra, «Qur’on» va «Hadis»lardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta’sir etgan. Hadislarning ta’siriga sabab umuminsoniy fazilatlarga alohida urg’u berilgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehru-oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o’z ifodasini topgan va SHarq adabiyotiga, jumladan, ta’limiy-axloqiy asarlarga ta’sir etgan. Ta’limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g’oyalar asosida yaratildi. Hadislar ta’siri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asaridan boshlanib, Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq», Sa’diyning «Guliston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlar negizida ko’rinadi. Ham g’oya, ham mazmun, ham shakl buning dalilidir.

Masalan «Qur’on»da ham, «Hadis»larda ham, ta’limiy-axloqiy dostonlarda ham ilm ta’rifi bilan birga, xulq-odob qoidalari, turmush odobi yoritiladi.

Xullas, SHarq ta’lim-tarbiyasida ilmni targ’ib etish, xulq-odob qoidalari islomiy tamoyillarga asoslangan, ta’limiy-axloqiy asarlardagi mundarijalarning o’xshashligi ular tayangan ma’naviy zaminga bog’liqdir.

Ahmad Yugnakiyning mazkur asari bir oz qisqartirilgan holda 1986-1987 yillarda Toshkent shahrida, ayrim to’plamlar tarkibida nashrdan chiqarildi.

Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida ham markaziy o’rinni inson shaxsi, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, shuningdek, shaxsni kamolotga etishuvini ta’minlash masalasi turadi. “Hibat ul-haqoyiq” asarining birinchi bobidayoq ilm manfaati, ilmsizlik va jaholatning zarari haqida fikr bildiriladi. Ilmli va ilmsiz kishini bir-biri bilan taqqoslash asosida ilm-ma’rifatning afzalligi, uning inson uchun qay darajada foydali ekanligini ochib berar ekan, Ahmad Yugnakiy bilimli insonni qimatbaho dinorga, bilimsiz kishini esa qimmatsiz ilikka o’xshatib, er kishining ko’rki aql, deya ta’kidlaydi. Ilmli inson o’z ilmi bilan mashhur bo’lib, nomi o’chmagani holda, ilmsiz kishi garchi tirik bo’lsada, nomi o’lik ekanligini e’tirof etadi. Alloma bilim egallash kishini yuksaklarga ko’tarsa, ilmsizlik tubanlikka tomon yetaklashiga alohida urg’u beradi. Bu boradagi fikr quyidagi misralarda o’zining yorqin ifodasini topgan:

Taraqqiyparvar - demokratik adabiyot namoyandalari ijodida davr, zamon va sharoitga ko‘ra, mahdudlikning xilma-xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar, hayot haqiqatini kuylash asosiy o‘rinni egallar edi. Bu ijodkorlar asosan Gulxaniy, Maxmur, Munis, Nodira, Uvaysiy, Ogahiy kabilar edi. Bularning g‘azallarida, qasida va qit’alarida, ruboiy va chistonlarida, zarbulmasal va dostonlarida xalq hayotiga achinish, uning orzu-umidlarini kuylash, pok insoniy ishq-muhabbat dardlariga sheriklanish, ilm-ma’rifatning ravnaqi, tinchlik va obodonchilik uchun kurash motivlari o‘z ifodasini topgan. Hayotiylik bu shoirlar ijodining asosiy xususiyati bo‘lgani uchun ular o‘z g‘azallari, dostonlarida o‘z zamonasiga mos ravishda fikrlar aytdilar, mehnat, ijod, yashash erkinligi orzulari bilan qalam tebratdilar.

XVIII asarda va XIX asrning birinchi yarmida ko‘pgina tarixiy asarlar va tazkiralar yaratilishi bilan birga, badiiy tarjima sohasida ham ancha ish qilindi. Fors-tojik tilida yaratilgan mashhur asarlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Bu sohada Sayid Husayn Xorazmiy, Munis, Xoziq, Ogahiy, Volidxoja, Siddiq va Xiromiyning xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim.

Munis va Xoziq XV asrda yaratilgan Mirxondning mashhur «Ravzat - us safo» asarini o‘zbek tiliga tarjima qila boshlagan bo‘lsalar, Ogahiy Sa’diyning «Guliston» asarini, XVII - XVIII asrlarda Hindistonda yashagan Muhammad Vorisiyning «Zubdat - ul hikoyat» asarini, Kaykovus bin Vushmagirning mashhur «Qobusnoma»sini, Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston»i kabi asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qildi.

XVIII- XIX asrlarda faqat nasriy asarlar emas, balki she’riy asarlar, poemalar ham tarjima qilindi. Bu sohada Xoja Sayid Husayn tomonidan «Vomiq va Uzro», «Eron shohi Zahir Kirmoniy», Xiromiy tomonidan «Chor darvesh», « To‘tinoma», Ogahiy tomonidan Nizomiy Ganjaviyning «Haft paykar», Xisrav Dehlaviyning «Hasht behisht», Abdurahmon Jomiyning «Salomon va Absol», «Yusuf va Zulayho» kabi asarlarining tarjimalarini ta’kidlash lozim.

Turli uslub bilan amalga oshirilgan badiiy tarjimaning hammasida ham o‘zbek xalqini qo‘shni xalqlar adabiyotining eng yaxshi va mashhur namunalari bilan tanishtirish maqsadi ko‘zda tutilgan edi. Bu davr tarjimachiligida katta yutuqlarga erishildi. Tarjimonlar asosan axloqiy-didaktik va ishqiy-romantik asarlarni tanlab tarjima qildilar. Bu o‘rinda, shubhasiz, tarjimonning dunyoqarashi, o‘sha zamondagi adabiy oqimlarga munosabati chuqur iz qoldiradi.

XVIII asr va XIX asrning boshlaridagi adabiyot o‘z o‘rnida yangi davr, yangi adabiy jarayonning debochasi sifatida tarixda iz qoldirgan. Chunki, mana shu taraqqiyparvar adabiyotgina bo‘lajak demokratik adabiyotning paydo bo‘lishiga yo‘l ochib berdi. Davrlar o‘zining tarix, falsafa, san’at va adabiyot sohalariga, davlatning butun madaniy hayotiga o‘zinig naqshin izlarini soladiki, bu naqshlar asrlar davomida o‘z mavqeini saqlab turaveradi. Toki, kelajak avlodlar uning tub moxiyatini, uning o‘z zamonasi va kelajak avlodlariga qoldirajak ma’naviyatini sarhisob qilgan holda baholayveradilar. Bu o‘rinda XVIII asr va XIX birinchi yarmi o‘tmish asrlar, ya’ni XVI- XVII asrlarga nisbatan ancha sermahsul va mazmundor davrlar hisoblanishi mumkin. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan manbalar fikrimizning isbotidir.

Diniy-falsafiy oqimlar, didaktik va badiiy adabiyot. Tasavvuf - diniy-falsafiy oqimdir. Uning obektiv borliq va ilohiyot masalasida ikki xil ta’limoti: mistitsizm va panteizm ta’limoti bor. Mistik ta’limotga ko‘ra, bu mavjud olamdan boshqa sirlar va g‘ayri tabiiy kuchlar olami ham bor. Inson butun hayoti va kuch-quvvati, fikr-zikrini mana shu olamga g‘arq bo‘lishga, «al-haq»qa (xudoga) qovushib ketishga qaratmog‘i lozim deyiladi. Bu ta’limot zohidlikni - tarkidunyochilikni vujudga keltiradi. Zohidlar dunyoni ikkiga: «foniy» («vaqtincha») va «boqiy» («abadiy») ga bo‘lib, bu «foniy» dunyodan voz kechadilar. Masalan, Abubakr Shibliy degan bir zohid o‘z ko‘ziga tuz sepib ko‘r bo‘lgan.

Panteistik ta’limot borliqni ilohiylashtiradi. Bu ta’limotga ko‘ra, butun olam mutlaq haqiqat - xudo («al-haq»)ning in’ikosidir, ya’ni zuhur etishdan iborat. Kishining «men»ligi «al-haq»ning ojiz bir zarrasidir, kishi o‘lganidan keyingina bu ojizlikdan xalos bo‘lib, asliga - «al-haq»qa qo‘shilib ketadi, degan ta’limotga asoslanadilar.

Tasavvuf ilmining hali hozirga qadar mukammal bir yo‘nalishga to‘g‘ri tushib olmaganligining natijasi o‘laroq, har xil yo‘nalish va guruhlar paydo bo‘ladiki, bular «Vahhobiy»lik yoki «Xizbut-tahrir» va boshqa shunga o‘xshash oqimlar, kishilik jamiyatining sokin yo‘nalishiga tahlika solib keladilar. Islom ruhoniylari, aniqrog‘i, mana shu tasavvuf ilmining na mistik, na panteistik ta’limotlarining mohiyatini tushunib yetmaydigan din peshvolari mistik ta’limotga ham, shuningdek, panteistik ta’limotga ham qarshi chiqqanlar, chunki biror ta’limotni oxiriga yetkazish yoki uni mukammal tarzda o‘rganish uchun ularning onglari ojizlik qilgan, shu sababli panteistik ta’limot tarafdorlaridan bo‘lgan Shayx Boyazd Bistomiy (IX) Mansur Xallojni vaxshiylarcha o‘ldirgan.

Tasavvuf adabiyoti IX asrdayoq vujudga kela boshladi. XI-XII asrlarda uning Bobo Ko‘hiy (1050 yilda vafot etgan), Abdulla Ansoriy (1002-1088), Abdulmajid Sanoiy (1150 yilda vafot etgan), Ahmad Yassaviy (1166 yilda vafot etgan), Sulaymon Boqirg‘oniy (1186 yilda vafot etgan) kabi namoyondalari yetishib chiqdi.

Farididdin Attor (1151-1221) kabi tasavvufning yetuk namoyondalari bu ta’limotning falsafiy masalalarini targ‘ib qiluvchi asarlar yaratdilar. Farididdin Attor «Mantiq-ut-tayr» nomli majoziy asarida inson xudoning soyasidir, u o‘zligidan voz kechib, «vahdati vujud» (xudoga) qo‘shilmog‘i lozim, degan g‘oyani ilgari suradi.

Ahmad Yassaviy tasavvuf adabiyotining yirik vakili, yassaviya (yoki jahriya) tariqatining asoschisidir. Yassaviya tariqati, garchi diniy ilmning falsafiy oqimi va asosi bo‘lgan tasavvuf tariqasida kirib kelgan bo‘lsa-da, u asosan xalq ommasini muhtojlik va huquqsizlikka ko‘nikishga, hukmdorlarga quldek tobe va mute bo‘lishga chaqirgan. Chunki, uning

tariqatida hayotda nimaiki sodir bo‘lsa, u Ollohdan kelishi va shu asnoda inson hech bir o‘zgarishsiz, uni shukronalar bilan qabul qilishi, sabr bilan nihoyasiga yetkazishi kerak, degan da’vatlar bor.

Ahmad Yassi(Turkiston)da ruhoniy-shayx oilasida tug‘ildi. Rivoyatlar Ahmadning otasi Ibrohimni uning otasi Mahmud, bobosi Iftixor va boshqalar orqali Muhammad (SAV) payg‘ambarning qizi – Bibi Fotima nasliga bog‘laydilar. Ahmad go‘daklik chog‘ida otasi o‘lib Arslonbob degan eshonning qo‘lida qoladi. Keyinchalik Buxoroga borib mashhur mutasavvuf Yusuf Hamadoniydan tasavvuf ilmini o‘rganadi va Yusuf Hamadoniyning o‘limidan keyin uning o‘rnida qolib halifalik qiladi, so‘ngra yirik bir mutasavvuf sifatida Turkistonga qaytib, 1166 yilda o‘sha yerda vafot etadi.

Yassaviyning «Devoni hikmat» asarining asl nusxalari saqlanib qolmagan, XV asrda ko‘chirilgan to‘rtta hikmatni hisobga olmaganda, qo‘lyozmalarning eng qadimgilari XVII asrga mansubdir. Shunday bo‘lsa-da, bu asar haqida quyidagilarni aytish mumkin:


  1. Asardagi she’rlarning xilma-xil o‘zgarishlarga uchraganiga qaramay, devonning g‘oyaviy negizini asosan Yassaviy she’rlari tashkil etadi. Bu fikr Yassaviy nomi turli shaklda zikr etilgan she’rlarga taalluqli. Yassaviy she’rlarining tili va uslubi o‘zgarib borgan bo‘lsa ham, ularning g‘oyasi, mazmuni saqlanib qolgan.

  2. Devon Yassaviyning o‘zi tomonidan emas, keyinroq uning muxlislari tomonidan tuzilgan bo‘lishi kerak.

  3. Hikmatlarning o‘zgarib borganligini, ulardagi «Tuqqan yerim ul muborak Turkiston» kabi ko‘pgina misralar ham ko‘rsatadi. Chunki, ilgari Yassi deb nomlangan shahar, XV asrning oxirlaridan boshlab Turkiston deb yuritilgan.

  4. «Ahmad» yoki «Ahmadiy» nomi bilan kelgan ko‘pchilik she’rlarning aruz vaznida bo‘lishi (Yassaviy hikmatlari asosan barmoq vaznidadir), ularning til va uslub jihatidan XV asr adabiyotiga yaqin turishi shuni ko‘rsatadiki, devondagi «Ahmad», «Ahmadiy» shayx Kamoliddin Iqoniyning muridi shayx Said Ahmad (XV asr) bo‘lishi mumkin.

  5. Modomiki, Yassaviy hikmatlariga taqlid qilib yozilgan va mustaqil bitilgan she’rlar ko‘payib borgan ekan, demak Yassaviy ta’siri, uning g‘oyalari keng miqyosda tarqagan va shu asosda yassaviya-jahriya tariqatining bir necha asrlik adabiy yodgorligiga aylangan.

Yassaviya yoki jahriya tariqatining ta’limoti turli davr va joylarda Yassaviyning ko‘plab shogirdlari va muxlislari tomonidan davom ettirildi. Sulaymon Boqirg‘oniy, Bobo Mochin, Shamsiddin O‘zgandiy, Xudoydod, Qul Nasimiy, Ubaydiy va boshqalar «Devoni hikmat» izidan borib, tasavvuf ilmining ma’lum yo‘nalishini targ‘ib qiluvchi asarlar yaratdilar.

Yassaviyning shogirdi va izdoshlaridan biri Sulaymon Boqirg‘oniydir (1186 yilda Xorazmning Boqirg‘on qishlog‘ida vafot etgan). Sulaymon Boqirg‘oniy (Hakim ota nomi bilan ham yuritilgan) «Boqirg‘on kitobi» nomli to‘plamning muallifi sifatida tanilgan va bu asaridan tashqari «Oxir zamon kitobi», «Bibi Maryam kitobi» kabi dostonlarni ham yaratgan.

Sulaymon Boqirg‘oniyning asarlarining deyarli barchasi bizgacha turli o‘zgarishlar bilan yetib kelgan, ayniqsa, «Boqirg‘on kitobi»ning 1877 yil va undan keyingi Qozon bosmalari fikrimizning dalilidir.

Yusuf Xos Hojib XI asrning atoqli shoiri, donishmandi va davlat arbobidir. Uning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manbaa uning «Qutadg‘u bilig» asaridir. Muallif doston muqaddimasida yoshi ellikka yaqinlashganini ta’kidlaydi. Shu ma’lumotdan kelib chiqib biz uning tug‘ilgan yilini XI asrning 20-yillarida, deb ayta olamiz. Yusuf Xos Hojibning vatani Bolasog‘un XI-XII asrlarning yirik savdo-sotiq va madaniy markazlaridan biri hisoblangan. Bu shahar ikki marta qoraxoniylarning poytaxti ham bo‘lgan. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilik» («Saodatga eltuvchi bilim») dostonini Bolasog‘unda yoza boshladi, uni Qashqarda yozib tugatdi va qoraxoniy hukmronlaridan bo‘lgan Tavg‘ach Bug‘roxonga taqdim etdi. Bug‘roxon doston muallifini taqdirlab, unga «Xos Hojib» (mukarram, eshik og‘asi) unvonini berdi. «Qutadg‘u bilik»ning uch qo‘lyozma nusxasi ma’lum. Bular «Vena» (yoki «Xirot»), «Qohira», «Namangan» nusxalari deb yuritiladi. Uning birinchi nusxasi XIX asrning 20-yillarida Istambulda topildi. Bu nusxa XV asrda Xirotda uyg‘ur yozuvi bilan ko‘chirilgan, uni topgan olim Xammer Purgshtall asarni Venadagi Qirollik kutubxonasiga topshiradi. Shuning uchun bu nusxa «Xirot» yoki «Vena» nusxasi deb yuritiladi. Shuningdek, ikkinchi nusxasi Qohirada topilgan bo‘lib, XV asrda arab yozuvida ko‘chirilgan, (topilgan muddati 1897 yil). Uchinchi nusxasi ikkinchisi kabi arabcha yozuvida ko‘chirilgan. Ammo bu nusxa boshqalarga qaraganda bir muncha mukammalroq va sharqshunos olim Ye.E.Bertelsning taxmincha, u XIII asrning oxiri XIV asrning boshlarida ko‘chirilgan bo‘lishi kerak.

Ahmad Yugnakiy iste’dodli shoir va donishmand murabbiydir. Undan saqlanib qolgan yagona adabiy meros «Hibat-ul-haqoyiq» («Haqiqatlar armug‘oni») badiiy so‘z san’ati va adabiy tilning juda qimmatli hamda nodir bir yodgorligidir. Yugnakiyning hayoti va faoliyati haqida asarning ayrim misralari va uning nusxalariga boshqalar tomonidan yozilgan qaydlar bir oz bo‘lsa-da tasavvur hosil qilishga imkon beradi.

«Hibat-ul-haqoyiq» didaktik doston bo‘lib, bu uning badiiy xususiyatlari va uslubini belgilaydi. Bu asar ham «Qutadg‘u bilik» singari aruzning mutaqorib bahrida (faulun faulun faulun faul) yaratilgan. Ahmad Yugnakiy «Hibat-ul-haqoyiq» dostoni bilan eski o‘zbek va uyg‘ur adabiy tili hamda adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Bu asar Navoiydek buyuk so‘z san’atkori nazaridan chetda qolmagan. Navoiy «Nasoyim-ul-muhabbat» («Muhabbat shabadalari») asarida «Hibat-ul-haqoyiq»dan parcha keltirib, shoirning ko‘zi ojiz bo‘lganini qayd qiladi. Shuningdek, bu dostonning Navoiyga tanish va manzur bo‘lishi Ahmad Yugnakiyning o‘zbek adabiyoti tarixida muhim o‘rin tutganini yana bir karra ta’kidlaydi. Doston Ahmad Yugnakiyni XII asrning donishmand ma’rifatparvari va ilm jarchisi sifatida gavdalantiradi.

Birinchisi, pedagogik-didaktik asarlar. Ular jumlasiga S.Ayniyning 1909 yilda yozilgan va 1917 yilda qayta nashr qilingan «Taxzibus-sibyon» («Bola tarbiyasi»), Hamzaning 1914-1915 yillarda tuzgan «Engil adabiyot», «O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi» singari asarlarini kiritish mumkin.

Ikkichisi, sof badiiy - publitsistik asarlar. Ular Hamzaning «Milliy roman yoxud yangi hayot», S.Ayniyning «Xonadoni xushbaxt», Qodiriyning «Juvonboz», «Uloqda», Cho‘lponning «Qurboni jaholat», «Do‘xtur Muhammadiyor», Fitratning «Sayyohi hindiy» va «Munozara» asarlaridir.



Фойдаланилган адабиётлар рўйхати

  1. A. Navoiy qomusiy lug’at 1-2jildlar

  2. M.MUHIDDINOV. Komil inson adabiyot ideali.

  3. O’zbek adabiyoti tarixi 1-3 jildlar

  4. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси қарорлари

  5. Ўзбекистон Республикаси Президенти асарлари



  1. Дарсликлар

  1. Ўзбекистон Республикасида чоп этилган

  2. Россияда чоп этилган

  3. Бошқа хорижий давлатларда чоп этилган

7.Ўқув қўлланмалар

  1. Ўзбекистон Республикасида чоп этилган

  2. Россияда чоп этилган

  3. Бошқа хорижий давлатларда чоп этилган

8. Илмий монография, мақолалар ва бошқа асарлар

  1. Ўзбекистон Республикасида чоп этилган

  2. Россияда чоп этилган

  3. Бошқа хорижий давлатларда чоп этилган

9. Докторлик, номзодлик ва магистрлик диссертациялари

  1. Ўзбекистон Республикасида чоп этилган

  2. Россияда чоп этилган

  3. Бошқа хорижий давлатларда чоп этилган



  1. Илмий-амалий анжуманлар маърузалари тўпламлари

  2. Газета ва журналлар

  3. Статистик маълумотлар тўплами

  4. ИНТЕРНЕТ сайтлари

  5. Виртуал кутубхона электрон дарсликлар ва ўқув қўлланмалар

  6. Битирув малакавий ишлари (бакалавриат учун)

Download 37,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish