Toshkent davlat sharqshunoslik instituti qosimjon sodiqov turkiy til tarixi



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/186
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#257869
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   186
Bog'liq
turkiy til tarixi

  
So‘zning tarkibi 
 
So‘zlar tuzilishiga ko‘ra tub va yasama bo‘ladi. Tub so‘zlar 
asli  muayyan  ma’noni  bildiruvchi  morfem  birlikdir.  Ot,  sifat, 
son,  fe’l  singari  mustaqil  so‘z  turkumlari  ham,  shuningdek, 
yordamchi  so‘z  turkumlari  ham  tub  so‘zlar  bo‘luvi  mumkin. 
Masalan,  otlar:  ï  –  “o‘simlik,  buta”,  ot  –  “dori-darmon”,  ig  – 
“kasallik”, qaz – “g‘oz”, qoñ – “qo‘y”, söz – “so‘z”; fe’llar: ba
“bog‘la-”, te- “de-”, ay- “ayt”, uq- “uq”, al- “ol-”, ked- “kiy-”, 
ber-  “ber-”,  ürk-  “hurk”  va  b.  Yasama  so‘zlar  esa  o‘zakka 
yasovchi  qo‘shimcha  qo‘shish  yoki  mustaqil  so‘zlarning 
grammatik birikishi bilan yuzaga keladi.   
So‘z  tarkibi  deyilganda,  o‘zak,  negiz  hamda  so‘zning 
sintaktik  munosabatini  ta’minlovchi  turli  qo‘shimchalarning 
birligi,  so‘zning  morfologik  tizimi  (strukturasi)  tushuniladi. 
So‘z  tarkibini  tahlil  qilishda,  avvalo,  leksik  hamda  grammatik 
ma’no  anglatuvchi  komponentlarni  ajratib  olish  lozim.  So‘z 
tarkibi 
leksik 
hamda 
grammatik 
ma’no 
anglatuvchi 
komponentlar birligidan iborat bo‘ladi. 
So‘zning  leksik  ma’no  bildiruvchi  komponentlariga  o‘zak 
hamda negiz kiradi. O‘zak – so‘zning eng kichik leksik ma’noli 
bo‘lagi.  Negiz  esa  so‘zning    ma’nosini  beruvchi,  eng  katta 
leksik ma’noga ega bo‘lgan bo‘lagidir. Masalan: tïn- fe’liga ot 
yasovchi    qo‘shimchasini  qo‘shib,  tïnč  oti  yasalgan.  tïnč 


 
138
so‘zining o‘zagi (eng kichik leksik ma’noli bo‘lagi) tïn-, negiz 
esa  ot  yasovchi  -č  qo‘shimchasini  qo‘shish  natijasida  hosil 
bo‘lgan tïnč so‘zidir. Endi bu so‘zga  qo‘shimchasini qo‘shib, 
tïnčï  fe’lini  yasaymiz.  Bunday  holda  negiz  ham  o‘zgaradi: 
yangi  yasalgan  so‘z  negiz  bo‘ladi.  Lekin  o‘zak  o‘sha-o‘sha 
turaveradi.  Shuning  uchun  bir  o‘zakdan  yasalgan  so‘zlarni 
o‘zakdosh  so‘zlar  deb  ataymiz.  Keltirilgan  tïnč,  tïnčï  so‘zlari 
o‘zakdosh  (bir  o‘zakdan  yasalgan)  so‘zlardir.  Demak,  tïnčï 
so‘zining tarkibi shunday: tïn+č+ï = tïn->tïnč>tïnčï-. Yana bir 
misol:  qatïğtï  (qattiq  qilib,  mahkam  qilib)  so‘zining  tarkibi 
shunday:  “qot-”  anglamidagi  qat-  fe’liga  sifat  yasovchi  -ïğ 
qo‘shimchasini  qo‘shib  qatïğ  so‘zi,  unga  esa  -tï  ravish 
yasovchisini  qo‘shib    qatïğtï  so‘zi  yasalgan.  Bu  so‘zni  o‘zak-
negizga  ajratish  tartibi  ham  yuqoridagi  so‘z  kabidir:  qat-> 
qatïğ>qatïğtï
So‘zning  grammatik  ma’no  bildiruvchi  komponentlariga 
qo‘shimchalar  kiradi.  Muhimi  shundaki,  so‘z  tarkibiga  
yasovchi  qo‘shimchalargina  emas,  yasovchi  bo‘lmagan 
qo‘shimchalar  (so‘z  o‘zgartuvchi,  shakl  yasovchi)  ham  kirib 
ketadi.  Chunki  ularning  bari  so‘zni  shakllantirishga,  uning 
leksik-semantik, 
morfologik, 
sintaktik-stilistik 
o‘rnini 
ta’minlashga xizmat qiladi. 
Til  tarixida  ham  qo‘shimchalar  uch  xil  ko‘rinishda 
uchraydi: so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartuvchi va shakl yasovchi.     

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish