Tadqiqotning obyekti va predmeti. Muhammad ali Baljuvoniyning “Tarixi nofeiy ” asari asosida Buxorodagi XX asr boshidagi ijtimoiy-soyosiy hayot tarixini o`rganish.
Tadqiqotning nazariy-metodologik asoslari. Tadqiqotning ilmiy konsepsiyasi masalaga tarixshunoslik va qisman manbashunoslik nuqtai nazaridan yondashish asosida Muhammad ali Baljuvoniyning “Tarixi nofeiy ” asarida XX asr boshida Buxoro amirligida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga muallifning munosabatini aniqlash va o`rganishdir. Ayni paytda Buxoro amirligi siyosiy tarixi, unda kechgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy jarayonlarni xolislik tamoyiliga tayangan holda tahlil qilish ko`zda tutiladi.
Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning o`zbek davlatchiligi tarixi, milliy mafkura, ma`naviyat masalalariga bag`ishlangan asarlari, mahalliy va xorijlik olimlarning tarixshunoslik, sharqshunoslik, manbashunoslik sohalarida olib borgan tadqiqotlari mazmunidan kelib chiqgan ilmiy xulosalar mazkur ishning nazariy asosini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |