35
2.2. Yevropa jamiyatida islom va xristian dinlarining o’zgarish
dinamikasi.
G’arb va Sharq mamlakatlarining diniy madaniyatlarida sezilarli farqlar xam
mavjud. O’rta asr Yevropasida cherkovning ahamiyati alohida o’rin tutadi.
Cherkov xudo va inson o’rtasidagi vositachi bulib, faqat u insonning ruxini iloxiy
“mu’jiza” yordamida xalos kilishi mumkin (cho’qintirish, tavba, nikoh
udumlarida). Cherkov, o’zining yozma an’analariga ega bo’lmagan Yevropadagi
qabilalar uchun bilimlarni to’plovchi va saqlovchi joy bulib, ta’lim tizimining
shakllanishida, jamiyatning ijtimoiy tuzilishida, huquqiy va axloqiy mezonlari
shakllanishida muxim rol o’ynadi. Islomiy an’analarning asosiy uziga xosligi
shundaki, uning negizi diniy va dunyoviy, iloxiy va oddiy tafovutga ajratmasdan,
mutloq“sof diniy” mazmunda ekanligidir.
1
Islomda xech kachon xristianlikdagi
diniy aqidalarni qonunlashtiruvchi Vselensk sobori kabi institutlar bo’lmagan.
Islomdagi teokratik ideal davlat bilan bir qatorda turuvchi aloxida diniy
institutning (cherkovni) mavjud g’oyalari bilan muvofik kelmagan. E’tiqod
aqidalarini ishlab chiqish va sharxlash davlat yoki diniy muassasaning,
xalifalarning sud qilish ishlariga kirmagan. Jamoatchilik fikrining shakllanishi
xususiy shaxslar, diniy arboblar (ulamolar) zimmasida bulib, ularning obro’yi diniy
bilimlarga asoslangan. Din masalalari buyicha o’z fikrini bildirishhuquqiga xar bir
musulmon ega bo’lgan, faqat u Qur’on va xadisga zid bo’lmasligi lozim edi
2
.
Islom dini ilm-fan va ma’naviyat maydonida sof aqiydadan tortib to odob-
axloq, yurish-turishgacha, ijtimoiy va shaxsiy maydondan tortib to siyosat, qonun
va xalqaro aloqalargacha, xalq kasbu-hunaridan tortib to me’morchilik, adabiyot,
she’riyat va benazir did-farosat maydonlarida o’zligini namoyon etdi.
3
1
Грюнебаум Г. Очерки истории арабо-мусульманской культуру. М., 1988 г. –C.32
2
Гуревич А. Средневековуй мир - культура безмолвствуюхего большинства. М., 1990 г. –C.35
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirish to‘g‘risida»gi qarori // Xalq so‘zi. – 2006. – 26 avg.
36
Xristianlik asosan Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya
qit’alarida hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining
sharqiy qismida tarqalgan.
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining sharqiy qismida Falastin
erlarida vujudga keldi. Iso Masih (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra,
xristianlik ta’limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747
yili Falastinning Nazaret tug’ilgan. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning
dunyoga kelishi bilan bog‘liq.
Iso nomiga qo‘shiluvchi Masih so‘zi qadimiy yahudiy tili - ivritdagi
«moshiax» so‘zidan olingan bo‘lib, «silangan» yoki «siylangan» ma’nolarini
beradi. Grekchada bu so‘z «xristos» («christos») shakliga ega. Bu dinning
«xristianlik» yoki «masihiylik» deb atalishi ham shu so‘zlar bilan bog‘liq. Bundan
tashqari xristianlik Iso Masihning tug‘ilgan qishlog‘i - «Nazaret» bilan bog‘lab,
nazroniyya deb ham atalgan. Keyinchalik bu nom nasroniyya, nasroniylik shaklini
olgan.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |