Toshkent davlat sharqshunoslik instituti jahon siyosati tarix va falsafa fakulteti markaziy osiyo xalqlari tarixi kafedrasi


Mavzning  o’rganilganlik  darajasi



Download 490,24 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana25.02.2021
Hajmi490,24 Kb.
#60040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
zardushtiylik va jahon dinlari

Mavzning  o’rganilganlik  darajasi.  Zardushtiylik  dinini  o’rganilganlik 

darajasiga keladigan bo’lsak, u  haqida eng qadimiy manbalardan biri IX asrga oid 

“Denkard”  (din  amallari)  asaridir.  Unda  Avestoning  yigirma  bir  kitobi  to‘la 

ta’riflab  berilgan.  Bu  ta’riflar:  savobli  ishlar  yo‘riqnomasi;  diniy  marosimlar  va 

rasm  rusmlar  qoidasi;  zardushtiylik  ta’limoti  asoslari;  dunyoning  Axuramazda 

tomonidan  yaratilishi;  oxirat  kuni  va  undagi  hisob-kitob;  falakiyot;  ijtimoiy-

huquqiy  qonun-qoidalar;  Zardushtning  tug‘ilishi  va  bolaligi;  haq  yo‘lini  tutish; 

jamiyat  a’zolarining  haq-huquqlari;  devlar,  jinlar  kabi  yovuz  kuchlarga  qarshi 

o‘qiladigan  duolar,  amallar  va  boshqalardan  iboratdir.  Shuningdek,  Markaziy 

Osiyo  hududida  ham  qadimdan  bu  dinni  o’rganishga  qiziqish  kata  bo’lgan. 

Shulardan  biri  Abu  Rayhon  Beruniyning  “Osoru-l-boqiya”  (“Qadimiy  xalqlardan 

qolgan yodgorliklar”) asarida (X asr) zardushtiylik dini haqida ancha mufassal fikr 

yuritiladi. 

Zardushtiylikni o’rganish ayniqsa XVIII asrdan kuchaya boshladi. Bu borada, 

ayniqsa,  ingliz olimlari Tomas Gaid, Jorj  Buche; fransuz  olimlari  Anketil  dyu  

Perron,  Meri  Boys;  rus  olimi K. Kossovich va boshqalarning tadqiqotlari hamon 

o‘z ahamiyatini yo'qotgan emas. Tomas Gaid  1700-yilda nashr etilgan “Qadimgi  

eronliklar:  parfiyan  va  midiyaliklar  dinining  tarixi”  nomli  kitobida  “Avesto” 

haqida  qimmatli  ma’lumotlar  yozgan.  Joij  Buche  esa  1723-yilda  Hindistonda 

yashovchi    Zardusht  -  forslardan  “Avesto”ning  bir  qismini  olgan  va  uni  Oksford 

universiteti kutubxonasiga topshirgan. 

London  universitetining  professori  Meri  Boys  ko‘p  yillar  davomida 

Hindistondagi zardushtiylar jamoalari hayoti va urf-odatlarini o‘rgangan. Bu haqda 

“Zardushtiylar  e’tiqodlari  va  urf-odatlari”  nomli  kitob  yozib  qoldirgan. 

Shuningdek, M. Boys 1963-64-yillarda Yazd vodiysi shimolidagi olib borgan dala-



 

qazilma  ishlari  vaqtida  hozirgi  zardushtiylarning  e`tiqodlari  va  rasm-rusmlarini 

o’rgandi.  Yuqoridagi  ishlari  natijasida  Meri  Boys  4  jilddan  iborat  “Zardushtiylik 

tarixi” nomli yirik ilmiy asarini tayyorladi va qisman nashr etdi. 

Zardushtiylik  dini  haqida  ingliz  olimi  Dj.Buger,  ayniqsa  fransuz  olimi 

A.Dyupperon juda qimmatli ma’lumotlar qoldirgan.  Masalan, A.Dyupperon 1755 

yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u erdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan

ularning  ibodatlari,  urf-odatlarini  yaxshi  o‘rgangan  va  Avestoni  fransuz  tiliga 

tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda shuni ham 

ta’kidlash  joizki,  olimlarimizning  fikricha  Avesto  G‘arbiy  Evropa,  Eron  va 

Hindiston tillari orqali bizga etib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat 

hollarda asliga to‘g‘ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. 

Bundan  tashqari  rus    olimi  K.  Kossovich    1861-    yilda    “Avesto”    haqida 

“Zendavestdan    to‘rt  asar”  nomli  kitob  yozgan.  Shuningdek,  xorijiy  olimlardan 

amerikalik  R.  Fray  (“Nasledie  Irana”),  fransuz    sharqshunosi  E.Benvenist, 

bel’giyalik  professor  J.  Dyushen-  Gyuyimen,  shved  eronshunoslari  X.  YU. 

Nyuberg  va  G.  Videngran,  daniyalik  K.  Barr,  nemis  olimi  V.  Xints  asarlarini, 

shuningdek,  olimlardan  I.  A.  Aliev,  V.  I.  Abaeva,  M.  A.  Dandamaev,  I.  M. 

D’yakonov, V. A. Livshits, B. G’. G’afurov va boshqalarning asarlarini ko’rsatish 

mumkin


7

.

 



Mustaqillikdan  so’ng  mamlakatimizda  zardushtiylik  dinini  o’rganishga  kata 

e’tibor berilmoqda. Bu dinni o’rganishda akademik Mirsodiq Is’hoqov xizmatlari 

juda kata. Uning xizmatlari natijasida “Avesto”ning Vedevdod va Yasht kitoblari 

o’zbektiliga  tarjima  qilindi.  Shuningdek,  Yo’ldoshev  Qodirjonning  “Avestoda 

tarbiya  masalalari”,  Narzulla  Jo’rayevning  “Avesto  mo’jizasi”    risolasi, 

Mahmudova  Nargiz  “Zardushtiylikda  ma’naviy  va  axloqiy  qarashlar”, 

Mamayusupovning “Avesto huquqiy manba” kabi bir necha risolalari nash etilgan. 

Bundan  tashqari,  A.Qayumov,  X.Hamidov,  N.  Rahmonov  va  boshqa  olimlariz 

tomonidan o’rganilgan. 


Download 490,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish