Iqtisodiy resurslar – ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab chiqarish
omillaridir.
Ishlab chiqarish omillari cheklangan bo‗lib, ularga mehnat, kapital, materiallar (xom
ashyo, butlovchi qismlar, elektr energiya, gaz, suv va hokazo), yer resursi kiradi.
Tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv qobiliyati, axborot – biror ob‘ekt to‗g‗risida va
unda bo‗layotgan jarayonlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar.
Harajatlar – mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan sarflar.
Al‟ternativ harajatlar – tanlashda voz kechilgan eng yaxshi al‘ternativ variantdan
olinadigan natija (qiymat, foyda, naflik). Al‘ternativ qiymatni foydalanilmagan imkoniyat deb
ham qarashadi: biror ne‘mat qiymatini voz kechilgan boshqa bir nechta ne‘mat qiymati bilan
ifodalanishi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig„i – mavjud bo‗lgan ishlab chiqarish
resurslaridan to‗liq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar
kombinatsiyasini ifodalovchi chiziq.
Do'stlaringiz bilan baham: |