Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

3.Monopoliyalarning iqtisodiy asosi, ularning turlari va ijtimoiy oqibatlari. 
Monopoliyada  tarmoq  bitta  firmadan  iborat  bo‗lishi  sababli,  u  mavjud  mahsulot 
(xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukumronlik shakllanadi.  


 
 
46 
 
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning 
sababi  oddiy.  U  mahsulot  (xizmat)ning  yagona  ishlab  chiqaruvchisi  hisoblanadi  va  demak, 
taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. 
Monopoliyaning  mavjud  bo‗lish  tarmoqqa  kirish  uchun  to‗siqlarning  mavjud 
bo‗lishiga  sabab  bo‗ladi.  Iqtisodiy,  texnik,  huquqiy  yoki  boshqa  to‗siqlar  yangi 
raqobatshchilarning tarmoqqa kirishiga  yo‗l qo‗ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun to‗siqlar har 
xil ko‗rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar: 
a)  Ishlab  chiqarish  miqyosi  keltirib  chiqaradigan  to‗siqlar,  shu  jumladan,  moliyaviy 
to‗siqlar  ko‗p  holatlarda  shunchalik  katta  bo‗ladiki  bu  tarmoqqa  kirishni  taqiqlash  bilan 
bahobar.  Masalan,  yirik  ishlab  chiqaruvchi  hisoblangan  avtomobil  sanoatiga  kirish,  yangi 
texnologiyaga asoslangan zarur uskunalarni sotib olishga juda katta pul-kapitali talab qiladi. 
b)  Tabiiy  monopoliyalar  vujudga  keltiradigan  to‗siqlar.  Buning  mazmuni  shundan 
iboratki,  bir  qancha  tarmoqlarda  raqobat  mavjud  bo‗lmaydi,  uni  amalga  oshirish  mumkin 
emas.  Ijtimoiy  foydalanishdagi  bunday  tarmoq  korxonalari  tabiiy  monopoliyalar  deyiladi. 
Tabiiy  monopoliyalarga  elektr,  gaz,  suv  ta‘minoti  va  aloqa  korxonalari  misol  bo‗la  oladi. 
Davlat  bunday  monopoliyalar  faoliyatini  tartibga  solishda  o‗z  huquqini  saqlab  qoladi.  Agar 
tarmoqlar  davlat  mulkchiligiga  asoslangan  bo‗lsa,  bunday  ijtimoiy  foydalanishdagi 
korxonalar tartibga solinadigan yoki davlat tomonidan tuzilgan monopoliyalar deyiladi. 
v)  Patent  va  litsenziyalar  kabi  qonuniy  to‗siqlar.  Davlat  patent  va  litsenziyalar  berib 
tarmoqqa  kirish  uchun  qonuniy  to‗siqlar  ham  yaratadi.  Patentlar  tadqiqotchiga  mahsulotini 
to‗liq  nazorat  qilish  huquqini  beradi.  Tarmoqqa  kirish  yoki  faoliyat  turi  bilan  shug‗ullanish 
davlat tomonidan litsenziya berish yo‗li bilan sheklanishi mumkin. Masalan, davlat miqyosida 
radio va televizion eshittirishlarga tegishli vazirlik (markama) litsenziya beradi.  
g)  Xom-ashyoning  muhim  turlariga,  xususiy  mulkchilik  monopoliyalar  tomonidan 
potensial raqobatchilar uchun samarali to‗siq yaratish vositasi sifatida foydalanishi mumkin.  
d) g‗irrom raqobat. Firmalar o‗z haqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona 
va shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarni material va 
kredit  berishdan  voz  kechirish,  yetakchi  mutaxassislarni  og‗dirib  olish,  bahoni  keskin 
tushirish g‗irrom raqobatning oddiy usullaridir. 
Monopolistik  raqobat  erkin  raqobat  va  oligopoliya  o‗rtasida  joylashishi  sababli, 
ularning belgilarini ifoda etadi. 
Oligopoliya  –  tarmoqda  u  qadar  ko‗p  bo‗lmagan  korxonalarning  mavjud  bo‗lishi  va 
hukumronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. qaysi tovarlar va xizmatlar 
bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik 
tarmoq hisoblanadi.  
Oligopolistik  tarmoq  bir  xil  yoki  tabaqalashgan  mahsulot  ishlab  chiqarishi  mumkin. 
Ko‗pchilik  sanoat  mahsulotlari:  po‗lat,  mis,  alyuminiy,  qo‗rg‗oshin,  temir  va  shu  kabilar  - 
fizik ma‘noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya sharoitida ishlab chiqariladi. 
Iste‘molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvuvchi vositalar, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari 
va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi tarmoqlar tabaqalashgan oligopoliya hisoblanadi. 
Oligopoliya  sharoitida  korxonalar  o‗rtasidagi  raqobat  o‗zaro  bog‗liq  bo‗ladi. 
Oligopolistik  tarmoqda  hech  qaysi  firma  o‗zining  baho  siyosatini  mustaqil  o‗zgartirishga 
botina olmaydi.  
Uncha  ko‗p  bo‗lmagan  firmalarning  umumiy  o‗zaro  bog‗liqlikda  joylashishi 
yashirincha  kelishishga  qulaylik  tug‗diradi.  YAshirincha  kelishish  baholarni  qayd  qilish, 
bozorni  bo‗lish  yoki  taqsimlash  va  boshqacha  yo‗llar  bilan  o‗zlari  o‗rtasidagi  raqobatni 
cheklashdan  iborat.  YAshirincha  kelishish  bir  qator  shakllarda  bo‗lishi  mumkin.  Uning  eng 
oddiy  shakli  kartel  bitimi  hisoblanadi.  Kartel  bitimiga  kirgan  firmalar  narxlar  va  ishlab 
chiqarish  hajmini  kelishib  oladi.  Kelishilgan  narxni  ushlab  turish  mumkin  bo‗lishi  uchun 
ishlab chiqarish hajmi tartibga solinishi, ya‘ni bozorlar bo‗lingan bo‗lishi zarur. 


 
 
47 
 
Narxlarni belgilashdagi rahnamolik yashirincha kelishishda ham o‗z o‗rnini tutadigan 
norasmiy  vosita  hisoblanadi.  Bunda  tarmoqdagi  katta  yoki  ancha  samarali  firma  narxni 
o‗zgartirishi, boshqa firmalar esa uning orqasidan ergashishi mumkin. 
Oligopolistlar  narxsiz  raqobatga  asosiy  o‗rin  beradi,  chunki  birinchidan, 
raqobatchilarga  reklama  va  mahsulotni  o‗zgartirish  ancha  murakkab,  ikkinchidan, 
oligopolistlar  kamdan-kam  holda  narxsiz  raqobatni  moliyalashtirish  uchun  yetarli  moliyaviy 
resurslarga ega bo‗ladi. 
Biz qarab chiqqan raqobatning to‗rtta shaklining har biri milliy iqtisodiyotda alohida-
alohida,  ya‘ni  sof  holda  ushhamaydi.  Iqtisodiyot  sohalarini  batafsil  o‗rganish,  cheksiz  ko‗p 
har  xil  raqobatli  vaziyatlar  mavjudligi  sharoitida,  ikkita  bir  xil  tarmoqni  topish  qiyinligini 
ko‗rsatadi. 
Shu  sababli  erkin  raqobatli  bozorning  xaraqterli  belgilari  bilan,  erkin  monopoliya, 
monopolistik  raqobat  va  oligopoliyaning  xususiyatlari  o‗rtasidagi  farqlarni  ko‗rsatib  berish 
foydali.  Bunday  taqqoslashni  yengillashtirish  uchun  bozorning  keyingi  uchta  modelini 
bildirish  uchun  «takomillashmagan»  yoki  «nomukammal»  raqobat,  degan  umumiy  nomdan 
foydalaniladi. 
Bozor  iqtisodiyotiga  o‗tish  bizga  nisbatan  ancha  oldin  boshlangan  mamlakatlarda 
raqobat  munosabatlarini  rivojlantirish  ancha  murakkab  va  uzoq  davrni  oladigan  jarayon 
ekanligini ko‗rsatadi. 
Agar  g‗arb  mamlakatlari  iqtisodiyotida  raqobat  bozor  xo‗jaligining  ajralmas  qismi 
(xususiyati)  sifatida  tabiiy  paydo  bo‗lsa,  o‗nlab  yillar  davomida  ma‘muriy  buyruqbozlik 
tartibi  hukmron  bo‗lgan,  raqobatni  va  bozorning  boshqa  belgilarini  tan  olmagan 
mamlakatlarda ko‗p narsani ―joriy qilish‖ va hatto majburan qabul qilishga to‗g‗ri keladi. Shu 
munosabat 
bilan 
iqtisodiyotimizning 
hozirgi 
holatida 
raqobat 
munosabatlarini 
rivojlantirishning mavjud real imkoniyatlarini hisobga olish muhim rol o‗ynaydi. 
Birinchidan,  raqobatsiz  iqtisodiyotning  samarali  hakaqat  qila  olmasligiga  ishonch 
shakllandi. Bu ishonch ta‘sirida yaqin vaqtlargacha sobiq sotsializmda nima ―mumkin‖, nima 
―mumkin emas‖ligini aniqlovshi g‗oyaviy qarashlar yemirilmoqda. Ikkinchidan, respublikada 
raqobatni  davlat  tomonidan  rag‗batlantirish  va  tartibga  solishning  keng  rejali  harakatlari 
kuzatilmoqda. Uchinchidan, raqobat hali keng joriy qilinmasada, bozor iqtisodiyotiga o‗tishda 
muhim qadamlar qo‗yilmoqda. 
Raqobat  kurashining  ikki  usuli  farqlanadi:  narx  vositasidagi  raqobat  va  narxsiz 
raqobat. 
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarning o‗z 
tovarlari  narxlarini  boshqa  ishlab  chiqaruvchilarining  shunday  mahsulotlarinikiga  nisbatan 
pasaytirishi hisoblanadi. 
Uning  asosiy  va  eng  ko‗p  qo‗llaniladigan  ko‗rinishi  -  ―narxlar  jangi‖  deb  ataladiki, 
bunda  yirik  ishlab  chiqaruvchilar  haqiblarini  tarmoqdan  siqib  chiqarish  uchun  narxni  vaqti-
vaqti  bilan  yoki  uzoq  muddat  pasaytirib  turadi.  Bu  usulni  qo‗llash  uchun  ishlab  chiqaruvchi 
boshqa  haqiblariga  qaraganda  unumliroq  texnologiyani  kiritishi,  malakaliroq  ishchilarni 
yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil qilishi keraq bo‗ladi. Faqat shundagina uning 
tovarining  individual  qiymati  bozor  qiymatidan  past  bo‗lib,  mazkur  tovar  narxini  tushurish 
imkoniyatini beradi. 
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarni qo‗llashdir. Bunda 
milliy  ishlab  chiqaruvchilar  o‗zlarining  tovarlarini  boshqa  mamlakatlarga  ichki  bozordagi 
narxlardan, ayrim xollarda tannarxidan ham past bo‗lgan narxlar bo‗yicha chiqaradi. 
Shu  orqali  ular  ichki  bozorda  narxlarning  barqarorligiga  erishish  mamlakatdagi 
ortiqcha  mahsulotni  yo‗qotish,  yangi  bozorlarga  kirib  olish  va  unda  o‗zlarining  iqtisodiy 
mavqeini mustarkamlashga xaraqat qiladi. 
Ayrim  hollarda  narx  yordamida  raqobatlashishning  belgilangan  narxlardan  chegirma 
qilish,  asosiy  xarid  qilingan  tovarlarga  boshqa  tovarlarini  qo‗shib  berish,  muayyan  hollarda 
imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi. 


 
 
48 
 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda baho yordamida raqobat 
qilish o‗z o‗rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‗z mahsulotiga narxni 
pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xaraqat qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda 
firmalarning mavqeini o‗zgartirmaydi, faqat tarmoq bo‗yicha foydani kamaytiradi. 
Narxsiz  raqobat  shu  bilan  tavsiflanadiki,  bunda  raqobat  kurashining  asosiy  omili 
tovarlarning  narxi  emas,  balki  uning  sifati,  servis  xizmat  ko‗rsatish,  ishlab  chiqaruvchi 
firmaning obro‗-e‘tibori hisoblanadi. 
Narxsiz  raqobat  bilan  bir  vaqtda  yashirin  narx  yordamidagi  raqobat  ham  bo‗lishi 
mumkin.  Buning  uchun  yangi  tovarlarning  sifati  oshishi  va  iste‘mol  xususiyatlarining 
yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‗y berishi kerak. Hozirgi davrda bir 
turdagi  mahsulotlarning  ko‗payishi  ularning  sotishni  rag‗batlantiruvchi  reklama,  tovar 
belgilari  va  fabrika  murrlaridan  foydalanishni  keltirib  chiqarmoqda.  Iste‘molchilik  bozorida 
qo‗shimcha xizmat ko‗rsatish orqali xaridorlarni o‗ziga jalb qilish keng tarqalmoqda. 
Narxsiz  raqobatning  tovar  sifatini  tabaqalashtirish  kabi  usuli  ham  mavjudki,  bunda 
tovarlar  bir  xildagi  ehtiyojni  qondirishi  va  bir  turga  mansub  bo‗lishi,  lekin  turli-tuman 
iste‘mol xossalariga ega bo‗lishi mumkin. 
Tovarlar  talabga  nisbatan  ortiqcha  bo‗lgan  sharoitda  ishlab  chiqaruvchilar  tovarlarini 
kreditga sotish usulidan foydalanib haqiblaridan ustun kelishlari mumkin. Bunda dastlab tovar 
narxining  faqat  bir  qismi  to‗lanadi,  uning  qolgan  qismi  esa  shartnomada  kelishilgan  aniq 
muddatlarda to‗lanadi. 
Fan-texnika  taraqqiyoti  avj  olgan  hozirgi  sharoitda,  texnika  va  texnologiyaning  eng 
yangi  yutuqlari  ustidan  nazorat  qilish  uchun  kurash  raqobatning  asosiy  usullaridan  biriga 
aylanib  bormoqda.  Bundan  tashqari,  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  xaridorlarni  jalb  qilish 
maqsadida  uzoq  muddat  foydalaniladigan  iste‘molchilik  tovarlariga  kafolatli  va  kafolatdan 
keyingi  xizmat  ko‗rsatishni  amalga  oshirmoqdalar.  Masalan,  kompyuter  ishlab  chiqaruvchi 
firma, o‗z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‗rnatadi, korxona xodimlarini ulardan 
foydalanishga  o‗rgatadi,  kafolatlangan  muddatda  va  undan  keyingi  davrda  ta‘mir  ishlarini 
bajaradi,  texnikaviy  xizmatni  amalga  oshiradi;  maxsulotlari  o‗lchamlarini  buyurtmachi 
ehtiyojlariga yaqinlashtiradi. 
Narxsiz  raqobat  usullari  ishida  marketing  muhim  ahamiyatga  ega  bo‗lib,  u  mahsulot 
ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‗rgangan va iste‘molchilar ehtiyojlarini to‗laroq qondira 
oladigan korxonalar har doim raqobat kurashida yutib chiqadi. 
Yirik  ishlab  chiqaruvchilar  bozordagi  vaziyatni  o‗zgartirish  uchun  o‗zlarining  ishlab 
chiqarish  quvvatlaridan  foydalanishni  kamaytirib  tovar  taklifini  qisqartiradilar.  Shu  sababli 
iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligisha qolaveradi. 
Shunday  qilib,  monopoliyalar  hukumron  bo‗lgan  sharoitda  narxsiz  raqobat  muhim 
o‗rin  tutadi.  Buning  sababi  shundaki,  birinchidan,  monopoliyalar  tovar  sifatini  oshirish, 
iste‘molchilarga  xizmat  ko‗rsatishni  yaxshilash  yo‗li  bilan  sotiladigan  tovar  hajmini 
ko‗paytirishi  mumkin.  Ikkinchidan,  ular  moliyaviy  jihatdan  kushli  bo‗lganligi  sababli 
masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta jirozlash va reklamaga zarur bo‗lgan mablag‗ni 
sarflay oladilar. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish