Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

3.Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mohiyati 
Har  qanday  jamiyatning  iqtisodiy  tizimi  mulkchilikdan  boshlanadi.  Mehnat  orqali 
avloddan­avlodga o‗tgan boyliklar va tabiat in‘om etgan boyliklar mulk bo‗lib kelgan. Mulk 
egasi  bo‗lish  yoki  bo‗lmaslikka  qarab,  kishilarning  jamiyatdagi  mavqei,  ularning  ijtimoiy 
maqomi yuzaga keladi. Iqtisodiyot doimo mulkiy munosabatlarga asoslanadi. Mulkchilikning 
qay darajada rivojlanganligi mamlakat iqtisodiy ravnaqini ko‗rsatib beradi. 
Mulkchilik  munosabatlari  ­  jamiyatdagi  boyliklarni  o‗zlashtirish  xususidagi  iqtisodiy 
munosabatlar. Mulkchilik, birinchidan, inson bilan boylik o‗rtasidagi munosabat, ikkinchidan, 
boylik  yuzasidan  kishilar  o‗rtasidagi  munosabat.  Mulkchilik  o‗zlashtirish  borasidagi 
munosabat  bo‗lar  ekan,  u  egalik  qilish,  foydalanish  va  tasarruf  etishning  yaxlitligini  taqozo 
etadi.  Mana  shu  uch  jihat  mulkchilikning  ajralmas  unsurlaridir.  Egalik  qilish  -  mulkdorlik 
huquqining  mulk  egasi  qo‗lida  saqlanib  turishidir.  Egalik  sharoitida  mulk  bo‗lgan  boylik 
qisman  o‗zlashtiriladi.  Mulkka  egalik  saqlangan  xolda,  uni  amalda  ishlatish  o‗zga  qo‗lida 
bo‗ladi.  Buning  oqibatida  mulkdan  kelgan  naf  ikki  qismga  ajraladi:  bir  qismini  mulkdor, 
ikkinchisini  mulkni  amalda  ishlatuvshi  o‗zlashtiradi.    Foydalanish,  ishlatish-mulk  bo‗lgan 
boylikni  iqtisodiy  faoliyatda  qo‗llab,  xo‗jalik  jarayoniga  kiritib,  undan  natija  olish. 
Foydalanish  yuz  berganda  boylik  daromad  topish  yoki  shaxsiy  ehtiyojni  qondirish  uchun 
ishlatiladi.  Mulkdor  o‗z  mulkini  o‗zi  ishlatganda  egalik  qilish  va  foydalanish  bir  qo‗lda 
bo‗ladi. YA‘ni mulkdor Mehnatidan topgan foydani o‗zi o‗zlashtiradi. 
Tasarruf  etish  -  mulk  bo‗lgan  boylik  taqdirini  mustaqil  ral  etish,  ya‘ni  mulkni  sotib 
yuborish,  ijaraga  berish,  merosga  qoldirish,  asrab­avaylab  ko‗paytirish  yoki  uni  yo‗qotib 
yuborishdan  iborat  xatti­xarakatlarni  amalga  oshira  bilishdir.  Mulkdor  o‗z  mol­mulkiga 
nisbatan  qonunga  zid  bo‗lmagan  har  qanday  xatti­xarakatlarni  qilishga  raqlidir.  U  mulkdan 
qonun bilan taqiqlanmagan har qanday xo‗jalik yoki boshqa faoliyatni amalga oshira oladi. 
Monoiqtisodiyot  poliiqtisodiyotning  tarixiy  o‗tmishdoshidir.  Uning  doirasida  har  xil 
tizimlar amal qilgan.  Kapitalistik monopolizmda jamiyatning bir toifasi mulk egasi, ikkinchi 
toifasi mulksiz bo‗lganidan ular o‗rtasida ekspluatatsiya munosabati paydo bo‗ladi. 
Ishlab  chiqarishdan  bevosita  maqsad-boylik  orttirish  bo‗lganidan  monoiqtisodiy 
tizimni  insonparvar  deb  bo‗lmaydi.  Bu  yerda  insonning  talab­ehtiyoji,  boylik  orttirishdek 
maqsadga  bo‗ysunadi.  Xususiy  mulkchilikka  tayangan  kapitalistik  monoiqtisodiyot  o‗zining 
o‗tmishdoshlari  bo‗lgan  tizimlarga  nisbatan  afzal  tomonlarga  ega  edi.  Eng  muhim  afzalligi-
kapitalizmning Mehnat unumdorligini o‗stira olish qobiliyatidir. Ammo uning bu imkoniyati 
sheksiz  emas,  bu  imkoniyat  tugallana  borishi  bilan  monoiqtisodiyot  inqirozga  yuz  tutib, 


 
 
25 
 
boshqa  tizim-poliiqtisodiyot  zaruratga  aylanadi.  Shunday  rivojlanish  monoiqtisodiyotning 
sotsialistik turiga ham xos. 
Ushbu fikrga  
yaqin o‗tmishdan 
misollar keltiring 
va asoslang  
Totalitar­rejali  iqtisodiy  tizimning  asosiy  belgilari  iqtisodiyotni  har 
taraflama  davlatlashtirishdan  kelib  chiqadi.  Davlat  mulki  eng  afzal,  eng 
oliy mulk, rejali xo‗jalik eng ustun xo‗jalik, faqat sotsialistik tizim xalqqa 
farovonlik bera oladi, degan ta‘limot hukumron bo‗ladi. Davlat mukining 
zo‗rovonligi natijasida, jamoa mulkiga yuzaki ruxsat berilsa­da, u amalda  
davlatlashtiriladi. 
Kapitalistik  monotizim  industrial  ishlab  chiqarishdek  moddiy  bazani  yaratganligi 
uning  tarixiy  o‗rnini  belgilaydi.  Kapitalistik  monotizim  yeshib  ulgurmagan  jamg‗arish 
muammosini  totalitar  sotsialistik  tizim  bajaradi.  Totalitar  tizim  ham  yirik  mashinalashgan 
ishlab chiqarishni yaratishdek vazifani bajargash, uni boshqa demokratik iqtisodiy tizim bilan 
almashtirish zarurati o‗z­o‗zidan paydo bo‗ladi. 
Hozirgi yuksak rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bu tabiatan aralash iqtisodiyotdir. 
U  turli  xildagi  iqtisodiy  munosabatlarning  qorishmasidan  iborat,  lekin  uning  asosi  bozor 
munosabati,  bu  mazmunan  poliiqtisodiy  tizim  hisoblanadi.  Uning  bir  qator  muhim  belgilari 
mavjud. 
Mulohaza  
uchun matn 
Aralash  iqtisodiyot  mukammal  texnika  va  yuksak  texnologiyaga 
asoslanadi,  qo‗l  Mehnatiga  o‗rin  qolmaydi,  g‗oyat  unumli  mashinalar 
ishlatiladi,  natijada,  yuksak  darajadagi  Mehnat  unumi  va  shunga  ko‗ra 
moddiy to‗kinlik ta‘minlanadi. Aralash iqtisodiyotda mulkiy monopoliyaga 
o‗rin  qolmaydi,  aksincha  bu  yerda  xilma­xil  mulkchilik  qaror  topadi. 
Aralash  iqtisodiyot  ko‗p  ukladli,  ko‗p  sektorli  iqtisodiyotdan  iborat. 
Aralash iqtisodiyotda asosan uch xil mulk mavjud: xususiy mulk, jamoa va 
davlat mulki. 
Aralash  iqtisodiyotga  daromadlar  ishlab  chiqarishning  o‗zida  taqsimlanib,  yuqori  ish 
haqi  berilishi  xosdir.  Aralash  iqtisodiyot  insoniy  bo‗lganidan  ishlab  chiqarishning  xalq 
iste‘molini bevosita qondiruvshi sohalari ustivor rivoj topadi.  
Aralash  iqtisodiyotga  xos  belgi  milliy  boylik  tarkibida  aholi  mol­mulki  rissasining 
ortib borishidir. Aralash iqtisodiyotda ekspluatatsiya dastlab sheklansa, keyinchalik tugatiladi. 
Aholining asosiy qatlamlari mulk egasi bo‗lganidan va to‗q yashaganidan ularda revolyutsiya 
yo‗li  bilan  o‗zgalar  mulkini  tortib  olishga  moyillik  bo‗lmaydi.  Aralash  iqtisodiyotda  ham 
iqtisodiy  o‗sish  jamg‗arishni  davlat  va  tadbirkorlar  bilan  birga  oddiy  fuqarolar  ham 
qatnashadi.  Milliy  daromadning  tobora  katta  qismi  aholiga  tekkanidan,  aholi  jamg‗armada 
faol ishtirok etish imkoniga ega bo‗ladi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish