Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi


Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

2.Byudjet taqchilligi va davlat qarzlari 
Umumdavlat byudjeti bilan birga hokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shahar) 
byudjeti  ham mavjud bo‗ladi.  Bu mavjud moliyaviy  resurslarni   ancha  to‗laroq   jalb   qilish va 
ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Hokimiyat quyi organlari byudjetining daromadlari 
o‗z  hududidagi  korxonalar  daromadidan,  aholidan  olinadigan  soliqlar,  mulk  soliqlari  va  shu 
kabilar orqali shakllanadi. 
Davlat  byudjetining  daromadlari  va  xarajatlari  muvozanatda  bo‗lishini  taqozo  qiladi. 
Lekin  ko‗pchilik  hollarda  davlat  byudjeti  xarajatlarining  daromadlardan  ortiqchaligi 
kuzatiladi, buning oqibatida byudjet taqchilligi tez sur‘atlar bilan o‗sadi. Bu holning sabablari 
ko‗p  bo‗lib,  ularning  ichida,  davlatning  jamiyat  hayotining  barcha  sohalaridagi  rolining 
uzluksiz  o‗sib  borishi,  uning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  vazifalarining  kengayishi  alohida  o‗rin 
tutadi. 
Byudjet  taqchilligining  o‗sishi  mutloq  miqdorda  va  uning  yalpi  milliy  mahsulot 
(YAMM)ga  nisbatida  aniq  namoyon  bo‗ladi.  2000  yilda  Respublikamiz  davlat  byudjetining 
taqchilligi YAIMga nisbatan bir foizdan oshmagan. 
Byudjet  taqchilligining  o‗zgarishi  xo‗jalik  kon‘yukturalaridagi  joriy  tebranishlar, 
ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, krizislar davrida davlat 
byudjet  mablag‗lari  hisobidan  iqtisodiyotning  ma‘lum  sektorlarini  ushlab  turishga, 
umumdavlat  ahamiyatiga  ega  bo‗lgan  tarmoqlarda  investitsiyalar  hajmini  saqlab  turishga 
majbur bo‗ladi. 
Byudjet  taqchilligini  moliyalashtirish  (qoplash)  ning  muhim  sharoiti  davlat  krediti 
bo‗lib  chiqadi.  Davlat  krediti  deganda,  davlat  qarz  oluvchi  yoki  kreditor  sifatida  chiqadigan 
barcha moliyaviy iqtisodiy munosabatlar yig‗indisi tuchuniladi. 
Moliyaviy  resurslarni  davlat  qarz  olishning  asosiy  shakli –  bu  davlat  zayomlarini 
chiqarish  hisoblanadi.  Ularni  joylashtirish  jarayonida  davlat  aholi,  banklar,  savdo  va  sanoat 
korporatsiyalarining vaqtincha bo‗sh turgan pul mablag‗larini jalb qiladi. 
Davlat  o‗z  majburiyatlarini  nafaqat  xususiy  sektorda  joylashtirishi,  balki  ularni 
Markaziy  bankda  hisobga  olishi  ham  mumkin.  Bunda  bank  muomalaga  pulning  tovar 
hajmining ko‗payishi bilan bog‗liq bo‗lmagan qo‗shimsha massasini chiqaradi. Mazkur holda, 
davlat  byudjetini  moliyalashtirish  pul  muomalasiga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  inflyatsion  ta‘sir 
ko‗rsatadi.  Pul  massasining  o‗sishi  jamiyat  haqiqiy  boyligining  ko‗payishi  bilan  birga 
bormaydi. 
Davlat  qarzlarining  to‗xtovsiz  ko‗payib  borishi,  milliy  daromadni  foiz  to‗lovlari 
shaklida, tobora ko‗proq qayta taqsimlanishga olib keladi. 
Katta  byudjet  taqchilligi  va  davlat  majburiyatlari  bo‗yicha  foiz  to‗lovlari  o‗sish 
sharoitida, davlat qarzlarini to‗lash vaqtini imkon darajada sho‗zishga xarakat qiladi. Buning 
uchun  turli  xil  usullardan  foydalanish  mumkin.  Jumladan  davlat  o‗zining  qisqa  muddatli 
majburiyatlarini, o‗rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o‗zining qisqa muddatli 
majburiyatlarini,  ancha  yuqori  foiz  bo‗yicha  yangi,  uzoq  muddatli  zayomlar  chiqarish 
hisobiga  ham  sotib  olish  mumkin.  Bunday  turdagi  tadbirlar  qisqa  davrli  samara  berishi  va 
vaqtincha davlatning moliyaviy arvolini yengillatishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz 
stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o‗sishi bilan bog‗liq. 
Xo‗jalik hayoti baynalminallashuv jarayonlarining tez o‗sishi, xalqaro kreditning jadal 
rivojlanishi  natijasida  davlat  o‗ziga  zarur  bo‗lgan  moliyaviy  resurslarni  jalb  qilish  uchun, 
bo‗sh  pul  mablag‗larining  milliy  shegaradan  tashqaridagi  manbaalaridan  faol  foydalanadi. 
Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. 
Shunday  qilib,  davlat  zarur  moliyaviy  resurslarini  ham  ssuda  kapitallarining  milliy 
bozoridan va ham tashqi bozoridan qarz oladi. 
Xalqaro kreditning tez o‗sishi kapitalning mamlakatlaharo migratsiyasi,  mamlakat va 
regionlar  iqtisodiy  o‗zaro  bog‗liqligining  shuqurlashuvining  muqarhar  natijasi  hisoblanadi. 
Xalqaro  kredit  moliyaviy  resurslarni  ham  xususiy  sektorning  ehtiyojlarini  qondirish,  ham 
davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu 


 
 
95 
 
bilan  birga  tashqi  qarzlarning  o‗sishi  bir  qator  boshqa  muammolarni  keltirib  chiqaradi. 
Ulardan asosiy, milliy vositalar bilan nazorat qilib bo‗lmaydigan ham kreditor va ham debitor 
mamlakatlar iqtisodiyotining kuchayib boruvchi bog‗liqligi hisoblanadi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish