Toshkent davlat sharqshunoslik instituti iqtisodiyot nazariyasi



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/424
Sana03.07.2021
Hajmi7,26 Mb.
#108018
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   424
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi (1)

Asosiy savollar 
1.  Iste‘mol va jamg‗arishning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‗zaro bog‗liqligi 
2.  Jamg‗arishning mohiyati, omillari va samaradorligi 
3.  Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar 
1.Iste‟mol va jamg„armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o„zaro 
bog„liqligi 
Milliy  iqtisodiyotda  yangidan  vujudga  keltirilgan  qiymat,  ya‘ni  milliy  daromad 
iste‘mol  va  iqtisodiy  jamg‗arish  maqsadlarida  ishlatiladi.  Iste‘mol  keng  ma‘noda  jamiyat 
iqtisodiy  ehtiyojlarini  qondirish  jarayonida  ishlab  chiqarilgan  tovar  va  xizmatlardan 
foydalanishni,  uni  iste‘mol  qilishini  bildiradi.  Bunda  unumli  va  shaxsiy  iste‘mol  farqlanadi. 
Unumli  iste‘mol  bevosita  ishlab  chiqarish  jarayoniga  tegishli  bo‗lib,  ishlab  chiqarish 
vositalari va inson ishchi kuchining iste‘mol qilinishini, ya‘ni ulardan foydalanish jarayonini 
anglatadi.  Shaxsiy iste‘mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro‗y berib, bunda iste‘mol 
buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to‗liq iste‘mol qilinadi.  
Iste‘mol jarayonida turli xil moddiy va ma‘naviy ne‘matlardan foydalaniladi. Iste‘mol 
qilinadigan ne‘mat turiga bog‗liq ravishda moddiy ne‘matlarni va xizmatlarni iste‘mol qilish 
ajratiladi.  Individual  yoki  jamoa  bo‗lib  iste‘mol  qilish  ham  farqlanadi.  Alohida  oila  yoki 
jamiyat  a‘zolarining  ixtiyorida  bo‗lgan  moddiy  ne‘matlarni  iste‘mol  qilish  individual 
iste‘molga jamiyat a‘zolarining guruhlari moddiy ne‘mat va xizmatlardan foydalanishi jamoa 
bo‗lib  iste‘mol  qilishga  kiradi.    Iste‘mol  fondi  mablag‗laridan  butun  iqtisodiyot  doirasida 
band  bo‗lgan  xodimlarning  moddiy  va  madaniy  ehtiyojlarini,  shu  jumladan  boshqarish  va 
mudofaa  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  foydalaniladi.  U  butun  aholining  shaxsiy  iste‘molini, 
aholiga  ijtimoiy  xizmat  qiladigan  muassasalardagi,  shuningdek,  ilmiy  muassasalar  va 
boshqarishdagi  moddiy  sarflarni  o‗z  ishiga  oladi.  Iste‘mol  fondining  shaxsiy  daromad 
shaklida xodimlar qo‗liga kelib tushadigan qismi iste‘molchilik sarflari maqsadida ishlatiladi. 
Iste‘molchilik  sarflari  –  bu  aholi  joriy  daromadlarining  tirikshilik  ne‘matlari  va  xizmatlar 
uchun  ishlatiladigan  qismi.  Jamg‗arma  –  bu  aholi,  korxona  (firma)  va  davlat  joriy 
daromadlarining  kelajakdagi  ehtiyojlarini  qondirish  va  foizli  daromad  olish  maqsadlarida 
to‗planib  borilishi.  Uning  hajmi  uy  xo‗jaliklari  daromadidan  iste‘molchilik  sarflarini  ayirib 
tashlash  yo‗li  bilan  aniqlanadi.  Daromad  fondida  iste‘molchilik  sarflari  ulushi  qanchalik 
yuqori bo‗lsa jamg‗arma hajmi shunchalik kam bo‗ladi. Jamg‗armaning o‗sishi esa iqtisodiy 


 
 
73 
 
ma‘noda  mablag‗larning  iste‘mol  buyumlari  xarid  qilishdan  investitsion  tovarlarga 
yo‗naltirilishini  bildiradi.    Shu  sababli  daromadda  iste‘molchilik  sarflari  va  jamg‗arma 
nisbatining o‗zgarishi bir qator, ba‘zan qahama-qarshi oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Birinchidan,  daromadlarning  qandaydir  qismini  jamg‗armaga  qo‗yish  oqibatida  u 
tovarlarda  bo‗lgan  talabda  o‗z  aksini  topmaydi.  Mahsulotning  har  qanday  hajmini  ishlab 
chiqarishdan  olingan  daromad  to‗liq  sarflangandagina  jami  talabni  ta‘minlash  uchun  yetarli 
bo‗ladi.  Demak  jamg‗arma  daromadlar  -  xarajatlar  oqimida  nomutanosiblik  bo‗lishiga  olib 
keladi.  Jamg‗arma  daromadlardan  mablag‗larni  olib  qo‗yishni  bildirib  iste‘molchilik  sarflar 
barcha  ishlab  chiqarilgan  mahsulotni  sotib  olish  uchun  yetarli  bo‗lmay  qolishini  bildiradi. 
Agar aholi o‗z daromadining qandaydir, qismini jamg‗arsa, o‗zining xususiy talabini vujudga 
keltirmaydi.  Buning  natijasi  sotilmay  qolgan  tovarlarning  ko‗payishi,  ishlab  chiqarishning 
qisqarishi,  ishsizlik  va  daromadlarning  pasayishi  bo‗lishi  mumkin.  Boshqa  tomondan 
jamg‗arma  talabning  yetishmasligiga  olib  kelmasligi  ham  mumkin,  chunki  jamg‗arilgan 
mablag‗lar  tadbirkorlar  tomonidan  investitsion  maqsadlarda  ishlatiladi.  Bu  iste‘molchilik 
sarflarining  har  qanday  yetishmasligini  qoplaydi  va  jamg‗arma  keltirib  chiqaradigan 
iste‘moldagi  har  qanday  yetishmaslikni  to‗ldiradi.  Uchinchidan,  korxonalar  ham  o‗zining 
barcha mahsulotini iste‘molchilarga sotishni ko‗zda tutmaydi, balki uning bir qismidan ishlab 
chiqarish vositalari shaklida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining 
jamg‗armalariga teng miqdordagi mablag‗larni investitsiyalarga qo‗yishni ko‗zda tutsa, ishlab 
chiqarish  darajasi  doimiy  bo‗lib  qoladi.  Iste‘mol  va  jamg‗arma  darajasini  aniqlab  beruvshi 
asosiy omil milliy daromad hisoblanadi.  Lekin milliy daromad tarkibida to‗g‗ri soliqlar ham 
mavjud  bo‗ladi.  Shu  sababli  soliqlar  to‗langandan  keyin  aholi  qo‗lida  qoladigan  daromad 
iste‘molchilik  sarflari  va  shaxsiy  jamg‗arma  yig‗indisiga  teng  bo‗ladi.  Iste‘mol  va  shaxsiy 
jamg‗armaning  darajasi  bevosita  soliqlar  to‗langandan  keyingi  qolgan  daromad  bilan 
aniqlanadi.  Demak  bu  daromad  iste‘molning  ham,  jamg‗armaning  ham  umumiy  omili 
hisoblanadi.  Chunki  jamg‗arma  daromadning  iste‘mol  qilinmaydigan  qismi  hisoblansa, 
soliqlar  to‗langandan  keyingi  daromad  shaxsiy  jamg‗armani  aniqlab  beradigan  asosiy  omil 
bo‗lib chiqadi. Har  yilgi  haqiqiy  iste‘mol  miqdori  va soliqlar  to‗langandan keyingi  daromad 
o‗rtasidagi farq shu yildagi jamg‗arma miqdorini aniqlaydi. 
Qarab  chiqilgan  omil  ta‘sirida  iste‘mol  va  jamg‗arma  darajasining  o‗zgarishini 
quyidagi jadvalda tuchuntihamiz. Tahlil uchun shartli ma‘lumotlardan foydalanamiz. 
jadval. 
Iste‘mol va jamg‗arma darajasi, mlrd., so‗m 
(shartli ma‘lumotlar) 
Yillar 
Daromad 
darajasi  (D) 
Iste‘mol 
(I) 
Jamg‗arma 
(J) 
IO‗M 
JO‗M 
IqM 
JqM 
2000 
1500 
1300 
200 
0,87 
0,13 


2005 
1800 
1500 
300 
0,83 
0,17 
0,67 
0,33 
2010 
2200 
1700 
500 
0,77 
0,23 
0,50 
0,50 
 


3 (1-2) 
4 (2:1)  5(3:1) 
6(2:1) 
7 (3:1) 
Jadval  ma‘lumotlaridan  xulosa  shiqarib  aytish  mumkinki,  birinchidan,  aholi 
daromadining  asosiy  qismi  iste‘molga  sarflanadi,  qolgan  qismi  jamg‗armaga  ajratiladi. 
Ikkinchidan, iste‘mol ham, jamg‗arish ham daromadlar darajasiga bevosita bog‗liq bo‗ladi. 
Aholi daromadining iste‘molga ketadigan ulushi iste‘molga o‗rtacha moyillik deyiladi 
(IO‗M). 
Aholi daromadining jamg‗armaga ketadigan ulushi esa jamg‗armaga o‗rtacha moyillik 
(JO‗M) deyiladi. Ya‘ni: 
IO„M = 
истеъмол
даромад  x 100 va JO„M = 
жамгарма
даромад  x 100 
Jadvalda  keltirilgan  har  bir  daromad  darajasi  bo‗yicha  IO‗M  va  JO‗Mni  hisoblab 
ko‗ramizki  daromad  ko‗payib  borishi  bilan  IO‗M  tushadi,  JO‗M  esa  o‗sadi.  Haqiqatda 
soliqlar  to‗langandan  keyin  qolgan  daromad  yoxud  iste‘mol  qilinadi  va  yoxud  jamg‗armaga 


 
 
74 
 
ketadi.  Shu  sababli  daromadning  iste‘mol  qilinadigan  va  jamg‗armaga  ketadigan  qismlari 
daromad  har  qanday  darajasining  butun  miqdorini  qamrab  oladi.  qisqasi  IO‗MqJO‗Mq1,0 
yoki 100% bo‗ladi.  
Daromad  o‗simining  iste‘mol  qilinadigan  qismi  yoki  hissasi  iste‘molga  qo‗shilgan 
moyillik deyiladi (IqM), yoki  
IKM = 
истеъмолдаги ґзгариш
даромаддаги ґзгариш . 
Daromad  har  qanday  o‗sishning  jamg‗armaga  ketadigan  rissasi,  jamg‗armaga 
qo‗shilgan  moyillik  deyiladi  (JqM),  ya‘ni  JqM  q  jamg‗armadagi  o‗zgarishG‗daromaddagi 
o‗zgarish.  Masalan,  agar  1500  mlrd.  so‗m  ni  tashkil  qiluvchi  soliqlar  to‗langandan  keyingi 
daromad  300  mlrd.  so‗mga  ko‗payib  1800  mlrd.  so‗mga  yesa  (7-qator)  daromadning  shu 
o‗sgan qismining 2G‗3 qismi iste‘mol qilinadi va 1G‗3 qismi jamg‗armaga ketadi. Boshqasha 
aytganda, IqM - 0,666 ni, JqM esa 0,333 ni tashkil qiladi. Daromaddagi har qanday o‗zgarish 
uchun IqM va JqM yig‗indisi har doim I ga teng bo‗lishi zarur yoki IqM = JqM q I. Bizning 
misolda 0,666q0,333q I,0 
Shaxsiy  daromaddan  tashqari  iste‘mol  va  jamg‗arma  o‗rtasidagi  o‗zaro  bog‗liqlikka 
ta‘sir  ko‗rsatuvshi  boshqa  bir  qator  omillar  ham  mavjud  bo‗ladi.  Bu  omillarning  asosiylari 
quyidagilar: 
- uy xo‗jaliklari jamg‗argan boylik darajasi; 
- narxlar darajasi; 
- narxlar, daromadlar va tovarlar taklifi o‗zgarishining kutilishi; 
- iste‘molchi qarzlari; 
- soliq stavkalari o‗zgarishi.  

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   424




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish