25
boshqa tizim-poliiqtisodiyot zaruratga aylanadi. Shunday rivojlanish monoiqtisodiyotning
sotsialistik turiga ham xos.
Ushbu
fikrga
yaqin o‗tmishdan
misollar
keltiring
va asoslang
Totalitarrejali iqtisodiy tizimning asosiy belgilari iqtisodiyotni har
taraflama davlatlashtirishdan kelib chiqadi. Davlat mulki eng afzal, eng
oliy mulk, rejali xo‗jalik eng ustun xo‗jalik, faqat sotsialistik tizim xalqqa
farovonlik bera oladi, degan ta‘limot hukumron bo‗ladi. Davlat mukining
zo‗rovonligi natijasida, jamoa mulkiga yuzaki ruxsat berilsada, u amalda
davlatlashtiriladi.
Kapitalistik monotizim industrial ishlab chiqarishdek moddiy bazani yaratganligi
uning tarixiy o‗rnini belgilaydi. Kapitalistik monotizim yeshib ulgurmagan jamg‗arish
muammosini totalitar sotsialistik tizim bajaradi. Totalitar tizim ham yirik mashinalashgan
ishlab chiqarishni yaratishdek vazifani bajargash, uni boshqa demokratik iqtisodiy tizim bilan
almashtirish zarurati o‗zo‗zidan paydo bo‗ladi.
Hozirgi yuksak rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti bu tabiatan aralash iqtisodiyotdir.
U turli xildagi iqtisodiy munosabatlarning qorishmasidan iborat, lekin uning asosi bozor
munosabati, bu mazmunan poliiqtisodiy tizim hisoblanadi. Uning bir qator muhim belgilari
mavjud.
Mulohaza
uchun matn
Aralash iqtisodiyot mukammal texnika va yuksak texnologiyaga
asoslanadi, qo‗l Mehnatiga o‗rin qolmaydi, g‗oyat unumli mashinalar
ishlatiladi, natijada, yuksak darajadagi Mehnat unumi va shunga ko‗ra
moddiy to‗kinlik ta‘minlanadi. Aralash iqtisodiyotda mulkiy monopoliyaga
o‗rin qolmaydi, aksincha bu yerda xilmaxil mulkchilik qaror topadi.
Aralash iqtisodiyot ko‗p ukladli, ko‗p sektorli iqtisodiyotdan iborat.
Aralash iqtisodiyotda asosan uch xil mulk mavjud: xususiy mulk, jamoa va
davlat mulki.
Aralash iqtisodiyotga daromadlar ishlab chiqarishning o‗zida taqsimlanib, yuqori ish
haqi berilishi xosdir. Aralash iqtisodiyot insoniy bo‗lganidan ishlab chiqarishning xalq
iste‘molini bevosita qondiruvshi sohalari ustivor rivoj topadi.
Aralash iqtisodiyotga xos belgi milliy boylik tarkibida aholi molmulki rissasining
ortib borishidir. Aralash iqtisodiyotda ekspluatatsiya dastlab sheklansa, keyinchalik tugatiladi.
Aholining asosiy qatlamlari mulk egasi bo‗lganidan va to‗q yashaganidan ularda revolyutsiya
yo‗li bilan o‗zgalar mulkini tortib olishga moyillik bo‗lmaydi. Aralash iqtisodiyotda ham
iqtisodiy o‗sish jamg‗arishni davlat va tadbirkorlar bilan birga oddiy fuqarolar ham
qatnashadi. Milliy daromadning tobora katta qismi aholiga tekkanidan, aholi jamg‗armada
faol ishtirok etish imkoniga ega bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: