Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bitiruv malakaviy ishi


II BOB. EKSPRESSIV FRAZEOLOGIZMLARNING XUSUSIYATLARI



Download 451,5 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2017
Hajmi451,5 Kb.
#11097
1   2   3   4

II BOB. EKSPRESSIV FRAZEOLOGIZMLARNING XUSUSIYATLARI

2.1. Xitoy frazeologik birliklarini tarkibiy semantik tavsiflash

Rus xitoyshunosligida xitoy frazeologik materiallarini tarkibiy-semantik nuqtai nazardan tahlil qilishga avval urinishlar bo‘lgan ekan, biz bu masalaga qaytishimiz sabablarini asoslashga harakat qilamiz. Bunday yo‘sinda xitoy FBlari bilan A.P.Rogochev, Z.I.Baranov, qisman V.I. Gorelov va A.A.Xamatovlar, bu masala bilan oxirgi shug‘ullangan I.R. Kojevnikovlar bo‘ldi. Biroq, yuqorida nomlari zikr etilgan mualliflarning ba’zilari xitoy FBlarini tavsiflash uchun tarkibiy-semantik yondashuv bilan qilgan ishlaridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, bu ishlar sub’ektiv va hatto ba’zida erkin xarakterga ega. Xitoy tili frezologiyasiga tarkibiy-semantik tahlilni qo‘llashni ko‘rsatib berish va asoslash xitoyshunoslikda yetarli darajada jiddiy muammo hisoblanadi. Biz quyida A.P.Rogochev, V.I. Gorelov va I.R. Kojevnikovlarning ishlaridan ba’zi misollarni keltiramiz.

Z.I.Baranov A.P.Rogachevning “Turg‘un so‘z birikmalarini (chengyu) bildiruvchi xitoy tili idiomatikasi” (1950) asarini ko‘rib chiqib, shunday yozadi: “A.P.Rogachev xitoy chengyulariga semantik tavsiflashni ishlatishda V.V. Vinogradovning rus tili uchun taklif qilingan yo‘ldan borgan” 1. A.P.Rogachevning tasdig‘iga ko‘ra, “bu tizim chengyularga nisbatan bemalol ishlatilsa bo‘ladi”. Shuni aytish mumkinki, bu xitoy FBlarini tarkibiy-semantik tahlili yuzasidan birinchi tajriba hisoblanadi. Z.I.Baranovning aytishicha, bu akademik Vinogradovning konsepsiyasini mexanik tarzda begona tilga ko‘chirish bo‘lib, A.P. Rogachevni chengyularga nisbatan qo‘llagan tarkibiy-semantik tahlili ularning tavsiflash uchun na tuzilishi va na tizimiga biron narsa olib kirdi 2.

V.I.Gorelovning “Xitoy tili leksikologiyasi” (1984yil) kursida tarkibiy-semantik tavsiflashni paydo bo‘lishi bilan vaziyat sezilarli darajada qiyinlashdi. Unda, u, tavsiflashning birinchi bosqichida ikkita birlik turini ajratdi: “frazeologizmlar-so‘z birikmasi” va “frazeologizmlar-jumla”. Birinchi, ya’ni “frazeologizmlar-so‘z birikmasi” FB turini V.I.Gorelov tarkibiy komponentlarning birlashgan darajasiga asosan “frazeologik ibora” va “frazeologik birikma” larga bo‘ladi 1. Birinchi turni va binobarin, frazeologik ibora tushunchasini muallifning o‘zi ko‘rsatib o‘tgandek N.M.Shanskiydan o‘zlashtirgan. Biroq, N.M.Shanskiyda “frazeologik ibora” atamasi bilan belgilangan bu so‘z tushunchasi, o‘ziga nafaqat butunlay erkin ma’noli so‘zlardan tashkil topgan so‘z birikmalarining semantik bo‘linishi, balki tarkibiy jumla bilan kelgan (matal, maqol, aforizmlar) birliklarni ham olgan. Tarkibiy jumla bilan kelgan birlikni V.I.Gorelov o‘z tavsifida alohida - “frazeologik ibora” guruhiga kiritgan va shuning uchun ham mazkur tavsif mantiqiy tuzilishni bermagan. FBning ikkinchi turi (“frazeologik birikma”) ni V.I.Gorelov “tarkibidagi komponentlardan bir donasi ma’lum bir maxsus ma’noga ega so‘z”, deb tushunadi2, ya’ni bu “maxsus komponentlar ko‘chma-metaforik tarzda qo‘llaniladi. Biroq, V.I.Gorelov noma’lum sabablarga ko‘ra, bu kontekstda o‘z tarkibida butunlay qayta anglanadigan komponentli FBlar haqida hech narsa demaydi. V.I.Gorelov “frazeologik birikmalar” tushunchasiga idiomatik birliklarni ham kiritib, barcha komponent tarkibini qayta anglatadi va binobarin, uning hech bir qismi bir tekisda emas.

I.R.Kojevnikovning dissertatsiyasida keltirilgan masalan, frazeologik barqaror so‘z birikmalaridan 丢面子diu mianzi – “sharmanda bo‘lmoq” (aynan – (1) judo bo‘lmoq + (2) yaxshi nom/yaxshi obro‘)ni ko‘ramiz. Biroq, mazkur birlikning komponent tahlili shuni ko‘rsatadiki, u barqaror so‘z birikmasiga umuman kirmaydi.

I.R.Kojevnikov dissertatsiyasida frazeologik so‘z birikmasi sifatida kelgan misolni ko‘rib chiqamiz: Bu ibora丢面子diu mianzi – “sharmanda bo‘lmoq” (aynan – (1) mahrum bo‘lmoq + (2) yaxshi nomdan/yaxshi shandan). Mazkur birlik nafaqat frazeologik so‘z birligi hisoblanadi, balki umuman frazeologiyaga kiritish ham mumkin emas. Rus tilidagi shunga o‘xshash frazeologik so‘z birikmasi hisoblangan “yuzini yo‘qotmoq” (“yuz” komponentida semantik surilishlar natijasida vujudga kelgan) dan farqli o‘laroq, xitoy tilidagi 丢面子diu mianz 3 iborasidagi bu tuzilma tarkibiga kiruvchi ikkinchi so‘z面子mianzi “yuz” manosini (jismoniy jihatdan) bildirmaydi va bu yerda u “obro‘, shan” ma’nosida qo‘llanilgan. Bizning oldimizda, hatto frazeologik birikma ham emas ikki so‘zni yetarli darajada keng uyg‘unlashuvini tasdiqlovchi, keltirilgan ibora tarkibiga kiruvchi, uning birinchi komponenti, shubhasiz mustaqil maqomga, erkin so‘zga ega bo‘lganligi uchun, biz uning keng birikmalik xislatini namoyish etmay, faqat ikkinchi komponent – so‘z面子 mianzi – “obro‘, shan, qadr” ning birikmalik misollari bilan cheklanamiz. Zero, uning erkin maqomi birinchi qarashda birinchi so‘z-komponentning maqomi kabi unchalik ravshan emas, lekin shunga qaramay u erkin so‘zdir.

顾面子 gu mianzi - “o‘z obro‘i uchun qayg‘urish”;

问题面子 wenti mianzi - “qadr-qimmat masalasi, izzattalab”;

有面子 you mianzi - “obro‘ga, hurmatga ega bo‘lish” (aynan – qadr-qimmatga, obro‘ga ega bo‘lish);

给人留面子 gei ren liu mianzi - “kimningdir obro‘ini saqlash” (aynan – old ko‘makchi (harakat yo‘naltirilganga qaratilgan) + inson + qoldirish + qadr-qimmat, shan);

看面子 kan mianzi - “hurmat ko‘rsatish” (aynan – obro‘ga qarash);

爱面子 ai mianzi - “o‘z obro‘ini saqlash” (aynan – qadr-qimmatini sevish, yaxshi ko‘rish);

我的面子在那里 wode mianzi zai nali - “Mening obro‘im uchun bu qanday bo‘lar ekan?;

你这话伤了他的面子 ni zhe hua shangle tade mianzi - “Bu so‘zlaring bilan mening izzat-nafsimga tegding va h.k.

Bunday so‘z birikmalar xitoy lug‘atlariga (xususan, frazeologik lug‘atlarga ham) kiritilganligiga qaramasdan, ular bir tekisda emas, lekin shunga qaramay, bu narsa yuz bergan. Xuddi shunday voqealarga V.M. Solnsev ham e’tibor qaratgan bo‘lib, u xitoy lug‘atlariga qiyin so‘zlar kabi idiomatik ma’noga ega qo‘shma (qiyin) birliklar ham kiritilganligini yozadi. “Ular odatda standart qonun-qoidaga ko‘ra nutqda tuziladi va lug‘atlarga qo‘shilmaydi, zero, ular ko‘pincha lug‘atlarda uchraydi”1. Bu birliklar so‘z va so‘z birikmasi o‘rtasidagi chegarada turadi va shuning uchun ham ko‘chma maqomga ega.

Ko‘rib turibmizki, xitoy FBlarini takibiy-semantik tavsiflashni qo‘llash uchun yondashuvlar, yuqorida ko‘rib o‘tganimiz kabi mazkur masalaga uzil-kesil aniqlikni kirita olmaydi, aksincha, biron bir mantiqiy qarama-qarshiliklardan holi bo‘lish uchun ular bizni yana shu masalaga qaytishga majburlaydi.

Xitoy FBlari fondini tartibga solishga o‘tar ekanmiz, shunga iqrormizki, tavsiflash uchun qilingan har qanday urinish, birinchi qarashda, qanchalik muvaffaqiyatli qilingan bo‘lmasin, doimo nuqsonlari kelib chiqadi va bu esa, umuman tadqiq etilayotgan ob’ektni juda katta xilma-xilligi bilan bog‘liq, bizning holatimizda esa, xitoy tilining o‘ziga xos bo‘lgan grammatik tuzilishi bilan bog‘liqdir. O‘z vaqtida mashhur biolog J.B.Lamark (o‘zining “Zoologiya falsafasi” asarida tirik organizmlarning evolyutsiyasi haqidagi g‘oyalarni rivojlantirgan) “turlar boshqa tarkibli birliklar kabi, real mavjud emas, tabiat esa, o‘zgarilayotgan individumning mutassil (to‘xtovsiz) zanjirini namoyon etadi”, deb aytgan. Xuddi shu narsani har qanday tilning, xususan, xitoy tilining FBlariga nisbatan aytish mumkin. Chunki tadqiq etilayotgan tilning butun frazeologik ko‘lami hajmini tavsiflash bo‘yicha u yoki bu asoslarga ko‘ra guruhlarga taqsimlashga urinishda, biz albatta, FBlarda doimo mavjud bo‘lgan, barcha mezonlarda harakat qilishga qodir bo‘lgan, tavsiflash asoslari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar juda ko‘p ko‘chma hodisalarga duch kelamiz. Masalan, muammoli masala hisoblangan, qanday semantik turdagi FBlarni turg‘un iboralarga kiritish kerak, masalan,

恨得牙痒痒hende ya yangyang – “biron bir kishiga nisbatan o‘ta g‘arazlik tuyg‘usini kechirmoq” (aynan – shunday yomon ko‘rishki, tishlar zirqillasin, eksplikatsiyasi: ko‘rarga ko‘zi yo‘q bo‘lmoq + fe’lliy ko‘makchi so‘z-postfiks, uning vositasida hol darajasi yoki harakat obrazi aniqlanadi + tishlar + zirqillamoq, qichishmoq).

Mazkur turg‘un birlik tarkibida ikki semantik har xil turdagi komponentlar birlashtirilgan, ulardan biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’noda, boshqasi – ko‘chma ma’noda keladi.

Tavsiflash yuzasidan yuqorida keltirilgan bizning maqsadlar qat’iy ravishda har bir FBlarni u yoki bu ma’lum bir tavsiflash guruhiga kiritishdan iborat emas, balki tadqiq etilayotgan til birliklari xususiyatlarini imkon qadar ob’ektiv va keng ko‘lamda namoyon etishdan iborat bo‘lib, asosan, uning ikki turli tomoni: semantik (semantik turlarga bo‘lish) nuqtai nazardan va jumlada ularning vazifasi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

Endi zamonaviy xitoy adabiy tilida mavjud bo‘lgan FB-idiomalarning tarkibiy tavsiflanishi, ularning ko‘p ishlatiladigan sintaktik modellarini ko’rib chiqamiz va ular mavjud xitoy idiomalarining sintaktik tuzilishi tushunchasini hozirgi davrdagi ahvolini sezilarli darajada kengaytirish va aniqlab berishi lozimligi haqida so’z yuritamiz.

Ko‘rsatilgan tavsiflash doirasida so‘z birikmalari modeli va jumla modeli bo‘yicha tuzilgan FBlar ko‘rib chiqiladi. Nima uchun bizning tavsifimizda nafaqat idioma-so‘z birikmalari, balki tarkibiy jihatdan oddiy jumla idiomalar ko‘rib chiqilmoqda? Chunki xitoy tilida nafaqat maqol va matallar hisoblangan FBlarda tarkibiy jumlalar farqlanadi, balki jumlada ma’lum bir sintaktik vazifani bajarishga qodir bo‘lgan idioma hisoblanganlar ham farqlanadi. Undan tashqari, xitoy tili nutq amaliyoti ba’zida idiomatik maqollar yoki idiomatik aforizmlar jumlaga kiritilganda konstitutiv (sintaktik) vazifani bajarish holatlarini ham ko‘rsatadi. Bu masala haqida Vetrov P.P quyida to‘xtalib o‘tadi.

Ko‘p ishlatiladigan sintaktik modellarni ajratish oxirgi nashr etilgan eng yangi frazeologik lug‘atlarda keltirilgan FB-idiomalarni butun hajmiga tayangan holda emas, eng yangi lug‘atlarga ko‘rsatilgan, u yoki bu frazeologizmlarning qo‘llanish doirasi yuzasidan ma’lumot yig‘uvchilarni savol-javob natijalari bo‘yicha amalga oshirilgan. Ya’ni Vetrov P.P avval qator lug‘atlardan yoppasiga tanlab olish usuli bilan ajratgan, og‘zaki va yozma nutqlarda ko‘proq ishlatiladigan FB-idiomalar ma’lum bir to‘plamini ajratadi va faqat, ularning ancha yashovchan qismlarini ajratgandan so‘ng, u ichki sintaktik tahlilga o‘tib, ajratilgan tarkibiy modellarni keyingi taqsimotini belgilashga urinadi.

Vetrov P.P, agar tadqiqotchi, uni qiziqtirgan tilshunoslikning biron bir hodisasini, ona tili bo‘lmagan biron bir ob’ektini sinxron bo‘linishda tahlil qilish kerak, deb taxmin qilsa, unda u, albatta, faqat o‘zi mustaqil masalan, laboratoriya tajribalari, ma’lumotchilarni savol-javob qilish natijasida olgan materiallarni tahlil qilish yo‘lidan ketadi, deb o‘ylaydi. Bunday yondashuv o‘rganilayotgan ob’ektni ob’ektiv yoritishni kafolatlashi mumkin va tadqiqotchini “faol hayotiy faoliyat” belgilaridan chetga chiqqan yoki chiqayotgan materiallarni tahlil qilishdan forig‘ qiladi. Bu, juda ko‘p xitoy frazeologik lug‘at nashrlarida to‘plangan, tilda keng tarqalmagan bo‘lsa ham eskirgan birliklar yoki muallifga tegishli bo‘lgan individual birliklar lug‘at tuzuvchilar tomonidan kiritilgan, lekin shunga qaramay, bir qancha adabiy asarlarda qayd etilgan (ko‘pincha biron bir muallif tomonidan) FBlarga ham tegishlidir. Bunday birliklarni Vetrov P.P chiqarib tashladi, chunki ma’lumot yig‘uvchilarning so‘rovlaridagi shaxslarning aksariyati uchun ular butunlay noma’lumdir.

Taklif qilinayotgan tavsiflashning asosiy mezonlari sifatida xitoy FB-idiomalarning doimiy tarkibiy modelini ajratish uchun sintaktik tahlilning quyidagi mezonlari qabul qilindi: a) idiomalarning tarkibiy komponentining chasterik mansubligi bilan ularning o‘zaro ichki sintaktik munosabati parallel hisobga olinadi; mazkur mezon ko‘rilayotgan barcha idiomalar tahlili uchun qo‘llaniladi; b) sub’ektiv-ob’ektiv munosabatni o‘z tarkibida fe’l komponenti mavjud bo‘lgan idiomaga munosabati hisobga olinadi. Ma’lumki, barcha tillarda fe’l idiomalar doimo u yoki bu darajada son jihatidan yuqoridir, shuning uchun, mazkur qo‘shimcha mezon tarkibida fe’l bo‘lgan so‘z birikmali xitoy idiomalarini va tranzitsional turdagi jumlalarni sintaktik tahlil qilish uchun favqulodda muhim hisoblanadi, chunki “fe’lli jumlalar asosida, ma’lum bir ma’noda grammatik tarzda ko‘rib chiqish mumkin bo‘lgan sub’ektiv-ob’ektiv munosabatlar yotadi”1, yoki boshqacha qilib aytganda, “shaxsga qaratilgan harakat fe’lning muhim belgisi – fe’lning asosiy sintaktik xususiyati hisoblanadi”2.

Vetrov P.P fikrini davom ettirib, taklif qilinayotgan xitoy FB-idiomalarining tarkibiy-genetik tavsifiga o‘tishdan avval, u FB-idiomalar tarkibida ko‘p uchraydigan holni ko‘rib chiqadi, ya’ni qanday aniq holatlarda va qanday asoslarga ko‘ra, u holning ma’lum bir turini frazeologizmlar tarkibidan u yoki bu komponentlarni qiyoslanishini ko‘rsatadi, hamda hol turlarining idioma yasash jihatidan ko‘p uchraydiganlarini aniqlaydi. Hollarning turlariga (tipologiyasiga) bunday e’tibor yana shu bilan izohlanadiki, xitoyshunoslikda hanuzgacha “hol” tushunchasi hajm jihatidan yagona fikrlilik bilan ishlab chiqilmagan hamda tadqiqotchilar o‘rtasida mazkur gap bo‘lagini aniqlash mezonlari bo‘yicha birdamlik yo‘q. FBlarning differensial ichki sintaktik tahlili maqsadida ba’zi hol turlari semantik aniqlangan.

Vetrov P.P idioma tuzilishi jarayonida ishtirok etishga qodir bo‘lgan hol turlarini quyidagilarga bo‘ladi: lokativ, natijali va xatti-harakat. Quyida o‘z tarkibiga sanab o‘tilgan hol turlaridan biron birini olgan frazeologik birliklardan misol keltiradi; xitoy variantida hol qalin nuqtada, rus variantida – chiziq tortish bilan ajratilgan:

1. Lokativ-dinamik holati.

1.1. Harakatning dastlabki o‘rnidagi holati.

Vetrov P.P harakatning dastlabki o‘rnidagi holati sifatida belgilagan jumla a’zosini S.E.Yaxontov o‘z vaqtida “tematik ega” atamasi bilan nomlashni taklif qilgan, u buni shunday izohlagan: har qanday so‘z (ravishdan tashqari) o‘z belgilari bilan xitoy tilidagi eganing odatiy o‘rnida turgan bo‘lsa, ya’ni jumla boshida, lekin sub’ekt harakati nomi hisoblanmasa, fe’l-kesim bilan belgilansa “tematik ega” hisoblanadi1. Biroq, mazkur tushuncha Vetrovning maqsadi uchun juda keng xarakterga ega. Quyidagi misollarda u “harakatning dastlabki o‘rnidagi holati” atamasidan foydalanadi:

心里落下块石头xin li luoxia kuai shitou – “tinchlanmoq, hayajonlanishni bosmoq” (aynan – yurakdan yiqildi/tosh yiqildi/yurak bo‘shadi);

从五味缸里爬出来cong wuweigang li pa chulai – odamning his-hayajonga to‘lgan beqaror holatini ta’riflash, turli hayajonlarga berilgan (aynan – besh zirovarli (uksus, vino, asal, embir, tuz) idishdan chiqish);



1.2. Yo‘naltirilgan harakat holati.

眼泪往肚子里流 yanlei wang duzili liu – “alamni yutmoq, xafaligini berkitmoq” (aynan – ko‘z yoshi oshqozonga oqmoqda”);



2. Lokativ-statik holat.

怀里揣着兔子huaili chuaizhe tuzi – “ruhiy esankirab (dovdirab) qolish holati, biror narsadan qo‘rqish” (aynan – qo‘ynida tuxum saqlash);

3. Xatti-harakat holati.

Biz ajratayotgan mazkur holat turi harakatning amalga oshirish jarayonini xarakterlaydi, masalan:

跟着指挥棒转genzhe zhihuibang zhuan – “biron bir kishiga ko‘r-ko‘rona ergashish” (aynan – birovning ko‘rsatmasi/derijor tayog‘i bo‘yicha harakat qilish);

闭着眼睛捉麻雀bizhe yanjing zhuo maque – “oldiga maqsad qo‘ymasdan ko‘r-ko‘rona harakat qilish” (aynan – ko‘z yumilgan holda chumchuq ushlamoq);

一个鼻孔出气 yi ge bikong chu qi – biron bir masala yuzasidan nuqtai nazarlari butunlay to‘g‘ri kelgan odamlar haqida (aynan – bir burun kavagidan nafas olish), o’zbek tilida: ikki etik bir juft, bir dalani mevasi, juvalasi bir joydan olingan.
2.2. Ekspressiv frazeologizmlarning leksik-semantik tahlili
Ushbu bo’limdaa jami 29 ta his-tuyg’uni ifodalovchi FB lar asosida 3 ta leksik-semantik guruhlar ajratildi. Bu 3 guruh 3 xil his-tuyg’uni ifodalaydi, ya’ni bular “Jahl chiqish”, “Hursand bo’lish”, “Azob chekish” his-tuyg’ularidir. Ularni quyida batafsil tahlil qilib, ko’rib chiqamiz.

Jahl chiqishiga oid FB


  1. 气歪嘴 – qi wai zui – Avzoyi buzildi

Ushbu frazeologik birikma (FB) uch morfemadan iborat bo’lib, FB larning guanyongyu guruhiga oiddir. Guanyongyular turg’un so’z birikmalari turlarini bildiradi. O‘z tarkibiga ko‘ra bu so‘z birikmalari ma’nosi bir butunlikni tashkil etadi. Masalan, agar biz avval birov tomonidan bajarilgan biron bir ishni qayta bajarishga kirishsak, bu “sovuq guruchni isitish” deb ataladi, agar biz birovga tilyog‘lamachilik (xushomad) qilsak, bu “baland shapka kiydirish” deb ataladi. “Sovuq guruchni isitish” va “baland shapka kiydirish” – bu “guanyongyu”dir.

Ushbu FB tarkibidagi ierogliflarning leksik ma’nolari quyidagicha:

气 – qi- jahli chiqmoq, achchig’i kelmoq, g’azablanmoq

歪 – wai – qiyshiq, qing’ir

嘴 – zui – og’iz

Ko’rinib turibdiki, 3 ta ierogliflarning ma’nolari 3 xil. Bir-biriga bog’liqlik joyi yo’q. Faqatgina ular orasidan气 – qi ieroglifini ma’nosi iboraning mazmuniga ta’sir ko’rsatyapti. Lekin bular birgalikda “Avzoyi buzildi” ma’nosidagi FB hosil qilyapti hamda gap tarkibida fe’l o’rnida keladi.



  1. 怒火中烧 – nu huo zhong shao – Qoni qaynamoq

Jahl chiqish his-tuyg’usini ifodalovchi ushbu FB to’rt morfemadan iborat bo’lib, FB larning chengyu guruhiga oid. Chunki chengyularning asosiy belgisi ularning to‘rt so‘zdan tashkil topishi hisoblanadi. Mazkur ibora leksik-semantik parallel konstruksiyaga egadir. Chengyular bir-biri bilan “2+2” sxemasi bo‘yicha uyg‘unlashadigan, ya’ni frazeologik birlikning har bir qismi (o‘ng va chap) bir-biriga muvofiq bo‘lgan ikki bo‘g‘in-morfemlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘z o‘rnida ularning sintaktik bog‘lanishi ham o‘xshashdir. Bular parallel tuzilishdagi “chengyu”dir. Parallel tuzilishdagi “chengyu” larda parallellikning turli xillarini (son, leksik-semantik, grammatik, fonetik) ko‘rsatish mumkin. Ushbu FB tarkibidagi ierogliflarning leksik ma’nolari quyidagicha:

怒 – nu – g’azab, qahr

火 – huo - olov

中 – zhong – markaz

烧 – shao – o’t qo’ymoq, yondirib yubormoq

Bu ibora ma’nosiga barcha komponent so’zlari ta’sir etgan. Ushbu FB gap tarkibida fe’l o’rnida keladi.



  1. 发了酵的面粉 – 气鼓鼓的 – fa le jiao de mian fen – qi gu gu de – G’azabi qaynadi

Mazkur FB 6 ta morfemadan tashkil topgan, 3 ta so’zdan iborat bo’lib, FB lar xiehouyu guruhiga mansubdir. Bu guruh FB lar ikki bo‘lakli nutq shaklini to‘liq namoyon etadi. “xiehouyu” bo‘laklari topishmoq (piching, kinoya, qochiriq yoki qiyos, o‘xshatish) va javob (birinchi qochiriqni ochuvchi) orqali bir-biri bilan munosabatga kiradi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur FB guruhining birinchi qismi odatda metafora (istiora, kinoya) bo‘lib, ikkinchi qismda “ochib beriladi”. Chunonchi, bunday birlik turi o‘zining dastlabki tabiatiga ko‘ra ikki bo‘lakdan tuzilganligi bilan ajralib turar ekan, ularni ikki – to‘liq va elliptirik (nutqda so‘zning tushib qolishi) (kesik) shaklda ishlatish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, ularni bo‘laklarga bo‘lgan holda alohida ishlatish imkonini beradi va bunda uzilish chegarasi doimo birinchi va ikkinchi bo‘laklar o‘rtasiga to‘g‘ri keladi.

Bu FB da birinchi qism发了酵的面粉 – metafora (kinoya, istiora) bo’lib, ikkinchi qismi气鼓鼓的– uning ma’nosiga berilgan ta’rifdir, ya’ni iboraning ma’nosini ochib beryapti. Morfemalarni leksik jihatdan tahlil qiladigan bo’lsak, bu yerda

发 – fa – bermoq

酵 – jiao – achigan

面粉 - mian fen – bug’doy uni ma’nolarida kelyapti.

Aynan tarjimasi – Achigan bug’doy unini berish – jahlni chiqardi.

FB gap tarkibida fe’l vazifasini bajarib keladi.


  1. 怒气沖沖 – nu qi chong chong – Jahli kuchli

Mazkur FB ham chengyu guruhiga oid. Ibora 4 morfemadan, 2 so’zdan iborat bo’lib, “Jahl chiqmoq” his-tuyg’usini ifodalab kelyapti. Ibora tarkibidagi ierogliflarning ma’nolari ibora ma’nosi bilan uyg’unlashgan, ya’ni

怒气 –nu qi - jahl chiqmoq

沖沖 –chong chong - kuchli ma’nolarida kelgan.

Ushbu ibora so’zma-so’z tarjima qilinganda ham, lug’atlarda ham “Jahli kuchli” ma’nosini beradi. Bu ibora ham leksik, ham grammatik jihatdan bog’langan. Gap tarkibida frazeologizm fe’l o’rnida keladi.



  1. 怒气填胸 – Joni bo’g’ziga kelmoq

Ushbu FB ham chengyu guruhiga oid bo’lib, 4 morfema, 3 so’zdan iborat. Bu ham “Jahl chiqish” semantik guruhiga mansub. Ibora tarkibidagi komponentlarning mustaqil ma’nolarini ko’rib chiqamiz:

怒气 – nu qi – jahl chiqmoq

填 – tian – to’ldirmoq

胸 – xiong – qalb, ko’krak

Komponentlar ham leksik, ham grammatik jihatdan bog’langan. So’zma-so’z aynan tarjimasi – Jahli chiqishi bag’rini to’ldirdi. Buni o’zbek iboralariga talqin qiladigan bo’lsak, “Joni bo’g’ziga keldi” ma’nosiga to’g’ri keladi. Gap tarkibida bu frazeologizm ham fe’l vazifasini bajarib keladi.


  1. 咬牙切齿 – yao ya qie chi – Tish qayramoq

“Jahl chiqish” his-tuyg’usini ifodalovchi ushbu ibora ham, allaqachon morfemalar sonidan chengyu guruhiga doir ekanligi ma’lum. Iboradagi komponentlarning ma’nolari quyidagicha:

咬 – yao - tishlamoq

牙 – ya - tish

切齿 – qie chi – g’ichirlatmoq

Komponentlar leksik jihatdan bog’langan. Aynan tarjimasi – Tishini tishlab g’ichirlatmoq. Men ushbu iborani o’zbek iboralariga monand qilib, “Tish qayramoq” deb tarjima qildik. Gap tarkibida ushbu frazeologizm fe’l o’rnida keladi.


  1. 勃然大怒 – bo ran da nu – Jahli chiqib ketmoq

FB larning chengyu guruhiga kiruvchi bu ibora 4 morfemadan iborat. Chengyudagi so’zlarning joylashuvi turg’un holatda bo’lib, uni hohlagancha o’zgartirish mumkin emas. Chengyu tarkibiga boshqa so’z qo’shib yoki kamaytirib ham bo’lmaydi. Ibora komponentlari quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

勃 – bo – kutilmaganda

然 – ran – shunday

大 – da- katta

怒 – nu – jahl

Bu yerda to’rttala komponent ham leksik, ham grammatik jihatdan bog’langan. Aynan tarjimasi – Kutilmaganda shunday katta jahl. Biroq, lug’atda “Jahli chiqib ketmoq” tarzida berilgan. Gap tarkibida frazeologik birlik fe’l vazifasini bajarib keladi.



  1. 喝西北风 – he xi bei feng – Achchig’i chiqmoq

Ushbu ibora FB larning guanyongyu guruhiga oiddir. Ibora 4 morfemadan iborat bo’lib, guanyongyu guruhiga mansubligi ajablanarli emas. Agar 3 ta ieroglifdan oshsa hamda ega, kesim va to’ldiruvchidan tashkil topgan bo’lsa, unda ushbu gapning maqol yoki matal ekanligini ajratib olish zarur. Yuqoridagi ibora bunga misol. Ibora fe’l-to’ldiruvchili so’z birikmasi bo’lib, guanyongyuga mansub. Aynan bir ish-harakat borasidagi odatiy tushunchani ifodalovchi hamda ish-harakat bilan bog’liq bo’lmagan boshqa bir tushuncha yoki maxsus xususiyatga ega tushunchani ifoda qiluvchi turg’un so’z birikmlari guanyongyu hisoblanadi. Bu iboraning leksik ma’nolari quyidagicha:

喝 – he – baqirmoq

西 – xi – g’arb

北 – bei – janub

风 – feng – shamol

Ibora komponentlarining hech biri ibora ma’nosiga ta’sir ko’rsatmayapti. Lekin komponentlar birlashib “Achchig’i chiqmoq” ma’nosini tashkil qilgan.

Gap tarkibida mazkur frazeologizm fe’l vazifasida keladi.


  1. 怒发沖冠 - nu fa chong guan – Darg’azab bo’lmoq

Bu ibora ham FB larning chengyu guruhiga doir. Chengyu 4 ta ieroglifdan tashkil topadi hamda o’zida Xitoyning turli an’anaviy madaniyatini aks ettiradi. Odatda ular adabiy tilda keng ishlatiladi. Iboradagi komponentlarning leksik ma’nolarini ko’rib chiqamiz:

怒 – nu – jahl

发 – fa – bermoq

沖 – chong – kuchli

冠 – guan – ustunlik

Komponentlar ham leksik, ham grammatik jihatdan bog’langan. So’zma-so’z tarjimasi – Jahl kuchli ustunlikni beradi. Lekin bu ibora ham lug’atda “Darg’azab bo’lmoq” tarjimasi ostida berilgan. Gapda frazeologik birlik fe’l vazifasini bajarib keladi.



Hursand bo’lishga oid FB

  1. 乐翻天 - le fan tian - Boshi osmonda

Ushbu hursandchilik his-tuyg’usini ifodalovchi FB uch morfemadan tashkil topgan bo’lib, bu ham FB larning guanyongyu guruhiga mansubdir. Guanyongyular asosan uch morfemadan iborat bo’ladi. Guanyongyular chengyuga nisbatan ancha keyin vujudga kelgan bo’lib, ularning aksariyati qiyoslash natijasida kelib chiqqan. Mazkur FB ni tashkil etgan ieroglifning ma’nolarini quyida ko’rib chiqamiz:

乐 – le – kulmoq, quvonmoq

翻 – fan – ag’darmoq, yengmoq, g’olib kelish

天 – tian – kim, vaqt, ob-havo, tabiat

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bu FB tarkibida faqatgina bitta, ya’ni乐 – le ieroglifi FB ma’nosiga bevosita ta’sir ko’rsatyapti. Shunday bo’lsa ham bu uch ieroglif birgalikda “Boshi osmonda” ma’nosini ifodalab kelyapti. Frazeologizm gap tarkibida sifat o’rnida keladi.

2. 叫花子拾到金砖 – 心里乐滋滋的 – jiao huazi shidao jin zhuan – xinli le zizi de – Do’ppisini osmonga otmoq

Ushbu frazeologik birikma (FB) 7 ta morfema, 5 ta so’zdan iborat. Bu FB xiehouyu guruhiga mansubdir. Yuqorida aytib o’tganimizdek, xiehouyu ikki bo’lakdan tashkil topgan bo’ladi. Bu yerdabirinchi qism叫花子拾到金砖 – kinoya, ikkinchi qism心里乐滋滋的- iboraning ta’rifidir. Xiehoyularning faqat ikkinchi bo’lagi o’z tarkibida turli o’zgarishlar qilishi mumkin bo’lgan bu vaqtda birinchi bo‘lak (kinoya) doimo o‘zgarishsiz qoladi va bu bilan iboraning turg‘unlik darajasini ma’lum bir jihatdan saqlaydi, chunki busiz ibora o‘z mavjudligini yo‘qotadi. Ushbu FB tarkibidagi ierogliflarning leksik ma’nolari quyidagicha:

叫 – jiao - chaqirmoq

花子 – hua zi - gul

拾到 – shi dao - topmoq

金 – jin - oltin

砖 – zhuan – g’isht

Bu iboraning aynan so’zma-so’z tarjimasi – Gulni chaqirib oltin g’ishtni topdi – qalbi quvondi. Gap tarkibida esa ushbu frazeologizm fe’l o’rnida keladi.

3. 喜形于色 – xing zhi yu se – Hursandchilikdan chehrasi yorishmoq

Mazkur FB tarkibidagi morfemalarning soni 4 ta bo’lganligi sababli uni FB larning chengyu guruhi takibiga kiritamiz. Odatda chengyular kelib chiqishiga ma’lum bir manbaga asoslangan bo’ladi, chengyu guruhiga kiritilgan frazeologik birlikning aksariyati allyuziya (stilistik figuralardan biri: tarixiy voqea yoki mashhur asarlarga ishora qilish)lar bo‘lib, qadimgi va o‘rta asrda turli janrlarda xitoy tilida yaratilgan mashhur asarlarning matn syujetlariga asoslangan. Shunday qilib, bu guruhga idiomalar, frazeologik bog‘liq iboralar, turg‘un o‘xshatishlar, qadimgi maqollar, keyinchalik maqollarga aylanib ketgan qadimgi aforizmlar kiradi.

 Ibora tarkibidagi komponentlarning leksik ma’nolarini ko’rib chiqamiz:

喜 – xi – hursandchilik

形 – xing – shakl

于 – yu - …da

色 – se – ko’rinish

Aynan tarjimasi – Hursandchilik shakli ko’rinishida. Ushbu ma’noga yanada zeb berib, uni “Hursandchilikdan chehrasi yorishdi” ma’nosiga o’zgartirdik. Gap tarkibida frazeologizm fe’l o’rnida keladi.

4. 手舞足蹈 – shou wu zu dao – Hursandchilikdan raqsga tushmoq

Ushbu frazeologik birikma 4 morfemadan iborat bo’lib, bu ham FB larning chengyu guruhiga oid. Mazkur ibora leksik-semantik parallel konstruksiyaga egadir. Bu yerda birinchi 手 (shou) komponenti va uchinchi 足 (zu) komponenti o’zaro bir-biriga monanddir. Ikkinchi 舞 (wu) va to’rtinchi 蹈 (zu) komponentlarini ham o’zaro monandlik tomonlari bor. Har bir morfemaning mustaqil ma’nolarini ko’rib chiqamiz:

手 – shou – qo’l

舞 – wu – o’ynamoq, raqsga tushmoq

足 – zu – oyoq

蹈 – dao – bosmoq

Aynan tarjimasi – Qo’lni o’ynatib, oyoq bosmoq. Gap tarkibida ushbu ibora fe’l vazifasini bajaradi.


5. 喜笑顔开 – xi xiao yan kai – Hursandchilikdan chehrasi ochildi

“Hursandchilik” his-tuyg’usini ifodalovchi ushbu frazeologik birikma ham chengyu guruhiga doirdir. Chunki ibora 4 morfemadan tashkil topgan. Har bir morfema mustaqil ma’noga ega. Uni quyida ko’rib chiqamiz:

喜 – xi – hursandchilik

笑 – xiao – kulmoq

顔 – yan – yuz ko’rinish

开 – kai – ochmoq

Bu morfemalarning barchasi ibora ma’nosiga dahldor. Ibora tarkibidagi komponent ham leksik jihatdan, ham grammatik jihatdan bog’langan.

FB gapda sifat vazifasini bajarib keladi.

6. 兴致勃勃- xing zhi bo bo – Katta qiziqish bilan

Bu FB 4 morfemadan iborat bo’lib, chengyu guruhiga mansub. Biz quyida ibora tarkibidagi komponentlarning qanchalik ibora ma’nosiga ta’sir ko’rsatganini morfemalarning mustaqil ma’nolarini ko’rib chiqib, umumiy xulosaga kelamiz:

兴 – xing – hursand bo’lmoq

致 – zhi – jo’natdi, yubordi

勃勃 – bo bo – kutilmaganda, birdaniga

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, iboradagi birinchi komponent FB ma’nosiga bevosita ta’sir ko’rsatyapti. Bu FB ni so’zma-so’z tarjima qiladigan bo’lsak, uning ma’nosi “Birdaniga hursand bo’lib ketmoq” ga to’g’ri keladi. Lekin lug’atda bu ibora “Katta qiziqish bilan” ma’nosida uchraydi.

Gap tarkibida frazeologizm fe’l vazifasini bajaradi.

7. 心花怒放 – xin hua nu fang – Qalbdan hursand

Mazkur FB ham 4 morfemadan tashkil topgan bo’lib, chengyu guruhiga mansubligi hammamizga ma’lum. Bu ibora “hursandchilik” his-tuyg’usini ifodalaydi. Ibora tarkibidagi ierogliflarning ma’nolari ibora ma’nosi bilan uyg’unlashgan, ya’ni morfemalar

心 – xin – yurak

花 – hua – gul

怒 – nu – jahl

放 – fang – haydamoq ma’nolarida kelgan.

Ibora tarkibidagi komponentlar leksik jihatdan bog’langan.

Iboraning aynan tarjimasi quyidagicha: “Yurak guli jahlni haydaydi”. Lekin lug’atlardagi tarjimasi “Qalbdan hursand” deb berilgan. Gap tarkibida frazeologik birlik sifat vazifasida keladi.

8. 眉飞色舞 – mei fei se wu – Hursandchilikdan chehrasi yorishmoq

Mazkur FB ning chengyu guruhiga oid ekanligini aytib o’tmasak ham, tarkibidagi 4 morfemaning o’zi qaysi guruhga mansubligini anglatib turibdi. Tahlilimizning eng qiziq qismi bo’lgan morfemalarning leksik ma’nolarini ko’rib chiqamiz. Bu yerda

眉 – mei – qosh

飞 – fei – uchmoq

色 – se – ko’rinish

舞 – wu – raqsga tushmoq ma’nolarida keladi.

Ushbu iborani so’zma-so’z tarjima qiladigan bo’lsak, “Qosh uchirilgan holda raqsga tushmoq” ma’nosi kelib chiqyapti. Lekin bu ibora lug’atlarda “Hursandchilikdan chehrasi yorishmoq” ma’nosida berilgan.

Gap tarkibida frazeologizm ravish holi vazifasida keladi.

9. 胸口上挂钥匙 – 开心 - xiong kou shang gua yaoshi – kai xin. Do’ppisini osmonga otmoq

Ushbu frazeologik birikma (FB) ham xiehouyu guruhiga oid bo’lib, 6 ta morfema, 4 ta so’zdan iborat. Xiehouyu guruhining bir birligi jumla-bayonda ma’lum bir sintaktik o’rinni egallashi mumkin bo’lsa, ikkinchi tomondan o’zi mustaqil qo’shimcha leksik muhit ham talab qilmasdan aforizmga aylanishga qodir. “xiehouyu” larning asosiy ishlatilish doirasi kundalik – maishiy xarakterdagi so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. “xiehouyu” lar tuzishning asosiy manbasi – jonli, so‘zlashuv nutqdir. Bu yerda

胸 – xiong - qalb

口上 – kou shang – og’zida

挂 – gua - osilmoq

钥匙 – yao shi – kalit ma’nolarida kelyapti.

Aynan tarjimasi – qalb og’zida kalit osilgan – hursandchilik.

Gap tarkibida mazkur FB ham fe’l vazifasini bajarib keladi.



  1. 满心欢喜 - man xin huan xi – Sevinchi ichiga sig’maydi

Hursandchilik his-tuyg’usini ifodalovchi ushbu frazeologik birikma (FB) chengyu guruhiga oiddir. Ibora parallel bo’lmagan konstruksiyali ibora bo’lib, ibora tarkibidagi komponentlar ham leksik, ham grammatik jihatdan o’zaro bog’langan. Ibora to’rt morfemadan iborat. Iboraning uchinchi 欢 (huan) va to’rtinchi 喜 (xi) komponentlari leksik jihatdan birikkan. Ibora ma’nosiga uchinch 欢 (huan) va to’rtinchi 喜 (xi) komponentlari birikib hosil qilgan “shodlik, hursandchilik, sevinch” so’zi ta’sir ko’rsatgan. Iboraning har bir so’zini tahlil qiladigan bo’lsak, bu yerda

满 - man - butun, hamma

心 – xin – yurak, qalb

欢 – huan- hursandchilik, shodlik

喜 – xi – hursanchilik, shodlik ma’nolarida kelgan.

Ibora gap tarkibida sifat o’rnida keladi.



Iztirob chekishga oid FB

  1. 吃苦头 – chi ku tou – Azob chekmoq

Mazkur frazeologik birlik tarkibidagi morfemalarning sonidan ko’rinib turibdiki, ushbu FB guanyongyu guruhiga oiddir. FB tarkibida uchta morfema mavjud. Har bir morfemaning ma’nosiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularning ma’nolari quyidagicha:

吃 – chi – bardosh bermoq

苦 – ku - g’am, qayg’u, dard

头 – tou - bosh

Bu iztirobni ifodalovchi FB ma’nosiga birinchi 吃 (chi) va ikkinchi 苦 (ku) komponentlari ma’nolari ta’sir ko’rsatyapti. Gap tarkibida frazeologizm fe’l o’rnida keladi.


  1. 黯然神伤 – anran shen shang – Dili siyoh bo’lmoq

Ushbu frazeologik birikma (FB) to’rt morfemadan iborat bo’lib, bu ham chengyu guruhiga mansub. Ushbu ibora iztirob chekish his-tuyg’usini ifodalaydi. Ibora tarkibidagi ierogliflarning ma’nolari ibora ma’nosi bilan uyg’unlashgan, ya’ni morfemalar

黯然 – an ran- xafa bo’lgan, ranjigan

神 – shen - chehra, yuz

伤 – shang – jarohatlangan, yaralangan ma’nolarida keladi.

Ibora tarkibidagi komponentlar ham grammatik, ham leksik jihatdan bog’langan. Gap tarkibida frazeologizm fe’l o’rnida kelyapti.


  1. 通彻心扉 – tongche xin fei – Yuragi qon bo’lib ketdi

Mazkur frazeologik birikma (FB) ham chengyu guruhiga mansub. “Iztirob chekish” his-tuyg’usini ifodalaydi. Ibora to’rt morfema, ikki so’zdan iborat. Bu ierogliflarni ham ma’nolarini ko’rib chiqamiz. Bu yerda

通– tong- aloqa qilmoq, marta

彻 – che – ichiga kirmoq, ichiga o’tmoq, yetmoq, yetib bormoq, qadar

心扉 – xin fei – ga’m, qayg’u, dard ma’nolarida kelyapti.

Bu ierogliflar ichidan 心扉 (xin fei) ibora ma’nosiga dahldor. Shunga qaramay bu ierogliflar birgalikda his-tuyg’uni ifodalab, “Yuragi qon bo’lib ketdi” ma’nosida kelyapti. Gap tarkibida frazeologizm fe’l vazifasini bajaradi.



  1. 悲痛欲绝 – bei tong yu jue – G’am yemoq

Ushbu ibora to’rt morfemadan tuzilganligi bu iborani chengyu guruhiga oidligini ifodalaydi. Chengyu o’z vazifasiga ko’ra biror bir gap bo‘lagiga to‘g‘ri keladi. Odatda, “chengyu”lar adabiy, kitob tili hisoblanadi va bu nuqtai nazar mazkur masala tarafdorlarining fikricha, ularning qo‘llash sohasidagi odatiy nuqtai nazardir. Shunga qaramasdan, tadqiqotning empirik materiallari bilan bir qatorda passiv kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bu birliklarning ko‘pchiligi so‘zlashuv tilida faol ishlatiladi. “Chengyu”ning bo‘g‘in-morfemlarining har biri odatda, mustaqil so‘z hisoblanadi.

Mazkur iborani tashkil etgan morfemalarni mustaqil ma’nolari quyidagicha:

悲痛 – bei tong – qayg’uli, g’am-g’ussali

欲 – yu – hohlamoq, hohish

绝 – jue – tugatmoq, tamomlamoq; butunlay

Bu ierogliflarning ma’nolariga e’tibor berib qarash natijasida, yuqoridagi morfemalarning ma’nolarini bir-biriga umuman monandlik taraflari yo’qligiga amin bo’lamiz. Lekin bular orasidan 悲痛 (bei tong) ieroglifining ma’nosi ibora ma’nosi bilan uyg’unlashib ketgan. Bular ham birgalikda birgina “Gam yemoq” ma’nosini ifodalab kelyapti. Gap tarkibida FB fe’l vazifasini bajarib keladi.



  1. 肝脑涂地 – gan nao tu di – Jonini bermoq, jonini qurbon qilmoq

Mazkur FB 4 morfemadan iborat bo’lib, FB larning chengyu guruhiga xosdir. Chengyudagi so’zlarning joylashuvi turg’un holatda bo’lib, uni hohlagancha o’zgartirish mumkin emas. Chengyu tarkibiga boshqa so’z qo’shib yoki kamaytirib ham bo’lmaydi. Ularning leksik ma’nolari quyidagicha:

肝 – gan – jigar

脑 – nao – miya

涂 – tu – sidirib tashlamoq, artib tashlamoq, o’chirib tashlamoq

地 – di – yer

Ko’rib turganimizdek, ushbu to’rttala ieroglifning ma’nolari ibora ma’nosiga ta’sir ko’rsatyapti. Gap tarkibida frazeologizm fe’l o’rnida keladi.



  1. 声泪俱下 – sheng lei ju xia – Yosh to’kmoq

“Azob chekish” his-tuyg’usini ifodalovchi ushbu FB 4 morfemadan iborat bo’lib, FB larning chengyu guruhiga oid. Chengyu kelib chiqish manbai aniqlangan, grammatik va leksik venyan mtuzilgan guruhdir. Ibora tarkibidagi morfemalarning leksik ma’nolari quyidagicha:

声 – sheng – ovoz

泪 – lei – ko’z yosh

俱 – ju – hamma

下 – xia – quyi

Bu yerda泪 (lei) “ko’z yosh” ieroglifi ibora ma’nosiga ta’sir ko’rsatyapti. Qolgan komponentlar esa birlashib, “Yosh to’kmoq” ma’nosidagi ibora hosil qilyapti. Gap tarkibida frazeologizm fe’l o’rnida keladi.



  1. 痛定思痛 – tong ding si tong – Azob chekmoq

“Azob chekish” his-tuyg’usini ifodalovchi ushbu FB 4 morfemadan iborat bo’lib, FB larning chengyu guruhiga mansubdir. Ibora tarkibidagi morfemalarning leksik ma’nolarini quyida ko’rib chiqamiz:

痛 – tong – og’rimoq

定 – ding – jimgina

思 – si – o’ylamoq

痛 – tong – og’rimoq

Komponentlar leksik jihatdan bog’langan deb aytsak ham bo’ladi. Bu morfemalar birgalikda “Azob chekmoq” ma’nosini ifodalab kelyapti. Gap tarkibida esa fe’l o’rnida keladi.



  1. 痛哭流涕 – tong ku liu ti – Achchiq yig’lamoq

Bu ibora ham FB ning chengyu guruhiga oid bo’lib, bu ham “Azob chekish” his-tuyg’usiga xosdir. Har bir chengyuda yo grammatik arxaizmlar yoki leksik arxaizmlar, yohud semantik arxaizmlar uchraydi va ba’zida ikki xil arxaizmlar bir vaqtni o’zida chengyu tarkibida kelishi mumkin. Zamonaviy xitoy adabiy tili sintaktik qoidalari nuqtai nazaridan chengyuning tarkibiy komponenti o’rtasidagi bog’liqlik asintaktik hisoblanadi va shu bilan birga, bu guruhning arxaikligi namoyon bo’ladi. Bu iboradagi morfemalarning har birini leksik ma’nolarini ko’rib chiqamiz:

痛 – tong – og’rimoq

哭 – ku – yig’lamoq

流 – liu - oqmoq

涕 – ti – ko’zyosh

Ushbu iboraning aynan so’zma-so’z tarjimasi – Og’riqdan yig’lab ko’z yoshi oqdi. Gap tarkibida mazkur FB fe’l vazifasini bajarib keladi.



  1. 悲从中来 – bei cong zhong lai – G’am yemoq

Mazkur FB 4 morfemadan iborat bo’lib, FB larning chengyu guruhiga oiddir. Chengyuning bo’g’in-morfemalarining har biri odatda mustaqil so’z hisoblanad. “G’am yemoq” ma’nosini ifodalab kelayotgan ibora komponentlarining mustaqil ma’nolari quyidagicha:

悲 – bei – g’am, qayg’u

从 – cong - …dan

中 – zhong – markaz, o’rta

来 – lai – kelmoq

Bu iboraning aynan so’zma-so’z tarjimasi quyidagicha: “Qayg’u o’rtadan keldi”. Lekin ushbu ibora lug’atda “G’am yemoq” ma’nosida berilgan.

Gap tarkibida frazeologizm fe’l vazifasini bajarib keladi.


  1. 痛苦不堪 – tong ku bu kan – Azobga dosh bera olmaslik

Ushbu frazeologik birikma (FB) ham chengyu guruhiga oid bo’lib, 4 ta morfema, 3 ta so’zdan iborat. Yuqorida aytib o’tilganidek, chengyuning bo’g’in-morfemalarining har biri odatda mustaqil hisoblanadi. Bu iborada birinchi 痛 (tong) va ikkinchi 苦 (ku) komponentlar aslida mustaqil so’z hisoblanadi, lekin ibora tarkibida birlashib “Azob” ma’nosini ifodalab keladi. Ibora tarkibidagi komponentlarning ma’nolari quyidagicha:

痛苦 – tong ku – azob, qayg’u

不 – bu – inkor yuklamasi

堪 – kan – sabr qilmoq, bardosh bermoq

Ibora tarkibidagi komponentlar ham leksik, ham grammatik jihatdan o’zaro bog’langan.

Gap tarkibida frazeologizm fe’l o’rnida keladi.

Ikkinchi bobning birinchi bo’limiga xulosa qilib aytganda, xitoy tilida iboralar tuzuvchi holat roli haqidagi o‘z kuzatuvlarimizni umumiylashtirib keltirgan misollardan ko‘rinib turibdiki, holatlarning asosiy turlari soni idiomalar tuzish jarayonida juda cheklangan. Xitoy tilidagi idiomatik FBlar (arxaizmlar emas) sharoit, sabab, maqsad va boshqalarni deyarli harakatga keltirilmaydi. Agar xitoy jumla (gap)larining ikkinchi darajali bo‘laklarini yalpi hajm nuqtai nazaridan xitoy tili idiomatik tuzilmalariga qiyoslasak, holning idioma tuzuvchilik imkoniyati gapning ikkinchi darajali bo‘laklari, xususan, to‘ldiruvchi va aniqlovchiga nisbatan juda kamdir.

Xitoy tili frezologiyasiga tarkibiy-semantik tahlilni qo‘llashni ko‘rsatib berish va asoslash xitoyshunoslikda yetarli darajada jiddiy muammo hisoblanadi. Xitoy FBlarini takibiy-semantik tavsiflashni qo‘llash uchun yondashuvlar, yuqorida ko‘rib o‘tganimiz kabi mazkur masalaga uzil-kesil aniqlikni kirita olmaydi, aksincha, biron bir mantiqiy qarama-qarshiliklardan holi bo‘lish uchun ular bizni yana shu masalaga qaytishga majburlaydi. Tadqiq etilayotgan tilning butun frazeologik ko‘lami hajmini tavsiflash bo‘yicha u yoki bu asoslarga ko‘ra guruhlarga taqsimlashga urinishda, biz albatta, FBlarda doimo mavjud bo‘lgan, barcha mezonlarda harakat qilishga qodir bo‘lgan, tavsiflash asoslari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar juda ko‘p ko‘chma hodisalarga duch kelamiz. Tavsiflash yuzasidan yuqorida keltirilgan bizning maqsadlar qat’iy ravishda har bir FBlarni u yoki bu ma’lum bir tavsiflash guruhiga kiritishdan iborat emas, balki tadqiq etilayotgan til birliklari xususiyatlarini imkon qadar ob’ektiv va keng ko‘lamda namoyon etishdan iborat. Taklif qilinayotgan tavsiflashning asosiy mezonlari sifatida xitoy FB-idiomalarning doimiy tarkibiy modelini ajratish uchun sintaktik tahlilning quyidagi mezonlari qabul qilindi: a) idiomalarning tarkibiy komponentining chasterik mansubligi bilan ularning o‘zaro ichki sintaktik munosabati parallel hisobga olinadi; mazkur mezon ko‘rilayotgan barcha idiomalar tahlili uchun qo‘llaniladi; b) sub’ektiv-ob’ektiv munosabatni o‘z tarkibida fe’l komponenti mavjud bo‘lgan idiomaga munosabati hisobga olinadi.

Ikkinchi bo’limga xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki, ikkinchi bobning birinchi bo’limida jami 29 ta frazeologik birlik tahlilga tortilgan. Bular ichida “Jahl chiqish” leksik-semantik guruhi 9 ta FB ni, “Hursand bo’lish” va “Azob chekish” leksik-semantik guruhlari esa har biri 10 tadan FB ni o’z ichiga oladi. Tahlil davomida keltirilgan iboralarning har bir komponentining leksik ma’nolari, ularning gapdagi vazifasi ko’rib chiqib tahlil qilindi. Ba’zi bir iboralarni tahlil qilish vaqtida ular tarkibidagi komponentlarining leksik ma’nolari ibora ma’nosiga umuman to’g’ri kelmaslik holatlarini ham uchratdik. Shunga qaramay, har bir frazeologik birlikni tahlil qilish juda qiziqarli kechdi.


Download 451,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish