Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bitiruv malakaviy ishi


Frazeologizmlarning boshqa til birliklaridan farqi



Download 451,5 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2017
Hajmi451,5 Kb.
#11097
1   2   3   4

1.2. Frazeologizmlarning boshqa til birliklaridan farqi

Xitoy tilshunoslari xitoy tili frazeologik fondini o‘rganishga kirishganlaridan so‘ng, Vetrovning oldimizda albatta, jami FB ko‘lamini tartiblash haqidagi masala ko‘ndalang keldi va albatta, buning uchun FB ni alohida til birligi sifatida oldindan aniqlab olish talab etiladi. 60-yillardan boshlab o‘zlashtirilgan “shuyu” atamasi turli mazmundagi xitoy ishlarida ko‘zga tashlana boshladi va hatto, uni turli tadqiqotchilar bir ma’noda – tilning frazeologik birlik tarkibi, mazkur atamaning tushuncha o‘lchovi sifatida qo‘llay boshlaganliklarini kuzatish mumkin. Shuning uchun ham, bir qancha vaqt o‘tgandan so‘ng xitoy olimlari o‘rtasida ishlatilayotgan atama ma’nosi xususida, xususan, frazeologiya sarhadlarini belgilash va FB guruhlarini ajratish mezonlari masalalari yuzasidan kelishmovchiliklar yuzaga kelgani ajablanarli emas. Shu kunga qadar til haqidagi xitoy ilm-fanida xitoy tili frazeologik fondi hajmini anglab yetish va FB guruhlaridagi taksonomik bo‘limlarning asoslarini tushunish bir xil vaziyatda emasligi namoyon bo‘lmoqda. Quyida biz qabul qilingan mavjud umumiy taksonomik sxemani taqdim etamiz1.




广义熟语 guangyi shuyu 成语 cheng yu

(Shuyu/frazeologiya/) 惯用语 guan yong yu

keng ma’nodagi 歇后语 xie hou yu

谚语 yan yu (maqollar)

格言 ge yan (aforizmlar)

Bu sxemadan tashqari tilning frazeologik tarkibini tushunib yetishning ancha tor ma’nosini ko‘rsatadigan boshqa sxemani keltirish mumkin. Bu fikrlar Xu Guo-qinning monografiyasida yoritilgan bo‘lib, u bunda xitoy tilshunosligida mavjud bo‘lgan xitoy tili frazeologik fondi sarhadlari imkoniyatlarining munosabat asoslari haqida so‘z yuritadi2.

狭义熟语 xiayi shuyu 成语 cheng yu

(Shuyu/frazeologiya/) 惯用语 guan yong yu

歇后语 xie hou yu

Ko‘rsatilgan birinchi taksonomik sxema frazeologik fond tarkibining keng ma’nodagi tushunchasini bildirib, xitoy tilshunoslarning aksariyati, keyin sinologlar o‘rtasida keng qabul qilingan tushuncha hisoblanadi. Shuning uchun ham, Vetrov P.P tilning boshqa birliklari orasidan FB ni ajratish va ularning u yoki bu frazeologik guruhlarga kiritishda mazkur tavsiflash paradigmalari doirasida tahlil qilishga urinib ko‘ramiz. Bundan keyin biz mazkur tavsiflashni “an’anaviy” yondashuv deb ataymiz. Xitoy tili frazeologik fondi tarkibini va hajmini bunday anglash yirik “Cihai” xitoy tili izohli lug‘atida hamda XXR da qayta-qayta nashr etiladigan qator mashhur tilshunoslik darsliklarida o‘z aksini topgan3. Xitoy mualliflari odatda frazeologik birliklarni guruhlar bo‘yicha chegaralash uchun yuqorida aytilgan “an’anaviy” yondashuv doirasida qanday mezonlarni taklif qiladilar? Vetrov tadqiqotining markaziy ob’ekti FB-idiomalar bo‘lganligi uchun, mazkur ma’lumot doirasida biz eng avvalo, FB guruhlarining (“an’anaviy” xitoy taksonomik paradigmasiga muvofiq) idiomatik xarakterdagi birliklariga e’tiborimizni qaratamiz, ya’ni Vetrov asosan, xitoy tilshunoslari boshqa FB turlari bilan bir qatorda FB-idiomalarni ham kiritadigan guruhni tahlil qilishga harakat qilamiz. Aniq qilib aytadigan bo‘lsak, biz FB mazkur guruhini bir-biridan nazariy jihatdan ajratishga imkon beradigan mezonlarni ta’riflaymiz.

Ma’lumotni “chengyu” deb ataluvchi, o’zbek tiliga “tayyor iboralar” tarzida tarjima qilinadigan frazeologik guruhdan boshlashga qaror qildik. Yuqorida aytib o‘tilganidek, hozirgi vaqtda bu atamani ikki xil tushunish mavjud: keng va tor ma’noda. Keng ma’noda ba’zi o‘tgan asr tilshunoslarining ishlarida umuman frazeologik fondni belgilash uchun ishlatiladi, biroq uning bunday ishlatilishi sekin-asta yangilab borilmoqda. Tor ma’noda mazkur atama FB larning alohida guruhlarini belgilash uchun xizmat qiladi. Mana shuni biz quyida ko‘rib chiqamiz.

Shunday qilib, kelib chiqish manbai aniqlangan, grammatik va leksik venyan mezonida tuzilgan, har qanday xarakterga ega bo‘lgan nutq ko‘rilayotgan tavsifga yondashuvchi tarafdorlar tomonidan “chengyu” guruhi birligi sifatida tavsiflanadi. “Chengyu”larning asosiy belgisi ularning to‘rt so‘zdan tashkil topishi hisoblanadi va ba’zida bu mezondan bir oz chetga chiqishi mumkin. Endi, FB hisoblangan bu guruhning differensial belgilarini ko‘rib chiqamiz:

1. Leksik-grammatik differensial belgilar

Mazkur guruh birliklariga tarafdorlar (masalan, Lu Shu-xian, Zhu De-xi, Ma Guo-fan, Dou Zu-mo, Wan Xin, Wen Duan-zheng va boshqalar) ikki xil guruh iboralarini kiritishadi. Birinchi navbatda, turli arxaizmlarni o‘zida jam etgan, to‘rt o‘rinli so‘zdan iborat va qat’iy to‘rt bo‘g‘in-morfemdan tashkil topgan, bir-biri bilan “2+2” sxemasi bo‘yicha uyg‘unlashadigan, ya’ni frazeologik birlikning har bir qismi (o‘ng va chap) bir-biriga muvofiq bo‘lgan ikki bo‘g‘in-morfemlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘z o‘rnida ularning sintaktik bog‘lanishi ham o‘xshashdir. Bular parallel tuzilishdagi “chengyu”dir. Parallel tuzilishdagi “chengyu” larda parallellikning turli xillarini (son, leksik-semantik, grammatik, fonetik) ko‘rsatish mumkin.

Parallel tuzilishdagi “chengyu”lar bilan bir qatorda bunday yondashuv tarafdorlari parallel tuzilishiga ega bo‘lmagan “chengyu” guruhlarining ham ajratib ko‘rsatadilar. Ular asosan to‘rt bo‘g‘indan iborat, biroq bu guruhga besh va undan ortiq bo‘g‘in-morfemlardan tashkil topgan birliklarni ham kiritadilar. Bunday turdagi “chengyu”lar o‘z tarkibida nafaqat ahamiyatga molik venyan1 so‘zlarni, balki ko‘makchi so‘zlarni, ya’ni bog‘lovchilar, ko‘makchi va inkor yuklamalarini ham ishtirok ettiradi. Shunday qilib, har bir “chengyu”da yo grammatik arxaizmlar (venyanning ko‘makchi so‘zlari), yoki leksik arxaizmlar, yoxud semantik arxaizmlar uchraydi va ba’zida ikki xil arxaizmlar bir vaqtni o‘zida “chengyu” tarkibida kelishi mumkin. Zamonaviy xitoy adabiy tili sintaktik qoidalari nuqtai nazaridan “chengyu”ning tarkibiy komponentlari o‘rtasidagi bog‘liqlik asintaktik hisoblanadi va shu bilan birga, bu guruhning arxaikligi namoyon bo‘ladi. “Chengyu”ning bo‘g‘in-morfemlarining har biri odatda, mustaqil so‘z hisoblanadi.

Aytishlaricha, odatda, “chengyu” o‘z vazifasiga ko‘ra, biror bir gap bo‘lagiga to‘g‘ri keladi, lekin bu mezon ko‘pincha to‘g‘ri kelmaydi, chunki “chengyu” yozuvda vergul bilan belgilanadi, nutqda bo‘g‘inlarni alohida urg‘usi hisobiga talaffuz orqali beriladi. Shunday qilib, “chengyu”larni har doim ham gap tarkibining butun bir bo‘lagi deb ayta olmaymiz.

Ta’kidlashlaricha, “chengyu” gapning boshqa komponentlari bilan aloqada emas, boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, “chengyu” sintaktik yashirin ifoda, biroq, Vetrovning tajribalarini (frazeologik birliklarning vazifasiga tegishli) ko‘rsatishicha, har doim ham shunday emas. Undan tashqari, “chengyu”ning tarkibiy komponentlari muntazam ravishda bir-birlari bilan joy almasha olmaydi, biroq, bunda ham bir oz cheklanishlar mavjud.



2. Uslubiy differensial belgilar

Odatda, “chengyu”lar adabiy, kitob tili hisoblanadi va bu nuqtai nazar mazkur masala tarafdorlarining fikricha, ularning qo‘llash sohasidagi odatiy nuqtai nazardir. Shunga qaramasdan, tadqiqotning empirik materiallari bilan bir qatorda passiv kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bu birliklarning ko‘pchiligi so‘zlashuv tilida faol ishlatiladi.



3. Etimologik differensial belgilar

Odatda, “chengyu”lar kelib chiqishiga ko‘ra ma’lum bir manbaga (ko’pincha adabiy) asoslangan bo‘ladi, boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ko‘rib chiqilayotgan tasniflash konsepsiyasiga ko‘ra, “chengyu” guruhiga kiritilgan frazeologik birliklarning aksariyati allyuziya (stilistik figuralardan biri: tarixiy voqea yoki mashhur asarlarga ishora qilish)lar bo‘lib, qadimgi va o‘rta asrda turli janrlarda xitoy tilida yaratilgan mashhur asarlarning matn syujetlariga asoslangan. Shunday qilib, bu guruhga idiomalar, frazeologik bog‘liq iboralar (无价之宝wu jia zhi bao “qimmatbaho xazina”), turg‘un o‘xshatishlar (安如泰山 an ru Taishan “Tayshan tog‘idek; 易如反掌 yiru fan zhang “yengildan ham yengil”, “osondan oson”, ya’ni kaftni tepaga qaratgandek oson), qadimgi maqollar, keyinchalik maqollarga aylanib ketgan qadimgi aforizmlar (诲人不倦hui ren bu juan “charchoq bilmasdan boshqalarni o‘rgatish”. Konfutsiyni “Lunyu” idan keltirilgan) kiradi. “Boshqacha qilib aytganda, “chengyu” atamasiga turli xil til materiallari kirib, tayyor shaklda tilda turli belgilar bilan mavjud, ba’zida bu mavjud iboralar mumtoz kitoblarda ularni “chengyu”lar qatoriga kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi...”1.

60-yillarning boshlarida frazeologiya bo‘yicha ba’zi xitoy ishlarida birinchi marta FB larning “guanyongyu” guruhi deb ataluvchi yangi guruhi ajratila boshlandi. Birmuncha kech, ya’ni 80-yillarda aksariyat xitoy tadqiqotchilari uni u yoki bu jihatdan “chengyu” guruhiga qarshi qo‘ya boshladilar (uslubiy, grammatik va boshqa aspektlarda). Xuddi shu davrda “guanyongyu” guruhini turli xarakterlarga ko‘ra belgilashni taklif qiluvchi asosiy nashrlar paydo bo‘la boshladi. Xitoy tadqiqotchilari oldida eng dastlabki va asosiy ishlar, ya’ni qo‘shimcha frazeologik guruhlarni aniqlab olish haqidagi masala turar edi va ular quyidagilar: “Guanyongyu” nomli hammualliflikdagi monografiya (Ma Guo-fan va Gao Ge-dong, 1982y.), “Guanyongyu: tadqiqotlar davomi” nomli monografiya (Gao Ge-dong, 1986y.), “O guanyongyu” nomli maqola (Wang Qin (王堇), 1982y.), “Guanyongyu muhokamasi” nomli maqola ( Yang Zhi-wen, 1989y.), “Xitoy tili frazeologiyasi” nomli monografiya (Sun Wei-zhang, 1989y.) va boshqa nashrlar.

Biroq, shuni eslatib o‘tamizki, “guanyongyu” atamasi ma’nosini tushunish turli mualliflar ishida turlicha fikrlar bilan berilgan va shu sababli turli talqinlar mavjud. Bu atamani tushunishni mavjud variantlarining hech biri “an’anaviy” tavsiflash konsepsiyasi doirasida chegaralab olingan “guanyongyu” guruhini boshqa mavjud FB guruhlaridan, xususan, “chengyu” guruhidan ajralishida yuzaga kelgan qator qarama-qarshiliklarni uzil-kesil hal etishga qodir emas. Bu masala yuzasidan mavjud nuqtai nazarlarni ko‘rib chiqamiz1.

Birinchi bor “guanyongyu” atamasi FB ning alohida guruhini belgilovchi atama sifatida Ma Guo-fan (马国凡) ning 1961 yilda nashr etilgan “Yanyu, xiehouyu, guanyongyu” asarida paydo bo‘ldi. Unda “guanyongyu”larning aniqlash quyidagicha berilgan: “Guanyongyu”lar turg‘un so‘z birikmalari turlarini bildiradi. O‘z tarkibiga ko‘ra bu so‘z birikmalari ma’nosi bir butunlikni tashkil etadi. Masalan, agar biz avval birov tomonidan bajarilgan biron bir ishni qayta bajarishga kirishsak, bu “sovuq guruchni isitish” deb ataladi, agar biz birovga tilyog‘lamachilik (xushomad) qilsak, bu “baland shapka kiydirish” deb ataladi. “Sovuq guruchni isitish” va “baland shapka kiydirish” – bu “guanyongyu”dir2. Ma Guo-fan o‘z fikrini davom ettirib, yuqorida aytilgan FBlarning umumiy ma’nosi alohida olingan tarkibiy komponentlarning jami ma’nosini bermaydi, deb yozadi. U yana “guanyongyu” atamasi dastlabki, ishchi xarakterga ega ekanligi va atamaning aynan tanlanganligi ikkinchi darajali masala hisoblanishini ta’kidlaydi. Chunki Ma Guo-fanning fikricha, bu muammoning mohiyati asosan zamonaviy xitoy tili mezonlariga muvofiq tuzilgan, avvallari so‘z yuritilmagan turg‘un idiomatik so‘z birikmalarini ta’riflab berishdan iborat.

Dastlab Ma Guo-fan va boshqa ba’zi olimlar “guanyongyu” guruhiga faqat qat’iy ravishda uch bo‘g‘in-morfemlardan tashkil topgan oddiy nutq uslubidagi idiomatik birliklarni (V.V.Vinogradov bo‘yicha ko‘pincha frazeologik birliklarni tashkil etgan) kiritish taklif qilingan. Bunday uch bo‘g‘inli birliklarda “o‘timli fe’l + ot so‘z birikmalari bo‘yicha tuzilgan modellar son jihatidan ustunlik qilgan. Chunonchi, o‘z tarkibiga fe’l va otli “guanyongyu”lar o‘rtasidan joy olgan o‘zgaruvchan komponentlarni ham ba’zida olgan. Bu birliklarni “chengyu” guruhidan chegaralashda aynan o‘z tarkibiga o‘zgaruvchan elementlarni oluvchi “guanyongyu” guruhidagi aksariyat fe’l birliklari xususiyatlariga asosiy urg‘u berilgan. Zero, “chengyu” guruhiga kiruvchi birliklar bunday o‘zgaruvchan xususiyatlardan holidir. Biroq, keyinchalik xitoy olimlarining bu mavzu haqidagi keyingi ishlarida “guanyongyu” guruhiga kiruvchi birliklarning bo‘g‘in-morfemlar soni hamda uning tur va xillari modeli masalalari haqida ba’zi aniqlanishlar va o‘zgarishlar kiritildi. Masalan, Lu Zi-pin, Dai Zhao-min va Zhan Jia-hualar “Zhong guo yuwen” (1987,№ 6) jurnalida chop etilgan “Guanyongyu sarhadini belgilash muammosi va ularning ma’nosini bayon etish” nomli hammualliflikda chiqarilgan maqolalarida “guanyongyu” guruhi birliklariga uch o‘rinli semantik yo‘l bilan tuzilgan so‘z birikmalari bilan birga, ikki, to‘rt, besh bo‘g‘in-morfemli turli modellardan yasalganlarni ham kiritganlar (ikki bo‘g‘inli birliklarga quyida misollar keltiriladi). Bu munosabat bilan shu narsa oydin bo‘ldiki, “chengyu” guruhini “guanyongyu” guruhidan chegaralash yana mumkin bo‘lmay qoldi, chunki “guanyongyu” guruhiga nafaqat “o‘timli fe’l + ot” modeli bo‘yicha tuzilgan birliklarni, balki boshqa modellarni ham qo‘sha boshladilar.

Bu yo‘nalishdagi dastlabki Ma Guo-fan holatiga qaytadigan bo‘lsak, u “guanyongyu” larga asosan uch bo‘g‘in-morfemdan tuzilgan so‘z birikmalarini kiritgan, to‘rt bo‘g‘inli, besh bo‘g‘inlilar bunda ancha kam miqdorda ajratilganligini ta’kidlagan. Ma Guo-fanni aytishicha, “guanyongyu” deb ataluvchi guruhni diaxronik jihatdan tahlil qilish mumkin, chunki bu birliklarning ko‘pchiligi ancha qadimgi, yuz yilliklar doirasidan ortiq etimologiyaga ega bo‘lib, ular qadimgi aforizm va rivoyatlardan kelib chiqqan (endi ular bu jihatdan “chengyu” guruhiga yaqindir). Ma Guo-fanning ta’kidlashicha, “guanyongyu” guruhiga kiruvchi birliklarni uslubiy jihatdan so‘zlashuv-oddiy nutq, kitobiy (badiiy) uslubga kiritish mumkin, biroq ko‘proq jihatdan ularning umumiy yorqin ifodasi so‘zlashuv nutqiga to‘g‘ri keladi.

Taklif qilingan “guanyongyu” guruhini “chengyu” guruhidan hamda o‘z tarkibida ma’lum bir miqdorda idiomalar bo‘lgan jumlalarni chegaralash maqsadida Ma Guo-fan va Gao Ge-donglar quyidagi mezonlarni taklif etishdi, ularning o‘zlari aytganidek, bularning boshqa holatlarga amorfligi va qarama-qarshiligi oydin ekanligini tan olmasdan bo‘lmaydi:

1. “Guanyongyu” va chengyular turg‘un so‘z birikmalarini o‘zida namoyon etadi, biroq ularning bu turg‘unlik darajasi turlichadir: chengyularning turg‘unlik darajasi nafaqat ma’no jihatidan eng yuqori, balki tarkibiy jihatidan ham qat’iy hisoblanadi; “guanyongyu” larning turg‘unlik darajasi (ularning tarkibi) unchalik yuqori emas”;

2. “Chengyular bo‘g‘inlar soni jihatidan asosan to‘rt bo‘g‘indan iborat, guanyongyular esa asosan uch bo‘g‘indan. Ba’zi chengyu va guanyongyular borki, o‘z tarkibida to‘rt bo‘g‘in mavjud, lekin ularning ichki tuzilishi (chengyu va guanyongyu guruhlari birliklari) turlicha”;

3. “Chengyular uchun asosiy tarkibiy komponent bo‘g‘in hisoblanadi, guanyongyular uchun esa bo‘g‘in va birga olingan ikki bo‘g‘in (bunda alohida bo‘g‘in ham, ikki bo‘g‘in ham bir so‘zga to‘g‘ri keladi, ya’ni bu punktga muvofiq “guanyongyu”lar bir butunlikda ikki so‘zdan tashkil topgan bo‘lishi mumkin); chengyuning tarkibiy tuzilishi guanyongyuning tarkibiy tuzilishiga nisbatan qiyinroq”;

4. Chengyu qadimgi etimologiya bilan ta’riflanadi, uning kelib chiqish manbai turlicha; guanyongyular ancha keyin vujudga kelgan bo‘lib, ularning aksariyati qiyoslash natijasida kelib chiqqan1.

Zero, mezonlarning mukammal emasligini Ma Guo-fanning o‘zi ham qisman tan olib, ko‘pgina vaziyatlarda “chengyu” guruhi birliklarini “guanyongyu” guruhi birliklaridan chegaralashda taklif qilingan mezonlarning hech biri to‘g‘ri kelmasligini aytadi. Shunday qilib, tahlil qilinayotgan birliklarning FB ning u yoki bu guruhiga o‘xshatish mumkin emasligi vaziyati yuzaga kelmoqda. To‘g‘ri, mazkur tavsif muallifining o‘zi ko‘rilayotgan FB larni ma’lum bir guruhga kiritish mumkin emasligini, balki aksincha, bir vaqtning o‘zida ikki frazeologik guruhlarga kiritish imkoniyati borligi haqida yozgan. Buning natijasida uning ishida yangi - 兼类jianlei o‘zgaruvchan guruh atamasi vujudga keldi.

Undan tashqari, Xu Guo-qing o‘z monografiyasida aytishicha, ko‘pgina mualliflar tomonidan FB tavsiflash sxemasidagi “guanyongyu” larni ajratishlarga qaramasdan, bu guruhning hajmi va chegarasi haqidagi masala hanuzgacha oxirgacha hal etilmagan2. Xitoy tilshunosligining odatiy yondashuv doirasiga muvofiq, frazeologik fond (bu atamaning tor ma’nodagi tushunchasi) o‘ziga eng ko‘pi bilan to‘rtta – “chengyu”, “yanyu”, “xiehouyu” va “guanyongyu” guruhlarini o‘z ichiga oladi. Zero, “yanyu” (maqollar) guruhiga nisbatan xitoy frazeologlari o‘rtasida fikrlar birligi yo‘q, ba’zi olimlar xitoy tili frazeologik tarkibini tor ma’noda anglab, ularga maqollarni qo‘shmaydilar va buni ular maqollarni mulohazalarni ifoda etadi hamda o‘z tarkibiga ko‘ra jumla hisoblanadi, degan fikrlarni berishadi3. Shu munosabat tufayli ba’zi tadqiqotchilarning asarlarida masalan, Fu Huai-qing (符淮清) yuqorida aytib o‘tilgan frazelogik guruhlardan tashqari yoki ulardan birining o‘rniga yana bir qo‘shimcha FB guruhi – “suyu” (俗语suyu aynan umumiy qabul qilingan iboralar/nutq deb tarjima qilinadi) ni ajratish nuqtai nazari belgilandi va bundan bu ajratish qanchalik asoslanadi, degan savol tug‘iladi. Xu Guo-qingni aytishicha, “suyu” atamasini frazeologik guruh sifatida tan olish “guanyongyu”lar chegaralarini FBning alohida guruhi sifatida muhokama qilishni taqazo etadi. Ya’ni unda ko‘p komponentli idiomatik FB (o‘z tarkibida beshdan sakkizgacha bo‘lgan bo‘g‘in-morfemdan tashkil topgan)larni “suyu” guruhi birliklari sifatida ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi va faqat uch-to‘rt bo‘g‘in-morfemlardan tashkil topgan, zamonaviy tilning leksik-grammatik mezonlariga muvofiq tuzilgan FB lar “guanyongyu” guruhi birliklari sifatida ko‘rilishi kerak1. Xitoy frazeologlari o‘rtasida yagona fikrga kelinmagan ko‘p komponentli FBdan misollar keltiramiz.

换汤不换药 huan tang bu huan yao – “mohiyatni emas, faqat shaklni o‘zgartirish” (aynan tarjimasi – dorivorni emas, suv/qaynatmani o‘zgartirish) o’zbek tilida: eski qo‘shiq yangi ohangda; eski idish yangi sous bilan;

赶鸭子上架 gan yazi shang jia – “odamdan imkoni bo‘lmagan narsani talab qilish; odamni irodasiga qarshi biron bir narsaga ko‘ndirish” (aynan tarjimasi – o‘rdakni langarcho‘pga (qo‘noqqa) o‘tirishga haydash);

求爷爷告奶奶qiu yeye gao nainai – “o‘zini yerga urib biron bir kimsadan yordam so‘rash” (aynan – buvani buvi oldiga kelishini iltimos qilish);

人不知,鬼不觉 ren bu zhi, gui bu jue – biron bir narsani yashirincha, birovlardan berkitib qilish haqida (aynan – odamlar/inson bilmaydi, shayton sezmaydi), o’zbek tilida: imi-jimida;

偷鸡不着蚀把米tou ji bu zhao shi ba mi foydani o‘ylab, natijada chiqimga uchrash haqida (aynan – tovuqni o‘g‘irlay olmaysan, yana bir xovuch guruchdan ham ajralasan), o’zbek tilida : jun bilan ketib, kal bo‘lib qaytish.

FB larning turli guruhlarining differensial mezonlari amorfligining umumiy mukammal emasligi hozirda ham mavjud bo‘lib, chet ellarda va hatto, birinchi navbatda Xitoyda chiqadigan xitoy tili bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalarida bu narsa bor. Zero, “chengyu” va “guanyongyu” guruhlarini chegaralashdagi noaniqlik FB ning boshqa guruhlariga ham tarqalgan. Bu muammoni xitoy olimlari ham anglab yetishgan. Masalan, Dai Mu-jin (戴木金)1986 yildayoq o‘zining “Guanyongyu lug‘atiga” nomli maqolasiga ilovasida buni tan oladi: “Mazkur til birligi guanyongyularga, (ulama)so‘z tarkibiga, chengyuga, maqollarga va h.k.larga kiradimi, yo‘qmi, hozirgi davrda tilshunoslikda bu muammo yuzasidan yagona aniq differensial mezonlar mavjud emas1. U aniqlanishida bir muncha qiyinchiliklar tug‘diruvchi birliklardan misollar keltiradi. Masalan, bu iboralar “an’anaviy” tavsif paradigmasi nuqtai nazaridan “guanyongyu” guruhi birliklari hisoblanadimi, yoki (ulama) so‘z tarkibi hisoblanadimi, bularni aniqlash mumkin emas:

装蒜zhuang suan – “o‘zini go‘llikka solish, omi qilib ko‘rsatish”, o’zbek tilida: jinnilikka solish ( aynan tarjimasi – o‘zini sarimsoq piyoz qilib ko‘rsatish);

吃醋chi cu – “rashk qilish” (aynan – sirka ichish);

哈巴狗habagou - “laganbardor, yugurdak” (aynan – malay);

出气筒chuqitong - “qahr-g‘azabdan chiqish uchun yurak bo‘shatadigan chora, nafas” (aynan - nafas uchun mo‘ri, eksplikatsiya (bayoni): (1) nafas chiqarish; buzib tashlamoq, tekislab tashlamoq, ko‘chma ma’noda, jahldan chiqish, (2) mo‘ri, tuynuk.

Yana shuni aniq aytish mumkin emaski, quyida keltirilgan FBlar “guanyongyu” yoki “chengyu” guruhlariga kiradimi, yo‘qmi, chunki bir tomondan, ularga bo‘g‘in-son mezonini qo‘llash mumkin bo‘lib, barcha to‘rt bo‘g‘inli FB larni “chengyu” guruhiga kiritish maqsadga muvofiqdir. Agar bu guruhga boshqa differensial belgilarni qo‘llasak, har bir bo‘g‘in-morfem “chengyu”ning tarkibiy komponenti sifatida alohida so‘zni namoyon etishi kerak. Unda biz ko‘rilayotgan to‘rt bo‘g‘inli FB lar tarkibida har bir alohida olingan bo‘g‘in-morfemlar mustaqil so‘zga to‘g‘ri kelmayotganligini ko‘ramiz. Undan tashqari, hozirga qadar qo‘llaniladigan uch bo‘g‘inli FB lar juda qadimgi etimologiyaga ega. Bunga ularning tarkibidagi leksik arxaizmlar guvohlik beradi, bu esa nazariy jihatdan “chengyu” guruhining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. Lekin shunga qaramay, ularni bir vaqtni o‘zida bu guruhga kiritib ham bo‘lmaydi, chunki ular “chengyu” uchun norma hisoblangan to‘rt bo‘g‘inli emas (ya’ni “an’anaviy” tavsiflash bo‘yicha yondashuvga muvofiq), shuning uchun ham to‘g‘ri kelmaydi. Olti bo‘g‘inli FBlarga ham bu taalluqlidir. Masalan:

破天荒 po tianhuang – uzoq kutilgan biron bir narsani birinchi marotaba amalga oshishi haqida “misli ko‘rilmagan, tengi yo‘q, quloq eshitmagan; birinchi marta; misli ko‘rilmagan ishni amalga oshirish” (aynan – cho‘lni obod qilish)1.

露(出)马脚 lou(chu) ma jiao - “yashirin maqsadni oshkor qilmoq” (aynan – ot taqasini ochib bermoq)2, o’zbek tilida – o‘z boshini fosh qilish;

杀风景sha fengjing - “beandishalik qilish; odam maza qilib o‘tirganida uning kayfiyatini buzish” (aynan – manzarani (ko‘rinishni) buzish, bu Li Shang-yinning “Za-zuan (李商隐- “杂纂“), eramizning 9-asri, Tan sulolasi davridagi) asaridan kelib chiqqan.

中山狼zhongshan lang - minnatdor bo‘lmagan inson haqida (aynan – zhongshan bo‘risi) qadimgi rivoyatga ko‘ra, qutqarilgan bo‘ri o‘zini qutqargan odamga tashlanishi);

棉花耳朵mianhua erduo juda ishonuvchan, ko‘nuvchan yoki betayin odam haqida (aynan – paxta quloq);

光杆司令guang gan(r) siling o‘z qo‘l ostidagilarning qo‘llab-quvvatlashidan mahrum bo‘lgan biron bir boshliq haqida (aynan–qo‘lida faqat aso qolgan qo‘mondon (general), o’zbek tilida: armiyasiz general.

半路-出家 banlu chujia – “faoliyatini o‘zgarishi natijasida diletant bo‘lib qolish” (odatda balog‘atga yetgan kishi o‘zi uchun noma’lum bo‘lgan ish bilan shug‘ullanishni xohlab qoladi), (aynan – hayot yo‘lining yarmida uyini tark etish (manaxlikka ketish));

钻牛-角尖zuan niu-jiaojian – “boshi berk ko‘chaga kirib qolish” (aynan – buyvul shohining burchagiga kirib olish, haqiqatda esa Yang Zhi-wen (杨知文)ning ta’kidlashicha, bu ibora adabiy tilga pekin shevasidan kirgan va FBlarning arxaiklariga hech qanday aloqasi yo‘q1, uni Ma Guo-fan va Wan Qin o‘zlarining ikki marotaba - 1988 va 1995 yillarda nashr etilgan “Xitoy tili “chengyu”larining tematik lug‘ati”ga kiritsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi);

鹦鹉学舌 yingwu xueshe - “to‘ti qushga o‘xshab qaytarish” (aynan – to‘ti qush tegajaklik qilmoqda (masxara qilmoqda), Shi Dao-yuanning “Jing de zhuan deng lu” (释道原 – “景的传灯录”, eramizning 10-11-asrlari, Sun davri) asaridan kelib chiqqan;

打入冷宫daru lenggong – “biron bir kimsaga sovuq munosabatda bo‘lish” (aynan – “sovuq saroyga” haydash2);

打退堂鼓da tuitanggu – “orqada qolish, qiyinchiliklar oldida chekinish” (aynan – tamburini urmoq (amaldorni ketishi munosabati bilan)3, o’zbek tilida: arava shotisini kelgan tomonga qarab burish, orqaga ketish, biror narsani tamom bo‘lganligini bildiruvchi signal chalmoq;

树倒猢狲散shu dao husun san – biron bir sabab bilan (qamoqqa olinish, vafot etish va h.k.) asosiy boshliq yo‘q bo‘lganida, avvallari bir jamoani tashkil etgan uning qo‘l ostidagilar, o‘z ishlarini tashlab har tomonga tarqab ketishi haqidagi vaziyat (aynan – daraxt quladi – maymunlar qochmoqda, Pang Yuan-yinning “Tan sou” (庞元英 – “谈薮“), (Sun davri) asaridan kelib chiqqan, rus tilida, ingliz tilidan o‘zlashtirilgan: cho‘kayotgan kemadan qochayotgan kalamush kabi;

三寸不烂之舌san cun bu lan zhi she – juda chiroyli gapiruvchi kishi haqida (aynan – uch sun uzunlikdagi yanglishmaydigan til, Si Ma-sianning “Shi-ji” (司马迁 - 史记), (eramizdan avvalgi 1 asr), tarixiy qonunlaridan kelib chiqqan;

风马牛不相及feng ma niu bu xiangji – bir-biriga hech qanday aloqador bo‘lmagan ikki narsa haqida, “biri biriga aloqador emas” (aynan – /1-etimologik taxmin/har tomonga chopgan ot va buyvul to‘qnashmaydi/bir-biri bilan uchrashmaydi”, /2-etimologik taxmin/kuylanish vaqtida ot va buyvul bir-biri bilan birlashmaydi, sharhlarning farqi etimologlarni bu idiomalar – so‘zning (风)1 birinchi komponentiga qanday ma’no berishlari bilan bog‘liqdir);

出污-泥而不染chu wu-ni er bu ran – “qiyin va ko‘ngilsiz vaziyatlarda qoralanmay, obro‘sizlanmay qolish” (aynan – quyuq loydan kir bo‘lmay chiqish, Zhou Dui-yining “Ai lian shuo” (周敦颐- “爱莲说”, Sun davri) asaridan kelib chiqqan;

五十步笑百步wu-shi bu xiao bai bu – “birovdan ortiq bo‘lmaslik; birovga nisbatan kamroq kamchiliklarga ega bo‘lsa ham birov ustidan kulish” (aynan – 50 qadam chekingan 100 qadam chekinganning ustidan kulishi, 50 qadam (ega) + kulmoq (kesim) +100 qadam (aniqlovchi), faylasuf Meng-zi (Men Ke)ning “Liang Hui Wang shang (孟子- “梁惠王上”eramizdan avvalgi 3 asr) asarining birinchi qism birinchi bobidan kelib chiqqan.

Aslida, yuqorida keltirilgan barcha FBlar va ularga o‘xshash2da kam bo‘lmagan FBlar frazeologik lug‘atlarda bir mualliflar tomonidan “chengyu”, boshqa lug‘atlarda “guanyongyu” sifatida tavsiflanadi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, mavjud FBlarni taklif qilingan “an’anaviy” yondashuv doirasida guruhlarga bo‘lish mukammal bo‘lmay, u yoki bu frazeologik lug‘at tuzuvchi mualliflar ko‘p jihatdan mazkur muammoga sub’ektiv qarashadi va FBlarning guruhlarga ajratishning yuqorida keltirilgan differensial mezonlarini belgilash, ularda birinchi darajali ma’nolarning qaysi biri to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini o‘zlari hal etadilar.

Ehtimol, ko‘rilayotgan tavsif doirasida “chengyu” guruhining bir xil ma’noga ega bo‘lmagan barcha kategorial asoslarini tushungan holda ba’zi mualliflar bu boshi berk ko‘chadan chiqish yo‘llarini qidirmoqdalar. Biroq, ular u yoki bu tadqiqot yo‘nalishlari bilan FB guruhlarini anglab yetish uchun biron bir yangi yondoshuv tizimini taklif ham qilmay, faqat shundog‘am chigallashgan vaziyatni yanada qiyinlashtirmoqdalar. Masalan, Tang Song-bo (唐松波) tarkibiy qismida har qanday ikki bo‘g‘in-morfemdan o‘nta bo‘g‘in-morfemgacha bo‘lgan barcha turg‘un so‘z birikmalarini “chengyu” atamasi bilan belgilashni taklif qilmoqda1. Unda, ya’ni bunday yondoshuvda “chengyu” guruhiga maqollar, aforizmlar, matallar, turg‘un qiyoslashlar, idiomalar, 打击报复daji baofu (qasos maqsadida xamla qilish) tipidagi iboralar ham kiritilishi kerak. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, ko‘pgina tadqiqotchilarning bo‘g‘in sonlari jihatdan hech qanday fikr bildirmasliklari ularning FB tavsifi muammosiga keng ko‘lamda qarashlari uchun halaqit bermoqda. Boshqa olim Zhou Jian (周荐) o‘zining “To‘rt bo‘g‘inli va uch bo‘g‘inli konstruksiya haqida” (“Lun si zi ge he san zi ge - 论四字格和三字格“) maqolasida turli tasniflar nuqtai nazarlarda qanday tushuncha ma’nosini berishdan, ya’ni u asosiy mezoni bo‘g‘inlar soni bilan belgilangan “an’anaviy” (Ma Guo-fan fikri bo‘yicha) nuqtai nazarmi yoki “chengyu” atamasiga faqat idiomatik birliklarni, “guanyongyu” atamasiga idiomatik bo‘lmagan birliklarni (bu haqida quyida batafsil so‘z yuritamiz) kirituvchi Liu Shu-sin nuqtai nazaridan qat’iy nazar “chengyu” va “guanyongyu” lardan voz kechish taklifi bilan chiqadi. Bu atamalar o‘rniga Zhou Jian uch va to‘rt bo‘g‘in morfemdan tashkil topgan turg‘un birliklarni “uch bo‘g‘inli konstruksiya” va “to‘rt bo‘g‘inli konstruksiya” atamasini olib kirib, o‘z navbatida ular orasidagi uch va to‘rt bo‘g‘inli idiomatik shakllar hamda uch va to‘rt bo‘g‘inli idiomatik bo‘lmagan shakllarni ajratdi2. Biroq tarkibi to‘rt bo‘g‘indan yuqori bo‘lgan FBlarga kelganida, Zhou Jian ularning belgilash uchun o‘zi avval voz kechgan “guanyongyu” atamasiga qaytdi. Albatta, mazkur fikr FB tavsifi haqidagi masalaga na mantiqiy, na atama nuqtai nazaridan hech narsa kiritmaydi. Zhou Jian tushunchasi bo‘yicha quyidagi birliklar “guanyongyu” lar hisoblanadi:

打开话匣子 dakai huaxiazi – “to‘xtamay gapirishni boshlash” (aynan – patefonni yoqish), o’zbek tilida: kimnidir tili osildi.

陈谷子,烂芝麻chen guzi, lan zhima – “avvalgi arzimas ishlar; arzimagan ishni mahfiy joy tagidan olish” (aynan – yotgan tariq, sasigan kunjut urug‘i).

Ko‘p uchraydigan “an’anaviy” yondashuvdagi farqlash qiyin bo‘lgan FB guruhning “chengyu” va “guanyongyu” muammosi va hatto, bu ikki guruhni bunday atalishi ham hayronlikni keltirib chiqaradi. Masalan, “chengyu” atamasi aynan “tayyor iboralar” yoki “tayyor tuzilgan shakl” ma’nosini bersa, unga qarama-qarshi “an’anaviy” tavsiflash doirasida qo‘yilgan “guanyongyu” “odatiy iboralar” ma’nosini beradi. Rasmiy mantiq nuqtai nazaridan mazkur atamalar nafaqat bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgan, aksincha, o‘z nomlari bilan umuman idiomalarning belgi xislatlarini takrorlaydi. Nafaqat idiomalar, balki har qanday FB umuman o‘z mohiyatiga ko‘ra doimo odatiy ibora hisoblanadi. Ibora odatiy bo‘lib, takror ishlatilib turilar ekan, unda u doimiy, ya’ni tayyor shakl, til biluvchilar uchun ma’lum bo‘lgan ibora hisoblanadi.

Mazkur tadqiqotning markazida FB-idiomalar turar ekan, FB larning yana bir “xiehouyu” (aynan tarjimasi – oxiri kesik nutq yoki M.G.Pryadoxin o‘zining 1977 yilda chop etilgan “Xitoy kinoya-qochiriqlari” monografiyasida ataganidek, “kinoya qochiriqlar”) guruhini ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

1. Grammatik differensial belgilar

Mazkur guruh FB lar ikki bo‘lakli nutq shaklini to‘liq namoyon etadi. Ta’kidlashlaricha, “xiehouyu” bo‘laklari topishmoq (piching, kinoya, qochiriq yoki qiyos, o‘xshatish) va javob (birinchi qochiriqni ochuvchi) orqali bir-biri bilan munosabatga kiradi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur FB guruhining birinchi qismi odatda metafora (istiora, kinoya) bo‘lib, ikkinchi qismda “ochib beriladi”. Chunonchi, bunday birlik turi o‘zining dastlabki tabiatiga ko‘ra ikki bo‘lakdan tuzilganligi bilan ajralib turar ekan, ularni ikki – to‘liq va elliptirik (nutqda so‘zning tushib qolishi) (kesik) shaklda ishlatish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, ularni bo‘laklarga bo‘lgan holda alohida ishlatish imkonini beradi va bunda uzilish chegarasi doimo birinchi va ikkinchi bo‘laklar o‘rtasiga to‘g‘ri keladi. Kesik va to‘liq shaklda qo‘llanilgan bunday birlik so‘zning bir yoki bir qancha bo‘laklari vazifasini bajarishga qodir. Masalan:

案板底下放风筝 – 飞不起来anban dixia fang fengzhengfei bu qi lai - “beso‘naqay (o‘xshovsiz) harakat qilish” (aynan – Oshxona stoli tagida varrak uchirish – uchmaydi).

Qo‘llash uchun misol:

你呀,案板底下放风筝,当然飞不起来,我看你还是换个调查方法。Ni ya, anban dixia fang fengzheng, dangran feibuqilai, wo kan ni haishi huan ge diaocha fangfa. Sen oqilona ish qilmayapsan, o‘ylashimcha, ishga o‘z yondashuvingni o‘zgartirishing kerak. (Aynan – Sen stol tagida varrak uchirmoqchisan, albatta u uchmaydi, o‘ylashimcha, sen o‘z yondashuvingni o‘zgartirishing kerak).

Mazkur misol bu nutqning yana bir o‘ziga xos xususiyatini namoyon etmoqdaki, “pichinglarning ishlatish normasi nafaqat aloqa (bog‘lanish, munosabat, hamjihatlik), balki uning bo‘laklarining distant (masofa) holatida ham keladi: birinchi bo‘lak ikki bo‘lakdan piching tarkibiga kirmagan so‘z orqali ajraladi”1, ya’ni “xiehouyu” tarkibi yashirin o‘zgaruvchandir. Yuqorida keltirilgan misolda nutqning ikkinchi qism tarkibiga “albatta” ravishi qo‘shilgan. Shuni ham aytib o‘tish joizki, “xiehouyu” larning faqat ikkinchi bo‘lagi o‘z tarkibida (grammatik va leksik tarkibiy komponentlarning o’zgartirish, birinchi bo‘lakdan ajralish va to‘liq kesik) turli o‘zgarishlar qilishi mumkin bo‘lgan bu vaqtda birinchi bo‘lak (kinoya) doimo o‘zgarishsiz qoladi va bu bilan iboraning turg‘unlik darajasini ma’lum bir jihatdan saqlaydi, chunki busiz ibora o‘z mavjudligini yo‘qotadi.

Umuman, jumla-bayon tarkibiga kirgan mazkur guruh FBlar yoki qo‘shma jumlaning bir ilova konstruksiyasi sifatida (bunday holatda u yozuvda vergul bilan ajratiladi), yoki jumla-bayon bo‘lagi sifatida, yoxud jumla-bayonning bir qancha bo‘lagi sifatida kelishga qodirdir. Oxirgi variantni ishlatish faqat “xiehouyu” ichidagi o‘zgaruvchan elementlarning (so‘z, so‘z birikmalari) suqulib kirishi kuzatiladi. Undan tashqari, “xiehouyu” guruhidagi FB lar mustaqil jumla-bayon sifatida ham ishlatilishi mumkin bo‘lib, bunday holatda ifoda tugallangan fikr nuqtai nazaridan yetarli bo‘lsa, mazkur FB o‘z ishlatilishiga ko‘ra aforizmga yaqin bo‘ladi. Bu FB larning noyobligi shundaki, ular bir vaqtning o‘zida ham aforizm, ham idioma sifatida ishlatilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bu keng ko‘lamda namoyon etilgan xitoy tili frazeologik guruhi FB larning o‘zgaruvchan turini oladi, ya’ni bu FBlar immanentno ikki sintaktik holatga ega bo‘lib, bir tomondan, “xiehouyu” guruhining bir birligi jumla-bayonda ma’lum bir sintaktik o‘rinni egallashi mumkin bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘zi mustaqil qo‘shimcha leksik muhit ham talab qilmasdan aforizmga aylanishga qodir.

2. Ikkinchi differensial belgi

“xiehouyu” larning asosiy ishlatilish doirasi kundalik – maishiy xarakterdagi so‘zlashuv nutqi hisoblanadi.



3. Etimologik differensial belgi

“xiehouyu” lar tuzishning asosiy manbasi – jonli, so‘zlashuv nutqdir.



Ko‘rilayotgan “an’anaviy” tavsiflashga muvofiq, yuqorida keltirilgan frazeologik birlik guruhlarining har biri uchun keng ko‘lamdagi nutq materiallarining differensial mezonlarini batafsil tekshirish shuni ko‘rsatdiki, ularda har tomonlama muvofiqlik yo‘qligi kuzatildi. Ularni hatto, ozgina chekinishlar yoki qanday kamchilik holatlarini belgilash ham mumkin emas. Chunki biz aniq bir an’ana bilan ish olib boryapmiz va bu an’ana FB tavsifining “an’anaviy” yondashuvining nazariy tuzilishiga qaratilgan. Frazeologik guruhlarni chegaralashda taklif qilinayotgan mezonlarning bir-biriga mos emasligi va bu mezonlarga mos keladigan FB u yoki bu guruhlarga tushishi tezda namoyon bo‘ladi. Faqat ajratib qo‘yilgan FB tahlili doirasidan chiqish va uning jumla-bayon bilan tashqi funksional aloqalari imkoniyatlarini kuzatish darkor. Barcha xitoy frazeologik lug‘atlarini tuzuvchi mualliflar “xiehouyu” guruhi birligi sifatidan bir ovozdan tan olgan mana shunday qarama-qarshi holatli1 FB misollarni quyida ko‘rib chiqamiz: 铁公鸡,一毛不拔tiegongji, yimaobuba– juda zerikarli odam haqida (aynan – temir tovuq – patini yulib bo‘lmaydigan). Bu “xiehouyu” ni ikkinchi qismi (ya’ni “ochilishi”) bu nutq qaratilgan odam lozim bo‘lgan qism bayonini o‘zi mustaqil tiklashi uchun nutqda tushib qolishi mumkin. M.G. Pryadoxinning so‘zlariga ko‘ra “bu holatdagi kesiklik yangi frazeologik birlikni yasalishiga olib kelmaydi”1. Biroq, turli sohadagi frazeologik lug‘atlarni tahlil qilish natijasida bu muammo mushkul ekanligi ma’lum bo‘ldi: 铁公鸡 tie gongji- temir tovuq ko‘pgina lug‘at tuzuvchi mualliflar tomonidan “guanyongyu” sifatida (“guanyongyu” lug‘atlarida), 一毛不拔 yi mao bu ba – patini yulib bo‘lmaydigan esa “chengyu” sifatida (“chengyu” lug‘atlarida) belgilangan. Iboradagi ikkini qism “chengyu” guruhi birligi deb izohlanishi balki ko‘pgina holatlarda “pichinglarning ikkinchi bo‘lagini tashkil etgan ibora ma’nosi nutq kontekstida amalga oshirish mumkin holatdir va odatda, frazeologik birlikni namoyon etib, tilda piching sifatida emas, balki ungacha ham mavjud bo‘lgan”i2 bilan izohlanadi. Bu mantiqqa amal qilgan holda, shuni taxmin qilish mumkinki, “xiehouyu” ning to‘liq shaklini kesik qilish natijasida qolgan komponent, ya’ni 铁公鸡 tie gongji-temir tovuq - “xiehouyu” larning elliptik varianti hisoblanadi, xolos. “An’anaviy” tavsif paradigmalariga muvofiq, qanday frazeologik guruhga ko‘rilayotgan birliklar kiradi? U “xiehouyu” ning elliptik varianti yoki o‘zining ikkinchi qismini yo‘qotib “guanyongyu” guruhiga kiritiladimi? “An’anaviy” nuqtai nazar bu savolga ma’lum bir javob bera olmaydi. Agar bunday birliklar nutqda faoliyat olib borsa, bu yondoshuv tarafdorlari uchun bu holat yanada mavhum bo‘lib qoladi, masalan, 他是一毛不拔的铁公鸡 Ta shi yimaobubade tiegongji. U rosa ziqna (aynan – U bir patini ham yulib bo‘lmaydigan temir tovuqning o‘zi, bunda “bir patini ham yulib bo‘lmaydigan” qism “tovuq” komponentini aniqlab kelyapti).

Mazkur misolda nima uchun ikki FB, ya’ni “chengyu” va “guanyongyu” turg‘un kontaminatsiyasiga duch kelinayotganini (ular “an’anaviy” tavsiflash doirasida ular shunday belgilashadi) aytmaslik kerak? Aslida, biz ko‘rib chiqayotgan ibora xuddi shunday shaklda (ikki qismdan iborat) ilk bor Yuan Meyaning 18 asr o‘rtasida yozilgan “Zi bu yu” (“子不语“) romanida paydo bo‘lgan3. Shuning uchun ham “an’anaviy” tavsiflash tizimini tuzishda uning mualliflari tomonidan bir FB shaklining o‘z mavjudligining turli davrlarida harakatchan va o‘zgaruvchanlik muammosini ko‘zdan qochirganlar.

Ehtimol, “an’anaviy” yondashuv doirasida FBlarni guruhlarga taalluqliligini aniqlash ancha shartli xarakterga ega bo‘lsa kerak, chunki FB ni ko‘rib chiqish faqat uning rasmiy ichki belgilariga suyangan holda nutqdan ajralgan tarzda yuz bergan, shunga qaramay, nutqdagi FBlarning bunday xususiyatini hisobga olish ko‘rilayotgan yondashuvning kamchiliklarini tezda ko‘rsatib beryapti. Buni misollarda ko‘rsatib beramiz1. Turli sohadagi zamonaviy frazeologik lug‘atlarni qiyoslaganda bir shakldagi qator FBlarni uchratish mumkin. Zero, ular “an’anaviy” tavsiflash paradigmalari bayoniga to‘g‘ri kelsa, unda, barcha misollarni bir mavjud birlik shaklida emas, balki turli guruhlar - “chengyu” va “guanyongyu” lar birligi sifatida aniqlash lozimdir va bu albatta, to‘g‘ri emas. Shunday qilib, bir FB turli shaklda, ham arxaik, ham zamonaviy til normalariga javob berishi mumkinligini misollar orqali ko‘rsatamiz:

1. 以卵击石 yi luan ji shi yoki 以卵投石yi luan tou shi – “ortiq darajada o‘ziga ishonishni ko‘rsatish, muvaffaqiyatsizlikka uchrasa ham biron bir ishga qo‘l urish” (aynan – tuxum bilan toshni urmoq, ekplikatsiyasi (bayoni): (1) arxaik 以 yi instrumental old ko‘makchi, (2) leksik arxaizm 卵luan tuxum, (3) semantik arxaizmning oxirgi bosqich leksemasi 击ji urmoq, (4) leksik arxaizm 石 shi - tosh, o’zbek tilida: tosh bilan devorga urish.

Mazkur ibora birinchi marta eramizdan avvalgi 5 asrdagi qadimgi xitoy faylasufi Mo-zining “Mo-zi” (“墨子”) asarining “Gui-yi” (“贵义”) bo‘limida uchraydi va xuddi shunday shaklda 14 asrda Luo Guan-zhun tomonidan yozilgan “Bir mamlakatda” romanida ham uchraydi. Ancha kech (Sin sulolasi davri, 17-19 asrlar) yaratilgan badiiy adabiyot asarlarida ko‘rilayotgan birlik shakli o‘zgara boshlagan. Mumtoz (S.E.Yaxontov atamasida) qadimgi xitoy tili davrida bunyod etilgan va asrlar davomida bizgacha yetib kelgan FBlar o‘z tashqi shaklini o‘zgartirgan, lekin mazmun jihatidan yagonalikni saqlagan, yangi til muhitiga – zamonaviy 20 asr xitoy tiliga “singigan”, o‘zgartirilgan leksik va grammatik normalar ancha uzoq davr mobaynida venyanga nisbatan turli darajada o‘zgargan. Bu esa o‘z o‘rnida, barcha qator arxaik FBlarni til tizimi doirasida o‘zgarishiga olib kelib, leksik-grammatik transformatsiyalarga uchragan (nafaqat alohida tarkibiy komponentlarni o‘zgarishi), yangi til vaziyati sharoitida “murosaga” kelgan. Quyida ancha kech, yangi shaklda, 20 asr badiiy adabiyoti asarlarida va zamonaviy nashrlarda uchraydigan FB lardan misollar keltiriladi:

> 1.a. 以鸡蛋击石yi jidan ji shi (aynan – tovuq tuxumi bilan toshni urmoq, eksplikatsiyasi (bayoni): (1) 以 yi instrumental old ko‘makchi, (2) 鸡蛋jidan – tovuq tuxumi, zamonaviy so‘z, (3) 击ji – urmoq, semantik arxaizmning oxirgi bosqich leksemasi, (4) 石shi – tosh, leksik arxaizm);

> 1.b. 鸡子和石头碰 jizi he shitou peng - (aynan – tuxum tosh bilan uriladi (bir-biri bilan, eksplikatsiyasi: (1) 鸡子 jizi - shevadagi so‘z “tuxum”, (2) 和he- birgalikni bildiruvchi (bilan, ila) fe’l-ko‘makchi, (3) 石头 shi tou – tosh – zamonaviy so‘z, (4) 碰 peng – urmoq – zamonaviy so‘z);

> 1.c. 拿着鸡蛋碰石头nazhe jidan peng shitou – (aynan – ushlab turib (yoki olib)tuxum bilan toshni urmoq, eksplikatsiyasi: (1) 拿 na –ushlab turmoq, olmoq + 着zhe – holatni fe’l oldi shakliy suffiks 着zhe > 着nazhe ushlab turib, olib, (2) 鸡蛋ji-dan – tovuq tuxumi zamonaviy so‘z, (3) 碰peng urmoq – zamonaviy so‘z. (4) 石头shi-tou - tosh – zamonaviy so‘z);

> 1.d. 鸡蛋往石头上碰jidan wang shitou-shang peng – (aynan – tovuq tuxumi toshga uriladi, eksplikatsiyasi: (1) 鸡蛋ji-dan – tovuq tuxumi – zamonaviy so‘z, (2) 往 wang – zamonaviy yo‘naltiruvchi ko‘makchi, (3) 石头 shi-tou – tosh + 上shang – rus tilidagi “na” ko‘makchisiga to‘g‘ri keladi zamonaviy so‘z, (4) 碰peng – urmoq – zamonaviy so‘z);

> 1.e. 鸡蛋碰石头jidan peng shitou – (aynan - tovuq tuxumi toshga uriladi, eksplikatsiyasi: (1) 鸡蛋 jidan – tovuq tuxumi – zamonaviy so‘z, (2) 碰peng – urmoq – zamonaviy so‘z, (3) 石头 shi-tou - tosh – zamonaviy so‘z).

So‘z sifatida morfemlar xususiyatining “tiklanishi” xitoy tili uchun so‘zlarning ikki (bir bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli, masalan, 眼 yan va 眼睛yanjing – ko‘z) shakli mavjudligi xarakterli holati bilan belgilanadi1. Xuddi shunday FBlarning arxaik xususiyatining zamonaviy xitoy tili qonun-qoidalariga moslashuvi tildagi bir FBning turli shakllari mavjudlik moyilligi bilan belgilanadi. Bunday FB shakli bir-biri bilan leksik va grammatik munosabatlarda farqlanadi, ba’zi FBlarda faqat ikkita turlicha shakllar bo‘lishi mumkin (bunday holatda mavjud shaklning grammatik ko‘lami haqida so‘z yuritish mumkin), ba’zilarida esa, uch va undan ko‘p shakllar ham aniqlangan. Yuqoridagi misollarga ko‘rsatilganidek, odatda, arxaik FBlar shakli o‘zining zamonaviy shaklidan FBlarning ichki tarkibi sintaktik tuzilishining sifatli o‘zgarishi bilan farq qilinadi. Undan tashqari, ancha zamonaviy FBlarning arxaik shaklining o‘zgarishi doimo uning komponentlar tizimining kengayishi tufayli yuz beradi.

Keltirilgan misollar FB-arxaizmlarni qanday o‘zgarishini (arxaik belgilardan qutilgan holda) bizga namoyon etgan va doimo zamonaviy til qonun-qoidalariga o‘zlashtirilgan. O‘z mohiyatiga ko‘ra, bu, o‘ylab topilgan “chengyu” va “guanyongyu” kabi FBlar guruhlari yo‘q ekanligiga guvohlik beradi va faqat bitta FB mavjud bo‘lib, o‘zgarib borayotgan til tizimining uyg‘unlashish jarayonida o‘zining ba’zi xususiyatlarini o‘zgartiradi. Boshqacha qilib aytganda, aslida, xitoy tilshunoslari aytgan “an’anaviy” tasniflash nuqtai nazaridan FB lar mavjud emas. Bunday guruhga birinchi qarashda “monolitli” FBlarni kiritish mumkin, masalan, 步人后尘bu ren hou chen – “kimgadir taqdid qilish yoki kimningdir ishini davom ettirish (faqat ijobiy ma’noda emas)” (aynan – oldinda ketayotganni orqasidan qadam bosib chang chiqarish, eksplikatsiyasi: qadam bosmoq/qadam qo‘ymoq (arxaik semantika) + odam (aniqlovchi) + (orqadan, orqada + chang (orqada qolib) orqadagi chang) (aniqlanmish), u matbuotda va so‘zlashuv tilida 步他的后尘bu tade houchen – “taqlid qilmoq (senga, unga, onasiga va h.k.) (aynan – “seni, uni, onasini orqasidagi changga qadam qo‘ymoq”) shaklida ishlatilishi ham mumkin. Albatta, bu o‘zining turli shakllarida keladigan bir FB bo‘lib, bu holatda biz uning leksik-grammatik variantlari haqida gapirishimiz mumkin.

Umuman tabiiyki, diaxronik nuqtai nazardan “o‘lib borayotgan, ya’ni til rivojlanishining ma’lum bir davrida qo‘llanishdan chiqib ketayotgan FBlarni ajratishimiz mumkin. Bu FBlarga kiritilgan iboralar uslubiy kelib chiqishiga qarab o‘z tarkibini saqlab yoki o‘zgartirib, tadrijiy ravishda rivojlanib hanuzgacha saqlanib kelinmoqda. Chunonchi, tadrijiy ravishda rivojlangan va o‘z shaklini o‘zgartirgan birliklar, tabiiy tanlanish natijasida “brakka chiqarilgan” birliklarga nisbatan kamroq. Ehtimol, mazkur tilning FBlarining jami ko‘lamining rivojlanish tarixini kuzatishdan kelib chiqib, fikr bildirish lozimdir (diaxronik nuqtai nazardan), chunki ular tilning boshqa birliklari kabi tirik organizmlarning hayoti bilan metaforik qarshiliklarga ega bo‘lib, tilda uzoq va ancha uzoq davomiy davr mobaynida tug‘ilgan, yashab kelgan va nihoyat, til yo‘qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Mazkur qonun atrof muhit sharoitini (ya’ni bunda til muhiti) o‘zgarishida barcha tirik organizmlarning tabiiy tanlov nazariyasi bilan butunlay tasdiqlanadi, evolyutsiya kamdan kam istisno bo‘lganida, yo‘qolib ketish (“o‘lish”) esa – umumiy yo‘nalish hisoblanadi.

Hozirgi davrda FBlarni “an’anaviy” tavsiflash konsepsiyasi bilan birga, muallifi Wen Duan-zheng (温端政) hisoblagan yana bir konsepsiya mavjud. Mazkur konsepsiya “an’anaviy” bilan ko‘p jihatdan o‘xshash, biroq uning ham o‘ziga xos xususiyati bor. Mana shu masala ustida to‘xtalamiz. Wen Duan-zheng FBlarning barchasini ikki guruhga bo‘ladi. U ulardan birinchi guruhni umumlashgan tarzda 俗语 “suyu” – oddiy nutqiy ibora/nutq deb atagan bo‘lib, unga faqat quyidagi so‘zlashuv uslubidagi FBlar guruhini kiritadi: maqollar yoki 谚语yanyu, oxiri kesik yoki歇后语 “xiehouyu”, 官用于 “guanyongyu” hamda “suchengyu”俗成语yoki “oddiy nutqli chengyu”. Boshqa FB guruhi uslubiy belgilarga, ya’ni 雅语 “yayu” – “nozik/nafis nutq” yoki bashqacha 雅成语 “yachengyu” – “nozik chengyular” (ya’ni faqat yuqori uslubga kiruvchi chengyular) atamasi bilan belgilangan kitobiy uslubdagi FBlarni birinchi guruhga qarama-qarshi qo‘yadi1. Mazkur taksonomik paradigmani quyidagi sxema tarzida ko‘rsatish mumkin:

谚语 “yanyu” (maqollar)

歇后语 “xiehouyu” (aforizmlar)

雅语 “yayu” – 俗语 “suyu” 惯用语 “guanyongyu”

俗成语 “suchengyu” (oddiy nutqli chengyular)


Biroq, Wen Duan-zheng bu ikki frazeologik guruhni ajratishdan avval, FBlarning definisiyasi va uning atama jihatidan nomlanishi haqidagi masalani qo‘yadi1. Bu masalani hal qilish uchun u har qanday FBni belgilovchi, har ikki guruhlardan biriga kiruvchi FBlarga 语 “yu” – “nutq” atamasini kiritadi. Bu haqida muallif avval ham aytib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Qo‘llanilgan “yu” atamasi biz yuqorida ko‘rib chiqqan xitoy leksikologiyasida qo‘llaniladigan (熟语) “shuyu” atamasiga to‘g‘ri keladi2. Lekin shunga qaramay u bundan voz kechadi, chunki mazkur atamada ikki kamchilik mavjud: birinchidan, bu tilda ommaviy so‘zlashuvchilar uchun kam miqdorda ma’lum, ikkinchidan, ba’zi shevalarda old til affrikati (z), (s), (s) va shu sababdan (zh), (ch), (sh)larining talaffuzidagi farqlay olmaslik munosabati bilan “shuyu” atamasi boshqa yuqorida aytib o‘tilgan tavsiflash tizimining 俗语 “suyu” atamasi bilan ohangdosh bo‘lishi mumkin3.

Ko‘rilayotgan tavsiflash paradigmasidagi “yu” tushunchasini muallif quyidagi asosiy belgilarga ajratadi:



  1. “Yu” so‘z va so‘z birikmalaridan tashkil topgan, alohida olingan so‘zlar “yu” tuzmaydi;

  2. “Yu” nisbatan turg‘un tarkibga ega bo‘lib, erkin so‘z birikmalari “yu” kategoriyasiga kirmaydi;

  3. “Yu” ko‘p vazifalarni bajaradi, undan tashqari, “yu” so‘zga muvofiq kelishi mumkin, ya’ni gap bo‘lagi sifatida, ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol va boshqa sintaktik o‘rinlarni egallashi mumkin, hamda “yu” qo‘shma gap bo‘lagi bo‘lishi yoki mustaqil jumla (o‘zidagi zahiralar orqali) bo‘lib kelishi mumkin. Ulardan ba’zilari (“yu” yoki FB) jumla tarkibiga qo‘shilganda bo‘laklarga bo‘lingan holda qo‘llanilishi mumkin1.

Shunday qilib, Wen Duan-zheng konsepsiyasiga muvofiq yuqorida keltirilgan ikki uslubiy guruh (so‘zlashuv uslubi (“suyu”) va kitobiy uslub (“yayu”)) FBlarning jami u 语汇 “yuhui”2 deb nomlagan xitoy tili frazeologik fondini tashkil etadi.

Uning fikricha, ular (yoki “yu” – “nutq” Wen Duan-zheng atamasi bo‘yicha) FBlardan farqli o‘laroq til birliklari, aforizmlar yoki hikmatli iboralar (xitoycha – 格言geyan) hisoblanadi, til birligiga, nutq birligiga kiradi3. Mazkur fikrlar e’tirozlar tug‘dirmay qolmaydi: zero, aforizmlar individual muallif nutq ijodi bo‘lsa-da, u boshqa guruhlarning FBgi bo‘lib, bu tilda so‘zlashuvchilarning tayyor tarzda doimo aytiluvchi, ishlatuvchi nutqi va turg‘un til birligini namoyon etadi.

Ko‘rinib turibdiki, Wen Duan-zheng tomonidan taklif qilingan “yu” atamasi abstrakt yoki ideal xarakterda bo‘lib, “yu” tushunchasi “FBni tavsiflash bo‘lagi” tushunchasi bilan bir xil degan fikrga olib keladi, chunki ular o‘zining individual ko‘rinish belgilariga ega va faqat bu belgilarga javob beradigan FBlarni o‘ziga qabul qiladi.

Wen Duan-zheng konsepsiyasida qanday qilib frazeologik guruhlarni aniqlash bilan u yoki bu FBlarni solishtirish taklif etiladi? Muallif FBlarni guruhlarga bo‘lishni ikki bosqichda amalga oshirishni taklif qiladi. Birinchi bosqichda, FBlar pand-nasihat, didaktik yoki R.M. Xearu bo‘yicha “tavsiya kuchiga”, ya’ni biron bir bilim berishga mo‘ljallanganmi, yo‘qmi, shulardan kelib chiqib FBlarning jami ko‘lami ikki guruhga bo‘linadi, ulardan biri shart-sharoitni bildirishga javob beradi, ikkinchisi esa, yo‘q. Wen Duan-zheng birinchi guruhga maqollarni (“yanyu”) va aforizmlarni (“geyan”), ikkinchisiga - “chengyu”, “xiehouyu”, “guanyongyu” larni kiritadi. Bu tavsiflashning ikkinchi bosqichida u hech bo‘lmaganda bir vaqtning o‘zida ikki tomonini, ya’ni ko‘rilayotgan FB kelib chiqish manbai va uning tarkibini nazarga oldi. Bu ikki omil vositasida muallif xususan, “chengyu” guruhi birliklarini “guanyongyu” guruhidan chegaralashga harakat qiladi. “Xiehouyu” guruhi birligini esa qolgan FB hajmidan ajratish qiyin emas, chunki bu “xiehouyu” iboralar yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘zining to‘liq shaklida bo‘ladi, o‘ziga xos ikki bo‘lakli tarkibi bilan ajralib turadi. Muallif “filterdan o‘tgan” FB lar orasidan tarkibi to‘rt bo‘g‘inli belgilar bo‘yicha va uslubiy ustunlikka ega bo‘lgan “chengyu” guruhi birliklarini ajratadi. Bu bosqichlar davrida qamrab olinmay qolgan barcha FBlarni “guanyongyu” guruhiga kiritadi. Shunday qilib, “guanyongyu” guruhi mazkur tavsiflash tizimi doirasida o‘zining aniq differensial belgilaridan mahrum etilganligini ko‘rish qiyin emas, chunki u faqat qamrab olinmay qolib ketgan FBlar bilan ajratilmoqda. Buni shunday izohlash mumkinki, Wen Duan-zheng FBlarni u yoki bu guruhlarga taqsimlashda har jihatdan biron bir asosiy va yagona differensial belgilarni aniqlashga emas, balki har turdagi belgilar bilan aniqlashga harakat qilgan, lekin bu ham tavsiflashning barcha bosqichida doimiy tarzda qo‘llanilmagan, ya’ni qachonki biron bir belgi keyingi tavsiflash tahlili bosqichi uchun kamlik qilganida, turli belgilarga murojaat etgan.

Shunga qaramay, xitoy tili FBlarning tavsiflash bo‘yicha yuqorida keltirilgan yondashuvlar (“an’anaviy va Wen Duan-zheng tomonidan taklif qilingan) aytib o‘tganimizdek, shu bilan tugamaydi, ya’ni ular yagona emas. Bu yondashuvlar oldida Liu Shu-xin (刘叔新) ning nazariyasi ham alohida ajralib turadi. U birinchi bo‘lib 1982 yili o‘zining “Turg‘un iboralar va ularning guruhlari” asarida “chengyu” va “guanyongyu” atamalarini umuman boshqa mazmun tushunchasi bo‘yicha keltirgan, Zero, undan avval “an’anaviy” tavsiflash doirasi qabul qilingan edi. Kelib chiqishidan, tarkibidan, uslubiy ustunligidan qat’iy nazar barcha idiomatik FBlarni “chengyu” atamasi bilan nomlagan. “Guanyongyu” atamasi uning ishida “shakl jihatidan turg‘un va mazmun jihatidan tartibsiz iboralar” ma’nosi uchun qo‘llanilgan. Liu Shu-xin o‘zi taklif qilgan “chengyu”larni ko‘rsatish uchun quyidagi misollarni keltirgan:

三长两短san chang liang duan – “to‘g‘rilab bo‘lmaydigan baxtsizlik, falokat” (aynan – uchta + uzun + ikkita + kalta);

七上八下 qi shang ba xia – “tushkunlikka tushish” (aynan – yetti marta tepaga + sakkiz marta pastga);

马首是瞻mashou shi zhan – “kimningdir izmida bo‘lish” (aynan – oldinda ketayotgan otliqni (sarkardani) otini boshiga qarash);

穿小鞋chuan xiaoxie – “kimgadir to‘sqinlik (qarshilik) qilish” (aynan – kimningdir oyog‘iga kichik poyafzal kiydirish);

碰一鼻子灰peng yi bizi hui – o‘ziga ko‘ngilsizlik orttirib, muvaffaqiyatsizlikka uchragan yoki sharmanda bo‘lgan inson haqida (aynan – kulga burnini tiqmoq) o’zbek tilida: burun bilan qolish, mot bo‘lib qolish.

Liu Shu-xin tomonidan keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, Fblar idiomatik xarakterga ega, ya’ni “chengyu” atamasi bu tilshunos konsepsiyasida “idioma” tushunchasiga olib kelyapti. Zero, bu muallif ishlarining hech birida “chengyu”larga (ya’ni idiomalarga) faqat frazeologik birliklarni kiritishi haqidagi eslatishlar aniq ko‘rinishda uchramaydi (V.V.Vinogradov bo‘yicha), lekin shunga qaramay, u o‘z ishida uning tushunchasini namoyon etadigan qanday birliklarni “chengyu”larga kiritish kerak deb (yuqorida keltirilgan ikkita dastlabki misol) keltirgan misollarga qaraganda, u “chengyu”lar qatorida nafaqat frazeologik birliklarni, balki frazeologik so‘z birikmalarini ham sanab o‘tgan (ularning ta’rifi quyida beriladi). Liu Shu-xinning o‘zi bu haqida quyidagilarni yozadi: “Chengyularning boshqa barcha turg‘un iboralardan farqli o‘laroq bo‘lgan o‘ziga xos asosiy xususiyati, ya’ni ularni (chengyularni) asosan chegaralash uchun bo‘lgan xususiyati – ular ma’nosini ikki planli ekanligidir: aynan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) ma’nosi metaforalar yoki assotsiativ reaksiyani rag‘batlantirish vazifasini bajarishdir; uning to‘g‘ri ma’nosi kesik turda ichki yashirin haqiqiy (ko‘chma) ma’noni namoyon etadi. Tabiiyki, modelning va uning tarkibiy komponentlarini turg‘unligi (o‘zgarmasligi) umumiy qabul qilingan ma’no – bularning barchasi chengyularning o‘ziga xos xususiyatidir, lekin, chengyularning boshqa turg‘un iboralardan chegaralash uchun bu xususiyatlar ikkinchi darajali hisoblanadi”1.

Keyingi turg‘un iboralar guruhi Liu Shu-xin konsepsiyasi doirasida “guanyongyu” atamasi qanday tushuncha mazmuniga to‘g‘ri kelishi haqida aniq tasavvurni beradi:

三个世界 sange shijie – “uchinchi dunyo mamlakati”;

超级大国 chaoji daguo – “super-mamlakat;

量力而行 liangli erxing – “o‘z kuchi doirasida harakat qilish”;

知难而进 zhi nan er jin– “qiyinchiliklar oldida qo‘rqmaslik” (aynan – qiyinchiliklarni anglagan holda olg‘a yurish);

多快好省 duo kuai hao sheng – “ko‘p, tez, eng yaxshi va tejamli”;

胆小如鼠 dan xiao ru shu – tarkibiga komparativ tarzda qo‘shilgan ibora - “kalamush kabi qo‘rqoq; o’zbek tilida: quyon kabi qo‘rqoq;

不慌不忙 bu huang bu mang – “ohista va shoshmasdan”.

Mazkur ibora maxsus so‘z tuzilishi konstruksiyasi 不...不... bu...bu asosida tuzilgan bo‘lib, uning vakant o‘chog‘iga 慌忙huang mang – “tezda, shoshilmoq” so‘zining bo‘lingan qismlari qo‘yiladi. Xitoy tilida qator alohida frazeologiyalashtirilgan konstruksiyalar mavjud bo‘lib, nafaqat FBlarni yetkazib berishga qodir, balki, shu bilan birga, bu yerda keltirilgan misollar kabi ma’no jihatidan kuchli erkin nominativ guruhlar yetkazib berishga qodirdir.

Shunday qilib, biz ko‘rib chiqqan dastlabki ikki tavsiflash konsepsiyasi (“an’anaviy” konsepsiya va Wen Duan-zheng konsepsiyasi) o‘zlarining turli aspektlarida mukammal emasligi namoyon bo‘ldi. Chunki ularning differensial mezonlari (hatto barchasi birgalikda olinganda) juda xilma-xil va diffuznalar – “chengyu”, “guanyongyu” va kesik shakldagi “xiehouyu” kabi FB guruhlarini amaliyotda chegaralash qiyinchilik tug‘diradi. Biroq, odatda bunday chegaralash uchta mezonni hisobga olish bilan erishiladi (agar shunday imkoniyat bo‘lsa): o‘zaro uslubiy mezonlar, tarkibiy mezonlar (uzilishga qodirligi, sintaktik konstruksiya xususiyatlari) va etimologik mezonlar. Biroq, qaysi mezonlar belgilovchi bo‘lishini va oxir oqibat mazkur FBning biron bir guruhga tegishliligini belgilab berishi har bir aniq holatlarda o‘z maqsadini ko‘zlagan tadqiqotchining sub’ektiv bahosiga bog‘liqdir. Shuni tan olish kerakki, mazkur tavsiflash FBning turli guruhlari o‘rtasidagi tizimli munosabatdan ko‘ra, ko‘pgina hollarda ko‘proq tushunmovchilikni keltirib chiqargan. Mazkur taksonomik konsepsiyada ajratilgan FB guruhlarini biron bir umumiy belgi bilan qiyoslash mumkin emas. Shu sababdan mazkur konsepsiya yaxlit xarakterga ega emas, shuning uchun ham har bir xitoy frazeologik lug‘atlarini tuzuvchilar turli belgili, turli xildagi birliklarni unga qo‘shadilar va buning natijasida tushunmovchiliklar kelib chiqadi va yanada ko‘proq shubhali tavsiflash sxemalari paydo bo‘ladi.

Undan tashqari, bu tavsiflash bo‘yicha yondoshuvlar o‘z mohiyatiga ko‘ra bir xilda emas, chunki tavsiflash mualliflari ko‘pincha o‘zlarining differensial bazalarini na sinxron mavqega, na diaxronik mavqega qo‘yadilar, aksincha, ularning asossiz aralashib ketishi uchun sharoit yaratib beradilar.

Biz xitoy tilshunosligiga xitoy tilshunoslari tomonidan kiritilgan, yetarli darajada xitoyshunoslikka o‘rnashib olgan, umumiy tilshunos uchun asossiz bo‘lgan va ba’zi tilshunos-xitoyshunoslarning ilmiy konsepsiyalarda1faol qo‘llanilayotgan va rivojlanayotgan va hatto, ular tahlil qilayotgan materiallarga keng ko‘lamda nazar tashlasak, ularni mantiqan boshi berk ko‘chaga olib keladigan bunday muvaffaqiyatsiz “chengyu”, “guanyongyu” va h.k. kabi atamalardan voz kechamiz. Masalan, an’anaviy xitoy tavsiflashlari, mashhur xitoyshunoslik doirasida bunday “chengyu”, “guanyongyu” kabi FB guruhlarini chegaralashning eng asosiy mezonlaridan biri, yuqorida aytib o‘tilganidek, birinchisining kitobiy xarakteri va ikkinchisining so‘zlashuv nutqiga mosligi bilan tasdiqlanadi va bu o‘z navbatida norozilik keltirib chiqaradi. Ya’ni FB ning bu ikki guruhini chegaralash uchun xizmat qiladigan asosiy differensial yoki kategorial belgilar aksariyat xitoy tilshunoslari va ulardan keyin boshqalar FBlarni uslubiy ta’rifini keltirishgan. Ancha avval (ma’lum jihatdan, frazeologiya ilm sifatida) “uslubiy ta’rif, emotsional-ekspressiv bo‘yoqlar va boshqa belgilar frazeologiyani kategorial belgilariga kirishi mumkin emas”1ma’lum bo‘lgan va mutloq isbotlangan. Xususan, “chengyu” deb nomlanuvchi guruh esa ko‘pgina xitoy tadqiqotchilarining tasdiqlashlaricha, “kitobiy” nutqqa xos, ya’ni maishiy xarakterga ega bo‘lmagan yozma nutqdir. Ammo bu tasdiqlar bir muncha bir tomonlamadir. Masala shundaki, venyan yoki putunxuada yozilgan yuqori uslubdagi badiiy, publisistik va ilmiy adabiyotlardagi matnlarning leksik-grammatik qurilishi ko‘pgina hollarda aynan bu kabi matnlarning madaniy an’ana asosida yozilgan arxaik FBlar bilan hamohang bo‘lishga qodir edi. Biroq, arxaik FBlar so‘zlashuv nutqida qo‘llanilishi mumkin emasligidan dalolat bermaydi. Shunday qilib, sabab va natija joylari almashib qolgan. “Chengyu” deb ataluvchi guruhga kirgan venyan qonun-qoidalari bo‘yicha tuzilgan FBlarning ma’lum bir bo‘lagi alohida chegaralanishlarsiz nafaqat yozma nutqga (putunxuaga), balki og’zaki nutqga ham kirishga qodir. Bu narsa A.A.Toropov va Z.I.Baranovlarning dissertatsiya ishlarida ham ta’kidlab o‘tilgan. Masalan, Z.I.Baranov mazkur fikrni bildirar ekan, shunday yozadi: “Yozma nutqqa mansublik chengyularni so‘zlashuv nutqiga kirib kelishini hech ham rad etmaydi, chengyularning bir qismi o‘zlarining qadimgi kelib chiqishiga qaramasdan so‘zlashuv nutqda keng tarqalgan” 2.

Yuqorida bayon etilganlardan biz xitoy tilshunoslari tomonidan taklif qilingan mavjud xitoy FBlari tavsiflanishining asossiz ekanligi haqidagi xulosaga keldik. Bu masala yuzasidan boshqa xitoyshunoslarning ishlarida keltirilgan fikrlarni chetlab o‘tdik, chunki frazeologiya bilan shug‘ullanuvchi ba’zi tadqiqotchilar xitoy mualliflari tomonidan tuzilgan “an’anaviy” tavsiflashni yo qabul qilib, o‘z usullari bo‘yicha kengaytirishga hamda izohlashga qilishga uringanlar (qarang: masalan, I.R.Kojevnikovning dissertatsiyasining 138 betda keltirilgan FB tavsifini 1- sonli mualliflik sxemasi), yoki yaxshi holatlarda, bu tavsifni nisbatan to‘liq emasligi hamda noaniqligini tan olganlar. Masalan, V.F. Shechko o‘z vaqtida shunday yozgan: “Xitoy tili frazeologiyasi tilshunoslik tadqiqotlarining ob’ekti sifatida yaqinda, ya’ni asrimizning 50-yillarida yuzaga keldi. Shuning uchun ham, hozirga qadar ularning chegaralanishi aniqlanmagan va frazeologizmlarni bo‘limlarga (guruhlarga) bo‘lish hanuz aniq emas” 1. Chunonchi, hatto, xitoy FBlarning “an’anaviy” tavsifi hozirga qadar aniq nazariy bazaga ega emas, xususan, differensial belgilarga ega bo‘lgan barcha birliklar uchun yagona to‘plam yo‘q, ya’ni mazkur tavsiflash paradigmasida keltiriladigan atamalar xitoy tili frazeologik fondini kelajakda tahlil qilish va uni tartiblash uchun yaramaydi.

Xitoy tili FB tavsifi haqidagi bu masala o‘z bayonini talab etadi, ya’ni yangi taksonomik tuzilgan konsepsiyalarni ishlab chiqish talab etiladi. Faqat FBlarni bayon etishda tor, “bir yoqlama” yondoshuvlardan va umuman xitoy tilidagi frazeologik fonddan voz kechib, xitoy tilining barcha frazeologik ko‘lami tasavvurlarini keltirishda katta ob’ektivlik va tartiblilikka erishish mumkin. “An’anaviy” tavsiflashdan foydalanishda uning turli xildagi differensial mezonlarga e’tibor qaratish uchun zarardir. Mazkur tilning frazeologik fondini tashkil etuvchi, tavsif birliklari uchun faqat tanlangan to‘g‘ri yagona differensial mezonlar tavsiflash tizimini to‘g‘ri tuzish uchun garov bo‘ladi. Chunki bunday tizim asosiga qo‘yilgan differensial mezonlarni tanlash FBlarning biron bir aniq parametriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi kerak.

Liu Shu-xin nazariyasini e’tiborga olgan holda, xitoy tilshunoslari sekin-asta “an’anaviy” va boshqa FBlar tavsiflash konsepsiyalarini qayta ko‘rib chiqishlarini belgilaganliklari haqida so‘z yuritish mumkin. Liu Shu-xin tomonidan xitoy tilining barcha turg‘un iboralarining majmui tipologiyasi uchun ishlab chiqilgan mantiqiy tavsiflash konsepsiyasini qayd qilib o‘tmaslik mumkin emas. Turli mualliflarning ishlarida kuzatilgan, ular tomonidan taklif qilingan “chengyu” atamasining sharhlanishi, uning tushuncha sifatida mazmuni keskin qarama-qarshiliklari sharoitida qiyoslaydigan bo‘lsak, Liu Shu-xin tomonidan taklif qilingan yo‘l bizning nazarimizda, mazkur xitoy atamasi “idioma” yoki “idiomatik frazeologik birliklar” ma’nosini umumiy qabul qilingan ifodasi bo‘lib, birinchi navbatda, xitoy tilidagi tilshunoslik adabiyotlari uchun eng muvaffaqiyatli hisoblanadi. Biroq, bizning fikrimizcha, o‘zga til FBlarini bayon qilishda tillarning turli tuzilishdagi FBlari haqida yarim asr mobaynida frazeologik maktablar doirasida ishlab chiqilgan, universal, umumiy qabul qilingan atamashunoslik qoidalarga rioya qilish ma’quldir. Shuning uchun ham, keyingi bayonlarimizda rus xitoyshunoslari tomonidan xitoy tilshunoslari ishlaridan o‘zlashtirilgan yuqorida nomlari keltirilgan atamalarni ishlatmaymiz, aksincha, biz “frazeologik birlik” (FB) atamasidan foydalanib, imkon qadar bu FBlar idiomatikmi yoki yo‘qmi, shularni aniqlashga harakat qilamiz.

Birinchi bobga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “frazeologizm” va “frazeologik birlik” tushunchasini belgilash uchun zamonaviy xitoy tilshunoslari “熟语” shuyu atamasini qo‘llaydilar. Xitoy tilshunosligi uchun “frazeologiya” tushunchasi an’anaviy tushuncha hisoblanmaydi, lekin xitoy tilshunosligi doirasida yarim asrdan ko‘p vaqt davomida mavjud. Xitoy tadqiqotchilari bu atamaga quyidagicha ta’rif berishgan: masalan, tilshunos Yun Sheng , “Shuyu – bu ma’lum bir tildagi turg‘un so‘z birikmalarining mavjud yig‘indisi” deb izoh bergan, boshqa xitoy olimi Zhan Yun yan “shuyu” atamasining mazmun mohiyatini shunday belgilaydi: “Tilda yana shunday ba’zi o‘ziga xos so‘z birikmalari va jumlalari mavjudki, ular o‘z vazifasiga ko‘ra so‘zlar, biroq ular nutq jarayonida tuzilmaydi, balki ular tilda tayyor shaklda mavjud va ularga biriktirilgan ma’lum bir ma’no kasb etadilar. Bunday shakldagi turg‘un so‘z birikmalari yoki jumlalar shuyu deb ataladi”.

“Zamonaviy xitoy tili leksikologiya asoslari” kitobi mualliflari Wu Zhan-kun va Wan Xinlar shunday yozadilar: “Shuyu – bu so‘z birikmasi yoki qisqa jumla bo‘lib, o‘z ichki tarkibiga ko‘ra murakkab so‘zlar hisoblanadi, ma’no so‘zlarga nisbatan ularda katta ifodani beradi, biroq qo‘llash ko‘lami va tashqi shakllarining turg‘unligi jihatidan so‘zlar bilan o‘xshash; sintaktik jihatdan ham ular so‘zlar bilan hamohang”.

“Zamonaviy xitoy tili lug‘ati”da esa, “shuyu” atamasining shunday ta’rifi keltiriladi: “Turg‘un so‘z birikmalari bir butunlikda qo‘llaniladi, ularning tarkibiy komponentlarini o‘zgartirish mumkin emas, bundan tashqari, ularni so‘z tuzilishi nuqtai nazaridan tahlil qilish mumkin emas”. “Cihai” lug‘atida “shuyu” so‘zi yanada qisqa berilgan: “Mazkur tilning turg‘un so‘z birikmalari yoki jumlalari. Qo‘llanilganda, odatda ular tarkibi o‘zgartirilmaydi. Ularga chengyu, yanyu, guanyongyu va boshqalar ham kiradi.

Shunday qilib, hozirgi davrda xitoy tilshunosligida frazeologiya mustaqil ilmiy fan sifatida shakllanish jarayoni ketayapti, deyish mumkin. Ehtimol, oxir-oqibat hozirgaga qadar bo‘lgan munosabatlarga qaramasdan, ko‘pgina xitoy tadqiqotchilari tomonidan qabul qilingan熟语学 shuyuxue nomli atama o‘zining haqiqiy o‘rnini egallasa ajab emas.

Xitoy tilshunosligining odatiy yondashuv doirasiga muvofiq, frazeologik fond o‘ziga eng ko‘pi bilan to‘rtta – “chengyu”, “yanyu”, “xiehouyu” va “guanyongyu” guruhlarini o‘z ichiga oladi.

Kelib chiqish manbai aniqlangan, grammatik va leksik venyan mezonida tuzilgan, har qanday xarakterga ega bo‘lgan nutq “chengyu” guruhi birligi sifatida tavsiflanadi. “Chengyu”lar to‘rt so‘zdan tashkil topadi, “chengyu”ning bo‘g‘in-morfemlarining har biri odatda, mustaqil so‘z hisoblanadi. “Chengyu” o‘z vazifasiga ko‘ra, biror bir gap bo‘lagiga to‘g‘ri keladi. “Chengyu”ning tarkibiy komponentlari muntazam ravishda bir-birlari bilan joy almasha olmaydi. “Chengyu”lar adabiy, kitob tili hisoblanib, ular kelib chiqishiga ko‘ra ma’lum bir manbaga asoslangan bo‘ladi, “chengyu” guruhiga kiritilgan frazeologik birliklarning aksariyati allyuziya (stilistik figuralardan biri: tarixiy voqea yoki mashhur asarlarga ishora qilish)lar bo‘lib, qadimgi va o‘rta asrda turli janrlarda xitoy tilida yaratilgan mashhur asarlarning matn syujetlariga asoslangan. Bu guruhga idiomalar, frazeologik bog‘liq iboralar, turg‘un o‘xshatishlar, qadimgi maqollar, keyinchalik maqollarga aylanib ketgan qadimgi aforizmlar kiradi.

“Guanyongyu”lar turg‘un so‘z birikmalari turlarini bildiradi. O‘z tarkibiga ko‘ra bu so‘z birikmalari ma’nosi bir butunlikni tashkil etadi. “Guanyongyu” guruhiga faqat qat’iy ravishda uch bo‘g‘in-morfemlardan tashkil topgan oddiy nutq uslubidagi idiomatik birliklarni kiritish taklif qilingan. “Guanyongyu” guruhini “chengyu” guruhidan hamda o‘z tarkibida ma’lum bir miqdorda idiomalar bo‘lgan jumlalarni chegaralash maqsadida Ma Guo-fan va Gao Ge-dunlar quyidagi mezonlarni taklif etishdi:

1. “Guanyongyu” va chengyular turg‘un so‘z birikmalarini o‘zida namoyon etadi, biroq ularning bu turg‘unlik darajasi turlichadir: chengyularning turg‘unlik darajasi nafaqat ma’no jihatidan eng yuqori, balki tarkibiy jihatidan ham qat’iy hisoblanadi; “guanyongyu” larning turg‘unlik darajasi (ularning tarkibi) unchalik yuqori emas”;

2. “Chengyular bo‘g‘inlar soni jihatidan asosan to‘rt bo‘g‘indan iborat, guanyongyular esa asosan uch bo‘g‘indan. Ba’zi chengyu va guanyongyular borki, o‘z tarkibida to‘rt bo‘g‘in mavjud, lekin ularning ichki tuzilishi (chengyu va guanyongyu guruhlari birliklari) turlicha”;

3. “Chengyular uchun asosiy tarkibiy komponent bo‘g‘in hisoblanadi, guanyongyular uchun esa bo‘g‘in va birga olingan ikki bo‘g‘in (bunda alohida bo‘g‘in ham, ikki bo‘g‘in ham bir so‘zga to‘g‘ri keladi, ya’ni bu punktga muvofiq “guanyongyu”lar bir butunlikda ikki so‘zdan tashkil topgan bo‘lishi mumkin); chengyuning tarkibiy tuzilishi guanyongyuning tarkibiy tuzilishiga nisbatan qiyinroq”;

4. Chengyu qadimgi etimologiya bilan ta’riflanadi, uning kelib chiqish manbai turlicha; guanyongyular ancha keyin vujudga kelgan bo‘lib, ularning aksariyati qiyoslash natijasida kelib chiqqan.

FB larning “kinoya qochiriqlar” deb tarjima qilingan “xiehouyu” guruhi FB lari ikki bo‘lakli nutq shaklini to‘liq namoyon etadi. “Xiehouyu” bo‘laklari topishmoq (piching, kinoya, qochiriq yoki qiyos, o‘xshatish) va javob (birinchi qochiriqni ochuvchi) orqali bir-biri bilan munosabatga kiradi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, mazkur FB guruhining birinchi qismi odatda metafora (istiora, kinoya) bo‘lib, ikkinchi qismda “ochib beriladi”. “xiehouyu” larning asosiy ishlatilish doirasi kundalik – maishiy xarakterdagi so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. “Xiehouyu” lar tuzishning asosiy manbasi – jonli, so‘zlashuv nutqdir. “Chengyu” guruhi birliklarini “guanyongyu” guruhidan chegaralashga harakat qilindi. “Xiehouyu” guruhi birligini esa qolgan FB hajmidan ajratish qiyin emas, chunki “xiehouyu” iboralar yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘zining to‘liq shaklida bo‘ladi, o‘ziga xos ikki bo‘lakli tarkibi bilan ajralib turadi.

Yuqorida bayon etilganlardan biz xitoy tilshunoslari tomonidan taklif qilingan mavjud xitoy FBlari tavsiflanishining asossiz ekanligi haqidagi xulosaga keldik. Shechko o‘z vaqtida shunday yozgan: “Xitoy tili frazeologiyasi tilshunoslik tadqiqotlarining ob’ekti sifatida yaqinda, ya’ni asrimizning 50-yillarida yuzaga keldi. Shuning uchun ham, hozirga qadar ularning chegaralanishi aniqlanmagan va frazeologizmlarni bo‘limlarga (guruhlarga) bo‘lish hanuz aniq emas”. Liu Shu-xin tomonidan taklif qilingan yo‘l bizning nazarimizda, mazkur xitoy atamasi “idioma” yoki “idiomatik frazeologik birliklar” ma’nosini umumiy qabul qilingan ifodasi bo‘lib, birinchi navbatda, xitoy tilidagi tilshunoslik adabiyotlari uchun eng muvaffaqiyatli hisoblanadi.


Download 451,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish