Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bitiruv malakaviy ishi



Download 451,5 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2017
Hajmi451,5 Kb.
#11097
  1   2   3   4


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI



BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu: Xitoy tili ekspressiv frazeologizmlarning semantikasi

Bajardi: “Xitoy filologiyasi” ta’lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabasi Musayeva Madina Hamidulla qizi ____________

Ilmiy rahbar: “Xitoy filologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi, f.f.n. S.A.Nosirova ____________
TOSHKENT-2012

Mundarija


KIRISH………………………………………………………………………….. 3

I bob. Xitoy tilida frazeologizmlar turi

1.1. Xitoy tilshunoslarining “frazeologizm” atamasiga bergan ta’riflari………... 10

1.2.Frazeologizmlarning boshqa til birliklaridan farqi………………. ………… 15


II bob. Ekspressiv frazeologizmlarning xususiyatlari

2.1. Xitoy frazeologik birliklarini tarkibiy semantik tavsiflash…………………..51

2.2.Ekspressiv frazeologizmlarning leksik-semantik tahlili …………………….. 59
XULOSA………………………………………………………………………... 75

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

ILOVALAR

Kirish

“Ta’lim – tarbiya masalasi mustaqilligimizning

birinchi kunlaridan boshlab bugunimiz va kelajagimizni hal qiladigan eng ustuvor va dolzarb vazifa sifatida yurtimizda keng tartibga qo’yildi. Bugungi kunda bu sohalar amalga oshirilayotgan ulkan ishlar farzandlarimizning har tomonlama barkamol bo’lib ulg’ayishi uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar tufayli yoshlarimizning jismoniy va ma’naviy jihatdan hech kimdan kam bo’lmasdan voyaga yetayotgani barchamizga mamnuniyat yetkazadi” deb bejiz aytmaganlar Prezidentimiz Karimov. I.
Mavzuning dolzarbligi. Har bir tilning o’ziga xos xususiyati undagi muhim qatlam hisoblanmish turg’un iboralar – frazeologizmlarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Zero, iboralar kishilar orasida yuzaga keladigan turli munosabatlarni qisqa, lo’nda va ta’sirchan qilib ifodalaydi. Tilda frazeologizmlarning qanchalik ko’p bo’lishi usha til imkoniyatlarining shunchalik kengligidan dalolatdir. Yuzyilliklar bo’yi xalq badiiy tafakkurining mevasi sifatida yuzaga kelgan iboralar avloddan-avlodga o’tib kelaveradi. Iboralar zamonlar osha sayqallanib boradi, mazmunan teranlashadi. Tildagi turg’un iboralarni o’ziga xos qomus, desa bo’ladi. Ularda kishilik turmushining, xalq tafakkurining serqirratomonlari o’z ifodasini topgan. Ayni chog’da, frazeologik birliklar semantikasi va tuzilishiga ko’ra o’ta murakkab bo’lib, lingvistikada chuqur va har yoqlama o’rganishni talab etadi. Ular, bir tomondan, til birligi sifatida muayyan tushunchani ifodalab, leksemalarga teng tursa, ikkinchi tomondan, ularning ifoda va mazmun munosabatida nomuvofiqlik mavjud bo’ladi.

Ma’lumki, tilning leksik sathi dunyo haqidagi bilimlarning deyarli barcha tarmoqlarini qamraydi, frazeologiya (idiomatika) esa ko’proq insonning ruhiyati, kishilar o’rtasidagi munosabatlar, ijtimoiy-etnik baholarni ifoda etadi1. Frazeologizmlarning kommunikativ tahlili deyilganda, ularning mazmuni, tuzilishi va nutqda qo’llanish holati ko’zda tutiladi. Bunday vaziyatda frazeologizmlarning kommunikativ vazifalari asosida ular real borliq haqidagi ma’lumotlarning ifodasi, so’zlovchining kommunikativ intensiyasi va pragmatik effektdan tashkil topgan integral butunlik sifatida qabul qilinadi. Diqqat markazida esa semantika masalasi turadi. Semantikagina tilning mohiyatini to’laligicha ko’rsata oladi.

Iboralar xalqning uzoq asrli an’analari, urf-odati, madaniyati va tarixini aks ettirgani uchun ham ahamiyatlidir. Xitoy tili dunyoning yanyu (maqol), matal va iboralarga o’ta boy tillaridan biri bo’lib, uning butun go’zalligi, tarovati ana shu birliklarda o’z ifodasini topgan.

E’tirof etish kerak, xitoy tilshunosligida frazeologiya hali-hanuz alohida soha sifatida o’rganilmay kelmoqda. Chunonchi, Guo Xin-yining yozishiga ko’ra, xitoy tilshunosligida frazeologiya hozirga qadar alohida tadqiqot obyekti sifatida ajratilmagan hamda leksikologiyaning bu bo’limi hali maxsus nomga ham ega emas.

P.P. Vetrovning e’tiroficha1, xitoy tilshunoslarining frazeologiyaga bag’ishlangan ishlarida (XX asrning 50-60 yillaridagi tadqiqotlar ko’zda tutilmoqda) turli ma’nolarda tushunish mumkin bo’lgan chengyu (idioma) termini qo’llanila boshlandi. Bu termin, asosan, quyidagi ma’nolarda ishlatilgan: 1) to’rt komponentdan iborat bo’lgan turg’un birikmalar, maqollar, aforizmlar; 2) tor ma’noda: faqat frazeologik birliklarni bildiradi. Ammo boshqa xitoy tilshunoslari keng ma’nodagi “frazeologiya” yoki “frazeologik birlik” tushunchasi uchun shuyu terminini qo’llaydilar. Bunda shu komponenti “tayyor” yoki “tanish” ma’nosini ifoda etsa, yu esa “jumla, so’z” ma’nosiga ega. Natijada shuyu termini fanda termin mavqeiga erishadi.

Umuman olganda, xitoy tilshunoslarining leksikologiyaga oid ishlarida shuyu terminining har doim ham ajratilmaganligini kuzatish mumkin. Xususan, xitoy tilidagi frazeologiya alohida ajratilib tadqiq etilganida ham, asosan, yo’l-yo’lakay ma’lumot berib o’tilganini ta’kidlab o’tishimiz zarur. Masalan, Yun Sheng, Zhan Yun-yan, Wu Zhan-kun, Wang Qing, Fu Huai-qing singari tilshunos olimlar frazeologizmlar qatorida tilda uchraydigan barcha turg’un birikmalar va turg’un gaplarni (maqollar, aforizmlarni) keltiradilar1 . Xitoy tili lug’atlari ham ana shu qarashlar ta’siri ostida tuzilgan2.

Frazeologizmlar xitoy tilshunosligida o’rganila boshlagach, frazeologik birliklarni tasniflash, tizimlashtirish masalasi ko’tarila boshlandi. Masalan, Sun Wei-zhang 3 frazemalarni quyidagicha tasniflaydi: 1) chengyu (CY, idioma); 2) guanyongyu (GY, idiomatik so’z birikmasi); 3) xiehouyu (XY, ma’nosi ikki so’z birikmasida mujassamlashgan); 4) yanyu (YY, maqol); 5) geyan (aforizmlar).

Xitoy tilidagi frazeologizmlar, Xu Guo-qinning fikricha, CY, GY, XYlardan iborat. Biroq nomlari tilga olingan xitoy tilshunoslari bu ikki tasnifdan ko’proq birinchisiga yon bosadilar4 . Frazeologizmlarning CY, GY turlari alohida e’tiborni jalb etadi.

CY termini so’zma-so’z tarjima qilinganda “tayyor ibora” yoki “tayyor shakldagi ibora” mazmunini bildiradi. Bu terminga qarama-qarshi qo’yilayotgan GY esa “odatdagi ibora” tushunchasiga ega. Ushbu terminlar mohiyatan bir-biriga zid tushunchalarni emas, balki frazemalarning o’xshash belgilarini anglatmoqda.

Xitoy tilidagi frazemalar rus xitoyshunoslari A.P. Rogachev, Z.I. Baranova, V.I. Gorelov, A.A. Xamatova singari olimlar tomonidan tadqiq etilgan5 . Ular akademik V.V. Vinogradovning frazeologizmlarning semantik-struktur tasnifi (frazeologik butunlik, frazeologik qo’shilma, frazeologik chatishma)ni xitoy tilidagi frazeologik birliklarga tatbiq etganlar. I.R.Kojevnikov, I.V. Voytsexovich kabi ayrim rus tilshunoslari tomonidan xitoy tilshunoslari taklif etgan konsepsiyalar hamda tasniflar qabul qilingan va qo’llab-quvvatlanmoqda6 .

P.P. Vetrov hozirgi xitoy tili frazeologizmlarining sintaktik va stilistik xususiyatlarini tadqiq etar ekan, psixolingvistik yo’nalishda ish olib borgan7 .

Demak, bayon etilgan fikrlardan xitoy tilshunosligida frazeologiyaning alohida soha sifatida shakllanish jarayoni davom etmoqda hamda bu borada hali o’z yechimini kutayotgan masalalar ko’p, degan xulosaga kelish mumkin.

Mazkur bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi hozirgi xitoy tilida keng qo’llanilib kelayotgan hamda alohida o’rin tutuvchi his-tuyg’u mazmundagi frazeologizmlar qatlamini tadqiq etish va tahlil qilish zarurati bilan belgilanadi. Zero, hozirgi kunga qadar Xitoy Xalq Respublikasida xitoy tilshunosligi sohasi bo’yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda ham, o’zbek xitoyshunosligida ham xitoy tili lug’at boyligining muhim qismini tashkil etuvchi, his-tuyg’u munosabatlarni ifodalovchi frazeologik birliklar maxsus tadqiq etilmagan.

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Xitoy tili frazeologiyasi tadqiqiga bag’ishlangan ilmiy ishlar soni cheklangan. Zotan, yuqorida qayd etilganidek, xitoy tilshunosligida frazeologiya sohasining shakllana boshlanganiga hali ko’p bo’lgani yo’q. Xitoy tilidagi keng ma’noli frazeologik birliklar (CY, maqol, SY va aforizmlar)ning o’ziga xos xususiyatlari, ayrim semantik va struktur belgilari, tasniflanishi masalalari xitoy tilshunoslaridan Yun Sheng, Zhang Yun-yan, Wu Zhan-kun, Wang Qin, Fu Huai-qing, Sun Vei zhang, rus xitoyshunoslaridan A.P. Rogachev, Z.I. Baranova, V.I. Gorelov, A.A. Xamatova, I.R. Kojevnikov, I.V. Voysexovich kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida ko’tarilgan.

Keyingi yillarda o’zbek xitoyshunoslari tomonidan xitoy tili leksikologiyasi, morfologiyasining ba’zi masalalari bo’yicha ilmiy ishlar bajarildi2 . Bu ishlar shuni ko’rsatadiki, xitoy tilidagi his-tuyg’u ma’nosini anglatuvchi frazeologizmlar, ularning yuzaga kelish sabablari va omillari, bu tipdagi frazeologizmlarning semantik, tarkibiy va grammatik xususiyatlari alohida tadqiq etilmagan.



Bitiruv malakaviy ishining obyektini xitoy tilida his-tuyg’u bilan bog’liq frazeologizmlarining semantik turlari tashkil etadi. Ishga manba sifatida xitoy tili lug’atlari, badiiy adabiyot namunalari, hozirgi xitoy matbuotida chop etilgan publitsistik maqolalar hamda jonli til materiallari jalb etildi.

Bitiruv malakaviy ishining predmeti. Xitoy tilidagi his-tuyg’u ma’nosini anglatuvchi CY, XY, GYlarning semantik xususiyatlari, tarkibiy tuzilishi, mazkur iboralarning shakllanish yo’llari, ularning semantik va leksik xususiyatlari, kommunikativ jarayonda tutgan o’rni bitiruv malakaviy ishining predmetini tashkil etadi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishining bosh maqsadi – xitoy tilidagi his-tuyg’u ma’nosini anglatuvchi CY, XY, GYlarni tizimli ravishda tadqiq etish, ularning semantik tasnifini amalga oshirish va, shu asosda, ularning grammatik va leksik xususiyatlarini tahlil etishdir. Ushbu muommolarni yuzaga chiqarish maqsadida bitiruv malakaviy ishining oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:

  • xitoy tilidagi his-tuyg’u ma’nosini anglatuvchi CY, XY, GYlarni aniqlash; ular tarkibidagi his-tuyg’uni bildiruvchi leksemalarning komponent tahlilini amalga oshirish orqali ularning semantik tasnifini yaratish;

  • his-tuyg’u ma’nosini anglatuvchi CY, XY, GYlarning yuzaga kelish sabablari va omillarini aniqlash;

  • o’rganilayotgan CY, XY, GYlar semantikasini yoritish;

  • xitoy tilidagi his-tuyg’u ma’nosini anglatuvchi CY, XY, GYlarning grammatik xususiyatlarini o’rganish, ularning gapdagi imkoniyatlarini tahlil etish; ularning nutqda reallashuvini nisbatan faol va tipik ko’rinishlarini belgilash;

  • his-tuyg’u ma’nosini anglatuvchi CY, XY, GYlarning tipik grammatik joylashuv holatlarini aniqlash va tavsiflash.

Bitiruv malakaviy ishining metodologik va nazariy asoslari. Bitiruv malakaviy ishi uchun umumiy tilshunoslik hamda xitoy, rus, o’zbek tillari leksikologiyasi va frazeologiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar, jumladan, V. Gumboldt, T.L. Kandelaki, V.P. Danilenko, N.I. Kondakov, G. Rondo, D.S. Lotte, G.O. Vinokur, A.A. Reformatskiy, I.A. Boduen de Kurtene, V.V. Vinokur, F. Riggz, A.V. Isachenko, T.A. Amirova, B.A. Olxovikov, N. Xomskiy, Wang Li, Yang Xin-an, Z. Xerris, J. Pakkard, A. Vuds, P. Fletser, M. Chen, I.A. Xamatova, Sh. Rahmatullayev, A.A. Karimov, S.A. Xoshimovalarning ilmiy-nazariy qarashlari asos vazifasini o’taydi.

Bitiruv malakaviy ishining metodlari. Bitiruv malakaviy ishini yozishda analiz, sintez, tasniflash, ta’riflash, tavsiflash, komponent tahlil, jadvallashtirish usullaridan foydalanildi.

Ishning ilmiy yangiligi. Mazkur bitiruv malakaviy ishida xitoy tilida his-tuyg’u ma’nosini anglatuvchi CY, XY, GYlar ilk bor tizimli ravishda tadqiq etilmoqda. CY, XY, GYlar semantik jihatdan tasniflandi, shu asosda ularning grammatik va leksik xususiyatlari tahlil etildi; nutq jarayonidagi o’rni, mohiyati ochib berildi. CY, XY, GYlarning yuzaga kelish omillari, shuningdek, ularning tarkibiy tuzilishidagi o’ziga xosliklar tadqiq etildi, nutq jarayonida yuzaga chiqishining faol va tipik ko’rinishlari belgilandi. CY, XY, GYlarning tipik sintagmatik joylashuv holatlari aniqlandi va tavsiflandi.

Bitiruv malakaviy ishi natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishining materiallari, ishning nazariy xulosalari xitoy tilshunosligi va o’zbek xitoyshunosligidagi frazeologiya bo’yicha yondashuvlarni nazariy boyitishga hissa qo’shadi. Bitiruv malakaviy ishining natijalari xitoy tilidagi frazeologizmlarning semantik guruhlashtirish masalasiga oydinlik kiritadi. Xitoy tilidagi his-tuyg’u ma’nosini anglatuvchi CY, XY, GYlarning yuzaga kelish sabablari va omillari aniqlanadi. Ishdan boshqa tillardagi frazeologizmlarning ayni yo’nalishdagi tadqiqi uchun asos sifatida foydalanish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishining materiallari xitoy tilining izohli lug’ati, xitoycha-o’zbekcha, o’zbekcha-xitoycha lug’atlar, xitoy tili frazeologizmlari lug’atini tuzishda, shuningdek, filologiya (xitoy tili) bakalavriat ta’lim yo’nalishidagi “Xitoy tili”, “Xitoy tili leksikologoyasi” fanlarini o’qitishda amaliy ko’mak beradi. Bitiruv malakaviy ishining natijalari lingvistika (xitoy tili) magistratura mutaxassisligi bo’yicha tahsil oluvchi talabalarga maxsus kurs sifatida o’qitilishi mumkin. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishining materiallari tarjimonlik, ayniqsa, sinxron tarjimonlikda katta amaliy ahamiyatga ega.



Bitiruv malakaviy ishining aprobatsiyadan o’tishi. Mavzu doirasida O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasidagi diplomatik aloqalarning 20 yilligiga bag’ishlangan xitoyshunos talabalar anjumanida “Frazeologiya chegaralarini belgilash muammosi va frazeologik birliklarning tavsiflash bo’yicha mavjud yondashuvlar haqida qisqacha ma’lumot” nomli maqola nashr etildi.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat. Birinchi bob “Xitoy tilida frazeologizmlar turi” deb nomlangan. Birinchi bob ikkita bo’limni o’z ichiga olgan. 1.1. “Xitoy tilshunoslarining “frazeologizm” atamasiga bergan ta’riflari”, 1.2. “Frazeologizmlarning boshqa til birliklaridan farqi” deb nomlangan.

Ikkinchi bob esa “Ekspressiv frazeologizmlarning xususiyatlari” deb nomlangan. Ikkinchi bob ham ikkita bo’limdan tashkil topgan. 2.1. “Xitoy frazeologik birliklarini tarkibiy semantik tavsiflash”, 2.2. “Ekspressiv frazeologizmlarning leksik-semantik tahlili” deb nomlangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan 15 ta asosiy manba, 14 ta rus va o’zbek tillaridagi adabiyot, 4 ta lug’at va internet saytlari joy oladi.

Ilovada “Tilning frazeologik tarkibini tushunib yetishning keng va tor ma’nosini ko‘rsatuvchi sxema”, “His-tuyg’u bilan bog’liq FB larning leksik-semantik tahlili”, “Jahl chiqish, hursand bo’lish va azob chekish his-tuyg’ularini ifodalovchi semantik guruhlardagi FB larning taqsimlanishi” ga doir ma’lumotlar keltiriladi. Ishning umumiy hajmi 81 sahifani tashkil qiladi.




I BOB. XITOY TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLAR TURI


    1. Xitoy tilshunoslarining “frazeologizm” atamasiga bergan ta’riflari

Mazkur bobda hozirgi zamon adabiy xitoy tilida mavjud bo‘lgan frazeologik birliklarni (FB) tavsiflash muammosi haqida so‘z yuritiladi. Biz bu muammoni hal etishdagi ba’zi variantlarini, eng avvalo, xitoy tilshunoslari tomonidan taklif qilingan variantlarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Taklif etilayotgan ma’lumotlarning maqsadi nafaqat xitoy frazeologik birliklarini tavsiflash masalasi haqidagi bahsli tomonlarini va ba’zi taksonomik yondashuvlarning asossizligini asoslash, balki xitoy tili FB guruhlarining shaxsiy tizimini ishlab (tuzib) chiqarish hisoblanadi.

Hozirgi davrda xitoy tilshunosligida 1 qator xitoy FBlari tavsifi mavjud, biroq ular ma’lum bir kamchiliklarga ega bo‘lganligi uchun ular tayanadigan asoslar amorflik (shaklsizlik) mezonlar hisoblanadi. Shunga qaramasdan, ko‘pgina taksonomik yondashuvlarning biri ustunlik qilib xitoy tilshunosligida ajratilgan va bu filologiyaga tegishli ko‘pgina nufuzli darsliklarda hamda tilga tegishli asosiy ensiklopedik nashrlarda o‘z aksini topgan. Ehtimol, bu, 60-70-yillardan boshlab to shu kunga qadar vaqt davomida xitoyshunoslikda mazkur taksonomik yondashuvni o‘zlashtirish (hech qanday o‘zgarishlarsiz) va ommabop bo‘lishiga ta’sir etgan.

Aksariyat hollarda “frazeologizm” va “frazeologik birlik” tushunchasini (uni keng ko‘lamda tushinish ma’nosida) belgilash uchun zamonaviy xitoy tilshunoslari “熟语” shuyu atamasini qo‘llaydilar, bu so‘zning atama komponenti tarjimasi shu ni “tayyor” yoki “tanish” deb talqin etish mumkin, yu esa “nutq” ma’nosini beradi. Xitoy tilshunosligi uchun “frazeologiya” tushunchasi an’anaviy tushuncha hisoblanmaydi, lekin xitoy tilshunosligi doirasida yarim asrdan ko‘p vaqt davomida mavjud. Chamasi, “frazeologiya” tushunchasi xitoy tilshunoslarini ko‘pgina masalalarda Yevropa tilshunoslik an’analariga faol murojaat etishni boshlaganlarida rus yoki ingliz tillaridan o‘zlashtirilgan bo‘lsa kerak. “熟语”shuyu xitoy atamasi uch ma’noga ega: 1. frazeologiya xitoy tilshunosligi bo‘limini belgilash - nutqning turg‘un bo‘laklarini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lim sifatida; 2. yig‘ma atama – mazkur tilning frazeologik birliklari tarkibi/jamg‘armasi sifatida; 3. frazeologik birlik (keng ko‘lamdagi ma’no) sifatida. Uchinchi ma’nodagi“熟语”shuyu xitoy atamasiga FB, so‘z birikmalari bilan birga tilning folklor darajasini tashkil etuvchi FB jumlalarini (ya’ni ba’zi xitoy tadqiqotchilari ekvivalent atama sifatida ko‘pincha xalq og‘zaki ijodiyotining aforistik janrlari - maqol, matal, aforizm, topishmoqlarga yana bir yig‘ma atama – “俗语” suyu ni) qo‘llaydilar. Unda su mashhur, hamma qabul qilgan, ayrim (tarmoqlanish, tarqalish) ma’nolarini, yu – nutq ma’nosini beradi.

Umuman olganda, xitoy tilshunoslarining leksikologiya bo‘yicha ishlarida “shuyu” atamasini aniqlash ko‘p uchramaydi, agar uchrasa ham, odatda, yuzaki xarakterga ega. Frazeologiya haqida yozuvchi, mualliflar faqat umumiy ta’kidlashlar bilan cheklanib, bir tomondan, mazkur masalani yetarli o‘rganilmaganligini ta’kidlashsa, ikkinchi tomondan, hozirgi davrda frazeologiyaning nazariy asosi yosh xitoy tilshunosligining endi shakllanayotgan sohasi ekanligi, xitoy tadqiqotchilari hali “shuyu” atamasini yirik ishlarda muvaffaqiyatli shakllantirishlariga ertaligi, turli xitoy mualliflarining ishlarida mavjud bo‘lgan qarama-qarshiliklar mazkur mavzuni yoritish uchun kamlik qilishi haqidagi fikrlarni bildiryaptilar. Xitoy tadqiqotchilari bu atamani qanday aniqlaydilar?

Masalan, tilshunos Yun Sheng (云生) 1959 yilda shuyularga quyidagi definisiya (tushuncha mazmunini aniq mantiqiy belgilab berish)ni taklif qilgan: “Shuyu – bu ma’lum bir tildagi turg‘un so‘z birikmalarining mavjud yig‘indisi”1, “shuyu” larga u turg‘un so‘z birikmalari va turg‘un jumlalarni kiritgan. Boshqa xitoy olimi Zhan Yun yan o‘zining “Leksikologiyaga kirish” deb nomlanuvchi monografiyasida “shuyu” atamasining mazmun mohiyatini shunday belgilaydi: “Tilda yana shunday ba’zi o‘ziga xos so‘z birikmalari va jumlalari mavjudki, ular o‘z vazifasiga ko‘ra so‘zlar, biroq ular nutq jarayonida tuzilmaydi, balki ular tilda tayyor shaklda mavjud va ularga biriktirilgan ma’lum bir ma’no kasb etadilar. Bunday shakldagi turg‘un so‘z birikmalari yoki jumlalar (ko‘proq so‘z birikmalari) shuyu deb ataladi1.

“Zamonaviy xitoy tili leksikologiya asoslari” kitobi mualliflari Wu Zhan-kun va Wan Xinlar shunday yozadilar: “Shuyu – bu so‘z birikmasi yoki qisqa jumla bo‘lib, o‘z ichki tarkibiga ko‘ra murakkab so‘zlar hisoblanadi, ma’no so‘zlarga nisbatan ularda katta ifodani beradi, biroq qo‘llash ko‘lami va tashqi shakllarining turg‘unligi jihatidan so‘zlar bilan o‘xshash; sintaktik jihatdan ham ular so‘zlar bilan hamohang”2.

“Zamonaviy xitoy tili leksikologiyasi” (1985 yilda nashr etilgan) kitobi muallifi Fu Huai-qing (符淮清) til tizimida FB (“shuyu”)ning o‘rnini aniqlashga va ularni tilning leksik darajasiga bog‘lashga uringan: “Leksika o‘ziga nafaqat so‘zlarni olgan, balki ba’zi alohida nutq– “yu” larni, ya’ni chengyu, yanyu, suyu, xiehouyularni ham olgan. Ular so‘z birikmalari yoki jumla tizimiga ega bo‘lib, ularning tarkibiy komponentlari va tuzilish modeli uzoq nutq amaliyoti natijasida yuzaga kelgan, ularning ma’nosi ko‘pincha bir butunlikni tashkil etadi. Ular tilning turg‘un konstruksiyasini namoyon etadi”3. Fu Huai-qing FB larni alohida “guanyongyu”lar guruhiga ajratmaydi (bu va boshqa FB guruhlarini biz quyida ko‘rib chiqamiz), shu bilan birga uch so‘zdan tashkil topgan, “an’anaviy qarashlarda “guanyongyu”lar guruhi yadrosini tashkil etgan, asosan zamonaviy til leksik-grammatik normalari bo‘yicha tuzilgan idiomatik FB lar haqidagi masalani chetlab o‘tadi. Lekin shunga qaramay, u jumla tarkibida idiomatik FB ni belgilash uchun “suyu” (俗语suyu aynan - mashhur, hamma qabul qilgan ibora) atamasini ishlatadi va uning fikriga ko‘ra, ular pand - nasihat xususiyatiga ega emas, ya’ni maqollar (yanyu) hisoblanmaydi4. Lekin u folklor nuqtai nazaridan bu birliklarni matal xarakteriga ega ekanligini ta’kidlab, bir qancha misollar keltiradi:

敬酒不吃吃罚酒 jing jiu bu chi chi fa jiu - yaxshi nasihat yoki ko‘ndirishlarga quloq solmagan inson uni majburlash yoki jazolashdan keyingina bu narsaga ko‘nadi, ya’ni ko‘ngilsizlikni tilab oluvchi inson haqida so‘z borayapti (bu ibora aynan “vino ichishni taklif qilsang, ichmaydi, lekin jarima vinoni ichishdan bosh tortmaydi”, deb tarjima qilinadi);

这山望着那山高zhe shan wangzhe na shan gao – o‘z ishidan norozi, beqaror xarakterga ega va o‘z xohishlari chegarasini bilmaydigan inson haqida ( bu ibora aynan “bir tog‘da turib, ikkinchi tog‘ni baland deb o‘ylaydi”, deb tarjima qilinadi).

“Shuyu” atamasining turli ta’riflari haqidagi masalaga qaytamiz. “Zamonaviy xitoy tili lug‘ati”da, “shuyu” atamasining shunday ta’rifi keltiriladi: “Turg‘un so‘z birikmalari bir butunlikda qo‘llaniladi, ularning tarkibiy komponentlarini o‘zgartirish mumkin emas, bundan tashqari, ularni so‘z tuzilishi nuqtai nazaridan tahlil qilish mumkin emas1. “Cihai” lug‘atida “shuyu” so‘zi yanada qisqa berilgan: “Mazkur tilning turg‘un so‘z birikmalari yoki jumlalari. Qo‘llanilganda, odatda ular tarkibi o‘zgartirilmaydi. Ularga chengyu, yanyu, guanyongyu va boshqalar ham kiradi2.

“Shuyu” atamasi tushunchasiga asosiy yondoshuv shulardan iboratdir. Agar keltirilgan ta’riflar amaliyotda qo‘llanilsa, ularni qoniqarsiz ekanligini ko‘rish mumkin, boshqacha qilib aytganda, ularda “shuyu” (FB) ni frazeologik bo‘lmagan tilning boshqa birliklaridan chegaralovchi asosiy va ishonarli mezonlar yetishmaydi. Bunday tushunchalar ba’zi xitoy tilshunoslari, jumladan, Xu Guo-qing (徐囯庆) da uchraydi, masalan uning ta’kidlashicha, “shuyu” (ya’ni FB) larni yuqorida keltirilgan ta’riflari, eng mashhur va nufuzli xitoy izohli lug‘atlaridagi ma’lumotlar tugallanmagan (chala) va xato fikrlarga olib keladi. Chunki bu ma’lumot va fikrlarda “shuyu” (ya’ni FB) larning umumiy belgilari (tarkibining turg‘unligi, so‘z birikmasi yoki jumla modeliga modelini to‘g‘ri kelishi va h.k.) sanab o‘tilgan va ularning o‘ziga xos maxsus belgilari haqida umuman hech narsa deyilmagan. U o‘z fikrini tasdiqlar ekan, “shuyu” larning aksariyat qismi turg‘un so‘z birikmalariga kirishini ma’qullaydi, biroq, u “shuyu” (bu yerda FB- so‘z birikmalari)larning katta qismi faqat turg‘un so‘z birikmalari turlaridan biri ekanligiga urg‘u berib, ularni boshqalar kabi frazeologizmlar deb hisoblamaydi, ular eng yuqori darajadagi kategoriyalarni tashkil etib, bir butun so‘z birikmalarining barcha turlarini o‘ziga oladi. Bunday holatga u nutqda tayyor shaklda kelgan (xuddi FB) va uning tarkibiy komponentlarini almashtirish yoki tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan rasmiy jihatidan turg‘un so‘z birikmalaridan misollar keltiradi, masalan:

北京大学 Beijing Daxue – Pekin universiteti;

中华人民共和国 Zhonghua renmin gongheguo – Xitoy Xalq respublikasi;

同步回旋加速器 tongbu huixuan jiasu qi – sinxrotsiklotron (fazotron)1.

Xu Guo-qingning yozishicha, “shuyu” (ya’ni FB) ma’nosining o‘ziga xosligi bilan xarakterlanadi va ular tarkibiy komponentlar ma’nosidan chiqib ketmaydi (yuqorida keltirilgan misollardagi ot va atamalar kabi), balki, ikki rejali (双层性shuangcengxing) xususiyatga, yoxud, uyg‘unlashgan (融合性ronghexing) xislatga ega, deb aytadi2. Lekin bu fikrlariga qo‘shilmay bo‘lmaydi, chunki ancha oldin akademik V.V.Vinogradov frazeologik birliklarni frazeologik uyg‘unliklar deb atagan.

Shunday qilib, hozirgi davrda xitoy tilshunosligida frazeologiya mustaqil ilmiy fan sifatida shakllanish jarayoni ketayapti, deyish mumkin. Ehtimol, oxir-oqibat hozirgaga qadar bo‘lgan munosabatlarga qaramasdan, ko‘pgina xitoy tadqiqotchilari tomonidan qabul qilingan熟语学 shuyuxue (“xue” – ta’limot ma’nosida) nomli atama o‘zining haqiqiy o‘rnini egallasa ajab emas.

Shuni ta’kidlash joizki, bundan yarim asr muqaddam Z.I.Baranovning aytishicha, xitoy tilshunosligida frazeologiya tilshunoslikning alohida sohasi sifatida umuman ajratilmagan va hatto, mazkur ilmiy fanni nomlash uchun atama ham yo‘q bo‘lgan. XX asrning 50-60-yillarida frazeologiya bo‘yicha xitoy tadqiqotchilarining ishlarida “chengyu atamasi paydo bo‘lib, muallif yondashuviga qarab turli ma’nolar berilgan. “Chengyu” atamasi asosan quyidagi ma’nolarda qo‘llanilgan: 1. Turli to‘rt so‘zdan tashkil topgan “tayyor” (cheng) “iboralar” (yu)ni belgilash, ya’ni FB-idiomalar va FB lar ko‘zda tutilgan jumlalar ( maqol, aforizm va h.k.), ya’ni bu atama frazeologiyani “keng ko‘lamdagi ma’nosi”ni bildiradi (bunday nuqtai nazarni, xususan, He Ai-ren (何霭人) 1957 yilda ma’qullagan); 2. Frazeologiyani “tor ma’noda” belgilash uchun, ya’ni unda ob’ekt faqat FB-idiomalar hisoblanadi (Zhang Shi-lu (张世禄), 1957, 1959 yillar shu nuqtai nazarni yoqlagan)1Xuddi shu davrda boshqa xitoy tilshunoslari keng ma’nodagi frazeologiyaga yangi (熟语) “shuyu” - atamasi taklifi bilan chiqdilar. Bunga 1959-1960-yillardagi Yun Sheng (云生) (uning “shuyu” definitsiyasi yuqorida keltirildi) va Tang Song-bo (唐松波) larning ishlari shaxodatlik beradi2. Yuqorida aytib o‘tilganidek, xitoy frazeologiyasini hozirgi o‘rganilish davri natijasida “shuyu” atamasi sekin-asta umuman turli FBlarning qabul qilingan umumiy yig‘ma nomini tashkil etib, “chengyu” atamasi esa, asosan FB doirasining qabul qilingan umumiy tavsif paradigmasini bir guruhi nomi sifatida ishlatilmoqda. Mana shu masala haqida quyida so‘z yuritamiz.


Download 451,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish