Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti 5A111701-Ta’lim - tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim) mutaxasisligi magistranti Sharifjonova Kamola Tohirjon qizining “ Toshkent davlat pedagogika universtiteti Tarbiyaviy ishlar metodikasi fan dasturi”ga
Tahlili
Toshkent davlat pedagogika universtiteti Tarbiyaviy ishlar metodikasi fan dasturi bilan tanishdim. Ushbu fan dasturi universtitet rektori tomonidan 2020.12.08 da imzo va muxr bilan tasdiqlangan, oliy ta’lim vazirligi imzo va muxri bilan kelishilgan va БД-5111700-3,06 raqam bilan 2020.14.08 da ro`yxatga olingan. Fan dastur 2020-2021-o`quv yili 3-semestri uchun tuzilgan, ta’lim tili o`zbek tili, haftadagi dars soatlari 4 soat, auditoriya mashg`ulotlari 74 soat, mustaqil ta’lim 76 soat, jami 150 soat-5 kreditni tashkil qilgan. Dasturda eng avval kirish qismi berilgan. Kirish qismida fanning mazmuni, fanni o`qitishdan maqsad har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash va ularda yuksak ma’naviy tushunchalarni kamol toptirishdan iboratligi, fanning vazifasi esa maktab hayotida ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishda ma’naviyat ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarining va sinf rahbarining o`rni vazifalarini talabalarga o`rgatishdan iborat ekanligi yoritilgan. Asosiy qismida ma’ruza mashg`uloti mavzulari berilgan, berilgan mavzularda tarbiya usullari, tarbiya jarayonini tashkil etish shakklari, sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boradigan ishlari, maktabdagi tarbiyaviy ishlarda sinf rahbari faoliyati, sinf rahbarining o`quv faoliyatini oshirish yo`llari, o`quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni saqlash, sinf rahbari ish xujjatlari, sinfdan va maktab tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va olib boorish,ota-onalar bilan ishlash, maktab faoliyatida director o`rinbosarlarining vazifalari kabilar yoritilgan, amaliy mashg`ulot bo`yicha maruza mashg`ulotlaridan kelib chiqib mavzular tavsiya qilingan. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar uchun mavzular berilgan. Kurs ishlari uchun mavzular mustaqil ish mavzulari bilan bevosita bog`liq holda berilgan. Fanni o`zlashtirish natijasida talabada shakllanadigan ko`nikmalar berilgan. Ta’lim texnologiyalari va metodlari sifatida ma’ruzalar, interfaol keys stadilar, seminarlar, guruhlar bilan ishlash, taqdimotlar qilish, indivudial loyihalar, jamoa bo`lib ishlash kabilar tavsiya qilingan. Kreditlarni olish uchun talabalar fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to`la o`zlashtirishi, tahlil natijalarini to`la aks ettira olishi, o`rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yurita olishi, joriy, oraliq, yakuniylarni topshirishi belgilangan. So’ngida foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati berilgan.
Ushbu fan dastur Toshkent Davlat pedagogika universtiteti tayanch bo’lgan oliygohlar uchun namuna tarzida ishlab chiqilgan.
Kafedra mudiri: Sh.Qalandarov
Uslubchi: S. Murodillayev
Magistrant: K.Sharifjonova
Do'stlaringiz bilan baham: |