Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi:
Huquqiy munosabatlarga oid: qonun fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar.
Idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qog’ozlari (ariza, tavsiyanoma, tilxat, ma‘lumotnoma kabi).
Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, nota, bitim, memorandum va boshqalar.
Bilib oling!
Rasmiy-idoraviy uslub jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosavatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi nutq uslubidir. Bu uslub xujjatlilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko’ra yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, vayonotlar, shartnomalar, idora xujjatlari, e‘lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nuquqiy shtamplar, kasbga oid so’zlar, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng Qo’llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta'minlaydi. Tayyor nutq formalari (shu asosida; shunga ko’ra, ma'lum qilamizki; ...ni e'tiborga olib; ... ga ko’ra;... biz, quyida imzo chekuvchilar; ...ga asosan (muvofiq);... uchun;... dan kelib chiqib;... sharti bilan; ... berilsin,... taqdirlansin kabi) xujjat matnining darak-axborot xarakterida bo’lishini, so’zlarning bir ma'noda ishlatilishini, vadiiy-tasviriy vositalarning bo’lmasligini, fe'lning majxullik va buyruq-istak shakllarining, qo’shma gap turlarining keng Qo’llanilishini talab qiladi. Til matnalri xujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
2-mashq.Gaplarni ko’chiring. Rasmiy-idoraviy uslubga xos so’z va grammatik shaklli birikmalarning vazifasini izohlang.
Fuqarolar O’zbekiston xalqining tarixiy, ma'naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. (49-modda).
Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi.
Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda O’zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya qiladi («Davlat tili haqida» Qonun, 7-modda).
Shu yil 28- oktabr kuni soat 14.00 da «Davlat tili haqida»gi Qonun tasdiqlangan kun munosavati bilan adabiy-vadiiy anjuman O’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasining Davlat vayrog'i O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navvatdan tashqari O’tkazilgan VII sessiyasida 1991- yil 18- noyabr kuni tasdiqlangan.
Yotoqxonada yashovchilar belgilangan tartib-intizom va tozalikka rioya qilmagan taqdirda yotoqxonadan chiqariladi.
Betobligim haqidagi tibbiy ma'lumotnoma ilova qilinadi.
Abror Rasulov marketing bo’limi boshlig'i vazifasiga tayinlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |