Esda saqlang! Telefonogramma orqali belgilangan joyga shoshilinch xabar matni yetkaziladi. Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki mas‘ul shaxs tomonidan imzolangach, tegishli joyga telefon orqali yetkaziladi.
Manzil, taklifnoma, telegramma, telefonogramma; yetkazuvchi, qabul qiluvchi.
O’z-o’zini nazorat qilish va muhokama uchun savollar
Taklifnoma, telegramma, telefonogrammalar haqida qanday ma‘lumotga egasiz?
Xatlar nimani anglatadi?
Manzil - muayyan joyning joylashgan yeriga aniqlik kirituvchi ma‘lumot.
Taklifnoma - biror-bir tantanali tadbirga taklif etish uchun Qo’llaniladigan yozma axborot.
Telegramma - yuridik shaxslar va xodimlarga biror ma‘lumotni yetkazuvchi hujjat.
Telefonogramma - shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazish. Yuridik shaxslar va xodimlarga biror tadbirni tashkil etishga chaqirish hujjati.
Modemogramma - O’ta maxfiy yoki shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga internet elektron pochtasi orqali yetkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |