Bolaiar gijjasi (
Enterobius vermicularis
)
ham keng tarqalgan, lekin ular juda
mayda, ya’ni urg‘ochisining uzunligi 10-12 mm, erkaginiki esa, 2-5 mm bo‘ladi.
Tanasining bosh tomoni qavarib chiqqan va kengaygan kutikula-vezikula
bilan o‘ralgan. Erkagining askaridadan farqi - dum tomonida bitta spikulasi
borligidir (askaridada spikula ikkita bo‘ladi). Og‘zi uchta lab bilan o‘ralgan.
Qizilo‘ngachi sharsimon kengaygan bulbus bilan tugaydi. Bulbusda kutikulali
chaynash plastinkalari bor.
Bolalar gijjasi odamlar, ayniqsa, yosh bolalar ingichka ichagining ikkinchi
yarmida va yo‘g‘on ichagida parazitlik qiladi. Urug‘langan ur-g‘ochi gijjalar tunda
anal teshikdan faol harakatlanib, anus atrofiga chi-qadi va bu yerda teri burmalariga
10-20 mingga yaqin tuxum qo‘yadi.
Tuxum qo‘yishdan oldin gijjalar suyuqlik ajratadi, bu suyuqlik yordamida
tuxumlar teriga yopishadi. Parazit anal teshigi atrofiga chiqib o‘zidan suyuqlik
chiqarib, tuxum qo‘yayotganida bu joyni qichitadi. Natijada bola juda bezovtalanadi
va beixtiyor qashinadi. Urg‘ochi gijja tuxum qo‘yib bo‘lganidan keyin burishib
o‘ladi. Qo‘yilgan tuxum 4-6 soatda yuqumli holatga keladi. Bu parazitning
urg‘ochisi 25-30 kun yashaydi. Erkagi urg‘ochisini otalantirgach, o‘lib ketadi.
Gijja bilan kasallangan bola kam uxlaydi, asabiylashadi, injiq bo‘ladi,
ishtahasi yo‘qoladi, ko‘ngli ayniydi, qorni og‘riydi va boshi aylanadi. Bola
qashingan paytda gijja tuxumlari ichki kiyimlarga, barmoqlariga, tirnoqlari orasiga
o‘rnashib qoladi va qo‘lini yuvmasdan ovqatlansa yoki barmoqlarini og‘ziga solsa,
parazit holarda tuxumi bolaning ichiga tushadi. Tuxumdan lichinka chiqib, o‘sib
rivojlanadi, 2-haftadan keyin voyaga yetadi. Shunday parazit holatda ostritsa
bolaning ichida bir necha yil davomida saqlanadi. Gijja tuxumi kiyimda va polda
uzoq saqlanishi mumkin. Gijja pashshalar, suvaraklar va boshqa hasharotlar orqali
ham tarqaladi. Bolalar gijjasi bilan kurashish uchun shifokorlar bemorlarga issiq suv
va margansovka eritmasi bilan klizma qilishni buyuradilar, ammo bu yaxshi natija
bermaydi. Gijja bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun vankin, kombantrin,
vermoks, piperazin, medamin, adipinat kabi dorilar qo‘llaniladi. Gijja yuqishi yoki
qayta yuqishidan bolani saqlash uchun yoshligidanoq sanitariya-gigiyena
qoidalariga o‘rgatish lozim. Bolalarning tirnoqlarini kalta qilib olib, kiyimlarini
dazmollab kiyishga odatlantirish kerak. Bolalar gijjasini tushirish uchun yarim
stakandan kuniga 2 mahal 2-3 hafta davomida qizil sabzining suvini ichish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |