Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori prof. B. G‘. Qodirovga



Download 36,29 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2022
Hajmi36,29 Kb.
#429764
1   2   3   4
Bog'liq
Ariza

M A’ L U M O T N O M A
2007-2008 o‘quv yilining ikkinchi yarmida talabalar turar joyida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta atiza va shikoyat tushdi. Bulardan 34 tasi ariza va 12 tasi shikoyat hisoblanadi. Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so‘rab yozilgan bo‘lib, bu ehtiyojlar o‘z vaqtida qondirilgan. Shikoyatlardan 10 tasi ko‘rib chiqilgan, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir. Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqilgan.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati shu’ba raisi (imzo) B. Mahkamov

Farg‘ona iqtisodiyot va servis 


instituti rеktоri, prоf. B.Botirovga 
Boshqaruv fаkultеtining 
dеkаni dоts. S.Mamatqulоvdаn 

Bildirishnоmа
Tаlаbаlаr uyining аhvоli hаqidа Sizning ko‘rsаtmаngizgа binоаn iqtisоdiy mаsаlаlаr bo‘yichа rеktоr o‘rinbоsаri N.Rаhimоv bilаn birgаlikdа shu yil 5-7-yanvаr kunlаri Boshqaruv fаkultеti tаlаbаlаri yashаydigаn 3-tаlаbаlаr uyini tеkshirib chiqdik.
Bаrchа xоnаlаr, umumаn оlgаndа, tаlаb dаrаjаsidа. Lеkin qish kunlаri bo‘lsа-dа, isitish tаrmоqlаrining yaxshi ishlаmаyotgаnligini аlоhidа tа’kidlаymаn. Birinchi qаvаtdа dеrаzа оynаlаrini o‘rnаtish, buzilgаn eshiklаrni sоzlаsh zаrur dеb hisоblаymаn.
Mаzkur kаmchiliklаrni tuzаtishdа yordаm bеrishingizni so‘rаymаn
Boshqaruv fаkultеtining dеkаni: (imzо) dоts.S.Mamatqulоv



TAVSIYANOMA

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to`g’risida nizom»ga asosan SamDU jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri lavozimiga belgilangan tartibda tanlov e’lon qilindi.


2005-2009 yillarda mazkur kafedra mudiri lavozimi-da yuridik fanlar nomzodi, dosent Sh.Umidullayev faoliyat ko`rsatdi. Men Sh.Umidullayevning kafeda mudiri sifatidagi faoliyatini yaxshi bilaman.
Dosent Sh.Umidullayev mudirlik qilgan so`nggi 5 yilda kafedraning ilmiy salohiyati oshdi: 2 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi, 2 nafar doktorant-tadqiqotchi doktorlik dissertasiyasini himoyaga tayyor-ladi, 1 nafar katta o`qituvchi nomzodlik ishini himoya uchun rasmiylashtirdi. Ta’lim jarayoniga e’tibor kuchaydi, mehnat va ijro intizomi talab darajasida tashkil qilindi, 13 ta asosiy fanlar bo`yicha o`quv-uslubiy majmua tayyorlandi, o`quv adabiyotlari bilan ta’minlash yaxshilandi.
Sh.Umidullayev «O`zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni bo`yicha jazodan ozod qilish (nazariya va amaliyot)» mavzusida doktorlik dissertasiyasi ustida faol izlanishlar olib bormoqda.
So`nggi 5 yil davomida kafedrani muvaffaqiyatli boshqarganligini, ishchanlik muhitini yarata olganligini hamda doktorlik dissertasiyasi ustida faol ishlayotgan-ligini e’tiborga olib, mazkur kafedra mudiri lavozimi tanloviga yuridik fanlar nomzodi, dosent Sh.Umidullayev-ning ikkinchi marta ishtirok etishini qo`llab-quvvatlay-man va uning samarali faoliyat yuritishiga ishonch bildiraman. 
Ilmiy kotib (imzo)  A.ABDUSAIDOV
2009 yil 23 noyabr

SamDU tabiiy fanlar fakulteti fakulteti geografiya bo`limi boshlig’i M.Usmonovga 3-kurs talabasi O.Abduraxmonovning


TUSHUNTIRISH XATI
2009 yilning aprel oyida «O`qituvchining nutq madaniyati» fanidan darslarga kasalligim tufayli qatnasha olmadim. Hozir sog’lig’im yaxshi. Qoldirilgan darslarni mustaqil o`zlashtirish sharti bilan mashg’ulotlarga qatnashishimga ruxsat berishingizni so`rayman.
Ilova: Kasalligim to`g’risida vrach ma’lumotnomasi.
(imzo) O.Abduraxmonov
2009 yil 2 may.
Download 36,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish