Toshkent Davlat pedagogika Universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti 205-guruh talabasi Miryahyoyeva Nargizaning Bolalarni musiqiy faoliyatga o'rgatish nazariyasi



Download 17,29 Kb.
bet2/3
Sana06.07.2022
Hajmi17,29 Kb.
#751159
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
musiqa 1 mavzu referat nargiza

Musiqiy tarbiya vazifalari:
1. Musiqaga muhabbat va qiziqishni o‘stirish.
2. Bolalarning musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida).
3. Bolalarni oddiy musiqiy tushunchalar bilan tanishtirish, musiqa tinglash, kuylash, musiqiy ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish.
4. Bolalarda yemotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg‘usini o‘stirish va harakatni o‘tirish.
5. Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida).
6. Bolalarda ijodkorlikni o’stirish (barcha faoliyatlar asosida). Tarbiyachi o’z dasturiga o‘zbek kompozitor va bastakorlarning bolalar uchun yozilgan kuy va qo‘shiqlaridan kiritishi lozim. Musiqiy asarlar bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning qiziqishlari va dunyoqarashlarini hisobga olgan holda tanlanishi kerak. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun”ga tayanch sifatida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun « Ilk qadam” davlat o’quv dasturi 1991 yil M.Sh.Rasulova tomonidan ishlab chiqildi. 2000 yilda ushbu dastur qayta nashr qilindi va unda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar yegallashlari kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiladigan talablar, zamonaviy pedagogik jarayonni tashkil yetishga qo‘yiladigan talablar o‘z aksini topgan. Maktabgacha bo‘lgan davr psixologiyada ilk bolalik davri deb yuritiladi hamda bolalikning yeng go‘zal va yesda qoladigan damlarini o‘z ichiga oladi. Musiqa tarbiyasi bolalar bog‘chasi va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida umumiy fanlar tarkibida o‘qitiladi. Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy- estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo‘yadi:
– bolalarni tabiat go‘zalliklarini, badiiy asarlarni idrok yetish;
– estetik did va hissiyotni shakllantirish;
– hayotda go‘zallik tushunchasini to‘liqligicha anglashni o‘rgatish;
– bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish;
– bolalarda go‘zallikni o‘z hayotlariga, o‘z faoliyatlariga olib kirishni o‘rgatish va hokazo. Uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim muhim o‘rin yegallaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ahamiyati uzluksiz ta’limning oldingi bosqichi sifatida muhim rol o‘ynamoqda. Shuning uchun har bir fanning alohida o‘qitilish ahamiyati oshib bormoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi har bir fanning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o‘ylashga o‘rgatishdir. Musiqa san’atining ahamiyati Musiqa shunday san’at turiki, u insonlarni kechinmalari, yemotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg’otishining o‘zini bir mo‘jiza deb, atash mumkin. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri – ta’limtarbiyadir. Estetik tarbiya yesa uning tarkibiy qismi sifatida go‘zallikning mohiyati, estetik va axloqiy hissiyotlarning birligi, san’atning xalqchilligi to‘g‘risidagi ta’limotga suyanib, Bolalarning obektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste’dodini o‘stiradi hamda ularda yuksak ma’naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg‘u va fikrlarni rivojlantirish, go‘zallikni ko‘ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi. Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi, Bolalarni go‘zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko‘ra bilishga o‘rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg‘ulariga, tasavvuriga, ye’tiqodiga, dunyoqarashiga, xattiharakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o‘tkazadi. Musiqa tili barchaga tushunarli va yaqindir. Shuning uchun ham barcha xalqlar musiqalari jozibadordir. Musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg‘ularni aks yettiradi, hayot bosqichlarida insoniyatni to‘lqinlantirib kelgan axloqiy muammolarni bayon qiladi. Bunda musiqaning falsafiy mohiyati ham namoyon bo‘ladi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug‘orilgan bo‘ladi, musiqada hayot va o‘lim, shaxs va jamiyat, yezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks yetadi. Musiqaning inson ruhiyatiga ta’sir qilishining tugallanmas imkoniyatlari haqida qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o‘ziga tortgan. Faylasuflar, psixologlar, pedagoglar va jamoat arboblari san’atlar ichida musiqa san’atining insonni shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar.


Download 17,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish