33
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
haroratda ham shakllanishi mumkin. Xususan, yo‘lbarslar ichida eng kattasi birmuncha shimolda – sovuq
iqlim sharoitida yashaydigan Amur yo‘lbarsi hisoblanadi. Issiqqonli hayvonlarda tanasining o‘lchami
populyatsiyaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan katta bo‘ladigan individlar tur tarqalgan arealning birmuncha
sovuq qismida yashaydi. Bu qonuniyat Bergman qoidasi deyiladi
1
.
Organizmlar hayotida haroratga fiziologik moslashish katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan eng oddiysi
– iqlimga moslashish (iqlimlashtirish), ya’ni o‘simlik, hayvon va odam organizmining o‘zgaruvchan geografik
muhit sharoitida yashashga moslashishi, boshqacha aytganda, issiq yoki sovuqni o‘tkazishga fiziologik
moslashishi hisoblanadi. Masalan, ba’zi hayvonlar o‘z tanasidan suv bug‘lanishini ko‘paytirish orqali
ortiqcha qizib ketishdan saqlanadi, poykiloterm hayvonlar esa o‘z tanasidan qisman suv yo‘qotish yo‘li bilan
sovib ketishdan saqlanadi.
Haroratga munosabat, issiq yoki sovuqdan saqlanishning boshqa shakllari ham mavjud. Masalan,
hayvonlar migratsiyasi, ya’ni hayvonlarning yashash shart-sharoiti yoki rivojlanish jarayonlari o‘zgarishi bilan
ko‘chishi, masalan, qushlarning issiq o‘lkalarga uchib ketishi, hayvonlarning qishlashi, ya’ni qishki sovuq
davrda uzoq vaqt karaxt bo‘lib, uyquga ketishi, masalan, sug‘ur, olmaxon, ko‘rshapalak kabi jonivorlar o‘z
tanasida metabolizm jarayonini susaytirib, shu orqali oziq moddalar sarfini kamaytirib, tana haroratini
deyarli nol darajagacha tushirish qobiliyatiga ega . Ko‘pchilik hayvonlarda (masalan, hasharotlarda) qishqi
tinim davri kuzatiladi, ya’ni rivojlanishning turli bosqichida (urug‘, qurt yoki g‘umbak) muhitning noqulay
shart-sharoitida vaqtinchalik fiziologik to‘xtash jarayoni boshdan kechiriladi.
Iqlimga moslashish jarayoni, odatda, uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
1) introduksiya – muayyan o‘simlik yoki hayvonning tabiiy arealidan tashqaridagi yangi hududda
maqsadli yoki tasodifan tarqalishi;
2) adaptatsiya – organizmning yangi hudud (muhit) shart-sharoitlariga moslashishi;
3) mahalliylashish – biror hududda yangi turning to‘la moslashishi, ya’ni muayyan uyushmadagi
ekologik maskanda o‘z o‘rnini topishi.
Shunday qilib, akklimatizatsiya – organizmning hududiy, sun’iy yoki tabiiy ko‘chishidan, ya’ni yashash
joyini o‘zgartirganidan so‘ng, yangi yashash sharoitiga moslashishi, boshqacha aytganda, uning muhitdagi
o‘zgarishlarga fiziologik va ekologik moslashishi bo‘lib, bunda harorat quruqlik-havo muhitida yashaydigan
organizmlar va populyatsiyalarning moslashish jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim cheklovchi
omillardan hisoblanadi.
Tiik organizmlardagi tolerantlik darajasi va harorat hamda atrof-muhit ta’siriga javob reaksiyasini
o‘rganish o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, ekologik qarashlarini shakllantirishda, tabiat va tabiiy
resurslarga ongli munosabatni tarbiyalashda alohida o‘rinda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: