Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


-rasm. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini tayyorlashdagi mediata’lim vositalari sifatida



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

 
1-rasm. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini tayyorlashdagi mediata’lim vositalari sifatida 
foydalaniladigan axborot muhiti elementlari strukturasi 
Medianing ilk turlari ancha oldin paydo bo‘lganiga qaramay, XX asrning 50-60-yillarida 
mediadan taʼlim jarayonida foydalanish obyekt sifatida tadqiqotchilar eʼtiborini tortgan. 1973-
yilda kino va televideniya Xalqaro kengashida “Mediataʼlim ommaviy axborot vositalari (OАV) 
nazariyasini o‘qitish va OАV bilan ishlash mahoratini shakllantirishdan tashkil topadi”, deb 
Ommaviy davriy nashr 
Kompyuter (ta’limiy 
dasturlar, o‘yinlar kabi 
axborot tarmoqlari) 
Mediata’lim vositalari 
Бадиий адабиёт 
Video materiallar 
Televideniya
137


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
taʼkidlangan. YUNESKO tomonidan mediataʼlimga “zamonaviy ommaviy axborot vositalari 
bo‘yicha bilimning nazariya va amaliyotini o‘rganish” sifatida taʼrif berilgan. Bugungi kunda 
mediataʼlim shaxsning axborot olish va tarqatish huquqining bir qismi hisoblanadi. YUNESKO 
tomonidan mediataʼlim dunyoning ko‘pgina mamlakatlari taʼlim tizimlari milliy o‘quv rejalariga 
tatbiq etilmoqda. Hozirgi kunda Yevropa davlatlari, АQSh, Аvstraliya va Rossiya kabi 
mamlakatlarda mediataʼlim majburiy fan sifatida taʼlim tizimiga kiritilgan. Mediataʼlimga 
taʼlimning tashkiliy qismi sifatida uchta o‘zaro bog‘liq: fan bosqichi, amaliyot bosqichi va 
olinadigan natija (mahsulot) bosqichi xos bo‘lishi taʼkidlanadi. Shu bilan birga, mediataʼlim 
nimaligiga aniqlik kiritish, uning ko‘ptarmoqli pedagogik faoliyatdagi o‘rnini ko‘rsatish, maqsadi, 
vazifalari, konseptual asoslarini aniqlash maqsadida ko‘plab izlanishlar amalga oshirilgan. Bilim 
olish manbasiga ko‘ra, mediataʼlim usullari og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy turlarga bo‘linadi. 
«5110600 – Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishida zamonaviy axborot texnologiyalari» maxsus 
kursi pedagogika oliy taʼlim muassasalari tarix taʼlimi yo‘nalishi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida 
quyidagi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi: 
– axborot olamida asosiysini ajratish; 
– kommunikatsiya maqsadlarini, axborot oqimi yo‘nalishini tushunish; 
– turli ifoda va mazmundagi topshiriqlarni tushunish; 
– o‘z fikrlarini asoslash; 
– muqobil nuqtayi nazarlarni idrok etish va ularning har biri uchun asoslangan “rozilik” 
yoki “qarshilik”ni bildirish; 
– olinadigan axborotdagi xatoliklarni topish va ularni to‘g‘rilash bo‘yicha takliflar kiritish; 
– talab etiladigan axborotni turli manbalardan topish; 
– berilgan belgilar bo‘yicha taklif etilgan yoki mustaqil tanlab olingan axborotni 
tizimlashtirish;
– tematik axborotni uzoq vaqt yig‘ish va tizimlashtirish;
– axborot xabarlari o‘rtasida assotsiativ va amaliy maqsadga muvofiq aloqalarni o‘rnatish; 
– taklif etilgan axborotdan maʼlumotlarni ajratish va ularni jadval yoki boshqa shaklda 
ifodalash;
– axborot xabari rejasini tuzish, mazmuniga mos ravishda uni bayon etish shaklini taklif 
etish;
– axborot xabarlarining taqrizlari va anonslarini tuzish; 
– vizual axborotni verbal belgili tizimga, verbal axborotni esa – belgiliga o‘girish; 
– axborot mo‘ljallangan auditoriya uchun kommunikativ o‘zaro munosabatlar va 
auditoriyaning xususiyatlari maqsadlaridan kelib chiqqan holda axborotning hajmi, shakli, belgili 
tizimi, tashuvchisini o‘zgartirish bilan uni transformatsiyalash;
– axborotni tayyorlash, uzatish va saqlash instrumentariysini bilish va mazkur 
instrumentariy bilan ishlash elementar malakalarini egallaganlik.
Ilmiy va taʼlimiy elektron resurslarning paydo bo‘lishi, tarixiy tadqiqotlar va tarixni 
o‘qitishning rivojlanishi yangi istiqbollarini ochib beradi, shunga ko‘ra fanni o‘qitishning sifat 
jihatidan yangi metodikalarini ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi. 
138


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
«5110600 – Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishida zamonaviy axborot texnologiyalari» 
loyihalangan maxsus kursining maqsadlari – tarixni o‘rganish sohasida axborot texnologiyalari va 
ularning imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining o‘quvchilar 
axborot kompetentligini singdirish ko‘nikmalarini egallash hisoblanadi.
Maxsus kurs bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida nafaqat yangi axborot manbasini olish, balki uni 
interpretatsiyalash, qayta ishlash, nazorat ostiga aylantirish qobiliyatini ham shakllantirish 
imkoniyatlarini ochadi. Mazkur fan doirasida bo‘lajak tarix o‘qituvchilari uchun tayanch sifatida 
manba va tashuvchisidan qatʼi nazar, u qabul qiladigan barcha axborot hisoblanadi. Bu bo‘lajak 
tarix o‘qituvchisida tadqiqotchilik ruhini shakllantirishga yordam beradi. Tarix taʼlimi yo‘nalishi 
bo‘lajak tarix o‘qituvchilari tarixiy hujjat (manba)ning elektron versiyasi va asl nusxasining bir 
xilligini aniqlashga, internetda joylashtirilgan ilmiy maqolalarning mavqeyini belgilashga 
o‘rganadilar, ilmiy tadqiqotlar va tarix taʼlimining axborot muhiti bilan, yetakchi kutubxonalar va 
universitetlarning elektron kataloglari, kompyuter ensiklopediyalari, mashhur muzeylar (Luvr, 
Rus muzeyi, Ermitaj, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi, Savitskiy 
nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy sanʼat muzeyi, O‘zbekiston davlat 
sanʼat muzeyi, Toshkent temiryo‘l texnikasi muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi, Аloqa tarixi 
muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi, “Аfrosiyob” Samarqand shahar tarixi muzeyi) 
kolleksiyalari bilan tanishadilar. Maxsus kurs kompyuterni o‘qitishning samarali vositasi, bundan 
tashqari, pedagogik faoliyatni boshqarish vositasi va ilmiy tadqiqot vositasi sifatida qarashga 
keng imkoniyatlarni ochadi. Zamonaviy, ayniqsa, fanlararo, kompleks tadqiqotlar axborot 
taʼminotisiz muvaffaqiyatli bo‘la olmaydi. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilari maxsus kurs doirasida 
tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar davomida ilmiy sig‘imli axborot manbalarini izlaydilar, 
topilgan axborotni tanlash va saqlashni taʼminlaydilar. 
Bundan 
tashqari, 
bo‘lajak 
tarix 
o‘qituvchilarining 
axborot 
kompetentliklarini 
shakllantirishda samarali metodlardan biri sifatida taʼlim muassasasi axborot muhitida loyihalar 
metodini o‘rganishga katta eʼtibor qaratilgan. Buning uchun maxsus kurs doirasida loyiha 
faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari, loyihaga qo‘yiladigan talablar, 
loyihalarni ishlab chiqish bosqichlari o‘rganiladi. 
Maxsus kurs bo‘lajak tarix o‘qituvchilariga tarix taʼlimida axborot texnologiyalarini qo‘llash 
metodikasini yaxshiroq o‘zlashtirishlariga imkon beruvchi ko‘p sonli amaliy topshiriqlarni 
kiritishni ko‘zda tutadi. Kurs ommaviy axborot vositalari, audio-video texnika, lokal tarmoqqa 
birlashtirilgan kompyuterlar, internet global tarmog‘iga ulanishdan keng foydalanishni nazarda 
tutadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy metodik 
tayyorlashda zamonaviy axborot texnologiyalari maxsus kursining bugungi kunda zamonaviy 
taʼlim tizimida joriy etilishi taʼlim sifatining yanada rivojlanishida o‘z ahamiyatiga ega.

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish