Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

qatoriga ko‘tarilishidan manfaatdor bo‘lishi shubhasiz. Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot shuni 
ko‘rsatadiki, bolalarimizni tarbiyalashda oilaning berayotgan boshlang‘ich sabog‘i katta 
ahamiyatga egadir. Jamiyatning birlamchi bo‘g‘ini bo‘lgan oila ko‘p asrlik anʼanalarga taya
nib 
yashaydi. Oila inson uchun maʼnaviyat hamda axloq manbayi hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz 
I. А. Karimov oilaning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olib, 2012
-yilni Mustahkam oila yili deb 
nomlash tashabbusi bilan chiqqan edi. Oila sog‘lom ekan
, jamiyat mustahkam, jamiyat 
mustahkam ekan, mamlakat barqarar. Buni isbotlab, tasdiqlab berishning hech qanday hojati 
yo‘q. Аmerika faylasufi Jorj Santayana taʼkidlaganidek, “Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir”. 
Odam oilada kamol topadi
.
1
Xuddi tana shu yerda birinchi quvonch va tashvishlarini tatib ko‘radi. Insonning 
keyinchalik kim bo‘lishi uning bolaligida va aynan bolaligi bilan belgilanadi. Har bir oilaning 
ijtimoiy tizimi sifatida jamiyat oldidagi vazifasi yosh avlodni jismoniy sog‘lom, maʼnaviy 
barkamol, axloqiy pok etib tarbiyalash orqali yoshlarni oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy 
munosabat, ota-ona obro‘sining yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda oila kattalari 
o‘rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsining mehnat tarbiyasiga alohida o‘rni, oilada qatʼiy 
rejim va kun tartibini o‘rnatish bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi 
o‘zgarishlarni hisobga olish, kuzatib borish undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik 
sifatlarini qo‘llash va h. k . Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari o‘rtasidagi munosabat samimiy 
bo‘lsa, oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Oila tarbiyasida ota-onaning obro‘si 
ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bola 
hayotining ko‘p qismi oilada o‘tadi. Shu boisdan mavjud an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va 
marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin kamol topadi.
Har bir ota-ona oila tarbiyasida o‘zlarining burch va mas’uliyatini chuqur anglamog‘i 
lozimdir. Normal oilaviy muhit bolani kitob o‘qishga, mehnat qilishga o‘z vaqtida jalb qilishi ham 
oila tarbiyasi muvaffaqiyati garovidir.
Ota-ona o‘z farzandining birinchi tarbiyachisi hisoblanadi. Farzand xulqining shakllanishi 
va uning kamol topishida uning taʼsiri g‘oyat katta. Farzand qanchalik yosh bo‘lsa, kattalar xulq-
atvoriga shunchalik erishuvchan bo‘ladi. Bola tarbiyasi va uning natijasi shaxsiy va ijtimoiy 
manfaat kasb etadi. Yaxshi tarbiya oila uchun quvonch, baxt, saodat, ruhiy barkamollik keltiradi. 
Oilaning jamiyatda tutgan o‘rni u bajaradigan vazifalarida namoyon bo‘ladi.
Bolalarimizda insoniylik hissini ongiga shakllantirib borishimiz zarurdir. Komillikning bosh 
mezoni insoniylik hisoblanadi, insoning eng noyob fazilatlaridan biri uning komillikka intilishida, 
mehnat, aql-idrok, odob – axloq, odamlarga yaxshilik qilish – insonning oddiy fazilatlaridir. 
Komillikninig yana bir jihati Vatanga, millatga, el-yurtga sadoqat bilan xizmat qilishdir. 
Inson kamolotida esa oilaning roli beqiyos kattadir. Bola tarbiyasida uning yoshiga doir 
harakatlar bilan bilim ongini shakllantirishga harakat qilish kerak. 
Bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga 
intilish hissini uyg‘otuvchi, ongini shakllantirib borishga bola yoshiga doir mashqlarni, 
o‘yinchoqlar va o‘yin vositasida bajartirib borish lozim. Bunda bolaga zavq berishga, shu asosida 
o‘rgatishga harakat qilish, bolada biror narsani o‘rganishga qiziqish uyg‘onmasa majburlamaslik 
kerak. Unutmang, har narsaning boshi istak, istak bo‘lsagina, har narsaning uddasidan chiqish 
1
(Ҳалқ сўзи, 2017 йил 17 феврал) 
114


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
mumkin. Muhimi shu istakni harakatga keltiring. Oldin siz istang, shunda bolaningizning ham 
istaganini ko‘rasiz. Tug‘ilgan farzandning kelajagi uning qanday inson bo‘lishi faqat irsiyatga 
emas, balki uning qanday muhit sharoitida tarbiya topishiga ham bog‘liqdir. Farzandning 
dunyoga kelishi, bilimli, kasb- hunarli bo‘lib voyaga yetishi oilaviy muhitga ham bog‘liq, oilada 
shu o‘rgangan bilimi, qobiliyati, egallagan kasb-hunarini hayotga tatbiq etishini o‘rganadi. 
Farzand ko‘rish va uni tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarning oqibati ayanchli 
bo‘ladi. Farzandni voyaga yetkazishda va to‘g‘ri yo‘naltirishda ota-onaning hayot tajribasining 
kamligi, kerakli bilimlar va malakaning yetarli bo‘lmasligi salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Bunda, odatda, 
farzand tarbiyasida bobo, buvilarning yordami nihoyatda muhim hisoblanadi. Chunki u kishilar 
hayotda katta tajribaga ega bo‘lishadi, o‘zlari yo‘l qo‘ygan xato, kamchiliklarini farzandlari 
takrorlamasliklari uchun harakat qilishadi. Oilada farzandning sog‘lom, bilimli, bo‘lib yetishishlari 
uchun iqtisodiy taʼminotni taminlash kerak. Oilada farzand ilk tarbiyani ota-onasidan, bobo-
buvilaridan olar ekan, kattalar farzand oldida doimo chiroyli muomala qilishlari, yomon so‘zlarni 
ishlatmaslik, to‘g‘ri so‘zlash, yolg‘on gapirmaslik, bergan va’dalarida turishi kerak. Bunday holat 
oilada muntazam bo‘lishi darkor, shunda bola ongida to‘g‘ri munosabat bo‘yicha aniq fikr va 
qarashlar shakllana boshlaydi. Bizning har bir harakatimiz, muomala-munosabatlarimiz, hatto 
gapirmasdan jim xayol surib o‘tirishimiz ham yonginamizda o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib ko‘ringan 
kichkina bolalarimizda o‘zgartirib bo‘lmas maʼlum tasavvur va fikrlarni shakllantirar ekan. Biz 
farzandimizni ko‘rmayapti, sezmayapti, degan xom xayolga bormasligimiz darkor. Ota-onaning 
o‘zi rioya qilmasdan turib, buni qilmagin deyish bolaga qanchalik taʼsir qilishi mumkin. Tarbiya 
mukammal va taʼsirli bo‘lishi uchun biz ota-onalar, avvalo, o‘zimizda ham, so‘zimizda ham, 
ishimizda ham bir so‘zli ekanligimizni ularga ko‘rsatishimiz kerak.
Oilada bola tarbiyasida otaning o‘rnini hech kim bosa olmaydi, shuning uchun 
donishmandlarimiz bitta ota yuzta o‘qituvchidan ustun bo‘lishi mumkinligini taʼkidlagan. 
Oiladagi bola tarbiyasida ota o‘z maʼsuliyati va burchini to‘laligicha ado etishi, oilaning 
mustahkamligi va oilaning to‘kisligini ta’minlay bilishi lozim. Oilaning buzilishi, ota yoki onaning 
oiladan ketib qolishi oila tarbiyasiga qattiq zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy 
taʼsir kuchi yo‘qoladi. Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qattiq 
jarohatlanadi, ruhiyatiga taʼsir qiladi, u tajang, serjahl, qo‘pol, dag‘al bo‘lib qoladi. Kattalarga 
ishonmay qo‘yadi. O‘qish, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi pasayadi. Mutaxassislarning fikricha, 
qonunbuzar o‘smirlarning 85 %i ota-onasi bilan yomon munosabatda bo‘lgan, 95 %i go‘dakligida 
alla eshitmagan. Shunday ekan, oilada er-xotin inoqligi, farzandlarga g‘amxo‘rligi sog‘lom muhit, 
baxt-saodatni yaratishning muhim sharti hisoblanadi. 
Jondan aziz bolalarimizni o‘zgalarning nomaʼqul tarbiyasi va mudhish taʼsiriga tashlab 
qo‘yish – kelajagimizga nisbatan kechirib bo‘lmas xiyonatdir. Shuning uchun ham yoshlarimizni 
komil insonlar etib voyaga yetkazish, Olloh taolo ato etgan qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish 
uchun ularga yo‘l ochib berish va barcha imkoniyatlarni yaratish biz ota-onalar uchun ham qarz, 
ham farzdir.
Mashhur oilaviy terapevt Virjiniya Satir bolani kuniga quchoqlashni tavsiya etadi. Uning 
fikricha, bolani 4 marta bag‘riga bosish har bir insonga faqatgina yashash uchun kerak ekan, 
yaxshi kayfiyat uchun esa kuniga 8 marta bag‘riga bosish kerak ekan. Bola intellektual rivojlanishi 
uchun esa kuniga 12 marta. Shuni bilingki, bu nafaqat bolaga, kattalarga ham foydali. Bolani 
115


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
ushbu holat psixologik rivojlantirib, hissiy oziqlantiradi. Аgar bola ushbu qo‘llab-quvvatlashni 
olmasa, hissiy muammolar, xulqida kamchiliklar, hattoki asab va ruhiy kasalliklar vujudga keladi. 
Tarbiya bu yaxshi odatlarni o‘zlashtirishdir. Har qaysi ongli inson jondan aziz farzandining 
baxtini, kamolini o‘ylab, hamisha ezgu orzu-intilishlar bilan yashaydi, o‘z zurriyodining har 
tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lishini istaydi. 
Biz o‘z farzandlarimizning baxt-u saodatini, iqboli va kamolini ko‘rishni istar ekanmiz, 
nafaqat oiladagi, balki mahalla-ko‘ydagi odamlarning xatti-harakati ham bolaning shakllanib 
kelayotgan sof qalbi va ongiga qanday taʼsir ko‘rsatishi haqida doimo o‘ylashimiz, bu masalada 
zimmamizda qanday ulkan masʼuliyat borligini unutmasligimiz kerak. Oila maktabgacha 
yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qilib kelgan, bundan keyin ham shunday bo‘lib 
qolaveradi. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish