TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6
«5110600 – Tarix o‘qitish metodikasi yo‘nalishida zamonaviy axborot texnologiyalari»
loyihalangan maxsus kursining maqsadlari – tarixni o‘rganish sohasida axborot texnologiyalari va
ularning imkoniyatlarini o‘rganish, shuningdek, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining o‘quvchilar
axborot kompetentligini singdirish ko‘nikmalarini egallash hisoblanadi.
Maxsus kurs bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida nafaqat yangi axborot manbasini olish, balki uni
interpretatsiyalash, qayta ishlash, nazorat ostiga aylantirish qobiliyatini ham shakllantirish
imkoniyatlarini ochadi. Mazkur fan doirasida bo‘lajak tarix o‘qituvchilari uchun tayanch sifatida
manba va tashuvchisidan qatʼi nazar, u qabul qiladigan barcha axborot hisoblanadi. Bu bo‘lajak
tarix o‘qituvchisida tadqiqotchilik ruhini shakllantirishga yordam beradi. Tarix taʼlimi yo‘nalishi
bo‘lajak tarix o‘qituvchilari tarixiy hujjat (manba)ning elektron versiyasi va asl nusxasining bir
xilligini aniqlashga, internetda joylashtirilgan ilmiy maqolalarning mavqeyini belgilashga
o‘rganadilar, ilmiy tadqiqotlar va tarix taʼlimining axborot muhiti bilan, yetakchi kutubxonalar va
universitetlarning elektron kataloglari, kompyuter ensiklopediyalari, mashhur muzeylar (Luvr,
Rus muzeyi, Ermitaj, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi, Savitskiy
nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy sanʼat muzeyi, O‘zbekiston davlat
sanʼat muzeyi, Toshkent temiryo‘l texnikasi muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi, Аloqa tarixi
muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi, “Аfrosiyob” Samarqand shahar tarixi muzeyi)
kolleksiyalari bilan tanishadilar. Maxsus kurs kompyuterni o‘qitishning samarali vositasi, bundan
tashqari, pedagogik faoliyatni boshqarish vositasi va ilmiy tadqiqot vositasi sifatida qarashga
keng imkoniyatlarni ochadi. Zamonaviy, ayniqsa, fanlararo, kompleks tadqiqotlar axborot
taʼminotisiz muvaffaqiyatli bo‘la olmaydi. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilari maxsus kurs doirasida
tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar davomida ilmiy sig‘imli axborot manbalarini izlaydilar,
topilgan axborotni tanlash va saqlashni taʼminlaydilar.
Bundan
tashqari,
bo‘lajak
tarix
o‘qituvchilarining
axborot
kompetentliklarini
shakllantirishda samarali metodlardan biri sifatida taʼlim muassasasi axborot muhitida loyihalar
metodini o‘rganishga katta eʼtibor qaratilgan. Buning uchun maxsus kurs doirasida loyiha
faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik sharoitlari, loyihaga qo‘yiladigan talablar,
loyihalarni ishlab chiqish bosqichlari o‘rganiladi.
Maxsus kurs bo‘lajak tarix o‘qituvchilariga tarix taʼlimida axborot texnologiyalarini qo‘llash
metodikasini yaxshiroq o‘zlashtirishlariga imkon beruvchi ko‘p sonli amaliy topshiriqlarni
kiritishni ko‘zda tutadi. Kurs ommaviy axborot vositalari, audio-video texnika, lokal tarmoqqa
birlashtirilgan kompyuterlar, internet global tarmog‘iga ulanishdan keng foydalanishni nazarda
tutadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy metodik
tayyorlashda zamonaviy axborot texnologiyalari maxsus kursining bugungi kunda zamonaviy
taʼlim tizimida joriy etilishi taʼlim sifatining yanada rivojlanishida o‘z ahamiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: