Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 5,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet127/169
Sana17.12.2022
Hajmi5,08 Kb.
#889860
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   169
Bog'liq
7908 1065 TDPU I A 6-son 2020

Key words:
marriage-family relations, family etiquette, love, love family happiness, 
protection of marriage and family relations, preparing young people for family life. 
Bugungi kunda jismonan sog‘lom, ma’nan kuchli va aqlan yetuk, sog‘lom va barkamol 
avlodni voyaga yetkazish oilaning eng asosiy ijtimoiy-psixologik vazifalaridan biridir. Shuning 
uchun mustaqil davlatimizda oilaning mustahkam bo‘lishiga, uning mustahkamligi va 
barqarorligini ta’minlashga katta ahamiyat berilmoqda.
206


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Tarixga nazar tashlasak, o‘zbek oilasi ham o‘zbek millati bilan birga shakllanish 
bosqichlarini bosib o‘tgan. Oilaning tarixiy shakllaridan biri bo‘lgan patriarxal – katta oila ota 
tomonidan qarindoshlik, urug‘ - aymoqchilikka asoslangan edi. Katta oila, odatda, bir necha 
og‘a-ini, ularning xotinlari, o‘g‘illari, kelinlari, turmushga chiqmagan qizlarini birlashtiradi. 
Bunday oila uch yoki to‘rt avlod vakillaridan iborat bo‘lib, uning a’zolari soni ba’zan 100 kishidan 
ham ko‘proqni tashkil etgan. Tarixiy manbalardan biri “Avesto”da ibtidoiy oila qoidalari
ifodalangan. Chunonchi, agar ayol homilasini nobud qilsa, odam o‘ldirishdek gunoh hisoblangan. 
Buning uchun javobgarlik ayol va er zimmasiga yuklangan. Bu ayb uchun ular oshkora qatl 
etilishlari lozim bo‘lgan. Shu bilan birga, erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo‘lmasa, unga 
tamg‘a bosilgan yoki beliga zanjir bog‘lab yurishga majbur qilingan1. Tarixdan ko‘rinib turibdiki 
oila qanchalik muqaddas sanalgan. O‘zbek oilalarida farzand oila mustahkamligini ta’minlashda 
muhim omil bo‘lib xizmat qilgan. Tarixchilar fikriga ko‘ra, ilk sinfiy jamiyat shakllana boshlagan 
milodiy V asr Markaziy Osiyo xalqlari uchun tub burilish – qulchilikdan feodal jamiyatga o‘tish 
davridir. Katta patriarxal oilaning yemirilishi va undan kichik oilaning ajralib chiqishi ham shu 
davrga to‘g‘ri keladi. Lekin bu katta oilaning umri tugadi, degan ma’noni keltirib chiqarmaydi. 
Katta oila feodal tuzumda ham uzoq yillar davomida saqlanib qolgan. Unga asta-sekin barham 
berilishi mulk shakli tubdan (qabila-urug‘chilik umumiy mulkdan xususiy mulkka o‘tish) o‘zgarishi 
bilan bog‘liqdir. 
Markaziy Osiyo shaharlari, umuman iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan hududlarda kichik 
oila milodiy V-VI asrlarda tarkib topa boshladi. Ko‘chmanchi jamoalarda esa kichik oilalarning 
paydo bo‘lishi X-XII asrlarga borib taqaladi. Shu bilan birga, iqtisodiy jihatdan qoloq hududlarda 
XIX asr oxirlari – XX asr boshlarida ham patriarxal – katta oila qoldiqlarini kuzatish mumkin. 
Burhoniddin Marg‘inoniyning “to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish”, “ishonchli qo‘llanma” ma’nolarini 
anglatadigan shoh asari – “Hidoya”da islom huquqi – fiqhga doir ko‘p masalalar qatori alohida 
“Nikoh kitobi” mavjuddir. “Hidoya”da ko‘rsatilishicha, “Musulmonlarning nikohlari kamida
ikkita guvoh ishtirokida bog‘lanadi. Guvohlar ikkisi ham hur, oqil musulmon erkaklar yoki bir er, 
ikki ayol bo‘lmog‘i lozim”. Burhoniddin Marg‘inoniy yozadi: “Bilginki, nikoh bobida guvohlik 
shartdir”. Chunki Rasululloh (s.a.v.) “Guvohlarsiz nikoh nikoh emas” deganlar”. Islom huquqi 
yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohni ta’qiqlaydi. “Hidoya”da bu qoida Qur’onning Niso 
sur’asidagi 22-23-oyatlar keltirilgan holda asoslab berilgan.
Nikoh-oila munosabatlariga doir islom tartib-qoidalarida oilada erning hukmronligi 
ko‘zda tutilgan: “Ayolning taloq qilishga haqqi yo‘q. Chunki er uning xo‘jayinidir va u taloq 
qilishga haqlidir”2. O‘zbek oilalarida otaning nufuzi, oila boquvchisi sifatida ma’suliyatni o‘z 
bo‘yniga olish oilaning ahilligi bardavomligini ta’minlaydi. 
Shu bilan birga, oilada ayollar ham o‘z haq-huquqlariga ega bo‘lganlar. “Hidoya”da “Abu 
Hanifa va bir rivoyatda Abu Yusufning nazdlarida, oqila, bolizg‘a, hur ayolning nikohi xoh u qiz 
1 Маҳмудов Ҳ. “Авеста” ҳақида. Тошкент, Шарқ. -2000.-63 
2 Бурҳониддин ал-Марғиноний. Ҳидоя. 1-жилд, Тошкент, Адолат, 2000. – 848 бет. 
3 Амир Темур ўгитлари. Тузувчилар: Б. Ахмедов., А. Аминов. - Тошкент: Наврўз, 1992. 
207


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
bo‘lsin, xoh juvon bo‘lsin, valiysiz ham o‘zining roziligi bilan bog‘lanaveradi”, degan qoida 
quyidagicha asoslanadi: Nikoh joizligining sababi shundan iboratki, bu masalada kelishicha, ayol 
o‘zining xolis haqqidan foydalangan, chunki u oqila, oq-qorani ajrata oladigan bo‘lgani uchun o‘z 
haqqidan foydalanishga haqli. Shuning uchun ayol mol-mulkini tasarruf etishga ham, o‘zi uchun 
er tanlashga ham haqqi bor. 
Burhoniddin Marg‘inoniy nikohda ayol huquqini quyidagicha izohlaydi: “Bizning fikrimiz: 
balog‘atga yetgan qiz bevosita shariat qonunlarida buyurilganidek, o‘zicha hur insondir. Shunday 
ekan, uni majburlashga hech kimning haqqi yo‘q. Balog‘atga etmagan yosh qizga esa, uning aqli 
hali etilmagani uchun valiylik tayinlanadi. Balog‘at yoshiga etishi bilan uning aqli ham mukammal 
bo‘ladi. Unga shariat qonunlariga amal qilish buyurilgani buning dalilidir. Natijada uning hukmi 
xuddi o‘g‘il bolaning hukmiga hamda molni tasarruf etishdagi qoidaga o‘xshab qoladi. Ota 
mahriga faqat qizning roziligi bo‘lgandagina ega bo‘lishi mumkin. Aks holda, agar rozi bo‘lmasa, 
mahrni olishga haqqi yo‘q”1 . 
“Hidoya”da nikohni bekor qilishda er-xotinning huquqlari bab-baravar ekani ham 
ta’kidlanadi: “(Quduriy) aytadi: “(kuyov-qalliq balog‘atga yetganlaridan keyin nikohni bekor 
qilish uchun qozining hukm chiqarishi shart qilinadi)”, chunki nikoh maxfiy zararni daf etish 
uchun bekor qilinadi va bu maxfiy zarar nikohda ko‘zda tutilgan maqsadlarga xalal berishi 
mumkin. Shuning uchun bu masalada erkak bilan ayolning haq-huquqlari bab-baravar e’tiborga 
olingan” 3. 
Ulug‘ mutafakkirlarimiz ham nikoh-oila munosabatlari, oila odobi, farzand tarbiyasi 
masalalariga katta e’tibor berganlar. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri”, “Baxt - saodatga 
erishuv haqida”, “Aql ma’nolari haqida” kabi asarlarida panteistik qarashlarni rivojlantiradi. 
Buyuk mutafakkir jamiyatning kelib chiqishi, vazifasi, xususiyatlari haqida o‘z zamonasi uchun 
ilg‘or bo‘lgan ta’limot yaratdi.
Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida oila 
munosabatlariga doir “Ro‘zi Isfandarmo‘z” (“ro‘zi” – kun, “Isfandarmo‘z” - “iffatli, eriga sadoqatli 
xotin farishtasi”) bayrami haqida ma’lumot beradi. Hayo-iffatli, sadoqatli ayollarning bu bayrami 
Isfandarmo‘z oyining 5-kunida nishonlangan. Beruniyning yozishicha, “O‘tmish zamonlarda bu 
oy va kun xotinlar hayotiga xos bo‘lib, erlar ularga ehson qilar edilar” 4. 
O‘z-o‘zidan tushunarliki, bu bevosita oila munosabatlariga ham taalluqlidir. Beruniy 
ta’limotiga ko‘ra oila barqaror bo‘lishi uchun uning a’zolari, birinchi navbatda, er va xotin yuksak 
axloq-odob egasi bo‘lishi, yurish-turishi, muomala madaniyati ibratli, umuman, turmushda 
ko‘pchilikka namuna bo‘lishi kerak: inson o‘z ehtiroslariga hukmron, ularni o‘zgartirishga qodir, 
o‘z jon va tanini tarbiyalar ekan, salbiy narsalarni maqtagudek narsalarga aylantirishga, uni 
ma’naviy shifokorlik bilan davolashga hamda illatlarni axloq haqidagi kitoblarda ko‘rsatilgan 
usullar bilan asta-sekin bartaraf etishga qodirdir. 
208


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
Abu Ali ibn Sino “Donishnoma”, “Risolai ishq” asarlarida axloq madaniyati, oila qoidalari, 
urf-odatlari yuzasidan teran fikrlar bildirgan. Ibn Sino e’tiqodicha, sevgi, muhabbat oila baxti 
barqarorligining negizidir. U “Eng yuksak sevgi – bu insoniy sevgi bo‘lib, bunday sevgi kishini 
saxovatli qiladi, uni oqko‘ngil va jozibali insonga aylantiradi”, deb yozadi. 
Abu Ali ibn Sino oilada kattalarning izzatini joyiga qo‘yish, kichiklarga mehr-shafqatli 
bo‘lish, ular tarbiyasi bilan shug‘ullanish, o‘zaro sadoqat va mehr-muruvvat fazilatlari qaror 
topishining ahamiyatini alohida uqtiradi. Ana shu jihatlar o‘zbek oilasining muhim xususiyatlari 
ekani shubhasizdir. 
XI asrda yashagan G‘arbiy Eron podshohining nabirasi Kaykovus ibn Iskandarning 
mashhur “Qobusnoma”sida ham sog‘lom va ahil oila qadriyatlari tilga olinadi: “Ey farzand, agar 
xotin olmoq tilasang, o‘z hurmatingni yaxshi saqlag‘il. Garchi mol aziz bo‘lsa ham, xotin va 
farzandingdin darig‘ tutmag‘il. Ammo xotinni pokdil, farzandni farmonbardor va mehribon 
tutg‘il, bu ish sening qo‘lingdadir”. 
Amir Temur ham oila qurish masalalariga davlat yumushlaridek juda jiddiy e’tibor 
bergan. Buyuk Sohibqiron, xususan, kelin tanlash haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: “O‘g‘illarim, 
nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni 
davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini 
surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘liq-salomatligini, jismonan kamolatini aniqladim. Kelin 
bo‘lmish nasl-nasabi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli 
bo‘lsagina el-yurtga katta to‘y-tomosha berib, kelin tushirdim”. Darxaqiqat kelajak avlodni 
sog‘lom va aql idrokli bo‘lishligi onaga bog‘liqdir. Birinchi prezidentimiz ta’kidlaganlaridek 
sog‘lom onadan sog‘lom farzand dunyoga keladi. Bu esa millat kelajagini belgilaydi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, nikoh, oila shakllari, o‘zbek oilalarining ijtimoiy va milliy 
xususiyatlarini xolis o‘rganish, tahlil etish imkoniyati mustaqillik yillaridagina tug‘ildi. Ma’lumki, 
sho‘ro hukumati davrida boshqa masalalar qatori oila munosabatlariga ham sinfiy mafkura 
nuqtayi nazardan yondashilar edi. 
Fitrat oila asoslari to‘g‘risidagi mulohazalarida nikoh masalasida to‘xtaladi. U avvalo 
deydi: «...Odamda, ikki xil mavjudlik bor. Biri shaxsiy borliq, ikkinchisi ijtimoiy mavjudlik». U 
shaxsiy mavjudlikka odamning vujudi va manfaatlarini kiritadi. Ijtimoiy mavjudlik esa 
insoniyatdir, deydi va qayd etadi: «...Odam o‘rtasidagi jinsiy munosabat Bani Odamning 
(insoniyatning) ijtimoiy borlig‘ini ta’minlaydigan sababdir. Agar u tamoman dunyodan ko‘tarilsa, 
bashariyatning inqirozga duch kelishi aniq»5. Fitrat nikohni (turmush qurish yoki uylanishni) 
hirsiy instinktni qoniqtirish deb emas, balki odamzotning davomiyligini ta’minlaydigan ijtimoiy 
odat deb tushuntiradi. To‘g‘ri fikr, chunki odamning hayvonlardan farqli o‘laroq madaniyligi ana 
shu Nikoh masalasiga madaniy munosabatda bo‘lishida bilinadi. 
Fitrat bu masala to‘g‘risida fikr yuritar ekan, o‘sha paytda islom olamida keng tarqala 
boshlagan «uylanmasdan (turmushga chiqmasdan) yolg‘iz o‘tish» illatini tanqid qiladi. Nikoh 
qurishning islomda farzligini Qur’on oyatlari va payg‘ambar hadislari bilan asoslab ko‘rsatadi1. 
Bu o‘sha davr uchun eng maqbul yo‘l edi. Fitrat keltirgan hadislardan biri shunday: «Sizlarning 
1 Фитрат А. Оила. Тошкент: Маънавият, 1998. Форс-тожик тилидан Ш.Воҳидов таржимаси. 112 б. 
209


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
eng yomonlaringiz xotin olmagan kishidir». Agar e’tibor berilsa, bu hadis zamirida odamiylikni 
saqlashdek g‘oya bor. Kishi oilasi bo‘lsa insoniyat dardiga o‘zini sherik his etadi. Yolg‘iz, 
so‘qqabosh odam esa egoistga aylanib boradi. Shu sababli Fitrat o‘sha davr sharoitidan kelib 
chiqib nikohsizlikning oldini olishga eng maqbul usul bilan kurashadi. Bundan tashqari, Fitrat 
masalaning ilmiy jihatiga ham e’tiborni qaratib deydi: «...Qodir Xudo uylanish mehnatidan 
qochib izdivojini (nikohidagi kishini) tark etmasliklari uchun odamlarga shahvatni berib, ularning 
mijozlariga uni singdirgan, toki shahvat talabi bilan odamlar bir-birlarini xohlab uylansinlar». 
Demak, oila qurish insonni badkirdorlikdan saqlaydi, shahvat tuyg‘usini madaniy jilovlashda asos 
bo‘ladi. 
Fitratning oila qurishni, ya’ni qonuniy nikohni har tomonlama tashviq-targ‘ib qilishida 
«ma’naviy yetuk va madaniyatli oila» tizimini yuzaga keltirish va uning vositasida jamiyat rivojini 
yaratishdek ulug‘ maqsad bo‘lgan. Aks holda u oila qurmaslikning oqibatida mana shunday 
illatning kelib chiqishi to‘g‘risida so‘zlamagan bo‘lar edi: «Majburan uylanmaganlar (turmushga 
chiqmaganlar) albatta shahvat talablarini daf qilolmay quyidagi uchta yomon amalga giriftor 
bo‘lishadi: zino, Lut qavmi amali va o‘z-o‘zini qondirish (gomoseksualizm). Zino avlodni yo‘q 
qiladi. Lut qavmi amali va o‘z-o‘zini qondirish (gomoseksualizm) — bu urug‘ni yo‘q qilish 
demakdir»1.
Demak, bundan salkam yuz yil muqaddam Fitrat masalani to‘g‘ri qo‘ya olgan va uning 
yechimini qoniqarli darajada bera olgan. Fitrat oila qurish (nikoh) masalasidagi fikrini kuchli 
dalillar bilan yoritadi. 
Bugun O‘zbekistonda oila qonunchiligining Konstitutsiya, Oila Kodeksi va Fuqarolik 
Kodeksi kabi yirik qo‘llanmalari mavjud. Bu masalalarning bundan salkam bir asr avval nazariy 
ko‘tarilganligi diqqatga sazovordir. 
Oila psixologiyasi – garchi u avvaldan yurtimizda psixologik bilim sohasi va fan sifatida 
mavjud bo‘lgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston uchun yangi hodisa va tushunchadir. Uning mustaqil 
fanga aylanganligi va amaliy tajribalari tizimlashtirilayotganligi O‘zbekiston tarixiy 
rivojlanishining murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari va 
davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo‘ldi.
Bugungi kunda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy, 
madaniy islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi 
tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning 
o‘zgarishi: ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, 
g‘ayriijtimoiy hodisalar: alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy 
muammolarni keskinlashuviga sabab bo‘lmoqda.
Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so‘ngra esa kattalar aziyat chekadilar. Bunday 
sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy muammolariga bog‘liq bo‘lgan oila psixologiyasi masalalarni hal 
1 Оила психологияси. Академик лицей ва касб-ҳунар коллежлари учун дарслик. Ғ.Б. Шоумаров таҳр. ост. – Тошкент, 
2009 
210


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/6 
qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy 
psixologiyaning tarmog‘i hisoblangan oila psixologiyasiga talab ortib boradi. 
Muhtojlarga ijtimoiy-psixologik yordamni amalga oshirish, jamiyatda insoniylik, 
fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo 
bo‘lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari 
tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan. Quyidagilar bundan dalolat beradi va 
ular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
-
kuchli ijtimoiy oila siyosatini respublika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’lon 
qilinishi;
-
bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda respublikada “Zamonaviy oila 
konsepsiyasining” ishlab chiqilishi;
-
nikoh va oila munosabatlarini himoyalash maqsadida bir qator qonun va farmonlarning 
qabul qilinishi; 
-
oilada bola tarbiyasining ijtimoiy-psixologik va pedagogik masalalari bo‘yicha tizimning 
ishlab chiqilishi; 
-
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimining yo‘lga qo‘yilishi; 
Yoshlarni tarbiyalash, ularning taqdiriga jonsaraklik bilan qarash orqali ota-onalar 
zurriyodlarini qobil va aqlli, imon-e’tiqodli, sog‘-salomat voyaga yetishini ta’minlashga intiladi. 
Zero, o‘zbek oilasida avlodlardan meros bo‘lib qolgan tarbiya mezonlari va an’analari mavjudki, 
ularning hayotiyligi va bardavomligi bois jamiyatda qadr topgan, yosh avlod tarbiyasi masalasi 
yetakchi hisoblangan udumlar va urf-odatlar hamon saqlanmoqda. 

Download 5,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish